Qirg‘iziston rejimi muftiyotdan dastro‘mol sifatida foydalanmoqchi

15
0

Qirg‘iziston rejimi muftiyotdan dastro‘mol sifatida foydalanmoqchi

Prezident Sadir Japarov 5 aprel kuni niqob va burqa kiygan muslimalarga tushuntirish ishlari olib borilayotganini ma’lum qilar ekan, ro‘mol o‘ragan muslimalar yuzlarini ochib yurishlari kerakligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, qonunda bunday moddaning qabul qilinishiga Ulamolar kengashining qarori asos bo‘lgan. Prezident so‘zining ortidanoq, Muftiyot matbuot xizmati niqob va burqa kiyish Islomda farz emasligi va uni kiymagan ayollar gunohkor bo‘lmasligi haqida bayonot berdi. Bayonotda aytilishicha, diniy masalalar haqida gap ketganda, faqat aniq dalillarga asoslangan holda gapirish kerak, undan turli manfaatlar uchun foydalanish gunoh hisoblanadi.

Prezidentning o‘zini oqlashi va muftiyning uni himoya qilishi sal avvalroq Milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan Jalolobod shahri va Suzoq tumanida “E’tiqod erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun doirasida niqob kiygan opa-singillarimizga qarshi o‘tkazilgan reydlar bilan bog‘liqdir. Chunki xalqning aksariyati bu kampaniyaga qarshi o‘z noroziliklarini izhor qilgan edi. Shunday bo‘lishiga qaramay, hozirda O‘sh shahrida reydlar yana davom etyapti. Huquq-tartibot idoralari xodimlari jamoat joylarida niqob kiyganlar muslima opa-singillarimizni 20 ming som miqdorida jarimaga tortilishidan ogohlantirmoqda.

Aslida niqob kiyganlarni jarimaga tortish nazarda tutilgan qonun may oyidan kuchga kiradi. Biroq, rasmiy idoralar shoshilinch reydlar uyushtirib, Islom diniga nisbatan ko‘z qarashlarini fosh qilib qo‘ydi. Yoki bu shoshilinch harakatlar ortida boshqa manfaat bormi?

Ayni paytda prezident niqobga qarshi modda Ulamolar kengashi qarori asosida qabul qilingani haqidagi bayonoti bilan muftiyotni musulmonlar nishoniga aylantirdi. Oqibatda musulmonlar bilan muftiyot o‘rtasidagi ziddiyat kuchayib, rejim o‘zini oppoq qilib ko‘rsatmoqda. Biroq mazkur qonun qabul qilinayotgan paytda davlat mutasaddilarining Ulamolar kengashiga qo‘ygan talablari va uni qabul qilishga bo‘lgan ishtiyoqini hech kim unutgani yo‘q. Hatto, huquq-tartibot idoralari xodimlari qonun haqidagi haqiqatni fosh qilgan musulmonlarni hibsga olib, qiynoqqa solishdi. Bu qiynoqlar bugungi kungacha davom etmoqda. Binobarin, rasmiy idoralarning bu qadamlaridan, ular kelgusida muftiyotdan Islomga qarshi kurashda dastro‘mol sifatida foydalanishi va o‘zlarining nopok ishlarini haspo‘shlash uchun soxta fatvolar chiqartirishini anglash mumkin.

Shuning uchun musulmonlar vakili bo‘lgan muftiyot va ulamolar kengashiga shunday murojaat qilamiz: Hukumatning nopok nayranglari qurboniga aylanib qolishdan ehtiyot bo‘ling! Bu dunyo matosini emas, oxirat saodati va Allohning roziligini ko‘zlab ish yuriting. O‘zingiz aytganingizdek, shariat masalalarida aniq dalillarga tayanib harakat qilish zarur! Biroq, bu dalillar hukumatning nopok ishlariga yo‘l ochishni emas, aksincha, davlatdagi har bir qonun shariat asosida bo‘lishini talab qiladi. Alloh Taolo aytadi:

“Kimda-kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular kofirlardir”.

“Kimda-kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular zolimlardir”.

“Kimda-kim Alloh nozil etgan din bilan hukm etmas ekan, ular fosiqlardir!”. (Moida: 44-47).

Shunday ekan, sizning vazifangiz hozirda kufr qonunlarini qo‘llash orqali musulmonlarga zulm qilayotgan rejimni nahi munkar qilishdir!

حدثنا قتيبة حدثنا عبد العزيز بن محمد عن عمرو بن أبي عمرو عن عبد الله الأنصاري عن حذيفة بن اليمان عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: “والذي نفسي بيده لتأمرن بالمعروف ولتنهون عن المنكر، أو ليوشكن الله أن يبعث عليكم عقابا منه ثم تدعونه فلا يستجاب لكم” رواه الترمذي وقال حسن صحيح.

Qutayba roziyallohu anhu Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhudan,  u esa Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan shunday deganliklarini rivoyat qiladi: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, sizlar, albatta, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarasiz yoki Alloh sizlarga O‘z dargohidan azob yuboradi, so‘ng siz duo qilasiz, duolaringiz ijobat bo‘lmaydi», dedilar. (Termiziy rivoyati va hasan sahih)

Shunday ekan, Payg‘ambarlarning merosxo‘ri degan sifatga ega bo‘lish uchun bu mas’uliyatni ado etish vaqti keldi. Aks holda, bugun da’vatga va niqobga qarshi sizdan fatvolar chaqartirib olgan rejim ertaga sizlarni ro‘mol, soqol va hajga ham qarshi fatvolar chaqarishga majbur qiladi. Chunki Qirg‘iziston hukumati Markaziy Osiyodagi diktator rejimlar ortidan borib, Islomga qarshi qonunlarni qabul qilish orqali Islomiy doirani nazorat qilish choralarini ko‘rmoqda. Agar jamoatchilik Hukumatning bu harakatlariga nisbatan yetarli darajada qarshilik ko‘rsatmasa, diktatura o‘rnatish uchun rejim ushbu qonundan samarali foydalanishga harakat qiladi.

Demak, musulmonlar bunday vaziyatda rejimning zulmiga sukut saqlamay, ularning Islomga qarshi har qanday harakatlariga qarshi turishlari kerak. Shunda dinimiz oldida turgan tahdidlardan xabardor bo‘lib, uning ortida turgan mustamlakachi davlatlarning hiyla-nayranglarini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, Islom ahkomlarini chuqur o‘rganib, uni ongli ravishda xalqqa yetkazishimiz kerak. Ana shunda bu zolim tuzumga qarshi yagona yo‘l Islom ekanligini bilib olamiz. Alloh Taolo aytadi:

“Bugun sizlarga diningizni komil qildim, ne’matimni benuqson, to‘kis qilib berdim va sizlar uchun (faqat) Islomni din qilib tanladim”. (5:3)

Hizb ut-Tahrirning Qirg‘izistondagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.