Mo‘min bir teshikdan ikki marta chaqilmaydi

19
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hadisi Sharif bilan

Mo‘min bir teshikdan ikki marta chaqilmaydi

Aziz muxlislar, “Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.

Imom an-Navaviy «Sahihi Muslim»ga yozgan sharhining “Mo‘min bir teshikdan ikki marta chaqilmaydi”  bobida shunday deydi:

حدثنا قتيبة بن سعيد حدثنا ليث عن عقيل عن الزهري عن ابن المسيِّب عن أبي هريرة عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: “لا يلدغ المؤمن من جحر واحد مرتين“

Qutayba ibn Said bizga Abu Hurayra roziyallohu anhudan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganligini rivoyat qildi: “Mo‘min bir teshikdan ikki marta chaqilmaydi”.

Aziz birodarlar:

Mo‘min bir teshikdan ikki marta chaqilmaydi. Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning talabga ishorat qilgan so‘zlaridir. Bu yerdagi “chaqilmaydi” degan so‘zi hadisda zikr qilingan ta’qiqning jiddiyligini ko‘rsatuvchi kuchli ma’noga egadir. Chaqish ilonlarga xos xususiyatdir. Bir marta chaqilgan odam omon qolishi ham, qolmasligi ham mumkin. Ammo ikkinchisi hal qiluvchi omil bo‘ladi va u bundan omon qolmaydi. Bu masalani bugungi musulmonlar voqesiga solib ko‘rsak, siyosiy ongning naqadar muhimligini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Musulmonlar malay hukmdorlarning inidan necha marta chaqildi?! Musulmonlar demokratiya teshigidan necha marta chaqildi?! Musulmonlar vatanparvarlik inidan necha marta chaqildi?! Musulmonlar millatchilik inidan necha marta chaqildi?!

Ey musulmonlar!

Hadisi sharifda bugungi chaquvchi ilonlarga aniq ishora bor. Bu zamonda Amerika va Yevropadan tortib, Ummatning xoin hukmdorlari va saroy ulamolarigacha, juda ko‘p ilonlar mavjud. Xo‘sh, bularning barchasidan keyin ham, biz o‘sha ilonlar bilan birga o‘tirib, yurtni va xalqni o‘sha ilonlarga topshirayotganlarning qilmishlariga qanday rozilik bildiryapmiz? U ilonlar uchun elchixonalar ochiladi. Ular bilan o‘zaro mudofaa shartnomalari va bitimlar tuziladi. Shubhasizki, bu ishlar faqat ilonlar orasida sodir bo‘ladi. Bu ilonlar musulmonlarni chaqmasligi uchun biz doimo iymon dorisi bilan qurollanishimiz kerak. Bu chaqiluvchilar uchun haqiqiy immunitetdir. Hadisda: “Mo‘min chaqilmaydi”, deyilgan. Uning davosiga kelsak, kim iymonida mustahkam tursa, o‘zini himoya qilgan bo‘ladi. Mo‘min o‘zining atrofida sodir bo‘layotgan voqealardan xabardor bo‘lishi iymonning talablaridandir. Buniing natijasida, u qaysi davlatlar faol va qaysi biri passiv ekanligini biladi. Qaysi davlatlar malay davlatligini va qaysi davlatlar boshqa davlatlar orbitasida aylanishini ham biladi. Qaysi ilonlar zaharli va qaysi biri zaharli emasligini aniqlash orqali ularning turlarini ham ajratib oladi. Terisi yumshoq bo‘lsa ham, chaqishi ba’zan qabrga olib boradigan ilonlarni ham bilib oladi.

Ey musulmonlar! Hukmdorlaringizning haqiqati mana shudir. Agar mo‘min bo‘lsangiz, buni anglashingiz kerak. Shunday ekan, ulardan va ular tufayli Ummat boshiga kelgan og‘ir hayotdan qutilish uchun harakat qilishingiz lozim. Ularning o‘rniga bitta Xalifani tiklab, unga Allohning Kitobi va Rosulining sunnati bilan hukm yuritishi uchun bay’at qiling. U sizlar haqingizda Allohdan qo‘rqadi, siz ham u haqida Allohdan qo‘rqasiz. U sizni sevadi, siz ham uni sevasiz. Bu esa sizni ilon chaqishidan himoya qiladi. Chunki Xalifa orqasida turib jang qiladigan va u bilan himoyalaniladigan qalqondir.

Allohim, uning kelishini va bizlarga Kitobing bilan hukm yuritishini tezlashtirgin, yer yuzini O‘zingni Olijanob Yuzingnining nuri ila yoritgin. Amin.

Aziz birodarlar, navbatdagi «Hadisi Sharif bilan» nomli ruknimizgacha Alloh Taoloning panohida bo‘ling. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.

5 shavvol, 1446h yil.

3 aprel, 2025m yil.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.