Mo‘minlarni do‘st, kofirlarni dushman tutish qat’iy islomiy hukm va o‘zgarmas diniy prinsipdir

10
0

Matbuot bayonoti

Mo‘minlarni do‘st, kofirlarni dushman tutish qat’iy islomiy hukm va o‘zgarmas diniy prinsipdir

Milliy manfaatlar degan bahona bilan bu hukmdan hargiz voz kechib bo‘lmaydi

Trampning sionist vakili Adam Byoler va AQSHning Afg‘onistondagi sobiq vakili Zalmay Xalilzad Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy bilan uchrashdi. Uchrashuv ortidan afg‘on hukumati «yaxshi niyat belgisi» sifatida amerikalik mahbusni ozod qildi. Amir Xon «AQSH bilan ijobiy siyosiy va iqtisodiy aloqalar o‘rnatish»ga chaqirdi. Byoler bu qadamga «ishonch barpo etish» sari tashlangan qadam sifatida baho berdi. Xalilzad «Jorj Glezmanning ozod etilishi Tolibonga nisbatan yaxshi niyatga dalolat qilmoqda», dedi.

Hizb ut-Tahrir – Afg‘oniston matbuot bo‘limi afg‘on hukumatining – hozirda Islom Ummatiga qarshi bevosita urush ochgan – Qo‘shma Shtatlar bilan muomala qilayotganini mo‘minlarni do‘st, kofirlarni dushman tutish (الولاء والبراء) hukmiga ziddir deb biladi va buni qattiq qoralaydi. Biz bu xususda musulmonlar diqqat-e’tiborini quyidagilarga qaratamiz:

O‘nlab yillardan beri Qo‘shma Shtatlar Islom Ummatiga qarshi bevosita va tinimsiz urush olib bormoqda. Yahudiy vujudini – G‘azoga vahshiy va yirtqich hujumlarni boshlaganidan beri – harbiy, iqtisodiy va siyosiy jihatdan to‘liq qo‘llab-quvvatlab kelyapti. Hozir bu bosqinchiga G‘azo musulmonlarini jahannamga turtish uchun uning eshigini ochish vazifasini yukladi. Amerika Suriya va Livanning xavfsizligini ta’minlash iddaosi bilan bu ikki o‘lkani nishonga olmoqda. Ustiga-ustak, bevosita Yamanga havo hujumlarini uyushtirdi, bu ko‘plab musulmonlarni shahid bo‘lishiga olib keldi. Shuning uchun hech bir musulmon – xoh u shaxs bo‘lsin, xoh davlat bo‘lsin – musulmonlarga amalda urush olib borayotgan davlatlar bilan mana shunday aloqalar o‘rnatishi nojoiz.
O‘zini yagona islomiy davlat ekanini iddao qilayotgan hamda ichkari va tashqarida mujohidlarning qurbon bo‘lishi ustiga qurilgan afg‘on hukumati bugun ajnabiy davlatlar bilan muomala qilish orqali mo‘minlarni do‘st, kofirlarni dushman tutish tamoyilini buzmoqda. Bu tamoyil qat’iy va majburiy islomiy hukmdir. Aslida, afg‘on hukumatining bu siyosati «musulmonlarning tinchligi ham, urushi ham bir», degan keng qamrovli shar’iy hukmdan og‘moqda hamda mo‘minlarni do‘st, kofirlarni dushman tutish tamoyilini qo‘yib, milliy manfaat degan narsaga almashtirmoqda, bu bilan Islomdagi o‘zgarmas tub asoslardan shubhali masalalarni ustun qo‘ymoqda.
Eng achinarlisi «yaxshi niyat» degan dastak bilan amerikalik kimsani ozodlikka chiqarish bo‘ldi. Holbuki, o‘nlab xolis musulmonlar juda og‘ir sharoitda qamoqda qolib, uzoq yillik hukmlarini o‘tamoqdalar. Ular Payg‘ambarlik minhoji asosidagi va Ummat birligiga olib boradigan Xalifalikka da’vat qilganliklari uchun qamalganlar. Bunday ikki tomonlama standart Islom ahkomlariga zid bo‘libgina qolmay, balki Alloh Subhanahuning buyrug‘i va Rosuli ﷺning sobit sunnatlarini ochiq buzish hamdir. Ushbu buyruqda kofirlar bilan qattiqqo‘l, musulmonlar bilan yumshoq muomalada bo‘lish aytilgan. Milliy manfaatlarga asoslangan tashqi siyosat Islom Ummatiga eng katta zarar yetkazgani, uni sarosima va siyosiy turg‘unlikka olib kelgani o‘tgan asrda qayta-qayta isbotlandi. Shuning uchun o‘zini islomiy deya da’vo qilgan har qanday hukumat o‘zining tashqi siyosatini albatta da’vat va jihodga asoslashi lozim. Bu esa Islom dini mavqeini ko‘tarish va uni barcha dinu tuzumlardan ustunligini isbotlashga qaratilgan ijtihodiy masala emas. Ayni maqsad ro‘yobga chiqishi uchun musulmonlar avvalo millatchilik fikrlaridan va pragmatik (manfaatlarga asoslangan) siyosatdan voz kechishlari hamda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etishlari lozim. Chunki bu Ummatning taqdiriy masalasidir.

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَتَّخِذُواْ ٱلۡكَٰفِرِينَ أَوۡلِيَآءَ مِن دُونِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَۚ أَتُرِيدُونَ أَن تَجۡعَلُواْ لِلَّهِ عَلَيۡكُمۡ سُلۡطَٰنٗا مُّبِينًا﴾

«Ey mo‘minlar, mo‘minlarni qo‘yib, kofirlarni do‘st tutmanglar! Alloh uchun o‘z zararingizga ochiq hujjat qilib berishni istaysizmi?»         [Niso 144]

 Hizb ut-Tahrirning

Afg‘oniston viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.