Matbuot bayonoti
G‘azo musulmonlarini himoya qilishga chaqiruvchi ommaviy namoyishlar armiyamiz uchun «qizil chiziq»dir
﴿وَإِنِ ٱسۡتَنصَرُوكُمۡ فِي ٱلدِّينِ فَعَلَيۡكُمُ ٱلنَّصۡرُ﴾
«Agar ular din yo‘lida sizlardan yordam so‘rasalar, yordam berish zimmangizdadir»
Asr Fir’avni Trampning buyrug‘i bilan G‘azo musulmonlariga qilingan misli ko‘rilmagan vahshiyona hujum butun olamni larzaga solgan bo‘lsa, G‘azo ahlining shahid bo‘lishdan oldin Islom olamiga g‘alaba ishorasini ko‘rsatib, «Biz jannatga ketyapmiz, yo harakatga keling yoki ustingizga la’natimiz yog‘ilsin», degan so‘zlari Ummatni larzaga soldi. G‘azo mana shunday favqulodda yordamga chaqirgan bir paytda Bangladeshda musulmonlar unga javob berdilar. Ya’ni norozilik namoyishiga chiqib, butun olam bo‘ylab namoyishlar qilayotgan musulmon Ummati bilan birlashdilar. Uqob bayroqlarini ko‘tarib, «Allohu Akbar», «Falastinni ozod eting», «Da’vatni qabul qil, ey armiya» kabi shiorlar bilan hayqirdilar! AQSH elchixonasi oldida ham piket uyushtirib, Amerikaning yahudiy vujudini qo‘llab-quvvatlash siyosatiga qarshi hayqirdilar. Islomiy o‘lkalardagi hukmron sinflarning mustamlakachi kofir kuchlar, asosan, Amerika qo‘lidagi qo‘g‘irchoq ekanini, bu malay rejimlar harakatga kelish o‘rniga, armiyalarni kazarmalardan chiqarmay ushlab turish bilan g‘arblik xo‘jayinlariga sadoqat ko‘rsatishayotganini musulmonlar tushunib yetdi. Shunday qilib, Ummat o‘zining xoin hukmdorlaridan sakrab o‘tib, bevosita armiyalardagi o‘g‘lonlariga yuzlandi va ularga Falastinni ozod etish uchun harbiy operatsiyalar boshlashiga «yashil chiroq» va «xalq mandati» berdi.
Ey musulmon armiyalardagi xolis zobitlar!
G‘azodan taralayotgan faryodlar va ushbu ommaviy qo‘zg‘olonlar siz uchun qizil liniyadir. Alloh Taolo aytadi:
﴿إِلَّا تَنفِرُواْ يُعَذِّبۡكُمۡ عَذَابًا أَلِيمٗا وَيَسۡتَبۡدِلۡ قَوۡمًا غَيۡرَكُمۡ وَلَا تَضُرُّوهُ شَيۡٔٗاۗ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءٖ قَدِيرٌ﴾
«Agar (jihodga) chiqmasangiz, (Alloh) sizlarni alamli azob bilan azoblaydi va o‘rningizga boshqa bir qavmni keltiradi. Sizlar esa Unga biron ziyon yetkaza olmaysiz. Alloh hamma narsaga qodirdir» [Tavba 39]
Agar hukmdorlarga sukut qilib, itoat etsangiz, oqibati alamli azob bo‘ladi, o‘rningizga boshqa xalq keladi. Shunday ekan, ishingizni bilib qiling, o‘zingizni qutqaring va Salohiddin Ayyubiydan o‘rnak oling. U jihod qilish uchun qo‘rqoq va xoin hukmdorlardan izn olmadi, aksincha, ularni ag‘darib, musulmon qo‘shinlarini birlashtirdi va muborak Falastin zaminini ozod etdi. Bugungi kunda yo‘lingizdagi yagona g‘ov shu hukmdorlar bo‘lib turibdi. G‘azoda musulmonlar genotsid qilinayotgan bir paytda, ular turli bahona va aldovlar bilan vaqtni zoye ketkazishyapti. Zimmangizdagi shar’iy vazifangiz roshid Xalifalikni barpo etish orqali tortib olingan hokimiyatni qayta olmoqdir. Uning son-sanoqsiz qo‘shinlarining atigi bir qismi bu vahshiy tajovuzni to‘xtatishga kifoya qiladi. Bugun sizni, shuningdek, ushbu Xalifalikni barpo etish uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat berishga da’vat qilyapmiz. Uning barpo etilishining o‘zi yahudiy vujudi va uni qo‘llayotgan kufr boshi Amerikani qaltiratib qo‘yadi. Chunki ular xalifa musulmonlarning shar’iy ish egasi ekanini, ularni aslo jazosiz qoldirmasligini yaxshi bilishadi.
﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَا لَكُمۡ إِذَا قِيلَ لَكُمُ ٱنفِرُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ ٱثَّاقَلۡتُمۡ إِلَى ٱلۡأَرۡضِۚ أَرَضِيتُم بِٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا مِنَ ٱلۡأٓخِرَةِۚ فَمَا مَتَٰعُ ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا فِي ٱلۡأٓخِرَةِ إِلَّا قَلِيلٌ﴾
«Ey mo‘minlar, sizga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida (jihodga) chiqinglar, deyilsa, o‘z yeringizga (ya’ni, o‘lkalaringizga) yopishib oldingiz?! Oxirat (ne’matlari)dan yuz o‘girib, hayoti dunyo (lazzatlari)ga rozi bo‘lurmisiz?! Oxirat oldida bu dunyo matosi juda oz narsa-ku?!» [Tavba 38]
Hizb ut-Tahrirning Bangladeshdagi
matbuot bo‘limi