Matbuot bayonoti
Malay hukmdorlarning milliy suverenitet va milliy manfaat haqidagi gaplari cho‘pchak ekanligi fosh bo‘ldi
Bu rejimga barham berishga ikkilanishni oqlaydigan yana nima qoldi?!
Pokiston suvereniteti haqidagi cho‘pchaklarni yopib turgan pardalar yirtilib-parchalanib bo‘ldi. Masalan, 11 fevralda oliy sud veb-saytida nashr qilingan matbuot bayonotida aytilishicha, bosh sudya va boshqa adliya idoralari vakillari Xalqaro Valyuta Fondi delegatsiyasi bilan uchrashib, ularni oliy sud ishlari bilan yaqindan tanishtirgan. Tanishtirish chog‘ida bosh sudya fevral oyining so‘nggi haftasida oliy sud tomonidan o‘tkazilgan sud-huquq siyosatini ishlab chiqish milliy qo‘mitasi yig‘ilishi yakunlanayotganini tushuntirib, delegatsiyadan bu borada o‘z fikrini bildirishni so‘ragan.
Xalqaro Valyuta Fondining Pokiston siyosatini nazorat qilayotgani hech kimga sir emas. Bosh vazir ham, moliya vaziri ham endi iqtisodiy mustamlakachilikni yashirmay qo‘ydilar. Xalqni biroz tinchlantirishga qaratilgan elektr energiyasi narxini vaqtinchalik pasaytirishdan tortib, qurilish sohasida soliqdan ozod qilishgacha bo‘lgan ishlarda mustamlakachilarning roziligini olishlarini qayta-qayta aytib kelishadi. Ajablanarlisi shundaki, mustamlakachilar tomonidan bu ikki vazirning taklifi rad qilingandan keyin ham, uyalmay o‘zlarining arzongarov rollarini o‘ynashda davom etmoqdalar. Itoatgo‘ylikning navbatdagi sahnasida, birinchi marta mustamlakachilarning bu malaylari Xalqaro Valyuta Fondining Pokistondagi sud ishlariga aralashishiga ruxsat berishdi. Mudofaa vaziri Xoja Osif uyalmasdan «biz ushbu Fondning marhamati tufayli nafas olish imkoniga ega bo‘ldik, boshqa ilojimiz yo‘q, shunday qilishga majburmiz», degan so‘zlarni aytdi.
Shu tariqa soxtakorlik tamoman fosh bo‘ldi. Bu Fond mustamlakachi bosh hokim, hukmdorlarimiz esa vazirlar va qo‘g‘irchoq jentlmenlardir, xuddi Britaniya mustamlakasida bo‘lgani kabi. Undan farqli joyi, hozirgi zamondagi xo‘jayin Britaniya o‘rniga Amerika bo‘lib qolgan, xolos! Shunday ekan, musulmon o‘lkalari iqtisodiy mustamlakadan qutulmog‘i kerakligi nahotki ochiq ko‘rinib turmagan bo‘lsa?!
Ey Pokiston armiyasi!
Bu siyosiy va harbiy rahbariyat mamlakat suvereniteti va milliy manfaatini masxara qildi. Avvalgi hukumat davrida moliya vaziri va markaziy bank direktorini tayinlash Xalqaro Valyuta Fondining roziligi bilan bo‘lgan. Bugun ham ahvol shu. Mana shu Xalqaro Valyuta Fondi va Pul yuvishga qarshi moliyaviy chora-tadbirlar guruhi orqali dunyo tartibi Kashmirni Hindistonga berib yubordi. Mustamlakachilarga yuvindixo‘r bo‘lgan anavi hukmdorlaringiz yigirma besh yildan beri azbaroyi mustamlakachilar manfaati yo‘lida sizni fitna urushiga o‘tin qilib kelishmoqda. Bugun Kashmir va G‘azo haqida gap ketganda, sizning oldingizda shahodat va g‘alaba eshiklarini yopib qo‘yishdi. Sizning harbiy kuch-qudratingiz salibchilarga qarshi qo‘llanmasligi uchun malay hukmdorlar raketa dasturimizga cheklovlar qo‘yishdi. Ular doimiy ravishda Modiga tiz cho‘kib, mudofaa budjetini, yalpi ichki mahsulotning eng past darajasigacha tushirishdi. Bu malaylar qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar orqali musulmonlarning maxfiy ma’lumotlarini dushmanlarga ochib berishmoqda. Ular muqaddas dargohlarimiz borasida ham yon berib kelishmoqda. GSP Plus maqomini yo‘qotmaslik uchun Islomga qarshi haqoratlarga munosib javob berishmadi. Qolaversa, G‘azo musulmonlariga yordam berish uchun armiyani safarbar qilishmadi.
Rejim va rahbariyat sizni Amerika mustamlakachiligiga zanjirband qilayotganini ko‘rmayapsizmi?! Bu mo‘rt zanjirlar uchun yana qancha ko‘z yoshi to‘kasiz?! Ey Allohning qullari! Himmat kamaringizni mahkam qilib, harakatga keling va bizning qurolli kuchlarni Trampga qul qilib berayotgan amerikaparast rahbarlaringizni supurib tashlang. Bu rahbarlaringiz Amerikaga yetti bukilib itaot qilishdan uyalishmayapti. Siz ularga bo‘ysunishingiz bilan gunohlariga sherik bo‘lyapsiz. Shunday ekan, ushbu muborak ramazon oyida o‘zingizni haq va botil tarozisida torting! Roshid Xalifalikni barpo etish uchun pozitsiyangizni aniq belgilang va qaroringizni butun dunyoga e’lon qiling!
Hizb ut-Tahrir Alloh uchun musulmonlarni mustamlakadan qutqarishga harakat qilmoqda. Musulmonlarning eng yirik global siyosiy partiyasi hisoblangan ushbu Hizb doim haq so‘zni aytishi sababli G‘arb va uning islomiy o‘lkalardagi malaylari tomog‘iga suyak kabi tiqilmoqda. Hizbning davlat rahbarlari bo‘lishga yaroqli askarlari Islom saqofatini chuqur egallab, global siyosat darajasida ilg‘or fikrlamoqdalar. Darvoqe, Hizb Xalifalik davlati uchun to‘liq konstitutsiya tayyorlagan bo‘lib, Islomni keng qamrovda, bosqichma-bosqichsiz, to‘liq tatbiq qilishga tayyor turibdi.
Ey Pokiston qo‘shinlari!
Keling, Hizb ut-Tahrir amiri iqtidorli siyosatchi ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaga Xalifalikni barpo etish uchun nusrat-yordam bering. Sizning nusrat berishingiz bilan bugungi xorlik zamoni tugasin. Alloh Taolo bunday dedi:
﴿وَتَعَاوَنُواْ عَلَى ٱلۡبِرِّ وَٱلتَّقۡوَىٰۖ وَلَا تَعَاوَنُواْ عَلَى ٱلۡإِثۡمِ وَٱلۡعُدۡوَٰنِۚ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَۖ إِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلۡعِقَابِ﴾
«Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling, gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmang, Allohdan qo‘rqing, shubhasiz, Allohning azobi qattiqdir» [Moida 2]
Hizb ut-Tahrirning Pokistondagi
matbuot bo‘limi