Britaniya va Amerikaning Sudandagi nufuz kurashi kuchaygan bir paytda Sudan bo‘yicha o‘tkazilgan London konferensiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi

8
0

Matbuot bayonoti

Britaniya va Amerikaning Sudandagi nufuz kurashi kuchaygan bir paytda Sudan bo‘yicha o‘tkazilgan London konferensiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Kecha, 2025 yil 15 aprel seshanba kuni Britaniya poytaxti Londonda bo‘lib o‘tgan Sudan bo‘yicha konferensiya o‘zining yakuniy bayonotini chiqarishga muvaffaq bo‘lolmadi. «Independent arabiya» gazetasining 2025 yil 16 aprel kungi xabariga ko‘ra, konferensiyada ba’zi arab davlatlari (Saudiya, Misr va Amirliklar) kelisha olmaganliklari sababli yakuniy bayonot e’lon qilinmagan. Ayni konferensiyaga taklif qilgan va hozirlik ko‘rgan Britaniya bo‘lib, u Yevropa davlatlari, AQSH, ayrim Arab va Afrika davlatlarini, shuningdek, BMT, Arab davlatlari Ligasi, Afrika Ittifoqi va IGAD kabi tashkilotlarni yig‘di. Shu orqali ommaviy axborot vositalarida bu konferensiyaning Sudan mojarosini hal etishga qaratilgan xalqaro konferensiya ekanini ta’kidlashni ko‘zladi.

Ushbu voqelikni tiniq bilish uchun quyidagi faktlarni ko‘rib chiqish kerak:

Birinchidan:

Britaniya Sudan va uning ahliga aslo qayg‘urmaydi. Uning Sudandagi mojaroni hal qilish niyati ham yo‘q. Aksincha, bu konferensiya Sudanda nufuz o‘rnatish uchun Britaniya va Amerika o‘rtasida ketayotgan kurash doirasida bo‘lib o‘tdi. Ularning kurashi 2019 yil Amerikaga tobe Inqoz rejimi qulashiga olib kelgan Sudan qo‘zg‘oloni namoyishlari ortidan yaqqol ko‘zga tashlangan edi. Buni keyingi hodisalar ham isbotladi. Hatto Amerika doiraviy kelishuvini yo‘qqa chiqarish maqsadida o‘zining Sudandagi odamlari o‘rtasida urush chiqardi. Chunki bu kelishuv agar amalga oshgudek bo‘lsa, Sudandagi nufuz Amerikadan Britaniyaga o‘tishi muqarrar edi.

Ikkinchidan:

Urush boshlangandan keyin Britaniya siyosiy faoliyat olib borish bilan Amerikaning Sudandagi rejalarini o‘zining O‘zgarish va Erkinlik harakatidagi odamlari orqali barbod qilishga urindi. Uning odamlari avval «Taqaddum» va yaqinda «Sumud» muvofiqlashtiruvi orqali harakat qilishdi. Biroq Britaniya muvaffaqiyatga erisholmadi. Chunki Amerika Fuqarolik harakatidagi britaniyaparastlarni fitnalab-aldashga hamda doiraviy kelishuvni barbod etishga muvaffaq bo‘ldi. Zotan, uning barbod bo‘lganini Fuqarolik harakatidagilarning o‘zlari ham gapirishyapti. Biroq Britaniya taslim bo‘lmadi. Ushbu konferensiya ham uning qurollaridan biridir. Shu orqali Britaniya Tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari tomonidan qurolsiz tinch aholiga qarshi sodir etilgan dahshatli jinoyatlarni ro‘kach qilyapti, ayniqsa, yaqinda Darfur viloyati markazi bo‘lgan Fashirda, aniqrog‘i, «Zamzam» qochqinlar lageridagi jinoyatlarni pesh qilyapti.

Uchinchidan:

Amerika Sudanda hech bir siyosiy yechimning o‘z qo‘lidan tashqarida amalga oshishiga yo‘l qo‘ymaydi. Urushni to‘xtatish yechimi ham shunday. Uni to‘xtatish uchun avvalo Amerikaning maqsadi amalga oshishi kerak. Zotan, bu maqsadi urush boshlagan paytda ko‘zlagan maqsadi bo‘lib, bugun shu urush tugashga yaqinlashib qoldi. U Sudanga nisbatan shuncha til biriktiruvlarining samarasini aslo Britaniyaga berib qo‘ymaydi. Shuning uchun Misr va Saudiyadagi amerikaparast malaylar London konferensiyasini buzdi: «Arab davlatlari Sudanda urushni to‘xtatish muzokaralarini yengillatish uchun qo‘shma aloqa kengashi tuzish to‘g‘risidagi yakuniy bayonotni imzolashdan bosh tortishdi, masalan, Misr, Saudiya va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida bayonot borasida tortishuv kun bo‘yi davom etdi». «Britaniya tashqi ishlar vazirligi yakuniy bayonot mavjud bo‘lmagani uchun siyosiy yo‘l bo‘yicha kelishuvga erishilmaganidan qayg‘uda ekanini bildirdi». (Monte-Karlo radiosi, 2025 yil 16 aprel).

Xullas kalom, biz Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati bu la’nati urush boshlangandan beri, hatto boshlanishidan oldin ham Sudan ahlini Britaniya-Amerika urushi oqibatlaridan, bu ular uchun halokat bo‘lishidan ogohlantirib keldik va hamon ogohlantirishda davom etyapmiz. Mana, o‘sha faktlar kundan-kunga fosh bo‘lib, biz aytgan haqiqatlar ayon bo‘lib bormoqda.

Sudan o‘g‘lonlari orasidagi xolis insonlarga yana murojaat yo‘llaymiz: o‘lkamizni mustamlakachilik kurashiga tayyor maydon qilib bergan kimsalarni tiyib qo‘ying, buning uchun ularni fosh etib, Ummatning Xalifalik loyihasini qabul qiling. Ushbu Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik loyihasi bilan mustamlakachi kofirning dumi qirqilib, Sudan va boshqa o‘lkalarimiz rivojlanadi. Yolg‘iz Xalifalik bilangina mamlakat mustamlakachilarga qaramlikdan qutuladi va bu dunyoda qudratga, oxiratda Alloh Subhanahuning rizo va karamiga noil bo‘ladi.

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱسۡتَجِيبُواْ لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمۡ لِمَا يُحۡيِيكُمۡ﴾

«Ey mo‘minlar, Alloh va Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar»                                                 [Anfol 24]

Ibrohim Usmon (Abu Xalil)

Hizb ut-Tahrirning Sudan

viloyatidagi rasmiy notig‘i

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.