Davlatning kuchi nimada

15
0

بسم الله الرحمن الرحيم

 Davlatning kuchi nimada

Davlat o‘z xalqi bilan kuchli bo‘ladi. Uning uchun davlatda quyidagi shartlar topilishi kerak, hamda hukumat ushbu shartlarni amalga oshirishi bilan davlat kuchli bo‘ladi:

1). Davlat idoalogiga asoslangan bo‘lib, shu ideologiyani amalga oshiruvchi apparat bo‘lishi kerak.

2). Ommada konstitutsiya, qonunlarga ishonch bo‘lish kerak.

3). Kim haq yoki kim nohaq ekanini rahbar, hukumat emas, idolagoya belgilash kerak.

4). Qonun hammaga: yoshu-qariga, olimu-omiga, rahbaru-ishchiga birdek ijro qilinishi kerak.

5). Qonun buzgan sudya-prokurorlar, organ hodimlari nohaq jazolari uchun qasos olinishi kerak.

Ideologiyaga asoslangan davlatlar kuchli bo‘lganini yaqin tariximizdan hammaga ma’lum. SSSR sotsialistik ideologiyaga asoslanib kuchli davlat bo‘ldi, xalqaro maydonda ham dunyoning yarmiga nufuzi o‘tadigan obro‘ga erishdi. Ideologiyaga qarshi ish qilib, ruslashtirish siyosatiga o‘tgandan boshlab yemirila boshladi. Yoki demokratiyaga asoslangan Angliya, Fransiya yoki AQSH ham idialogiyaga asosida yashab, xalqaro maydonda o‘sha asosida munosabat bildirganida dunyoda yetakchi davlatlar bo‘lishdi. Hozirda ular ham idialogiyaga ahamiyat berishmay qo‘yishdi, chunki Iroqqa, Afg‘onistonga bostirib kirishlari yoki Isroilni falastinga qilayotgan vahshiyliklari demokratiyaga zid, o‘zlari demokratiyani oyoq osti qilishyapti. Shuning uchun kundan kunga botqoqqa botayapti, dunyoga sharmanda bo‘layapti. O‘zlarini aholisida ham demokratiyaga bo‘lgan ishonch qolmayapti. Sotsializm undan ham yomonroq bo‘lganidan SSSRni yengishga kuchi yetdi, yevropaliklarda ham demoqratiya bilan faxrlanish kuchaygan edi. Lekin 1990 yillardan keyin Islom idialogiyasi bilan to‘qnash kelgandan boshlab demoqratiya naqadar jirkanch ekani xalqaro maydonda ham hammaga ma’lum bo‘lmoqda. Endi demokratiyani kuch bilan ushlab turishibdi. Demokratiyani ham, BMTni ham Xalqaro maydonda e’tibori qolmayapti. Agar hukumatlarning qarshiligi bo‘lmaganda edi ko‘z ochib yumguncha Islom g‘olib ekani oshkor bo‘lib, dunyodagi hamma muammolar yechilardi, vaxshiyliklar to‘htar edi.
Idialogiya bo‘lmaganidan keyin konstitutsiyaga ham, qonunlarga ham ishonch yo‘qoladi, chunki qonunlar nima uchun qabul qilinganini yoki nima uchun o‘zgarayotgani omma xalq bilmasa, hatto har bir rahbar xohlagan vaqtda konstitutsiyani ham, qonunlarni ham o‘zgartirsa, o‘zlariga moslashtirsa, unda podishohlik tuzumidan farqsiz bo‘ladi, qonun chiqaruvchilardan boshqasi uni tushunmaydi, ularning ijrosini hech kimga ahamiyati yo‘q bo‘lib, qonun faqat hukumatni manfaatini amalga oshiradigan qurol bo‘ladi. Odamlarda qonunga ham, hukumatga ham ishonch yo‘qoladi.
Idialogiya bo‘lmaganidan keyin konstitutsiyaga ham, qonunlarga ham ishonch yo‘qolsa rahbarlar, har qanday nufuzli inson kim haq yoki kim nohaq ekanini o‘z xohshiga asosan belgilay boshlaydi. Kim haqu, kim nohaq ekanini nufuz egalari belgilaydi. Bunday davlatda qochib ketgan xoin prezidentlar xozirgi prezidentni taxtdan ag‘darib, hukumatini kuvib yuborishi bilan yana hukumatni egallashsa, darrov xalq qahramoniga aylanishadi, o‘z xalqidan qochgan xoinlar emas, balki musofirlikda ish olib borgan, xalqi uchun chet davlatga chiqib ketishga majbur bo‘lgan mazlumlar bo‘lishib qoladi. Chunki ularni nohaq ekani aytgan hukumat endi o‘zlari quvg‘inda, ular xalqni aldagan xoinlar deb sud hukmi bilan isbotlanadi.
Qonunlar nufuzli insonni faqat foydasiga, oddiy insonlarni zarariga ishlaydigan bo‘lsa davlat hech qachon rivojlanmaydi.
Rahbarlar, sudya-prokurorlar, organ hodimlari beganoh insonni noto‘g‘ri jazolaganlari uchun qonun oldida javob berishmasalar, loaqal nohaq jozalangan mazlum insonga moddiy to‘lov to‘lashmasa unday davlat yo‘q bo‘lishga mahkum.

Sizlarga kuchli davlat qanday bo‘lishiga bir tarixiy misol keltiraman, fikrlab, bizdagi hukumatlarga taqqoslab o‘qisangiz kuchli davlat haqida aniq tasavvurga ega bo‘lasiz, inshoAlloh.

Umar ibni Hattob raiyatni qattiqqo‘llik bilan boshqarsalarda halq u janobdan mamnun hamda rozi edi. Chunki adolatlari hech bir kishini nohaq jabr chekuviga imkoniyat bermasdi. Zero, Umarning qattiqqo‘lliklari dastavval asosan o‘zlarining ma’muriyatlariga va davlat mansabidagilarga tegishli bo‘lgandi. Hazrati Umar amaldorlarni xalqqa qay tariqa muomala qilayotganlarini kuzatish bilan birgalikda yana yeyish-ichish va kiyinish kabi shaxsiy ishlarida ham nazorat o‘rnatgandilar. Ularni oddiy kiyinishlikka, ortiq darajada dunyoga berilib ketmasliklariga, yeyish-ichishda ham maishatbozlik qilmasliklariga amr etardilar. Biror viloyatga voliy tayin etadigan bo‘lsalar, unga izvoshda yurmaslikga, qimmatbaho kiyimlar kiymaslikga, yeyish-ichishda haddan oshmaslikga, hojatli kishilar uchun eshigini doim ochiq tutmoqlikni tavsiya etardilar. «Men sizlarni xalqning mol-mulkiga, taniga va obro‘siga xo‘jayin qilganim yo‘q, balki sizlarni ularga namoz o‘qib berishlikka(ya’ni Islomni tadbiq qilishlaringa) va o‘rtalarida adolatni o‘rnatishlikka amaldor qildim», der edilar. Voliylarni bunday qattiq nazorat ostida tutishlarining sababi, ular odmi kiyinish va oddiy hayot kechirishliklari bilan isrofsiz yashash bobida xalqqa avvalo o‘zlari namuna bo‘lishlari, hamda dabdabali turmushga o‘rganib qolib, pora olishga o‘tib ketmasliklarini ko‘zda tutganlaridan edi. O‘zlari qattiqqo‘llik ko‘rsatsalarda, ammo qo‘l ostilaridagi amaldorlarga doimo xalqqa yumshoqlik ila muomalada bo‘lishlarini tavsiya etardilar. Shu sababli yumshoq ko‘ngilli kishilarni voliy qilardilar.

Bir vaqt Abu Muso Ash’ariy bir kishini aroq ichganligi uchun jazo berib, bunga qo‘shimcha yana sochini qirdirib, yuziga kuya surkatib ko‘chada kezdirgan va xalq orasida sharmanda qilgan, hamda xalqqa mazkur kishi bilan o‘tirmaslikka, suhbatlashmaslikka amr ettandilar. Haligi jazo olgan odam kelib Umarga shikoyat etgandi. Bundan Umarning achchiqlari behad qo‘zg‘alib, Abu Musoga shunday mazmunda maktub jo‘natgandilar: «Falon kishi sening haqingda menga shunday deya shikoyat etdi. Allohga qasam ichib aytamanki, agar ana shunday bir noma’qulchilik qilsang, o‘zingning burnigga qora surtib xalq orasida rasvo qilib sharmanda etdiraman. Gapimni qanchalik rostligini bilmoqchi bo‘lsang, yana shunday ishni bir qilib ko‘r».

Bir vaqt Umar roziyallohu anhu voliylar haqida xalqqa: «Ey, xaloyiq, men sizga voliylarni sizni urishi, so‘kishi, qiynashi va mollaringizni talashi uchun yubormayman. Balki sizga diningizni o‘rnatishligi uchun, o‘rtangizda haq va adolat ila hukm yurgizishligi uchun yuboraman. Agar biror kishiga shundan tashqari ish qilinsa darhol menga yetkazsin. Men uning qasosini olib berurman», degandilar. Shunda Amr ibni Os o‘rinlaridan turib: «Agar birontamiz qo‘l ostimizdagi kishiga adab berishlik uchun ursak ham qasos olib berasizmi?» deb so‘ragandilar. Bunga javoban Umar roziyallohu anhu «Albatta, qasos olib berajakman. Nima uchun qasos olmas ekanman. Zero, Rasululloh o‘zlaridan ham qasos oldirar edilar», degan ekanlar.

Umar roziyallohu anhu o‘z qo‘l ostidagi voliylariga xalq orasida adolat ijro etuvga, katta-kichik, boy-kambag‘al o‘rtasini ayirmasdan hammaga bir tekis ko‘z bilan qararga buyurardilar. Qaysi bir yerdan elchi kelsa eng avvalo voliylar haqida so‘rardilar. «Kasallaringizni borib ko‘radimi? Qullarni ziyorat etadimi? Zaif bechoralarga yumshoqlik bilan muomalada bo‘ladimi? Shikoyatchilar, hojatmandlar uchun eshigi ochiqmi?» degan savollarni berardilar. Agar birorta savollariga yo‘q javobini olsalar va bu davo tekshiruvda isbotlansa, hech ikkilanmay o‘sha voliyni ishdan bo‘shatardilar. U janob dalillarni juda mukammal ravishda tekshirtirardilar. Agar tekshiruv natijasi bo‘shatishlikni taqozo etsa, qanday darajadagi kishi bo‘lmasin, darhol ishdan olib tashlardilar. Hazrati Umarning viloyat hokimlarining muomalalarini kuzatib yuruvchi nazoratchilari bo‘lardi. Hamda voliylarni tekshirishlik uchun umum taftish guruhi ham ta’sis etgandilar. Umar davrlarida umum taftish idorasining raisi Muhammad ibni Maslamas Ansoriy edilar. Umar roziyallohu anhu xalq manfaatini ko‘zlab, qo‘l ostlaridagi ma’muriyatni shunday darajada qattiq nazorat ostida tutar edilar. Oddiy odam ularga biror bir amaldor tomonidan nohaq jazo yetmasligini nazarda tutib voliy va hokimlarni mana bunday qattiq nazorat ostida saqlardilar. Voliylar ham Umar roziyallohu anhudan nihoyat darajada qo‘rqib to‘g‘ri ish yuritishga harakat etardilar. Har qanday shikoyatchining shikoyatini, qanday oliy darajadagi amaldor ustidan bo‘lmasin, albatta tekshirib ko‘rib, agar shikoyat to‘g‘ri deb topilsa, mazkur amaldordan qasosini olib berardilar. Bir vaqt Umar ibni Hattob roziyallohu anhuga misrlik bir qibtiy kelib Amr ibn Osning o‘g‘illaridan shikoyat qilgandi. «Men Amrning o‘g‘lidan poygada o‘zib chiqsam, alami kelib, meni qamchisi bilan nohaq urdi. Ustingdan shikoyat etaman, desam «Biz — aslzodalarmiz, qo‘lingdan kelganini qilaver», deb meni haqorat etdi» dedi. Umar roziyallohu anhu darhol Amrga xat yozib o‘g‘li bilan Madinaga darhol yetib kelishga amr etdilar. Yetib kelishganlaridan so‘ng esa haligi misrlikni chaqirtirdilar-da, qo‘liga qamchilarini berib Amrning o‘g‘lini urishni buyurdilar. Har urganda Umar roziyallohu anhu «Ur, aslzodaning bolasini!» deb turdilar. O‘g‘lini urib bo‘lgach, endi otasi Amrni urishga amr etdilar. Misrlik esa «Otasida qasdim yo‘q, o‘g‘lidan qasosimni oldim», deb javob berdi. Amr ibni Os hazrati Umarga ushbu voqeadan bexabar ekanliklarini aytib uzrxohliklar qildilar. Amrga qarab: «Sizlar qachondan beri xalqni o‘zingizga qul qilishga boshladingiz? Holbuki, onalari ularni ozod holda tuqqan-ku?!» deb ta’naomuz so‘zlar bilan koyidilar. Umarning adolatlarini qarang-ki, shikoyatchi oddiy misrlik bir qibtiy, Amr esa butun Misr viloyatining yangicha ta’bir bilan aytganda general gubernatori vazifasidagi kishi edi.

Kunlardan bir kuni Umar roziyallohu anhu Madina ko‘chalarida yursalar bir odam: «Ey Amiral-mo‘minin, sen voliylaringga yolg‘iz nasihatlar qilish bilan Allohning azobidan qutilib qolaman, deb o‘ylaysanmi? Holbuki, Misrdagi voliying Iyoz ibni G‘anam nafis kiyimlar kiyadi, eshigida soqchi ham saqlaydi», dedi. Buni eshitgan onlaridayoq hazrati Umar taftishchilar boshlig‘i Muhammad ibni Maslamani chaqirib Misrga borishga hamda Iyozni qanday holda topsalar shundayligicha Madinaga olib kelishga amr etdilar. Voholanki, Iyoz nafis kiyimlar kiygan va eshiklarida soqchi ham saqlagan ekanlar. Hazrat Umar roziyallohu anhu Iyozni yechintirib, qora chakmon kiygizdirib qo‘llariga bir tayoqni tutqazdilar-da, «Endi sen bor, mana bu qo‘ylarni o‘tlat», dedilar. Iyoz bunga javoban, «Menga o‘lim bundan yaxshiroq» dedi. Umar roziyallohu anhu esa unga takror aytdilar. U esa takror o‘z javobini qaytardi. So‘ngra Umar roziyallohu anhu «Sening otang qo‘y boqqanligi uchun g‘anam, ya’ni qo‘y deb nomlangan bo‘lsa kerak» dedilar. «Albatta, o‘zimni tuzataman, xatolarni hargiz qaytarmayman», dedi Iyoz. Shundan so‘nggina Umar roziyallohu anhu Iyozning chakmonlarini yechishga buyurib, avvalgi ishiga qaytardilar.

Umar roziyallohu anhu voliylar ishini taftishchilar orqali tekshirish bilangana kifoyalanib qolmay balki haj mavsumlarida butun voliylarni hajga taklif etar va yuz minglab xaloyiq o‘rtasida ularni xalqdan qanday ish yuritayotganlarini so‘rardilar.

Bir haj mavsumida butun xalqni yigib voliylar ishtirokida ularga xutba so‘zladilar. «Ey xaloyiq, men ushbu voliylarimni sizga haq bilan hukm yurgizishlari uchun yubarganman. Sizning taningizga, molingizga ega bo‘lishliklari uchun yubormaganman. Biror kishi bulardan jabr ko‘rgan bo‘lsa turib aytsin», dedilar. Shu vaqt yolg‘iz bir kishigina turib, Misr voliysi yuz qamchi urganligini aytdi. Buni eshitib Umar, Misr voliysiga «Nechun bunga yuz qamchi urasan», dedilar. Va undan qasos olishga amr etdilar. Shu payt Amr ibni Os o‘rinlaridan turib: «Ey amiral mo‘minin, siz bunday yo‘lni tutsangiz voliylaringizga og‘ir botadi. Sizdan keyingilarga ham ushbu ish odat bo‘lib qoladi», dedilar. Umar roziyallohu anhu bunga javoban: «Nechun qasos olmaslik kerak? Hatto, Rasululloh ham o‘zlaridan qasos oldirar edilar»,— dedilar-da, haligi kimsaga qarab «Voliyni yuz qamchin ur», dedilar. Amr ibni Os boshqa chora topa olmaganidan Umarga qarab: «Ey amiral mo‘minin, bo‘lmasa uni rozi qilishimga ruxsat eting»,— dedilar. Har qamchiga ikki dinordan berib, ikki yuz dinor barobariga qasosdan qutulib qoldilar. 20 dinorga ega bo‘lgan odam zakot berishga qodir hisoblanadi.

Qo‘fa shahri bino kilinganda shahar hokimi uchun boshqalardan ko‘ra yuksakroq saroy solingan va bu imorat xalq tilida Sa’dning saroyi deb yuritilardi. Mazkur saroy solingan joy bozor maydoniga yaqin bo‘lib bozordagilarning tovushlari eshitilib turardi. Saroyda eshik og‘asi bo‘lib, Sa’d unga «bozordagilar tovushlarini ko‘tarib so‘zlashmasinlar», deb amr etibdi, degan gap oralab qoladi. Oxiri bu gap Umar roziyallohu anhuning quloqlariga ham borib yetadi. Darhol taftishchilar raisi Muhammad ibni Maslamani chaqirib: Qo‘faga borib Sa’d saroyining darvozasini yondirib tashlashga hamda bir maktub yozib berib, mana shuni Sa’dga topshirib qaytishga amr etdilar. Muhammad ibni Maslama Qo‘faga kelib Sa’dga bildirmay saroy darvozasiga o‘t qo‘yib yuboradi. Sa’d Muhammad ibni Maslamani to‘htatib, saroyga chaqirtiradi. Biroq, Muhammad ibni Maslama oldilariga bormaydi. Oxiri o‘zlari Muhammadning oldilariga kelib uylariga mehmonga taklif etadi. Bunida qabul qilmaydi, oxiri yo‘l uchun, oziq-ovqat uchun, ishlatishga biroz narsa tayyorlab keladi. Biroq Muhammad bunida qabul etishdan qat’iyan bosh tortadi. Maktubni Sad’ga topshiradi. Maktubda: «Sen o‘zingga saroy soldirib xalqdan ayrilib yashar ekansan. Saroying «Sa’dning saroyi» deb mashhur ekan. Xalqning bemalol kirishlari uchun to‘siq bo‘lishligiga darvoza ham qurib, eshik og‘asini ham qo‘ygan emishsan. U seni saroying emas, balki fasod, buzuqlik saroyidur. Bundan keyin saroyga darvoza qurdirib, xalqning kiruviga mone’ bo‘lma» degan mazmunda gaplar yozilgan edi. Sa’d ibni Muhammad ibni Maslamaga qasam ichib xalq orasida yurgan gap-so‘zlar yolg‘on ekanligini, hech qachon bunday gap gapirmaganlarini aytdi. Muhammad ibni Maslama qaytib kelib Sa’dning qasam ichganlarini aytganlaridan so‘nggina Umar qanoat hosil qilgandilar. Ushbu voqea Umar roziyallohu anhu o‘z ma’muriyatlariga qanchalik ehtirom ila nazoratda bo‘lganliklarini, agarchi amaldor nechuk kishi bo‘lmasin xotirini saqlamaganliklarini ko‘rsatadi.

Umar ibni Hattob roziyallohu anhu amaldorlarni pora olishlariga yo‘l ochib bermaslik niyatida amaldorni biror yerga ishga yuborishdan avval mol-mulkini hisobga oldirardilar. Oradan vaqt o‘tgach, mulkni taftish qilardilar. Agar avvaldagi hisobdan ortiq chiqsa, ortig‘ini davlat xazinasiga oldirib qo‘yardilar. Shu kabi Kanona arablariga zakot yig‘uvchi bo‘lib borgan Utma ibni Abu Sufyon Madinaga kelganida «buni men savdogarchilik etib ko‘paytirganman» deganiga qaramay baytul molga oldirib qo‘ygandilar.

Xolid ibni Valid Ash’as ibni Qaysga o‘n ming dirham mukofot berganlarini eshitib Xolidni ishdan olgan, pulni esa xazinaga musodara etdirib olib qo‘ygandilar. Mana shunday ish tutganliklaridan Usmon ibni Affon davrlarida xazina molini o‘z xohishlariga sarf etib, ba’zi bir rahbarlarga mukofotlar berib o‘z tomonlariga og‘dirib oladigan Muoviya kabi zotlar ham Umar davrlarida jim turishdan o‘zga chora topa olmagandilar.

Hazrati Umar juda qattiqqo‘l bo‘lishlari bilan birgalikda xalqga nihoyat darajada mehribon, zaiflarga shafqatli edilar. Amaldorlarga har doim xalqqa go‘zal muomalada bo‘lishni tayinlardilar, biror-bir noloyiq ish qilgan voliyni amalidan bo‘shatib yuborardilar. Bir kuni amalga tayinlangan buyruq qog‘ozini olgani kelgan bir kishi hazrati Umarning yosh bolalarini quchoqlab erkalatib o‘pganlarini ko‘radi. Shunda, «Siz bolani o‘pasizmi? Men aslo yosh bolani erkalatib o‘pgan emasman», deydi. Bu so‘zni eshitib Umar uning qo‘lidan buyruq qog‘ozini tortib oladilar. «Sen hali yosh bolalarga mehribonlik qilishni bilmas ekansan-ku, qanday qilib mazlum xalqqa shafqat qilasan. Senga amaldorlik munosib emas ekan», degandilar. Bu ish Umarning xalqqa nisbatan shafqatlarining asari bo‘lmay nima axir?!

Hazrati Umarning idora uslublarini qattiqligidan mustabid(diktator) hukmdor ekanlarda, degan fikrga borish to‘g‘rimas. Bil’aks, hazrati Umar nizom va qonun bilan bog‘langan hukmdor edilar. Ishni o‘z fikrlariga suyanib qilavermasdilar. Kichkina ish bo‘lsa ham butun katta sahobalarni yig‘ib kengashar, agar kattaroq ish bo‘lsa, unda butun xalqni fikrini olar, ularga maslahat solar va bergan maslahatlariga yurar edilar. Umar butun Islom hukmdorlari orasida kengashga yuradiganlardan edilar. Xulafoi roshidin ichlarida «Sho‘ro» qoidasiga og‘ishmay amal qilganlardandir. Madinada doimo kengashmoq uchun yonlarida bir necha katta sahobalarni birga tutardilar. Ular Umarga maslahatchilik vazifasini ado etardilar. Ushbu jihatdan Ali ibni Abu Tolib, Usmon ibni Affon, Abbos ibni Abdumuttalib, Abdurahmon ibni Avf, Abdulloh ibni Abbos eng yaqin kengashchilaridan edilar. Umar ibni Hattob aslo o‘z fikrlariga yopishib olgan zot emasdilar. Kim bo‘lmasin, agar to‘g‘ri fikrni so‘zlasa, Umar o‘z fikrlaridan qaytib, o‘shani fikriga qo‘shilardilar.

Bir vaqt xalq mahrning bahosini ortirib yuborganligidan unga bir chegara belgilamoqchi bo‘lgandilar. Minbarda turib mana shu haqdagi gaplarni aytgandilar. Shunda orqada turgan ayollardan biri o‘rnidan turib: «Sen Alloh bizga ato etgan haqqimizdan mahrum qilmoqchimisan? Alloh taolo o‘zi «agar birontalariga tog‘dek mahr bergan bo‘lsangaz ham qaytarib olmang», degan-ku?!» deb Umar roziyallohu anhuga qarshi so‘z qilgandi. Shundan so‘ng Umar o‘z fikrlari xato ekanligi uchun qaytib, xotinning so‘zi to‘g‘ri, Umarning fikri noto‘g‘ri degandilar va boyagi mahrga chegara belgilash to‘g‘risidagi fikrlaridan voz kechgandilar.

Bu voqea Umar ibni Hattobni xalq fikrini ne darajada ehtirom etganliklarini va ularga qonun doirasida tom hurriyat berganliklarini ko‘rsatadi. Umar ibni Hattob katta yoshdagalar bilan kengashganlari kabi yoshlar bilan ham kengashardilar. «Yoshlarning zehni o‘tkir bo‘ladi», der edilar.

Madinada aql va fikr egalari bo‘lgan bir necha ayollar bo‘lib, hazrati Umar ular bilan ham ko‘p vaqtlarda maslahatlashar hamda ularning ba’zi bir masalalarda fikrlarini tinglardilar.

Umar roziyallohu anhu davlat ishlarida keng xalq ommasi bilan kengashib ish yuritganlari kabi ularga tanqid etmoqliklariga ham keng erk berar, o‘zlarini tanqid etishlikka chaqirardilar. Chet viloyatlardan biror kishi kelsa yohud o‘zlari kibor sahobalar o‘ltirishgan majlisga kirib qolsalar yurish-turishlarini hamda xalq bilan tutayotgan muomilalarini qanday ekanligani so‘rab surishtirardilar. No‘mon ibni Bashir aytadilar: Bir vaqt muxojir va ansorlar yig‘ilgan majlisga Umar ibni Hattob kirib kelib ularga qarab, agar meni ba’zi bir ishlarda sustkashlik qilayotganligimni ko‘rsangizlar nima qilardingizlar, deb so‘rab qoladilar. Hech kim javob bermagach, mazkur savolni uch bor qaytaradilar. Shunda Bashir ibni No‘mon o‘rinlaridan turib: agar shunday ishingizni ko‘rsak, sizni o‘qni to‘g‘rilaganimiz kabi to‘g‘rilab qo‘yardik dedi. Bu javobdan Umar nihoyatda xursand bo‘lganlaridan, unday qilsangiz odam ekansizlar — dedilar. Xalqqa ushbu darajada tanqid etarga huquq bergan hukmdor mustabid-diktator bo‘ladimi?

Bir vaqt Umar roziyallohu anhu minbarda turib xalqqa mening aybimni bilgan kishi ro‘yi-rost aytsin deb qoldi. Shunda bir kishi: «Ey amiral mo‘minin, men seni bir aybingni bilaman. Sen ikki qavat kiyim kiyasan va hamda ikki xil ovqat yeysan. Holbuki, odamlarning ko‘plari bunga qodir emaslar», deydi. Umar shundan keyin aslo ikki qavat kiyim kiymagan va ikki taboqdan ovqat yemagan ekanlar.

Umar ibni Hattobni umumxalqqa sevdirgan narsa ham mana shu kabi xislatlari edi. Umar roziyallohu anhu butun kuchlarini, quvvatlarini xalq foydasiga ishlatdilar. O‘sha davrlarda ulug‘ nufuzga ega bo‘lgan Kisro va Qaysarlar hokimiyatini ag‘dargan hukmdor bo‘la turib oddiy kishilar kabi kiyinardilar, yashardilar. Shariat va qonun oldida o‘zlarini o‘zga oddiy xalq bilan barobar tutardilar. Mana shuning uchunda tarix u janobni taqdir etdi, kuchli davlat rahbari deb belgiladi.

Abdulloh ibn Muhammad

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.