Yolg‘iz Islom aqidasigina davlat, konstitutsiya va qonunlar uchun asosdir

11
0

Matbuot bayonoti

Yolg‘iz Islom aqidasigina davlat, konstitutsiya va qonunlar uchun asosdir

Asl maqsad, faqat bir musulmonning hokimiyatga kelishi emas, balki Islomning hokimiyatga kelishidir

Shu oyning ikkinchi kuni Suriya o‘tish davri prezidentligi ushbu o‘tish davrini tartibga soluvchi konstitutsiyaviy deklaratsiya loyihasini ishlab chiqish uchun ekspertlar qo‘mitasi tuzilganini bildirdi. Qo‘mita uni bugun, 2025 yil 13 mart payshanba kuni Suriya o‘tish davri prezidenti Ahmad Sharaga taqdim etdi. Ahmad Shara uni ma’qulladi. Qo‘mitaga ko‘ra, deklaratsiyada davlatning nomi «Suriya Arab Respublikasi», degan eski nomda saqlab qolingan. Shuningdek, davlat rahbarining dini «Islom» bo‘lishi, islomiy fiqh bundan keyin ham qonunshunoslikda asosiy manba bo‘lib qolishi va hokimiyatlar bir-biridan butunlay ajratilgani alohida ta’kidlangan. Deklaratsiya matnida aytilishicha, «amaldagi konstitutsiyaviy sud tarqatib yuborilib, besh yillik o‘tish davri tashkil etiladi, doimiy amal qilinuvchi konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘mita tuzilib, qonun chiqaruvchi hokimiyat xalq majlisiga, ijro hokimiyati prezidentga beriladi».

Islom davlatning asosi Islom aqidasiga asoslanishini, konstitutsiya va qonunlarning faqat Islom aqidasidan olinishini buyuradi. Boshqacha aytganda, Islom aqidasi qonunchilikning yagona manbai bo‘lishi kerak. Islom aqidasi bilan birga boshqa hech qanday manba kiritilmasligi kerak. Darhaqiqat, bugungi kunda inson tomonidan o‘ylab topilgan ba’zi konstitutsiyalarda Islom qonunchilikning asosiy manbai sifatida belgilangan bo‘lsa-da, biroq ularda G‘arbdan olingan begona qonunlardan iqtibos keltiriladi.

Ey Shom ahli!

Boshqaruv va davlat islomiy bo‘lishi uchun albatta Islom aqidasining o‘zi qonunchilik manbai bo‘lishi lozim. Faqat shundagina konstitutsiyani islomiy deb aytish mumkin. Aks holda, bu boshqa davlatlarning va ular bizga yuklagan qonunlarning izidan borishni anglatadi. Alloh Taolo bunday degan:

﴿فَمَنِ ٱتَّبَعَ هُدَايَ فَلَا يَضِلُّ وَلَا يَشۡقَىٰ + وَمَنۡ أَعۡرَضَ عَن ذِكۡرِي فَإِنَّ لَهُۥ مَعِيشَةٗ ضَنكٗا﴾

«Kim Mening hidoyatimga ergashsa, yo‘ldan ozmas va baxtsiz bo‘lmas. Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta uning uchun tang-baxtsiz hayot bo‘lur»                                                                                     [Toha 123-124]

Yana bunday degan:

﴿إِنِ ٱلۡحُكۡمُ إِلَّا لِلَّهِ أَمَرَ أَلَّا تَعۡبُدُوٓاْ إِلَّآ إِيَّاهُۚ ذَٰلِكَ ٱلدِّينُ ٱلۡقَيِّمُ وَلَٰكِنَّ أَكۡثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعۡلَمُونَ﴾

«Hukm yuritish faqat Allohnikidir, U sizlarni faqat O‘zigagina ibodat qilishga buyurgan, eng to‘g‘ri din mana shudir. Lekin odamlarning ko‘plari buni bilmaydilar»                                                                               [Yusuf 40]

Ey kuch-qudrat, qahramonlik va Islom o‘lkasi bo‘lmish Shomdagi musulmonlar!

Hokimiyat va davlat Islomniki bo‘lmagunicha na hurmatingiz tiklanadi, na nomusingiz himoya qilinadi, na dushmanlaringiz yakson bo‘ladi. Siz o‘n uch yil davomida o‘z sabru sabotingiz va qurbonliklaringiz bilan haqiqatda sahobalar va fotihlar avlodi ekaningizni isbotladingiz. Ular ushbu buyuk Islomni sizgacha yetkazib berish uchun Shom zaminini o‘z qonlari bilan sug‘organlar. Siz, shuningdek, «Yetakchimiz toabad sayyidimiz Muhammad», degan go‘zal hayqiriqlaringiz bilan Islom boshqaruvidan o‘zga boshqaruvga aslo rozi emasligingizni ham isbotladingiz. Zero, bu – to‘kkan shuncha qoningiz va bergan qurbonliklaringizning yagona mukofotidir. Shunday ekan, qo‘zg‘olonni boshlagan maqsadingizda sobit qoling. Toki, boshqaruv shakli Xalifalik bo‘lgan davlatda faqatgina Islom tatbiq etilsin. Zotan, Rosululloh ﷺ ushbu boshqaruv shaklini

«ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«Keyin Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi», deya xushxabar berganlar. Bu shunday davlat bo‘ladiki, barcha musulmonlarning rahbariyati-ma’muriyati bitta bo‘ladi, u tarqoq hollarini birlashtiradi, kuch-qudratlarini to‘playdi, muqaddas dargohlarini va Aqsoni najas yahudiy vujudidan qaytarib olib beradi. Bu shunday davlat bo‘ladiki, mustamlakachi kofir o‘zining gunohkor qo‘llari bilan o‘rnatib qo‘ygan milliy yoki mintaqaviy chegaralarni mutlaqo tan olmaydi.

Ey Shom ahli!

Shuni bilib qo‘yingki, boshqaruv shakli respublika bo‘lishi va qonunchilik Allohning o‘rniga insonga berilishi aslo nojoiz. Qirollik, imperatorlik va hokazo boshqaruv shakllari ham hargiz mumkin emas. Chunki Alloh Subhanahu va Rosuli ﷺni rozi qiluvchi boshqaruv shakli bo‘lmas ekan, musulmonlar uchun na xavfsizlik bo‘lsin, na kuch-qudrat va farovon hayot.

Ey qurbonliklar bergan, Allohning nusrati va madadiga erishgan zotlar!

Keling, Sharqu G‘arbdan qo‘rqmasdan Allohni rozi qilishga kirishaylik, chunki qo‘rqishimizga yolg‘iz Alloh haqlidir:

﴿أَتَخۡشَوۡنَهُمۡۚ فَٱللَّهُ أَحَقُّ أَن تَخۡشَوۡهُ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِينَ﴾

«(Ey mo‘minlar) o‘shalardan qo‘rqasizmi, agar (haqiqiy) mo‘min bo‘lsangiz, qo‘rqishingizga loyiqroq zot Alloh-ku, axir?!»                              [Tavba 13]

Ha, biz uchun Ummat boshiga ne-ne balolar va halokatlarni yog‘dirgan zolim boshqaruv davrini tugatish sari jiddiy harakat qilmoq hamda tashvishimiz, harakatimiz va kuch-qudratimizning asosiy qismini Islom boshqaruvini, ya’ni Islomiy Xalifalik davlatini barpo etish sari sarflamoq uchun allaqachon vaqt kelgan. Xalifalik davlati davri – Allohning izni ila – keldi, Allohga bu hargiz mushkul emas.

Hizb ut-Tahrirning

Suriya viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.