Matbuot bayonoti
Amerika Yamanni shafqatsizlarcha bombardimon qilmoqda, ammo bizning armiyalarimiz Yaman va G‘azoni qo‘llab-quvvatlash uchun barmog‘ini ham qimirlatib qo‘ymadi
Amerika bir necha kundirki, Yamandagi ahlimizga qarshi shafqatsiz hujumlar uyushtirmoqda. Prezident Tramp ayni hujumlar haqida «ustingizga hech qachon ko‘rmagan jahannam olovini yog‘diramiz», deya tahdid qilgandan so‘ng «Qirg‘inbarot kuch» qo‘llamoqda!
Amerika musulmonlarga va ularning o‘lkalariga qarshi o‘zini mana shunday takabbur va zo‘ravon tutmoqda. Musulmon o‘lkalarning hukmdorlarini, armiyalarini va ularning imkoniyatlarini mensimay, ularni tahqirlab, qirg‘inbarot urush va jahannam bilan tahdid qilmoqda. O‘lkalarimizni bombardimon qilib, o‘g‘lonlarimizni qiryapti, bizni umuman hisobga olmay, munosabatlarimizdan ko‘ngli to‘q holda ehtiromli va daxlsiz narsalarimizni bemalol poymol etyapti!!
Har doim qarshilik harakatini qo‘llab-quvvatlaganliklarini va Amerikaning eng katta shayton ekanini aytib, musulmonlarning quloqlarini bitirib kelgan Eron rahbarlariga kelsak, mana, o‘z tarafdorlari bo‘lgan Husiylardan voz kechishdi. Go‘yo hech narsa bo‘lmagandek, ularni yahudiylar va amerikalik kofirlarga tayyor yem qilib berishdi!
Amerika nafaqat arab yetakchilarini, balki o‘zini «qarshilik o‘qi» deb atagan guruhlarni ham tinchlantirishga harakat qilmoqda. Masalan, Eronning Livandani Hizbini yahudiylar bilan ziddiyatga kirishdan qaytardi. Eronni G‘azodan va qarshilik kuchlaridan voz kechishga majburlashga muvaffaq bo‘ldi. Mana, bugun esa Husiylarni yahudiylar bilan shug‘ullanishdan, ularning Qizil dengizdagi iqtisodiy manfaatlariga tahdid solishdan voz kechishga majburlamoqchi. Toki, bu bilan G‘azo yahudiylar bilan Trampning vahshiylik qilishlari va bemalol yutib yuborishlari uchun yolg‘iz o‘zi qolsin!
Amerika yangi Tramp davrida o‘rnatayotgan voqelik «yo tiz cho‘kish yoki o‘lim»dan iborat. Shuning uchun, mudom, musulmonlar va ularning armiyalari uzoq uyqudan uyg‘onmasalar, ularni qora taqdir kutmoqda. Mudom, Tramp o‘z qarshisida to‘xtatib qoladigan va chekinishga majburlaydigan hech kimni topmas ekan, musulmonlarning o‘lkalariga birin-ketin bostirib kiraveradi. U buni hech ikkilanmay ochiq e’lon qilmoqda.
Shunday ekan, islomiy armiyalardagi xolis harbiylarimiz Islom va musulmonlarga nusrat berish va yahudiylarga, Amerikaga va barcha kofirlarga qarshi turish uchun zudlik bilan harakatga kelmoqlari lozim. Aks holda, bu dushmanlar bizning yam-yashil o‘lkalarimizni vayron qiladilar va biz qochib qutuladigan joyimiz qolmaydigan holatga tushib qolamiz!
Hizb ut-Tahrirning markaziy
matbuot bo‘limi