Matbuot bayonoti
Ey Fotihlar avlodi!
Dushmaningiz yuklagan shartnomalarga qaram bo‘lishda davom etaverasizmi?!
Yahudiy vujudi Misrni Kemp-Devid shartnomasining harbiy ilovasini buzganlikda ayblashda hamda Sinayda Misr armiyasi o‘rnatgan harbiy infratuzilmaning buzib tashlanishini talab qilishda davom etmoqda. Yahudiy vujudi bu ayblovlarini Islom Ummati ustidan o‘z gegemonligini o‘rnatish va uni o‘z nazorati ostida ushlab turishga urinayotgan bir paytda yo‘llamoqda. U Misr rejimi qulasa yoki vaziyat beqarorlashib, armiya tizgini rejim qo‘lidan chiqib ketsa, Misrdagi jangovar mashina o‘ziga qarshi yurishidan xavotirda. Shuning uchun u voqea-hodisalarni oldindan bilish va mabodo vaziyat o‘zgarib, shartlar almashib, xolis musulmonlar hokimiyat tepasiga yetib kelgudek bo‘lsa, mintaqani yahudiylarga qarshi kurasha oladigan har qanday armiyadan xoli mintaqaga aylantirish ustida ishlayapti.
Ey Kinona o‘g‘lonlari, ey Ummatning mustahkam qalqonlari va zirhli qo‘rg‘onlari!
Mana, yahudiy vujudi qaroqchilik va kibr-havosida davom etyapti. U Misr va uning ahlini sharmandalik va tinchlik shartnomalari bilan kishanlab tura olaman deb o‘ylayapti. Bu shartnomalar musulmonlarga sariq chaqalik foyda keltirmagan bir paytda, bosqinchi vujud o‘z tajovuzlarini kengaytirishni va nufuzini mustahkamlashni to‘xtatmay davom ettirmoqda. Misrni bir necha bor provokatsiya qilishi, avvalo, qasddan misrlik askarlarni o‘ldirib, so‘ng «xato bo‘lgani»ni aytishi, Sinayda Misr armiyasi o‘rnatgan harbiy infratuzilmaning buzib tashlanishini yuzsizlik bilan talab qilishi, xalqaro tashkilotlarga ko‘proq buyruqlar bilan bosim qilishi, bularning barchasi yahudiy vujudi faqat kuchni tan olishini, faqat temir va olov tilinigina tushunishini ko‘rsatmoqda.
Bugungi kundagi voqea-hodisalar oddiy hodisalar emas. Balki bu hodisalar to‘xtovsiz shantajning va uzundan-uzun serialning yangi qismi, eski-yangi rejaning davomidir. Maqsadlari Misrni kishanlash va qayta Ummatning himoyachisi va muborak Falastin zamini mudofaachisi bo‘lgan o‘zining tabiiy roliga qaytishni oldini olishdir. Yahudiy vujudi bilan uning ortidagi G‘arb Misrning shartnomadagi doimiy asir bo‘lib qolishini istayapti. Ushbu sharmandalik shartnomasi uning armiyasiga xorlik kishanlarini taqib, Sinayni mana shu kelgindi vujud xavfsizligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan har qanday mudofaa kuchidan uzoqlashtirdi.
Berilishi kerak bo‘lgan savollar quyidagicha: Endi Misr shunday zulm shartnomalariga asir bo‘lib turaveradimi? Kinona ahli bosqinchi dushmanning vasiyligi ostiga kirishga, o‘z yerlarida nima qilish keragu, nima qilish kerakmasligini shu dushmandan o‘rganishga rozi bo‘ladimi? Yoki Misrning – taslim bo‘lish zamoni o‘tib ketganini, Misr oddiy bir davlat emas, balki Ummatning urib turgan yuragi, mustahkam qal’a va istehkomi ekanini anglab yetadigan – kuch-qudrat sohibi bo‘lmish ozod er kishilari bormi?!
G‘arb Misrni bekordan provokatsiya qilayotgani yo‘q. Balki mintaqa ustidagi o‘z changalini mustahkamlash va yahudiy vujudining Yaqin Sharqda hukmron kuch bo‘lib turishini kafolatlash maqsadida qilyapti. Rejasi shu. Biroq bu reja muvaffaqiyat qozonolmaydi. Uning muvaffaqiyat qozonishi uchun Ummat sukut va itoatda davom etishi kerak. Ammo bir kun Ummat uyqusidan uyg‘onsa va qayta boshqaruvni qo‘lga olsa, Allohning izni bilan bu vujudning zavolga yuz tutishi muqarrar.
Ey Kinona ahli!
Islom o‘z o‘lkamizni mudofaa qilish uchun xalqaro kuchlardan izn so‘rashga buyurmadi, Ummatimiz xavfsizligini dushmanlar izniga bog‘lab qo‘ymadi. Aksincha, Islom bizga dushman jur’at qilolmaydigan, yerlarimiz va muqaddasotlarimizga ko‘z olaytirolmaydigan aziz-qudratli bo‘lishimizni amr etdi. Yahudiy vujudining Misrga jur’at qilayotganini ko‘rish bizga juda og‘ir. Chunki uning armiyasi bu vujudni yer yuzidan butunlay yo‘q qilib tashlashga qodir bo‘la turib, kishanlanib turibdi, buni malay hukmdorlar mustamlakachi G‘arb buyruqlariga binoan bajarishmoqda.
Ey Kinona qo‘shinlari, ey aqida posbonlari va diyor mudofaachilari!
Sizga bu kishanlarni parchalab, ozod bo‘lish vaqti kelmadimi?! Salohiddin kabi mardlardan bo‘lish vaqti kelmadimi?! U Quddusni salibchilar qo‘lida turishini o‘ziga sig‘dirolmay, Ummatni safarbar qilib, jangovar tayyorgarlik ko‘rdi va nihoyat uni yahudiylar kirligidan tozalashga muvaffaq bo‘ldi. Muborak zamin sizga nola qilyapti, G‘azo ahli qatli om etilyapti, yahudiy vujudi ularni qirg‘in qilibgina qolmay, tiz cho‘ktirmoqchi bo‘lyapti. Xo‘sh, siz shu xorlikka rozi bo‘lasizmi yoki Alloh uchun g‘azablanib, egningizdagi xorlik g‘uborini qoqib, kuch-qudrat va nusrat yo‘lida, anavi xoin va malaylarni ezib ketasizmi?!
Siz mard o‘g‘lonlarga vojib bo‘lgan ish G‘arb tiqishtirgan botil shartnomalarni himoya qilish emas. Balki Ummatni mudofaa qilib, dushmanni qaytarish va muborak zaminni bosqinchi yahudiylardan ozod etishdir. Misr o‘z qadr-qimmatiga Alloh yo‘lida jihod qilish bilangina, o‘z kuch-qudratiga Kemp-Devid shartnomasini barbod etib, G‘arbga tobelikdan qutulish bilangina erishadi.
Ey Misrdagi hur insonlar!
Yahudiy vujudi hozir har qachongidan ham zaif ahvolda. O‘zini har qancha kuchli ko‘rsatib takabburlik qilayotgan esa-da, qo‘rquv va xavotir ich-etini yemoqda. U o‘zini ushbu zaminda yot-kelgindi ekanini, musulmonlarning kuchsizligi va bo‘linganligi sababli mavjud bo‘lib turganini biladi. Ammo musulmonlarning birlashishi va o‘z kalimalarini bir qilishi uning so‘zsiz yo‘q bo‘lib ketishini anglatishini ham tushunib turibdi. Xo‘sh, ushbu o‘zgarishni boshlab beruvchisi bo‘lishni istamaysizmi?! Yahudiylar sizning jangovar qudratingizni sindirishni talab qilayotgan ekan, bunga sukut qilishda davom etasizmi, yoki o‘zingizga loyiq bo‘lgandek pozitsiyani egallab, bu bosqinchi dushmanga «bas» deysizmi?!
Yechim yordam so‘rashda ham, muzokarada ham emas. Balki yechim Ummatni sobiq zamoniga, ya’ni Islom bilan hukm yuritgan va butun olamga adolat va rahmat ulashgan qudratli Ummat holatiga qaytarish uchun harakat qilishdadir. Buning uchun esa albatta qayta Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish shart. Chunki ushbu davlatgina musulmonlar saflarini birlashtirib, ularning tortib olingan hokimiyatlarini qayta olib beradi. Shunday ekan, ushbu davlat qo‘shinlari siz bo‘ling, diningizga nusrat berishga shoshiling, aks holda, tarix o‘z burchini bajarishdan bosh tortganlarga aslo rahm qilmaydi.
Ey Kinona ahli!
Hozir hal qiluvchi lahzada turibsiz: yo yahudiylarga qarshi turib, Misrni o‘z qudratiga qaytarasiz, yoki kishanlangan ahvolda qolaverasiz, oqibati esa dahshatli bo‘ladi. Ishonchimiz komilki sizda ko‘p yaxshiliklar bor, siz kuch-qudratdan o‘zgasiga rozi bo‘lmaysiz, nusratdan boshqasini xohlamaysiz, bir kun kelib albatta chorrahaga yetib kelib, to‘g‘ri yo‘lga burilasiz va unda davom etib, Allohning nusrat va g‘oliblik va’dasiga noil bo‘lasiz. Bas, Ummatingiz to‘g‘risida Allohdan qo‘rqing, Falastin to‘g‘risida Allohdan qo‘rqing, diningiz borasida Allohdan qo‘rqing.
﴿وَلَيَنصُرَنَّ ٱللَّهُ مَن يَنصُرُهُۥٓۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَقَوِيٌّ عَزِيزٌ﴾
«Albatta Alloh O‘ziga (ya’ni diniga) yordam beradigan zotlarga nusrat berur, shubhasiz Alloh kuchli, qudratlidir» [Haj 40]
Hizb ut-Tahrirning Misr viloyatidagi
matbuot bo‘limi