Mustabid rejim Hizb ut-Tahrir a’zolaridan birini qamoqqa oldi

10
0

Matbuot bayonoti

Mustabid rejim Hizb ut-Tahrir a’zolaridan birini qamoqqa oldi

Iordaniyadagi repressiv xavfsizlik xizmati o‘tgan yakshanba ramazonning to‘qqizinchi kuni Hizb ut-Tahrir a’zolaridan biri ustoz Muhammad Ahmad Nodiyni aeroportda qamoqqa olib, ayoli va farzandlari bilan birgalikda labbayka aytayotgan ustozni umra safaridan to‘sib qoldi. Da’vat yetkazayotgan insonlarni bostirish odatini aslo tark etmaydigan bu rejimning xavfsizlik xizmati na ramazonni hurmat qildi, na ustozning ulug‘ yoshini va na hamrohlari bilan Umraga borishini.

Keyin ustoz davlat xavfsizlik xizmati prokuraturasiga topshirilib, unga ikki ayblov qo‘yildi: hokimiyatga tajovuz qilish, taqiqlangan tashkilotga a’zo bo‘lish.

Iordaniya rejimi haligacha o‘zining eski buzuqligini davom ettirmoqda va Islom buyurgan haq so‘zdan qo‘rqib, uni o‘z xavfsizligi uchun tahdid deb bilmoqda. Chunki mazkur ayblov bilan qamoqqa olingan ustozning Robbim Alloh deb, Islomga da’vat qilishda sobit turishdan boshqa «jinoyat»i yo‘q. U a’zo bo‘lgan Hizb ut-Tahrir ham fikriy va siyosiy kurash orqali islomiy hayotni qayta boshlash uchun faoliyat olib bormoqda va shunga da’vat qilmoqda. Bu rejimga ko‘ra Islomga da’vat qilish endi hibsga olish va qamoq jazosi berilishi kerak bo‘lgan jinoyatmi? Boshqa tomondan, sekulyarizm va axloqsizlikni targ‘ib qilayotganlarga minbarlar bo‘shatib berilib, buyuk dinimizga qarshi kurashda rejim ular bilan hamkorlik qilmoqda.

﴿وَمَا نَقَمُواْ مِنۡهُمۡ إِلَّآ أَن يُؤۡمِنُواْ بِٱللَّهِ ٱلۡعَزِيزِ ٱلۡحَمِيدِ + ٱلَّذِي لَهُۥ مُلۡكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلۡأَرۡضِۚ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءٖ شَهِيدٌ﴾

«Ular (mo‘minlardan) faqat u (mo‘min)lar qudrat va maqtov egasi bo‘lgan Allohga — osmonlar va yerning podshohligi O‘ziniki bo‘lgan zotga iymon keltirganlari uchungina o‘ch oldilar! Alloh barcha narsaga guvohdir!»   [Buruj 8]

Shubhasiz, bu qamoqqa olishlar, sudlovlar va nohaq adolatsiz hukmlar, barchasi rejim va uning xavfsizlik xizmatining musulmonlarni bostirish va repressiya qilish kabi qator jinoyatlari ro‘yxatiga qo‘shilmoqda. Buning uchun bu dunyoda Ummat undan albatta hisob so‘raydi, qiyomat kuni intiqom oluvchi bo‘lgan zotning oldida albatta javob beradi. Bu zulmlari Hizb ut-Tahrir a’zolarini da’vatni yetkazishdan hamda Allohning shariatini tatbiq qilish yo‘lida faoliyat olib borib, anavi hukmdorlar kirdikorlarini ochib tashlashdan hargiz qaytarolmaydi. Zotan, Ummat bu hukmdorlarning dushman qo‘yniga kirib, undan yordam olayotganligini, aynan shular mamlakat xavfsizligini izdan chiqarayotganini allaqachon anglab yetgan.

﴿وَسَيَعۡلَمُ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓاْ أَيَّ مُنقَلَبٖ يَنقَلِبُونَ﴾

«Zolim kimsalar qay oqibat sari ketayotganlarini yaqinda bilib olurlar»                                                                                                  [Shuaro 227]

Hizb ut-Tahrirning

Iordaniya viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.