Matbuot bayonoti
Hizb ut-Tahrir armiyalarni G‘azo ahliga nusrat berishga tinimsiz da’vat qilayotgan bir paytda Iordaniya rejimi xavfsizlik xizmati Hizbning ikki a’zosini vahshiylarcha qamoqqa oldi
2025 yil 24 mart dushanba kuni Iordaniya rejimi xavfsizlik kuchlari Hizb ut-Tahrirning ikki a’zosi – Ahmad hoji Abdulloh Jamol (Abu Shihob) va ustoz Hamza Mujliy Bani Isoni vahshiylarcha qamoqqa oldi. Xavfsizlik kuchlari tunda hoji Ahmadning xonadoniga bostirib kirib, yotoqxonasigacha kirib borib uyg‘otishdi, na uning obro‘siga, na yoshi ulug‘ligiga va na xonadon daxlsizligiga rioya qilishdi. U o‘g‘lini xavfsizlik organlariga taslim bo‘lishga majburlash vositasi sifatida hibsga olindi. O‘g‘il bu talabga javob bermagach, uning o‘rniga otaga qarshi ayblovlar qo‘yildi.
Ustoz Hamzani esa, qamoqqa olishgandan keyin qattiq kaltaklab, ko‘ziga og‘ir jarohat yetkazishdi va uni operatsiya qilishga to‘g‘ri keldi. Ramazonning oxirgi kechalarida sodir bo‘lgan bu hodisa naqadar jirkanchliki, unda na Ramazonning, na begunoh odamlar uylarining hurmati rioya qilinsa?!
Hibsga olinganlar davlat xavfsizlik xizmatiga topshirildi. O‘z navbatida, bu ish davlat xavfsizlik xizmati vakolatiga kirmaganligi sababli, keyin fuqarolik prokuraturasiga topshirildi. Prokuror ikkisiga quyidagi ayblovlarni qo‘ydi:
Noqonuniy tashkilotga a’zo bo‘lish;
Varaqa tarqatish;
Terrorizmga qarshi kurash qonunining 3-moddasi b) bandiga muvofiq: o‘zining dushmanlik harakatlari bilan Iordaniya qirolligiga tahdid soladigan, boshqa davlatlar bilan munosabatlariga putur yetkazadigan yoki Iordaniya fuqarolarini o‘ch olish harakatlariga olib keladigan yoki ularning mulkiga xavf solishi mumkin bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanish.
Biz Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati a’zolari mamlakat xavfsizlik kuchlari tomonidan qilingan bunday jinoiy qilmish qarshisida quyidagilarni ta’kidlaymiz:
Hizb ut-Tahrir mabdai Islom bo‘lgan siyosiy Hizbdir. U Allohning bir asr avval hayotdan chetlatilgan shariatini qayta tatbiq qilish maqsadida Xalifalik davlatini barpo etish uchun fikriy va siyosiy faoliyat olib bormoqda. Hizb bunday repressiv harakatlar va qamoqqa olishlar uning Alloh tomonidan buyurilgan ushbu farzni ado etishda tinimsiz harakat qilishiga hargiz xalaqit bermasligini, unga mustamlakachi kofirlarga malay rejimlar zarar yetkazolmasligini doim ta’kidlab keladi.
Hizb ut-Tahrirning armiyalarni butun Falastin ahliga, xususan, G‘azo ahliga nusrat berishga qilayotgan da’vati Alloh Subhanahu va Taolo O‘z kalomida buyurgan o‘sha muqaddas birodarlik burchining talabidir:
﴿وَإِنِ ٱسۡتَنصَرُوكُمۡ فِي ٱلدِّينِ فَعَلَيۡكُمُ ٱلنَّصۡرُ﴾
«Agar ular din yo‘lida sizlardan yordam so‘rasalar, yordam berish zimmangizdadir» [Anfol 72]
degan. Shunday ekan, rejim G‘azo ahliga yordam bermay, yahudiylarni va mustamlakachi G‘arbni do‘st tutishdek o‘z sharmandaligidan uyalishi kerak edi. Buning o‘rniga, bosqinchilarga qarshi jang qilishga da’vat qilayotgan taqvoli xolis insonlarni qamoqqa olmoqda.
Ko‘z-o‘ngimizda G‘azo ahli tarixda misli ko‘rilmagan genotsid, quvg‘in va ochlikka duchor bo‘layotgan ekan, biz armiyalarimizni «qo‘rqoq yahudiylarga qarshi jang qilish bilan G‘azo ahliga yordam beringlar» deya tinimsiz da’vat qilyapmiz va Alloh Taoloning
﴿وَيَوۡمَ يَعَضُّ ٱلظَّالِمُ عَلَىٰ يَدَيۡهِ يَقُولُ يَٰلَيۡتَنِي ٱتَّخَذۡتُ مَعَ ٱلرَّسُولِ سَبِيلٗا * يَٰوَيۡلَتَىٰ لَيۡتَنِي لَمۡ أَتَّخِذۡ فُلَانًا خَلِيلٗا﴾
«U kunda zolim ikki qo‘lini (nadomatdan barmoqlarini) tishlab, eh, qaniydi men ham payg‘ambar bilan bir yo‘lni tutganimda edi, o‘lim bo‘lsin menga, qaniydi men falonchini do‘st tutmaganimda edi deydi» [Furqon 27]
degan kalomidagi zolimlardan bo‘lib qolmasliklarini ta’kidlab kelyapmiz. Zero, itoat qilish shart bo‘lgan buyruq Allohning buyruqlaridir, tog‘utlar buyruqlari emas.
Ey Iordaniya ahli, ey musulmonlar!
Hizb ut-Tahrir Islomga, musulmonlarga va da’vatga dushman ekanligi hammaga yaqqol fosh bo‘lib qolgan malay rejimlardan qo‘rqmaydi va Xalifalikni barpo etish uchun qilgan ahd-paymonida sodiq qoladi. Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik o‘zining barcha qo‘shinlarini musulmonlarga yordam berish va bosib olingan islomiy yurtlarni ozod etishga safarbar qiladi. Allohning amrini bajarishga da’vat qilayotgan insonlarni qamoqqa olishlaridan ochiq ko‘rinib turibdiki, bu malay rejimlar omadsizlikka uchrab, haq kalimasidan qo‘rqishyapti hamda mustamlakachi kofir G‘arb va uning gumashtalarini o‘z xalqlari hisobiga do‘st tutishyapti. Zotan, ulardan har birining taxti likillab qolib, Ummat dushmanlariga tayanishlari bilan yiqilish arafasiga kelib qolgan.
﴿وَلَا تَرۡكَنُوٓاْ إِلَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ فَتَمَسَّكُمُ ٱلنَّارُ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِنۡ أَوۡلِيَآءَ ثُمَّ لَا تُنصَرُونَ﴾
«Zulm yo‘lini tutgan kimsalarga tayanmanglar (ergashmanglar). Aks holda sizlarga do‘zax o‘ti yetar. Sizlar uchun Allohdan o‘zga biron do‘st yo‘qdir. Keyin (ya’ni zolimlarga ergashsangiz) sizlarga yordam berilmas» [Hud 113]
Hizb ut-Tahrirning
Iordaniya viloyatidagi
matbuot bo‘limi