Matbuot bayonoti
Misr taklif kiritdi…
Nahotki, G‘azo ahli qoni muzokara savdosida tovarga aylanib qolgan bo‘lsa?!
G‘azoda dahshatli qirg‘inlar sodir etilib, uning ahli bombardimon va qamal ostida azob chekayotgan bir paytda, Misr tomonidan navbatdagi taklif paydo bo‘ldi. Unda besh nafar tirik «isroillik» mahbus, shu jumladan, bitta amerikalik mahbusning ozod etilishi, buning evaziga G‘azoga yordam mollarini kiritish va bir necha hafta o‘t ochishni to‘xtatish aytildi.
Bir qarashda, bu taklif vaziyatni tinchlantirish uchun tashlanayotgan qadamdek ko‘rinsa-da, biroq mohiyatan achchiq haqiqatni aks ettirmoqda. Zero, G‘azo masalasi musulmonlar qoni oldi-sotdi qilinayotgan siyosiy muzokara bozoriga aylanmoqda, bosqinchi dushman esa jazodan omon qolmoqda!
Misrning bu taklifidan ochiq ko‘rinib turibdiki, yahudiy vujudi bilan bo‘ladigan muzokaralar, qanday shaklda bo‘lmasin, albatta shu vujudning mavjudligiga va bosqinchiligining mustahkamlanishiga xizmat qiladi, jinoyat sodir etishini yanada uzaytiradi. Bu qanday masxarabozlik, axir, G‘azoga oziq-ovqat kiritish uchun beshta asirni ozod etish shart qilinsa?! Bu qanday sharmandalik, minglab shahidlar qoni Amerikaning istagi va yahudiylarning roziligi bilan bo‘layotgan muzokara stolida savdolashilsa?!
G‘azoga yordamlarni kiritish, garchi bu ularning azob-uqubatlarini hal qilmasa-da, biroq bu yahudiylar yoki «vositachilar» tomonidan ko‘rsatiladigan iltifot ham, marhamat ham emas. Aksincha, bu ularning asl haqqidir, haqqidan tashqari hatto ularga yordam berish va Islom zaminining hammasini ozod etish farz hamdir. G‘azo ahlini qamal qilish va ularni hatto yordamlardan ham mahrum qilish, shubhasiz, barcha standartlar bo‘yicha jinoyatdir. Bu yahudiylarning jinoyati hamda yahudiylarga yordam berayotgan xoin itoatgo‘y hukmdorlarning, ularga do‘st bo‘lgan elitaning, yetakchilarning, qodir bo‘la turib yordam bermay o‘tirgan barcha kimsalarning jinoyatidir.
Xiyonatning timsoli Misr rejimidir. Biz uning oziq-ovqat va dori-darmon yordamlarini oylab G‘azoga kiritmaganga guvoh bo‘ldik. Holbuki, o‘tish punktlarining kaliti Misrning qo‘lida bo‘lishi kerak edi. U bo‘lsa buni «siyosiy bir-birini tushunish» asosida bo‘lishi kerakligini tiqishtirib yotibdi. Bu qanday sharmandalik bo‘ldi?! Axir, o‘tish yo‘laklari hech shart va cheklovsiz ochib tashlanishi, qamal muzokara bilan emas kuch bilan parchalab tashlanishi va chegaralar buzilib, bechora g‘azolik ahlimizga yordam berilishi kerak emasmidi?! Bu Kinona armiyasidan chiqadigan birgina bayonotning o‘zi yahudiy vujudi jinoyatlarini to‘xtatishga, hatto tomirida oqayotgan qonni ham to‘xtatib qo‘yishga kifoya qiladi. Kinona armiyasining faqat bir qismi bir necha sotda Falastinni to‘liq ozod etishga qodir. Qodir bo‘la turib buni qilmayapti, buning uchun unga qiyomat kuni Alloh huzurida hech qanday uzr yo‘q.
Misrning G‘azo krizisidagi roli AQSH va yahudiylar ko‘rsatmalarini diqqat bilan ado etishga cheklangan, bundan nariga o‘tmaydi. Chunki Misr musulmon o‘lka sifatida G‘azo ahli safida turmadi, bil’aks, Amerika qarashlariga muvofiq vositachi sifatida «g‘azabini tiyish» vazifasiga sodiq qoldi.
Nega Misr harakatga kelib, kuch bilan yangi voqelik yaratmadi, nega qamalni hech qanday shartsiz ochishga yahudiylarni majbur qilmadi?!
Nega Misr G‘azoga Islom Ummatining bir bo‘lagi sifatida qarab muomala qilmay, buning o‘rniga unga muzokara masalasi sifatida qaradi?!
Nega o‘rtaga tashlagan taklifi dallol rolini o‘ynash o‘rniga o‘z armiyalarini Falastinni ozod etish sari safarbar qilishni o‘z ichiga olmadi?!
Falastin krizisini asirlar masalasiga cheklash eng katta jinoyatdir. Chunki Falastin masalasi o‘sha yahudiylar asir olinganda boshlangani yo‘q va ularni ozod etish bilan tugamaydi ham. Chunki asl muammo yahudiy vujudining Falastinda bo‘lishida, uni bosib olishida va musulmonlarga qarshi jinoyatlarni davom ettirayotganidadir.
Shar’iy qarash ochiq ma’lum:
Masala «gumanitar krizis» emas, balki jihod va ozodlik masalasidir.
Falastinning dengizidan daryosigacha, barchasi Islom yeri bo‘lib, albatta bosqinchilikdan ozod etilmog‘i darkor. Bosqinchi vujud bilan muzokara qilish uchun hech qanday qonuniy asos yo‘q.
Vaqtinchalik sulh yechim emas. Balki yechim, Salohiddin qilgani kabi, islomiy o‘lkalar armiyalarini oyoqqa turg‘azish bilan muborak zaminni ozod etishdir.
Bas, bu armiyalarimiz qachon qo‘zg‘aladi?!
Armiyalarimiz – xususan, Misr armiyasi – qo‘mondonlariga savollarimiz bor:
Misr armiyasi Falastinni ozod etish uchun yetarli jangovar qudratga ega, u holda, nega ozod etish uchun oyoqqa turmayapti?!
Armiya qo‘mondonlari g‘azolik birodarlari qirilayotgan bo‘lsayu, qanday uxlay olyaptilar?!
Ummat qatli omga uchrayotgan bir paytda ham armiyalarimiz vazifasi hukumatni qo‘riqlash bo‘laveradimi?!
Bu muzokaralar va takliflar Isro va Me’roj zaminiga zulukdek yopishayotgan yahudiy vujudini saqlab qolish uchun muvaffaqiyatsiz urinishdir, bundan boshqa narsa emas. Musulmon Ummatning armiyalari harakatga kelib, butun Falastinni ozod qilish uchun o‘zlarining shar’iy burchlarini ado etishlari bilangina haqiqiy yechim bo‘ladi, bundan boshqa yechim haqiqiy emas.
Ey Misr ahli, ey Kinona armiyasi!
Siz vositachilar emassiz, siz Falastin masalasining egalarisiz! Ertaga emas, bugun oyoqqa turmog‘ingiz kerak, aks holda, tarix sizni o‘zgarish yasashga qodir bo‘lgan bir paytda, Ummat haqqini poymol qilgan, Ummatni yordamsiz qoldirgan kimsalarning ro‘yxatiga kiritadi.
﴿وَقَٰتِلُوهُمۡ حَتَّىٰ لَا تَكُونَ فِتۡنَةٞ وَيَكُونَ ٱلدِّينُ كُلُّهُۥ لِلَّهِ﴾
«To (dunyoda) biron fitna-aldov qolmay, butun din faqat Alloh uchun bo‘lgunga qadar ularga qarshi jang qilinglar!» [Anfol 39]
Hizb ut-Tahrirning Misr viloyatidagi
matbuot bo‘limi