Emlanmagan bolalar maktabga qabul qilinmaydi! o‘quvchilarning konstitutsiyaviy huquqi qayerda qoldi?

8
0

Emlanmagan bolalar maktabga qabul qilinmaydi! o‘quvchilarning konstitutsiyaviy huquqi qayerda qoldi?

Emlanmagan bolalar maktab ro‘yxatiga olinmaydi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi ta’lim va fan vazirining o‘rinbosari Lira Samikboyeva ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, 15 avgustdan so‘ng ota-onalar farzandlarining umumiy profilaktik ko‘rikdan o‘tkazilganligi va emlanganlik haqidagi ma’lumotnomalarni maktabga olib kelishlari kerak. Qarorga ko‘ra, emlanmagan bolalar maktabga qabul qilinmaydi.

Izoh:

Qirg‘iziston Konstitutsiyasining 46-moddasida quyidagi bandlar mavjud:

Har bir kishi bilim olish huquqiga ega.
Asosiy umumiy ta’lim majburiydir.
Har bir kishi davlat ta’lim muassasalarida boshlang‘ich ta’limni, umumiy asosiy, o‘rta umumiy va boshlang‘ich kasb-hunar ta’limini bepul olish huquqiga ega.
Davlat boshlang‘ich ta’limdan tortib o‘rta umumiy ta’lim muassasalarigacha har bir fuqaroning rasmiy davlat tili va boshqa chet tillarini o‘qib-o‘rganishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Qirg‘iziston Konstitutsiyasida shunday bandlar mavjud bo‘lishiga qaramay, aholisining 89 foizi musulmonlardan iborat bo‘lgan mamlakatda minglab, balki o‘n minglab talabalar ta’lim olish huquqidan mahrum bo‘lish arafasida turibdi. Bundan tashqari, mamlakatdagi vaksinalarning zararsizligini aniqlash alohida bir masala. Zero, mamlakatimizda turli emlash kampaniyalari paytida fuqarolarning vafot etishi yoki og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilishi holatlari ko‘p uchraydi. Masalan, bundan avval Ala-Buqada emlangan askarlarning yarmidan ko‘pi kasalxonaga yotqizilgan edi. Botken shahridagi 3 umumta’lim maktabining 5 sinf o‘quvchilari ham emlanishi ortidan 10 nafar bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Musulmonlar emlash harom bo‘lgani uchun emas, balki bu vaksinalarning tarkibi shubhali va zararli ekanligi uchun rad etishadi. Hukumat fuqarolarning shubhalarini aritish o‘rniga, turli cheklovlar va taqiqlar orqali odamlarni vaksina olishga majburlamoqda. Aslida esa, hukumat odamlarning shubhalarini aritish uchun vaksina tarkibini o‘rganib, unda inson salomatligi va hayoti uchun xavfli qo‘shimchalar yo‘qligini aniqlashi kerak edi. Biroq, bizda kapitalistik shirkatlar tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinalarning tarkibini tekshiradigan laboratoriyalar yo‘q. Laboratoriyalar bo‘lgan taqdirda ham Qirg‘izistonga o‘xshagan kichik davlatlarga ularni tekshirish huquqi berilmagan. Bundan tashqari, kapitalistik farmatsevtika shirkatlari vaksinalarni azaldan o‘zlarining foydali biznesiga aylantirib olganlari sir emas. So‘nggi yillarda milliarderlar qatoriga qo‘shilgan tadbirkorlarning aksariyati farmatsevtika, ayniqsa, vaksina ishlab chiqaruvchi korxonalar egalari ekani ham buni tasdiqlaydi. Binobarin, ta’lim va fan vazirligining o‘quvchilarni majburiy emlash yo‘lidagi harakatlari ana shu kapitalistik shirkatlarning manfaati va xalqaro tashkilotlarning talabi ekanligini inkor etib bo‘lmaydi!

Nurdin Asanaliyev

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.