Matbuot bayonoti
Hindistonning Vaqfga oid yangi qonun loyihasi navbatdagi irqchilik qadamidir
Shu orqali musulmonlarni o‘zliklari va mol-mulklaridan mahrum qilmoqchi
Vaqfga oid yangi (o‘zgartirilgan) qonun loyihasi hindutva davlatining musulmonlarni fuqarolikdan mahrum qilish va Hindistonning boy islomiy boshqaruv an’analarini o‘chirib tashlash uchun olib borayotgan urinishlaridan biri va bu boradagi navbatdagi ochiq qadamidir. Shu nuqtayi nazardan, bu davlat Boburiy masjidini buzib, o‘rniga ibodatxona qurdi, sulton Avrangzeb maqbarasini buzdi va fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga va aholini ro‘yxatga olish qonuniga o‘zgartish kiritdi. Mana, bugun esa vaqf to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasini tasdiqladi.
Islom shariati ahkomlariga muvofiq, vaqf – masjidlar, madrasalar, yetimxonalar, qabristonlar va boshqa muassasalar kabi, Allohning roziligi uchun berilgan, Islomni yoyish va musulmonlarning ayrim manfaatiga xizmat qilishi uchun hiba qilib berilgan mol-mulklardir. Vaqf mulki hiba qilib bergan shaxsdan omonat. Undan, egasi nima maqsadda vaqf qilgan bo‘lsa, faqat shu maqsaddagina foydalanish mumkin va u to qiyomat kunigacha vaqfligicha qoladi.
Hindistonda 872.000dan ziyod vaqf mulki bor, u har kuni ekstremist hindlarning muntazam hujumiga uchrayotgan zaif musulmonlar uchun insonparvarlik qalqoni hisoblanadi. Biroq davlat ko‘magida harakat qilayotgan guruhlar vaqf yerlaridagi inshootlarni muntazam ravishda buzib, egallab olishmoqda. Masalan, 2025 yil yanvar oyida Modi hukumati qoshidagi Madxya-Pradesh mahalliy ma’muriyati vaqf yerlaridagi 250ta inshootni buzib tashladi.
Bugun esa, qabul qilingan yangi vaqf qonuni loyihasi Markaziy Vaqflar kengashi va Shtatlar Vaqflar kengashiga ikkita hind shaxsning a’zo bo‘lishiga, hattoki bu kengashlarning bosh ijroiy direktori qilib tayinlanishiga ruxsat beradi. Shu tariqa hindlar musulmonlarning vaqf mol-mulklari ustidan bevosita qonuniy nazorat o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishdi.
Ushbu qonun huquqiy sohadagi qator til biriktiruvlar zanjirining bir halqasi, xolos. Bundan Hindistondagi musulmonlarni zaiflashtirish hamda jamiyat va iqtisoddagi xavfsizlikdan mahrum etish ko‘zlangan. Bundan oldin o‘zgartish kiritilgan fuqarolik qonuni va aholini milliy reyestrga olish qonunidan ham musulmonlarni fuqaroligi va yeri yo‘q qochqinga aylantirish ko‘zlangan edi, xuddi Falastin ahliga yahudiy «davlat»i qilayotgani kabi.
Yahudiy «davlat»i ham masjidlarni, islomiy tarixiy binolarni buldozer va raketalar bilan vayron qilayotgani kabi, hindutva davlati bu ishni qonuniy va ma’muriy uslubda amalga oshiryapti. Alloh Subhanahu aytadi:
﴿لَتَجِدَنَّ أَشَدَّ ٱلنَّاسِ عَدَٰوَةٗ لِّلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱلۡيَهُودَ وَٱلَّذِينَ أَشۡرَكُوا﴾
«Iymon keltirgan zotlarga eng qattiq adovat qilguvchi odamlar yahudiylar va mushrik bo‘lgan kimsalar ekanini ko‘rasiz» [Moida 82]
Bo‘layotgan bu ishlar musulmonlarga qarshi global zulm ekani aniq. Bu Amerika boshchiligida mustamlakachi kofir davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda hamda islomiy o‘lkalardagi ularga malay hukmdorlarning til biriktiruvlari yoki sukutlari ostida amalga oshirilyapti. Bu hukmdorlar Birmaga zilzilada yordam berish uchun hech ikkilanmay o‘z armiyalarini jo‘natishdi, biroq Falastinda qirg‘in va genotsid sodir etilayotganda esa, murdalar kabi sukut qilishyapti! Shu bois bugungi kunda Ummat so‘zda ham, amalda ham himoya qiladigan insonga juda muhtoj. Rosululloh ﷺ
«إِنَّمَا الْإِمَامُ جُنَّةٌ، يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ»
«Imom-xalifa qalqondir. Uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi», deya marhamat qilganlar. Shuning uchun Payg‘ambarlik minhoji asosidagi to‘g‘ri yo‘lni tutgan (roshid) va Islom Ummatining haqiqiy himoyachisi bo‘lgan Xalifalikni barpo etish loyihasi yo‘lida jiddiy qadam tashlamoq hamda bu ishda ayni buyuk loyiha ustida yetakchilik qilayotgan Hizb ut-Tahrir bilan birga harakat qilmoq vaqti keldi.
Yaqinda – Allohning izni ila – barpo bo‘lajak ushbu Xalifalik davlati musulmon armiyalarni birlashtiradi va Falastinu Arakandan to Hindistongacha barcha bosib olingan yerlarimizni ozod etadi. Bu Rosululloh ﷺning Hindistonga g‘azot qilinishi haqidagi xushxabarlarida ham kelgan. Demak, Hindiston, xuddi kechagi kunda tog‘ut podshoh Dohir mag‘lub etilib, Islom qayta hukmron bo‘lgani kabi, bugun yana o‘zining islomiy ulug‘ligiga qaytadi.
﴿إِنَّ ٱللَّهَ بَٰلِغُ أَمۡرِهِۦۚ قَدۡ جَعَلَ ٱللَّهُ لِكُلِّ شَيۡءٖ قَدۡرٗا﴾
«Albatta Alloh O‘zi (xohlagan) ishiga yetguvchidir. (Uning xohishiga qarshi turguvchi kimsa yo‘qdir). Darhaqiqat Alloh barcha narsa uchun miqdor-o‘lchov qilib qo‘ygandir» [Taloq 3]
Hizb ut-Tahrirning Bangladeshdagi
matbuot bo‘limi