Hokimiyatga o‘ch siyosatchilar Hindistonni rozi qilish maqsadida Avomi Ligasini qayta tiklashga harakat qilishmoqda

16
0

Matbuot bayonoti

Hokimiyatga o‘ch siyosatchilar Hindistonni rozi qilish maqsadida Avomi Ligasini qayta tiklashga harakat qilishmoqda

Bir vaqtning o‘zida, xolis siyosiy partiya bo‘lmish Hizb ut-Tahrirning shu Liga tomonidan bostirilib, taqiq qurboni bo‘lganidan ko‘z yumishmoqda

﴿قَٰتَلَهُمُ ٱللَّهُۖ أَنَّىٰ يُؤۡفَكُونَ﴾

«Ularga Allohning la’nati bo‘lsin, naqadar adashmoqdalar-a!»

Muvaqqat hukumat katta maslahatchisining «Avomi Ligasini taqiqlash rejamiz yo‘q», degan so‘zlari xalq orasida katta tashvish uyg‘otdi. Chunki Avomi Ligasi partiyasi hukumati o‘tgan 15 yildan ziyod vaqt ichida odamlarga qarshi misli ko‘rilmagan dahshatli jinoyatlarni sodir etdi. Masalan, o‘g‘irlab ketish, o‘ldirib yuborish va yashirin qamoq yerto‘lalarida saqlash bilan muxolafat partiyalarini repressiya qildi. Bengal armiyasini Hindistonga bo‘ysundirib berish uchun bu mushrik davlat bilan til biriktirgan holda Pilxona qirg‘inini sodir etdi. Korrupsiya va pul yuvish orqali mamlakat iqtisodiyotini vayron qildi. Hatto hokimiyatdan ajragan Hasina Hindistonda turib, Bangladesh davlatiga qarshi fitnalar uyushtirishda hamon Avomi Ligasidan foydalanmoqda. Shu orqali qaytib kelish va xalqdan o‘ch olish bilan tahdid qilmoqda. Hozirda odamlar mana shu tarqatilgan Avomi Ligasining repressiya va jinoyatlari jarohatlaridan tuzalganlari yo‘q hali. Bengal Xalq partiyasi bosh kotibi Mirza Faxrulislom Alamgir 2024 yil 1 oktyabrda «UNB» axborot agentligiga bergan intervyusida «Avomi Ligasini bo‘lajak milliy saylovlarda qatnashishini taqiqlash yoki fashistik siyosiy partiya sifatida qoralash noto‘g‘ri, chunki bu ikki ish demokratik jarayonni zaiflashtiradi», dedi. Bangladesh Jamoati Islomiya amiri Kushtiya shahrida jurnalistlar savollariga javoban bunday dedi: «Avomi a’zolari shu o‘lka farzandlaridir. Har bir shaxsning siyosat bilan shug‘ullanish huquqi bor. Bizning siyosatdan mahrum etilganimiz xato bo‘lgani kabi, ayni xatoni qayta takrorlashni istamaymiz».

Ammo insonlar Avomi Ligasi hamon siyosiy kuch ekanini anglab yetgach, nega bu Liga qayta tiklanyapti, axir, u Qo‘shma Shtatlar bilan Hindistonga tobe-ku, Hasina va uning partiyasiga qanday ishonish mumkin, axir, ular 15 yil davomida xalqni repressiya qildi-ku? – kabi tabiiy savollarni bera boshlashdi.

Ey insonlar!

Hizb ut-Tahrir 15 yil davomida Avomi Ligasi sodir etgan korrupsiya, istibdod, zulm va davlatga qarshi faoliyatlarni fosh etib, bularni baralla, ochiq gapirdi hamda o‘zining siyosiy kurashida yaltoqlik qilmadi. Hizb ut-Tahrir 2009 yil Pilxona qirg‘inida Hasina bilan Hindiston o‘rtasida til biriktiruv bo‘lganini mardlarcha fosh etdi. Hasina shundan so‘ng Hizbni taqiqlab qo‘ydi. Bunga ongli insonlar o‘zlari guvohdirlar. Hizb, shuningdek, Amerikaning Bangladeshda mustamlakachilik loyihasini ishlab chiqqanini hamda «terrorizmga qarshi kurash» niqobi ostida Islomga qarshi kurashayotganini ham fosh etdi. Hizb Islom boshqaruvini, ya’ni yer yuzidagi musulmonlar ko‘z tikib turgan Xalifalik davlatini barpo etish harakatiga yetakchilik qilmoqda.

Ey insonlar!

15 yil davom etgan siyosiy kurash natijasida tog‘ut Hasina ag‘darilgandan so‘ng Hizb ut-Tahrirning ovozini bo‘g‘ishga urinish kimning manfaatiga xizmat qiladi?! Hozir muvaqqat hukumatdagilar tog‘utga butunlay yakun yasash kerak bo‘lgan bir paytda, uni qayta tiklashga va shu orqali Hizb ut-Tahrirga qarshi adolatsiz taqiqlovni o‘z kuchida qoldirishga urinishyapti. Buning yagona sababi o‘zlarining Qo‘shma Shtatlar bilan Hindistonga qanchalar sodiq ekanliklarini ko‘rsatishdir! Bu Allohga, Rosuliga va mo‘minlarga nisbatan munofiqlik va xiyonat emasmi?! Ular iddao qilayotgan fikr erkinligi va turfa xillik, aslida, demokratiya tarafdorlarining yolg‘on tashviqotidan boshqa narsa emas! Alloh Taolo bunday degan:

﴿وَٱللَّهُ يَشۡهَدُ إِنَّ ٱلۡمُنَٰفِقِينَ لَكَٰذِبُونَ﴾

«Alloh u munofiqlarning albatta yolg‘onchi ekanliklariga guvohlik berur»                                                                                              [Munafiqun 1]

Ey insonlar!

Mamlakatdagi siyosiy demokratik partiyalar mustamlakachi kofirlar bo‘lmish AQSH, Britaniya va ularning mintaqaviy qo‘g‘irchoqlari Hindistonni o‘zlariga avliyo va do‘st qilib olishdi. Biroq, aslida, fashizmning dohiylari shularning o‘zlaridir. Darvoqe, kuni-kecha eski Hasina hukumati bengal armiyasi bilan chegara kuchlari o‘rtasida bo‘linish paydo qilish bilan Hindiston fitnasini ijro etgan edi. Bugunga kelib Amerikaning malay hukmdorlari o‘zining foydasiga armiyaning o‘zida bo‘linish chiqarmoqchi. Barcha insonlar tarixdan shuni yaxshi bilishlari kerakki, mustamlakachilar malaylardan o‘zlarining iqtisodiy va geosiyosiy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish uchun bir ro‘molcha sifatida foydalanishadi, qachon bu malaylar bilan xalq o‘rtasida nizo chiqsa, ularni boshqa malaylarga almashtirib yuborishadi. Biz inqilobchi yoshlarni shundan ogohlantirib qo‘ymoqchimizki, siyosatda xalqaro tartib va xalqaro tashkilotlarga tayanish siyosiy jihatdan o‘z joniga qasd qilishdan boshqa narsa emas. Chunki mustamlakachi kuchlar sizdan – ularning manfaatlari sizdan voz kechishni taqozo etsa – hech ikkilanmasdan voz kechib yuborishadi. Siz hatto Tulsi Gabbardning Hindistonga kelishida Avomi Ligasini qayta tiklash alomatlarini ko‘rdingiz. Shuning uchun Amerikaning mustamlakachilik kun tartibini bajarish uchun yollanma askar bo‘lmang, balki har qanday tog‘utga va uning makkor aqliga qarshi kurashish uchun xalqqa tayaning, «Itoat qilishmi yoki kurashish: kurashish va yana kurashish», «Moslashishmi yoki kurashish: kurashish va yana kurashish» kabilarni o‘zingizga shior qilib oling. Shunday ruhni o‘zingizda saqlab qolishingiz kerak, xuddi iyul qo‘zg‘olonida bo‘lgani kabi.

Xullas kalom, Hizb ut-Tahrir Ummatning ongli farzandlariga, xolis yoshlariga, rostgo‘y siyosatchilari, mufakkir va harbiylariga ochiq murojaat qilmoqda: Har qanday zolim kuchni qayta tiklanishiga qarshi baland ovoz bo‘ling va o‘lkalaringiz suverenitetini himoya qilish uchun birlashing, toki AQSH yoki Britaniya yoxud Hindiston yetakchiligidagi mustamlakachi kuchlar unga hukmronlik qila olmasin! Islom va o‘lkalaringizga qarshi AQSH va Hindiston til biriktiruviga qarshi birlashing! Alloh Taolo aytadi:

﴿لَّا يَتَّخِذِ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ ٱلۡكَٰفِرِينَ أَوۡلِيَآءَ مِن دُونِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَۖ وَمَن يَفۡعَلۡ ذَٰلِكَ فَلَيۡسَ مِنَ ٱللَّهِ فِي شَيۡءٍ إِلَّآ أَن تَتَّقُواْ مِنۡهُمۡ تُقَىٰةٗۗ وَيُحَذِّرُكُمُ ٱللَّهُ نَفۡسَهُۥۗ وَإِلَى ٱللَّهِ ٱلۡمَصِيرُ﴾

«Mo‘minlar mo‘minlarni qo‘yib, kofirlarni do‘st tutmasinlar, kim shunday qilsa, bas, (u) Allohga begonadir, ammo ulardan ehtiyot bo‘lib tursangiz (yuzaki muomala qilsangiz joizdir), Alloh sizni O‘zining (azobidan) ogoh qilur. Va faqat Allohga qaytajaksiz»                                [Oli Imron 28]

Hizb ut-Tahrirning Bangladeshdagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.