Ey Azhar shayxi! Qirg‘inlar tasodif emas, balki hukmdorlar, armiyalar va ulamolar xiyonatining tabiiy oqibatidir!

40
0

Matbuot bayonoti

Ey Azhar shayxi! Qirg‘inlar tasodif emas, balki hukmdorlar, armiyalar va ulamolar xiyonatining tabiiy oqibatidir!

Azhar shayxi o‘z nutqida G‘azodagi qirg‘inlarni «halokatli nafrat» va «har qanday rahm-shafqat va insoniylik ma’nolaridan mahrum», deya baholadi. Bu gaplar Ummatga hech qanday yangi narsa bergani yo‘q, o‘nlab yillar davomida anglamagan narsasini anglatgani yo‘q. Biroq bu gapdan muhim va tabiiy savol tug‘iladi: Agar anavi rejimlar G‘azoni yordamsiz qoldirishmaganda, armiyalar harakatga kelishganda va hukmdorlar yahudiylar bilan til biriktirishmaganda bu qirg‘inlar bo‘larmidi?!

Bugungi kunda yahudiy vujudi sodir etayotgan bu jinoyatlar uning tarixidagi yolg‘iz bir holat emas, balki aslida bor narsa. Chunki bu vujud Britaniya tomonidan Islom Ummati ko‘ksiga xanjar bo‘lib sanchilgan kundayoq qonxo‘rlik ustiga bino bo‘lgan. G‘azodagi qilmishlari ham, Dayri Yosin, Kufri Qosim, Sabra, Shatilla, Janin kabi shaharlarda shuncha payt qilib kelgan va bugun G‘azoda qilayotgan qatli om va surgun qilmishlari ham, barchasi son-sanoqsiz jinoyatlariga yana qo‘shimcha bo‘ldi, xolos.

Azhar shayxining bayonoti haqiqiy va yagona yechim darajasiga, ya’ni bu bosqinchi vujudni ildizi bilan qo‘porib tashlash uchun armiyalarni harakatlantirish va ommaviy safarbarlik e’lon qilish yechimi darajasiga ko‘tarilmadi.

Azhar ta’sis etilgandan beri bosqinchi va tajovuzkorlarga qarshi jihod mayog‘i bo‘lib kelgan, u yerdagi ulamolar zulm va mustamlakaga qarshi qo‘zg‘olonlarga yetakchilik qilganlar. Shunday bo‘lgach, bugungi Azhar shayxini Falastinni ozod etish uchun ommaviy safarbarlikni e’lon qilishdan nima to‘syapti?!

Nega bu shayx jihod Ummatga farzi ayndir, Falastinni faqat jihod bilangina ozod etamiz, deb ochiq aytmayapti?!

Nega u Misr qo‘shinlarini ularni shar’iy burchlarini ado etishdan to‘sayotgan malay hukmdorlarni uloqtirib tashlashga targ‘ib qilmayapti?!

Nega bu shayx G‘azoni bo‘g‘ib turgan qamalda Misr rejimi ham sherik ekanini hamda yahudiylar chegaralari mudofaasida ular bilan hamkorlik qilayotganini aytib qoralamayapti?!

Nega shayx Ummatni anavi malay rejimlarga qarshi qo‘zg‘alishga da’vat qilmayapti, axir, yahudiy vujudining birinchi mudofaa liniyasi mana shu rejimlarku?!

Nima uchun u Islom davlati barpo etilishini talab qilmayapti, axir, butun bir o‘lkagagina emas, balki bitta ayolga nusrat berish uchun butun armiyalarni oyoqqa turg‘azuvchi Islom davlati-ku?!

Azharning bu faktlarga sukut qilishi uni yechimning emas, muammoning bir qismiga aylantiradi.

Ey Azhar shayxi!

Biz qoralashlarga emas, balki jihod e’lon qilinishiga muhtojmiz. Agar siz pozitsiyangizda rostgo‘y bo‘lsangiz, u holda, Ummatni jihodga chaqiring va Falastinni ozod etish sari rag‘batlantiring. Haqni baralla aytib, Ummatning malay hukmdorlariga qarshi ovoziga aylaning. Butun shayxlar Alloh Subhanahu va Taologa bergan ahd-paymoningizga vafo qiling va U zot bilan tuzgan shartnomasini buzgan yahudiy ravvinlaridek bo‘lib qolmang:

﴿وَإِذۡ أَخَذَ ٱللَّهُ مِيثَٰقَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ لَتُبَيِّنُنَّهُۥ لِلنَّاسِ وَلَا تَكۡتُمُونَهُۥ فَنَبَذُوهُ وَرَآءَ ظُهُورِهِمۡ وَٱشۡتَرَوۡاْ بِهِۦ ثَمَنٗا قَلِيلٗاۖ فَبِئۡسَ مَا يَشۡتَرُونَ﴾

«Eslang: Alloh ahli kitoblardan «Albatta u Kitobni odamlarga ochiq bayon qilursiz va yashirmaysiz!» – deb ahd-paymon olgan edi. So‘ng ular bu ahd-paymonni ortlariga tashlashdi va uni ozgina qiymatga sotishdi. Ularning bu oldi-sotdilari naqadar yomon ish bo‘ldi!»                        [Oli Imron 187]

Ammo diplomatik bayonotlar berish bilan kifoyalansangiz, unutmang, Islom Ummati birovni kutib o‘tirmaydi, balki shuncha yordamsiz qolganiga qaramay tez kunda harakatga kelib, kimlardir istasa-istamasa, Allohning izni ila albatta nusrat quchadi.

Ey Ummat qo‘shinlari!

Yetar shuncha sukut qilganingiz, kutishingiz, xoin hukmdorlarga itoat qilishingiz. Axir, bu hukmdorlar din va dunyosini sotib bo‘lishdi. Ummat sizdan tarix oqimini o‘zgartiradigan bir pozitsiyani kutmoqda. Bas, javobgarlikni his qiling. Aks holda, oqqan har qatra qon uchun Alloh oldida javob berasiz. Chunki uni to‘xtatishga siz qodirsiz.

Ey Misr qo‘shinlari!

Qo‘lingizda qurol bo‘la turib va o‘zgartirishga siz qodir bo‘la turib bu malay hukmdorlarga qullik qilishda davom etmang. Yahudiy vujudini yakson qilishga qodir haqiqiy kuch shayxlar bayonotlari ham, siyosatchilar nutqlari ham emas, balki sizsiz. Islom tarafida siz turmasangiz kim turadi, Ummatga siz yordam bermasangiz kim yordam beradi?! Bas, Alloh uchun shunday darg‘azab bo‘lingki, sizning g‘azabingiz muborak zaminni ozod etishdan va Islom davlatini barpo etishdan to‘sayotgan bu xoin rejimni ildizi bilan qo‘porib tashlasin, sizni ushbu farzni ado etishga undovchi Islom davlatini barpo etsin. Ey Kinona qo‘shinlari va xolis avlodlari, ehtimol bu ishni Alloh sizga nasib etar va sizning qo‘lingiz bilan xayr darvozasini, ya’ni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni ochib berib, bu dunyodagi kuch-qudratga, oxiratdagi azizlikka noil bo‘larsiz.

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِن تَنصُرُواْ ٱللَّهَ يَنصُرۡكُمۡ وَيُثَبِّتۡ أَقۡدَامَكُمۡ﴾

«Ey mo‘minlar, agar siz Allohga yordam bersangizlar U ham sizga nusrat-yordam berur va (jang maydonida) qadamlaringizni sobit-barqaror qilur»                                                                                                [Muhammad 7]

Hizb ut-Tahrirning Misr viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.