O‘n yil davomida Yamanni bombardimon qilib kelayotgan Saudiya va Amerika Husiylarni San’oda hokimiyat tepasiga olib kelib, Britaniya nufuzini sindira oldimi?

41
0

Matbuot bayonoti

O‘n yil davomida Yamanni bombardimon qilib kelayotgan Saudiya va Amerika Husiylarni San’oda hokimiyat tepasiga olib kelib, Britaniya nufuzini sindira oldimi?

Oliy siyosiy kengash raisi Mahdiy Mushot 2025 yil 26 mart, chorshanba kuni kechqurun «Arab koalitsiyasi» Yamanda boshlagan urushning o‘n yilligi munosabati bilan nutq so‘zladi. U o‘z nutqida bu koalitsiya o‘z e’tiborini shimoldagi sionistik bosqinchilikka qaratish o‘rniga janubga (Yamanga) hujum qilishni afzal ko‘rganini va yahudiy vujudi musulmon hukmdorlar homiyligida G‘azoda musulmonlarga qarshi jinoyatlar sodir etishda davom etayotganini ta’kidladi.

Yamanga qarshi «koalitsion» urushning eng g‘alati tomoni shu bo‘ldiki, ular San’odagi inglizparast hukumatni qo‘llab-quvvatlashlarini hamda 2014 yil 21 sentyabrda San’oga bostirib kirgan Husiylarni chiqarib yuborishlarini e’lon qilishlari bo‘ldi. BMT Yamanni 7-moddaga kiritgach, shu bahona bilan o‘zining maxsus vakili Jamol ibn Umarni yubordi va mamlakat ishlariga aralashish imkoniyatini topdi!

Bu urushdan ko‘zlangan haqiqiy yashirin maqsad, Husiylarni hokimiyatda mustahkam o‘rnatish va ularning kechagi raqiblari bo‘lgan qurolli kuchlar va respublika gvardiyasiga qarshi urushga gijgijlashdir. Bu ssenariy Yaman armiyasini qayta shakllantirish rejasiga to‘liq mos keladi. Kecha bir-biriga qarshi kurashganlar bugun oliy siyosiy kengashda umumiy o‘rinlarni baham ko‘rmoqdalar.

Koalitsiyaning qo‘mondonlik markazida bo‘lgan va bugun ochiqdan-ochiq Amerika yo‘nalishiga bo‘ysunayotgan Saudiya Arabistoni Husiylarni San’o hokimiyatiga mustahkam o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Urushni tugatishdan yiroq ravishda 2015 yil 26 martni xotirlash rasmiy ma’noga ega bo‘lishini, bayramlar bekor qilinib, faqatgina Mahdi Mushotning nutq so‘zlashini ta’minladi. BMT elchisi Grundberg tinchlik muzokaralarining yakuniy nuqtalari haqida muzokara olib borayotgan bir paytda Mushot o‘z nutqida tinchlik jarayoniga to‘xtalib, «Biz keng qamrovli va mustahkam tinchlikka erishishga olib keluvchi shartnomalarni amalga oshirish va uning talablarini bajarishda oldinga siljishimiz kerak. Bu asirlar bilan bog‘liq masalani ko‘rib chiqish, tovon puli to‘lash, zararlarni qoplash va qayta qurish kabi talablardir», dedi. Britaniyaga malay bo‘lgan avvalgi rejim tarqatilib, rahbariyati parchalandi va nazorat hududlari tartibsizlikka tushib qoldi. Na qaror qabul qila oladigan holatdalar va na barqarorlikni ta’minlay olyaptilar.

Yamanga qarshi koalitsiya urushi aslida Britaniya bilan Amerika o‘rtasidagi Yaman ustidan o‘z nufuzini o‘rnatish uchun bo‘lgan xalqaro kurashning bir qismidir. Bir tomonda siyosiy jihatdan Yamanda hukmronlik qilayotgan Britaniya, ikkinchi tomonda uning o‘rnini egallashni istagan Amerika. Bu hisob-kitoblar o‘rtasida Yaman birligi parchalanmoqda. Amerika o‘zining ochko‘zlik maqsadlarini Yamanni parchalash, sohillariga ega chiqish, Arab dengizi va Qizil dengizdagi orollarni bosib olish, Yaman yerlaridan bir qismini tortib olib, uni mintaqadagi hukumatlarga qo‘shib berish orqali amalga oshirmoqchi.

O‘n yil urush mobaynida bu xalqaro kurashayotgan tomonlar ham, ularning mintaqaviy va mahalliy malaylari ham ushbu iymon va hikmat yurti ahlining azob-uqubatlariga e’tibor berganlari yo‘q. Hizb ut-Tahrirning 2008 yilda boshlagan ogohlikka chaqirish kampaniyasiga jiddiy e’tibor berishmasliklari ortidan harbiylar va fuqarolardan, ayollar, bolalar va qariyalardan iborat yuz minglab yamanlik o‘ldirildi, ba’zilari uy-joylaridan quvib chiqarildi.

Urushda ziyon ko‘rgan tomon Yaman ahli bo‘ldi. Ularni bu urush oloviga o‘zlarining malay hukmdorlari, Saud va Nahyon oilasi hukmdorlari, Eron hukmdorlari solishdi. Urush olovi esa ho‘lu quruqni barobar yoqdi, uning shafqatsiz alangasi yoqmagan hech bir uy qolmadi. Masalan, mamlakatning janub, sharq va g‘arb mintaqalarida odamlar ezilayotgan bo‘lsa, shimoli va markazida tahqirlanmoqda, ya’ni malay hukmdorlardan mamlakatning hech bir yerida qochib qutulolmayaptilar!

Ey iymon va hikmat yurti bo‘lmish Yaman ahli!

Ustingizda kurashayotgan kuchlar sizlarni bir-biringizga qarshi urushtirib qo‘ymasin va Hizb ut-Tahrir bilan birgalikda harakat qilish orqali ularning hukmronligidan qutuling. O‘z ahlini hargiz aldamaydigan yetakchi Hizb ut-Tahrir sizga tang-baxtsiz hayotdan boshqa narsa keltirmagan boshqaruv o‘rniga, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini siz bilan birgalikda barpo etadi. Alloh Taolo bunday dedi:

﴿إِنَّا لَنَنصُرُ رُسُلَنَا وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ فِي ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا وَيَوۡمَ يَقُومُ ٱلۡأَشۡهَٰدُ﴾

«Biz payg‘ambarlarimizga va iymon keltirgan zotlarga hayoti dunyoda ham, guvohlar (hozir bo‘lib) turadigan Kunda ham albatta nusrat berurmiz»                                                                                                    [G‘ofir 51]

Rosululloh ﷺ bunday marhamat qildilar:

«ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«Keyin Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi».

Hizb ut-Tahrirning

Yaman viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.