Kinona armiyasi va Islom Ummatining armiyalariga muborak zaminni ozod etish murojaati

12
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Kinona armiyasi va Islom Ummatining armiyalariga muborak zaminni ozod etish murojaati

Biz, Islom Ummatining armiyalariga, xususan, Kinona armiyasiga, qo‘mondon va askarlarga murojaat qilamiz. Sizlar qo‘lga qurol olib, din, tuproq va nomusni mudofaa qilishni zimmangizga olgan insonlarsiz! Bugun sizga samimiy so‘zlar bilan murojaat qilamiz. Bu so‘zlar qalbingizga jo bo‘lgan Islom aqidasidan va Alloh tomonidan zimmangizga yuklangan buyuk mas’uliyatdan balqib chiqmoqda.

Ey Kinona armiyalari, ey butun Ummat askarlari!

Payg‘ambaringiz ﷺning Isro maskani bo‘lmish Falastin zamini o‘nlab yillardan beri o‘z ahli qatli om qilinayotgani, go‘daklari yetim qolayotgani, masjidlari toptalayotgani, yerlari bosib olinayotgani uchun sizga nola qilmoqda. Agar anavi malay rejimlar til biriktirishmaganida hamda sizdan kuch-qudratga ega qodir harbiylar Ummatni yordamsiz qoldirmaganida, bularning hech bir sodir bo‘lmagan bo‘lardi. Biroq bu rejimlar Islom va musulmonlarga nusrat berish uchun bitta askarini ham safarbar qilganlari yo‘q!

Alloh Subhanahu va Taolo sizga bechoralarga yordam berishni farz qilib, bunday degan:

﴿وَمَا لَكُمۡ لَا تُقَٰتِلُونَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلۡمُسۡتَضۡعَفِينَ مِنَ ٱلرِّجَالِ وَٱلنِّسَآءِ وَٱلۡوِلۡدَٰنِ ٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَآ أَخۡرِجۡنَا مِنۡ هَٰذِهِ ٱلۡقَرۡيَةِ ٱلظَّالِمِ أَهۡلُهَا وَٱجۡعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ وَلِيّٗا وَٱجۡعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ نَصِيرًا﴾

«(Ey mo‘minlar), sizga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida va «Rabbano, bizni egalari zolim bo‘lgan bu shahardan ozod qil va bizga o‘z huzuringdan bir do‘st bergin, bizga o‘z huzuringdan bir yordamchi qilgin», deyayotgan erkaklar, ayollar hamda bolalar doxil bechoralar(ni ozod qilish) yo‘lida jang qilmayapsizlar?!»                                                                                                      [Niso 75]

Allohga qasamki, yahudiylar sodir etgan jinoyatlarni ta’riflashga til ojiz. Zero, ular chodirlarda uxlayotgan begunoh insonlarni bombardimon qilishmoqda, va’dalar va tuzoqlarga to‘la otashkesim soyasida himoyasiz tinch aholini nishonga olishmoqda. Biroq eng katta jinoyat va eng dahshatli xiyonat islomiy o‘lkalardagi hukmdorlar va armiyalarning bu bechoralarni yordamsiz qoldirilganidir. Vaholanki, bu armiyalar ularga yordam berishga qodir bo‘lib, bechoralar ustidan hukmronlik qilishni hatto hayoliga ham keltirganlarni payini qirqib tashlay oladilar. Hukmdorlarga kelsak, ular zimmalaridagi omonatga xiyonat qilib, yahudiylarning jinoyatlariga sherik bo‘lishdi. Lekin Ummatning armiya safidagi xolis farzandlaridan umid bor. Biz ularga Alloh tomonidan zimmalariga Falastin ahliga haqiqiy yordam berish va bu zaminni to‘liq ozod etish vazifasi yuklanganini hamda Rosululloh ﷺning quyidagi kalomini eslatamiz:

«مَا مِنَ امْرِئٍ يَخْذُلُ امْرَأً مُسْلِماً فِي مَوْضِعٍ تُنْتَهَكُ فِيهِ حُرْمَتُهُ وَيُنْتَقَصُ فِيهِ مِنْ عِرْضِهِ، إِلَّا خَذَلَهُ اللهُ فِي مَوَاطِنَ يُحِبُّ فِيهَا نُصْرَتَهُ. وَمَا مِنَ امْرِئٍ يَنْصُرُ امْرَأً مُسْلِماً فِي مَوْضِعٍ يُنْتَقَصُ فِيهِ مِنْ عِرْضِهِ، وَيُنْتَهَكُ فِيهِ مِنْ حُرْمَتِهِ إِلَّا نَصَرَهُ اللهُ فِي مَوَاطِنَ يُحِبُّ فِيهَا نُصْرَتَهُ»

«Qaysi bir musulmon boshqa bir musulmonga huquqi poymol qilinayotgan va obro‘si to‘kilayotganda yordam bermasa, uning o‘zi ham Allohning yordamiga muhtoj bo‘lgan joyda, Alloh ham uni yordamsiz qo‘yadi. Qaysi bir musulmon boshqa bir musulmonga huquqi poymol qilinayotgan va obro‘si to‘kilayotganda yordam bersa, uning o‘zi ham Allohning yordamiga muhtoj bo‘lgan joyda, Alloh ham unga yordam beradi».

Falastin kabi har qanday islomiy zamin agar bosqinga uchrasa, o‘sha zamin aholisiga – ular bilan kifoya hosil bo‘lib, dushman daf qilinguniga qadar – jihod qilish farzi ayn bo‘ladi. Agar ularning o‘zlari bilan kifoya hosil bo‘lmasa va dushman ularning ustidan g‘olib kelib, ushbu zamin uning nazoratiga, ishlarni boshqarish uning qo‘liga o‘tsa va o‘sha yerdagi musulmonlarning holati asirlik holatiga o‘xshab qolsa, bunday holatda jihod farzi va dushmanga qarshi jang qilish ulardan soqit bo‘ladi va bu farzi ayn to kifoya hosil bo‘lib, dushman daf qilinguniga qadar navbatma-navbat eng yaqindagilarga ko‘chadi. Agar bular bilan ham kifoya hosil bo‘lmasa, farzi ayn butun islomiy o‘lkalarga ko‘chadi. Kosoniy «Badaius Sonai’»da bunday deydi: «Agar chegara bo‘yidagi musulmonlar kofirlarga qarshi turishda ojizlik qilib, dushmandan xavf kelsa, u holda, eng yaqindagilar va ulardan keyingi yaqindagilar zudlik bilan ularga yordamga kelishlari va ularni qurol-yarog‘, ot va mol-mulk bilan ta’minlashlari kerak. Bu narsa jihod qilishga yaroqli bo‘lgan barcha insonlarga farz ekanini aytib o‘tdik. Ammo ba’zilari bilan kifoya hosil bo‘lsa, bu farz qolganlardan soqit bo‘ladi, hosil bo‘lmasa, soqit bo‘lmaydi».

﴿فَلۡيُقَٰتِلۡ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ ٱلَّذِينَ يَشۡرُونَ ٱلۡحَيَوٰةَ ٱلدُّنۡيَا بِٱلۡأٓخِرَةِۚ وَمَن يُقَٰتِلۡ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ فَيُقۡتَلۡ أَوۡ يَغۡلِبۡ فَسَوۡفَ نُؤۡتِيهِ أَجۡرًا عَظِيمٗا﴾

«Alloh yo‘lida bu hayoti dunyo evaziga oxiratni sotib oladigan zotlar jang qilsinlar. Kim Alloh yo‘lida jang qilib o‘ldirilsa yoki g‘alaba qilsa, unga ulug‘ mukofot ato etajakmiz»                                                       [Niso 74]

Ey Kinona askari, ey Ummatning barcha jasur askarlari!

Ko‘rgan-eshitganlaringiz qalbingizni larzaga solmayaptimi?! Nahotki, Alloh uchun, Uning daxlsiz narsalari uchun, muborak zaminda qonlari daryo bo‘lib oqayotgan ahlingiz uchun g‘azablanmayotgan bo‘lsangiz?! Ularning och qolishlari, zoye ketishlari va shuncha qonlariga chidayapsizmi?! Yahudiylarning har qanday kelishuv, shart va ahdlashuvlarni buzayotganini ko‘rmayapsizmi?! Birodarlaringiz qirilib ketayotganidan nahotki qoningiz qaynamayapti?! Muborak zamindagi bu dahshatlar agar sizni harakatga keltirmasa va u yerni ozod etishga qattiq undamasa, u holda, sizda hech qanday yaxshilik yo‘q demakdir. Chunki sizning bugungi vazifangiz Ummatingiz tarafda turib, ularga yordam berish, oqayotgan qonlarini to‘xtatish va bosib olingan yerlarini ozod etishdan iborat. Buning uchun avvalo ushbu vazifangizni ado etishga va bechora birodarlaringizga yordam berishga to‘sqinlik qilayotgan to‘siqni ag‘darmog‘ingiz kerak. Alloh xayringizni bersin, Ummatingizni tashlab qo‘ymang, unga yordam bering.

Ey Islom askarlari!

Masala siyosiy chegaralar ham emas, guruhlar o‘rtasidagi nizo ham emas. Yo‘q, masala aqida masalasidir. Masala ozod etish farz bo‘lgan ishg‘ol ostidagi musulmon tuproq masalasidir. Siz esa uni mudofaa qilishdan Alloh oldida javobgarsiz, jihod boshlamasligingiz va sukut qilishingiz uchun hech bir uzr yo‘q.

Biz qanday qilib kofirlarning armiyalari o‘z xalqlariga yordam berish va manfaatlarini himoya qilish uchun qo‘zg‘alganini, ammo siz iymon va kuch-qudrat sohibi bo‘la turib, yahudiylar tug‘yoni oldida qo‘l qovushtirib turganingizni guvohi bo‘lyapmiz, go‘yoki masalaning sizga ahamiyati yo‘qdek! G‘arbdan va AQSHdan qo‘rqyapsizmi?! Shu xoin hukmdorlardan qo‘rqyapsizmi?! Agar haqiqiy mo‘min bo‘lsangiz qo‘rqishga eng haqli zot Alloh emasmi?!

Alloh kuch-qudrat sohibi ekanini, nusrat Allohning qo‘lidaligini bilmaysizmi?! Alloh Taoloning ushbu kalomini o‘qimaganmisiz?!

﴿إِن يَنصُرۡكُمُ ٱللَّهُ فَلَا غَالِبَ لَكُمۡۖ وَإِن يَخۡذُلۡكُمۡ فَمَن ذَا ٱلَّذِي يَنصُرُكُم مِّنۢ بَعۡدِهِۦۗ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلۡيَتَوَكَّلِ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ﴾

«Agar sizlarga Alloh nusrat bersa, hech kim sizlardan g‘olib bo‘lmas. Va agar sizlarni yordamsiz qo‘ysa, Undan o‘zga hech bir zot yordamchi bo‘lmas. Iymon keltirgan zotlar Allohning o‘zigagina suyansinlar!»            [Oli Imron 160]

Ey musulmon armiyalari!

Hukmdorlaringiz sizni harakatga kelishingizga to‘sqinlik qilib, xorlik va xoinlik kelishuvlari bilan oyoq-qo‘lingizni kishanlab qo‘yishdi. Lekin siz shu Ummat o‘g‘lonlari va uning hur er kishilarisiz, Xolid ibn Valid, Salohiddin Ayyubiy va Muzaffar Qutz avlodlarisiz. Bas, bu zolimlar qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lishdan to‘xtang va o‘z oxiratingizni korrupsiyachi hukmdorlar dunyosiga almashtirmang.

Bugun sizning vazifangiz quyidagilardan iborat:

Barcha kuch-imkoniyatingizni ishga solib, zudlik bilan Falastinni ozod eting.

G‘azodagi va muborak zamindagi og‘a-inilaringizga nusrat-yordam berishdan to‘sayotgan har qanday buyruqni rad etib, ularga joriy etilgan, siz bilan orangizga to‘siq bo‘layotgan qamalni buzing.

Allohga, Uning Rosuliga va mo‘minlarga xiyonat qilgan hukmdorlar bilan emas, Ummatingiz tarafida turing.

Ummatni birlashtiradigan va uning armiyalarini Falastinni va barcha bosib olingan islomiy o‘lkalarni ozod etish sari safarbar qiladigan roshid Xalifalikni barpo etishga harakat qiling.

Ey Kinona askarlari!

Hal qiluvchi soat keldi, endi bugundan keyin sizda hech qanday uzr qolmadi, yo diningiz va Ummatingizga nusrat berasiz, yoki jihoddan qochgan va xiyonat qilganlar gunohiga giriftor bo‘lasiz. Alloh sizni qurolingiz borasida so‘roqqa tutajak; bu qurol musulmonlarga yordam berish uchun qo‘llanildimi yoki zolimlar taxtini qo‘riqlash uchunmi?!

Ey Kinona askarlari, ey butun Ummat askarlari!

Islom tarafini siz olmasangiz, kim oladi?! Unga siz yordam bermasangiz, kim beradi?! Ummat tashvishini siz qilmasangiz, kim qiladi?! Ummat sizga muhtoj, sizni yordamga chaqirib, nusrat so‘rab, sizga ko‘z tikib turibdi. Bas, uning nidosini qabul qiling va haqiqatni gapiring, qurolingizni Alloh uchun qo‘lga oling va Uning yo‘lida yuring. Unutmang, nusrat albatta keladi. Ammo u sizning bilaklaringizsiz va Islom davlatisiz, ya’ni Allohning shariatini yer yuzida tatbiq qiluvchi Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifaliksiz amalga oshmaydi.

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ هَلۡ أَدُلُّكُمۡ عَلَىٰ تِجَٰرَةٖ تُنجِيكُم مِّنۡ عَذَابٍ أَلِيمٖ + تُؤۡمِنُونَ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَتُجَٰهِدُونَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ بِأَمۡوَٰلِكُمۡ وَأَنفُسِكُمۡۚ ذَٰلِكُمۡ خَيۡرٞ لَّكُمۡ إِن كُنتُمۡ تَعۡلَمُونَ﴾

«Ey mo‘minlar, sizga alamli azobdan najot beradigan bir «tijorat»ni ko‘rsataymi? (O‘sha «tijorat» mana budir:) Alloh va Rosuliga iymon keltirursiz va Alloh yo‘lida mol va joningiz bilan jihod qilursiz. Mana shu agar bilsangiz o‘zlaringiz uchun eng yaxshi (ish)dir»                        [Saf 10]

Allohu akbar. Kuch-qudrat Alloh, Uning Rosuli va mo‘minlarnikidir!

Hizb ut-Tahrir                                                              19 Ramazon 1446h

Misr viloyati                                                                     19 mart 2025m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.