Tulsi Gabbard AQSH-Hindiston hamkorligiga hamda Islom va musulmonlarga qarshi kurashga sodiqligini ta’kidlamoqda

4
0

Matbuot bayonoti

Tulsi Gabbard AQSH-Hindiston hamkorligiga hamda Islom va musulmonlarga qarshi kurashga sodiqligini ta’kidlamoqda

AQSH milliy razvedka xizmati direktori Tulsi Gabbard Hindiston safari chog‘ida bergan bayonotida Bangladeshdagi etnik ozchilik va Islomiy Xalifalik to‘g‘risida gapirdi. Bu Islomni yaxshi ko‘rgan, siyosiy ongli xalq uchun kutilmagan bayonot bo‘lmasa-da, biroq Bangladeshdagi amerikaparast malaylar xoinligini ochib berdi. Gap shundaki, bu malaylar Hindistonga qarshi kurashda «Amerikani Bangladeshning do‘sti» sifatida qabul qilish fikrini oldiga surishdi, Islomni yaxshi ko‘rgan xalqni Amerika Islomga qarshi kurash siyosatidan voz kechganiga ishontirishga urinishdi. Aslida esa, Amerika ma’muriyati o‘zgarsa ham uning tashqi siyosati o‘zgarmaydi. Takabbur Tramp va uning ma’muriyati o‘z malaylarini haqoratlashni va xorijiy siyosatlari sabablarini ochiqlashni xohlashadi. Shuning uchun Bangladeshdagi siyosiy manzarani o‘zgartirish uchun berilgan 29 million dollarni tekshirishga chaqirdi. Holbuki, bu pullarni suveren bir davlatning siyosatini nazorat qilishga sarflash, shubhasiz, ulkan jinoyat va boshqa davlatning ichki ishlariga aralashish hisoblanadi.

Ha, Amerika la’nati yahudiy vujudini Falastin aholisini o‘ldirish va ko‘chirishda qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa-da, biroq Bangladeshdagi amerikaparast hukmdorlar Hindistonning tajovuzlariga qarshi kurashda AQSHning Bangladesh tarafida turishini aytib, mamlakat aholisini doim adashtirib kelishmoqda. Aslida, Amerika Islomga qarshi urushda mintaqada Hindistondan regional qo‘riqchi sifatida foydalanyapti, arab mintaqasida esa bosqinchi yahudiy vujudini qo‘llab-quvvatlash bilan Islom va musulmonlarga qarshi urush olib boryapti. Darhaqiqat, Alloh Taolo bizni kofir mustamlakachilar va ularning malaylaridan ogohlantirib, bunday degan:

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَتَّخِذُواْ ٱلۡيَهُودَ وَٱلنَّصَٰرَىٰٓ أَوۡلِيَآءَۘ بَعۡضُهُمۡ أَوۡلِيَآءُ بَعۡضٖۚ وَمَن يَتَوَلَّهُم مِّنكُمۡ فَإِنَّهُۥ مِنۡهُمۡۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهۡدِي ٱلۡقَوۡمَ ٱلظَّٰلِمِينَ﴾

«Ey mo‘minlar, yahudiy va nasroniylarni do‘st tutmanglar. Ularning ba’zilari ba’zilariga do‘stdirlar. Sizdan kim ularga do‘st bo‘lsa, bas, u o‘shalardandir. Albatta, Alloh zolim qavmni hidoyat qilmas»     [Moida 51]

Musulmonlar yahudiy vujudining ham, Hindistonning ham dushmani ekanini Amerika biladi. Alloh Taolo bunday degan:

﴿لَتَجِدَنَّ أَشَدَّ ٱلنَّاسِ عَدَٰوَةٗ لِّلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱلۡيَهُودَ وَٱلَّذِينَ أَشۡرَكُوا﴾

«Iymon keltirgan zotlarga eng qattiq adovat qilguvchi odamlar yahudiylar va mushrik bo‘lgan kimsalar ekanini ko‘rasiz»                                [Moida 82]

Biz bu muvaqqat hukumatning qanday qilib o‘z sharmandaligini yashirishga urinib, Tulsi Gabbard bayonotini qoralaganini, ammo Bangladesh xalqining Islom bilan boshqarish talabini «islomiy terrorizm» deb ta’riflab, musulmonlarni bostirish siyosatiga sodiq ekanini ko‘rsatganini guvohi bo‘ldik. Bu malay hukmdorlar g‘arblik xo‘jayinlariga shunchalik itoatgo‘y va shu darajada anqovki, ularga norozilik sifatida Amerikaga qarshi bir og‘iz savol berishga ham yuraklari dov bermaydi! Nima uchun Tulsi Hindistonda musulmonlar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan repressiyaning tinimsiz qurbonlari bo‘layotganidan xavotir bildirmadi?! Holbuki, Hindistondagi musulmonlar Xindutva ekstremistlari tomonidan har doim – hatto Tulsining o‘sha yerga safari chog‘ida ham – bostirilayotganini butun dunyo guvohi bo‘ldi. Bu ayol Hindiston fashist Hasinaga boshpana berganining sababi haqida bir og‘iz ham gapirmadi. Amerikaga malay hukmdorlar ham bu savollarni ko‘tarishmadi. Chunki ular Qo‘shma Shtatlar bilan Hindiston o‘rtasidagi mintaqaviy munosabatni yaxshi bilishadi.

Ey insonlar!

O‘zingizga bir savol bering: mustamlakachi kofir Amerikaning ham, unga tobe bo‘lgan mintaqadagi Hindistonning ham mamlakatimiz ahliga qarshi dushmanona pozitsiyani egallagani ma’lum. Shunday ekan, bu dushmanliklariga e’tiborsiz qarash uzr bo‘ladimi?! Hatto Tulsining bayonotidan uning tog‘ut Hasinaga qayta rasmiy tus berishga urinayotganini ko‘pchilik sezib turibdi. Shuning uchun Hizb ut-Tahrir ongli xalqni, siyosatchilarni, xolis ziyolilarni va harbiylarni da’vat qilib, biz AQSH bilan Hindistonning tog‘ut Hasinani qayta olib kelish yoki uning o‘rniga yana bir tog‘ut malayni tiklash rejalariga qarshi birlashmog‘imiz hamda Islom va musulmonlarga qarshi til biriktiruvlarini barbod etmog‘imiz lozim, demoqda.

Ey insonlar!

O‘zingizga ma’lum, sekulyar kapitalistik tuzumni himoya qilayotgan Qo‘shma Shtatlar bugungi kunda «xasta odam»ga aylandi. Bu tuzum butun dunyoda noto‘g‘ri va mustabid tuzum sifatida qoralandi. Shuning uchun Amerika odil boshqaruv bo‘lgan Xalifalik tuzumining qaytishidan qo‘rqmoqda. Zero, mintaqada 700 yil hukm surgan islomiy boshqaruv paytida musulmonlar bilan g‘ayrimusulmonlar tinch-totuv yashaganlar. AQSH milliy razvedka direktori aytgan «Islomiy Xalifalikning tiklanishi g‘ayrimusulmonlarga salbiy ta’sir qilishi» g‘irt yolg‘on va o‘zlarining siyosiy omadsizliklarining bir belgisidir. Aslida, mustamlakachi G‘arb davlatlaridan va zolim podshoh Dohirni olib kelgan hukmron Xindutva elitasidan bu mintaqani ozod etish va mintaqaviy barqarorlikni qayta tiklash insha Alloh Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bilan bo‘ladi, usiz hargiz amalga oshmaydi. Buning uchun barcha Hizb ut-Tahrir atrofiga birlashmog‘i va ushbu Xalifalik davlatini barpo etishga birgalikda qadam tashlamog‘i darkor.

﴿وَكَذَٰلِكَ جَعَلۡنَٰكُمۡ أُمَّةٗ وَسَطٗا لِّتَكُونُواْ شُهَدَآءَ عَلَى ٱلنَّاسِ وَيَكُونَ ٱلرَّسُولُ عَلَيۡكُمۡ شَهِيدٗا﴾

«Shuningdek (ya’ni haq yo‘lga hidoyat qilganimiz kabi), sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh bo‘lishingiz va payg‘ambar sizlarning ustingizda guvoh bo‘lishi uchun o‘rta (adolatli) bir millat qildik»                                  [Baqara 143]

Hizb ut-Tahrirning Bangladeshdagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.