Ramazon bayramingiz muborak bo‘lsin
Butun olamni yaratgan va bizlarni haq yo‘lga hidoyat qilgan Allohga hamdlar bo‘lsin! Bizga hidoyat yo‘lini ko‘rsatgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga, ahli-oilasiga, as’hoblariga solatu salomlar bo‘lsin!
Bugun Ramazon oyining 29 kuni (29 mart). Shavvol oyining kuzatish natijasida yangi oyning shariy ko‘rilgani o‘z tasdig‘ini topmadi. Shunga ko‘ra, 30 mart Ramazon oyining oxirgi kunidir. Pirovardida Ramazon hayiti 31 mart dushanba kuni ekanligi aniqlandi.
(Bugun Ramazon oyining 29 kuni (29 mart). Shavvol oyining kuzatish natijasida yangi oyning shariy ko‘rilgani o‘z tasdig‘ini topdi. Shunga ko‘ra, 30 mart yakshanba kuni hayit bayrami ekanligi aniqlandi).
Qirg‘iziston musulmonlarini va butun dunyo musulmonlarini Alloh Taolo ikki bayramdan biri sifatida belgilagan Ramazon hayiti bilan tabriklaymiz. Allohim O‘z roziligini istab tutgan ro‘zalarimizni va qilgan Qur’on tilovatlarimizni qabul qilsin.
عن عبد الله بن عمرو أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال الصِّيَامُ وَالْقُرْآنُ يَشْفَعَانِ لِلْعَبْدِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ يَقُولُ الصِّيَامُ أَيْ رَبِّ مَنَعْتُهُ الطَّعَامَ وَالشَّهَوَاتِ بِالنَّهَارِ فَشَفِّعْنِي فِيهِ وَيَقُولُ الْقُرْآنُ مَنَعْتُهُ النَّوْمَ بِاللَّيْلِ فَشَفِّعْنِي فِيهِ قَالَ فَيُشَفَّعَانِ رواه أحمد وصححه الألباني
Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilingan hadisda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: “Ro‘za va Qur’on qiyomat kunida bandani shafoat qiladi. Ro‘za aytadi: ey Robbim, men uni kunduzda yemoq va ichmoqdan man qildim, shuning uchun Sen meni shafoat qiluvchi qil. Qur’on aytadi: ey Robbim, men uni kechalari uxlashdan man qildim, shuning uchun meni shafoat qiluvchi qil. Ikkalasiga ham shafoat qilishga ruxsat beriladi”.
Alloh Taolo bizlarni ming oydan ham afzal bo‘lgan Qadr kechasining yaxshiliklariga erishuvchilardan qilsin. Allohim barchamizga Rayyon jannatini nasib qilsin.
Bu yilgi Ramazon hayiti yurtimiz musulmonlari o‘z diniga yana-da talpinib, uning hukmlariga amal qilishga intilayotgan bir pallaga to‘g‘ri keldi. Buni Ramazon oyida qilingan ezgu amallar, musulmonlarning bir-biriga do‘stona munosabati, kofirlarga esa, dushmanona munosabati isbotlab turibdi. Biroq, hukumat rasmiyilarning harakatlari buning aksini ko‘rsatmoqda. Ular ro‘za vaqtida ham turli bahonalar bilan musulmonlarni hibsga oldi. Musulmonlar faqat “Robbim Alloh”, degani uchungina, ya’ni Alloh buyurganidek yashashni istagani uchungina “ekstremizm”da ayblanib, ta’qib qilinmoqda.
Musulmonlar uchun harom bo‘lgan yangi yil, 8-mart, Navro‘z kabi kunlarda bayram maskani bo‘lgan markaziy maydon musulmonlar bayramida namozga ham ochilmaydigan bo‘ldi. Bularning barchasi hukumat va xalq o‘rtasidagi tafovut tobora kengayib borayotganidan dalolat beradi.
Alloh Taolodan hozirgi yomon ahvolimizni yaxshi holatga o‘zgartirishini va O‘zi va’da qilgan farovon hayotga yetkazishini so‘raymiz. Kelgusi yilgi Ramazon oyini ham munosib kutib olib, munosib o‘tkazishni va din yo‘lida muvaffaqiyatlarga erishishni nasib kelsin! Alloh Taolodan yaqin kunlarda barcha musulmonlarni O‘zining g‘alabasi bilan xursand qilishini, bizni Islom bilan, Islomni esa biz bilan aziz qilishini so‘raymiz. Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin.
Hizb ut-Tahrirning Qirg‘izistondagi matbuot bo‘limi