Jamiyatni isloh qilishda eng zarur ish

18
0

بسم الله الرحمن الرحيم

FIKR ENG QIMMATBAHO BOYLIK

 (6)

Jamiyatni isloh qilishda eng zarur ish

Jamiyatni isloh qilish asoslarini to‘rt ishda: 1. fikriy o‘rganish. 2. fikrga ishonish va amal qilish, 3. to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish. 4. urfi ommni paydo qilish – ekanini aytib o‘tdik. Shu ishlarning hammasi ham da’vatsiz amal oshmaydi. Da’vat qilish esa Islom talab qilgan ta’lim-tarbiya tariqati bilan bo‘ladi, ya’ni, Islom asosida tarbiyalashning ma’nosi musulmonlarga ularning tuygulariga ta’sir qiladigan va ularni Allohning azobi va g‘azabidan qo‘rqitadigan suratda dinlaridagi ishlarni o‘rgatishdirki, musulmon Allohning oyatlarini o‘rganish va o‘rgatish tariqati natijasida tuyg‘ulari aqliga bog‘langan paytda ta’sir qiluvchi kuchga aylansin. Shunda bu kuch avvalo o‘ziga, oilasiga so‘ngra jamiyatga ta’sir qiladi. Shuning uchun Alloh Taolo jixod uchun inson kuchi juda zarur bo‘lgan vaqtda ham nozil bo‘layotgan vahiylarni ta’lim berishga tayyorlanib turishlari uchun har bir guruhdan bir jamoatni jihodga chiqishdan qaytaryapti, ya’ni dindan ta’lim berishda nuqson bo‘lmasligini amr qilmoqda, chunki da’vat farzlarning onasi, shar’iy hukmlarning hammasini ijro qiladigan xalifalik tuzumini hayotga qaytarish uchun harakat qilish farzlarning tojisidir, Alloh Taolo aytadi:

۞ وَمَا كَانَ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ لِیَنفِرُوا۟ كَاۤفَّةࣰۚ فَلَوۡلَا نَفَرَ مِن كُلِّ فِرۡقَةࣲ مِّنۡهُمۡ طَاۤىِٕفَةࣱ لِّیَتَفَقَّهُوا۟ فِی ٱلدِّینِ وَلِیُنذِرُوا۟ قَوۡمَهُمۡ إِذَا رَجَعُوۤا۟ إِلَیۡهِمۡ لَعَلَّهُمۡ یَحۡذَرُونَ

Mo‘minlarning barchasi birdaniga jihodga chiqishlari joiz emas. Ulardagi har bir guruhdan bir toifa jihodga chiqib, qolganlari dinni o‘rganib, jihodga ketganlar qaytganda o‘zlari o‘rgangan narsalarni ularra ham o‘rgatsalar bo‘lmaydimi? Shoyad ular ham Ollohdan qo‘rqarlar. [9:122].

Lekin imom-domlalar ta’sirli chuqur o‘rgatish tariqati o‘rniga Islomning jamiyatga aloqador hukmlarini berkitishib, sayoz va siyqa ma’ruzalarga cheklanadigan va’zu-irshod(shaxsiy masalalarnigina aytib, natijasi faqat Oxiratda oshkor bo‘ladi degan asosidagi missionerlarning) tariqatini qo‘llamoqlar. Shu sababli Islom dinini jamiyatga: iqtisod, siyosat, jazo choralari, boshqaruv kabilarga aloqasi yo‘qdek yoki u bilan jamiyat muammolarini muolaja qilish orasida muvofiqlashtirishga muhtoj bo‘lgan ziddiyat yoki ziddiyatga o‘xshagan narsa bordek bo‘lib qoldi. Natijada zamonga muvofiq bo‘lishi uchun Islomni ta’vil qilish, shar’iy hukmlarni voqe’likka, siyosatga muvofiqlashtirish odamlar orasida odatiy ishga aylanib qoldi. Natijada yurtlari parchalanib, qo‘g‘irchoq davlatchalarga bo‘lib tashlandi, boyliklari talon-taroj qilinmoqda, o‘zlari xor-zor bo‘lib, ish istab dunyo kezadigan, kun o‘tkazish uchun ishlaydigan, kufr davlatlari o‘zaro talashadigan zamonaviy qullarga aylanishdi, armiyamiz xalqni dushmandan emas, dushmanlarga malaylik qilayotgan hukumatni o‘z xalqidan hamiya qiladigan, na gapni tushunadi va na siyosiy ongga ega bo‘lmagan manqurtlar bo‘lib qolishdi. Ayollarlar behayo bo‘lsa, erkaklarda na g‘ururi bor, na or-nomusi qoldi.

Aslida musulmonlarda yer-joy, insonlar, armiya, kon boyliklari yetarli, hullas hech narsada kamchilik yo‘q, tasavvur qilib ko‘ring-a, musulmonlar Qur’on va hadislar asosida birlashsa, kufr belgilagan sun’iy chegaralar olib tashlansa qanday davlat bo‘ladi: qanday makonga, boylikka, armiyaga, insonlarga ega bo‘lgan jamiyat bo‘ladi?!

Yevropaliklar 1648 yili “Vestfaliya” konferensiyasida Ummatdan o‘zlarini himoyalash uchun birlashgan edi, lekin 1850-yillari, ya’ni 150-200 yil avval unga kasal Ummat degan tashxis qo‘yishib, uni yo‘qotish uchun birgalashib ish olib borishdi, xolbuki Ummat o‘zi hayotlarida Islomni tushunishmay, “shayxul-Islom”larning fatvolari bilangina Islom tadbiq qilayotgan ahvolda edilar, hatto olimlar ham kitoblardan ko‘chirilgan so‘zlarni sharhlovchi muxbirlarga aylanib qolishgan edi. Hozirda kufr saqofatini, fikrlari-yu, tuyg‘ularini mustahkamlab, qonunlarini tadbiq qilishda jonbozlik ko‘rsatishyapti.

Fikrlar, tuyg‘ular hatto qonunlar ham islomiy bo‘lishi uchun shar’iy dalillarga asoslangan bo‘lishi kerak. Lekin taqlid ommalashib, qonun chiqarishga “taqnin”(oddiy fikr ko‘pchilik ovozi bilan deputatlar majlisida qabul bo‘lishi natijasida davlat qonuniga aylanish) uslubi jamiyatda hukmron bo‘lgandan keyin fikrlar, tuyg‘ular hamda qonunlar islomiy bo‘lmay yoki ba’zilari nomigagina islomiy bo‘lib qoldi.

Shuning uchun Islomni: fikrlarini, tuyg‘ularini hamda qonunlarini Qur’on va hadislar asosida yoki sahih ijtihoddan kelib chiqqan dalillar asosida ta’lim berish eng zaruriy ishga aylandi. Da’vat farzi kifoya, lekin odamlar Islomni tushunishlari uchun yetarli sharoitlar yo‘q bo‘lsa yoki xozirgidek faqat shaxsiy masalalar o‘rgatilayotgan bo‘lsa, jamiyatni isloh qilish uchun har bir mo‘min bilganicha, toqati boricha Islomni tushuntirishlari farz. Abdulloh ibn Amr r.a. Rosululloh – sollalohu alayhi va sallam – dan rivoyat qiladi:

بلِّغوا عنِّي ولو آيةً

Mendan bir oyat bo‘lsada yetkazinglar. Buxoriy rivoyati. Alloh Taolo aytadi:

فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ مَا ٱسۡتَطَعۡتُمۡ وَٱسۡمَعُوا۟ وَأَطِیعُوا۟ وَأَنفِقُوا۟ خَیۡرࣰا لِّأَنفُسِكُمۡۗ وَمَن یُوقَ شُحَّ نَفۡسِهِۦ فَأُو۟لَـٰۤىِٕكَ هُمُ ٱلۡمُفۡلِحُونَ

Allohga qo‘lingizdan kelganicha taqvo qiling va (amrini) tinglang va itoat qiling va yaxshilikni infoq qiling – o‘zingizga yaxshi bo‘ladi. Va kimki nafsining qizg‘anchiqligidan saqlansa, ana o‘shalar najot topuvchilardir. [64:16].

Boshqalarga infoq qilinadigan yaxshiliklarning eng qadirlisi Islomni fikriy tushuntirishdir, chunki u bu dunyo xorligidan ham, abadiy hayotdagi Oxirat azobidan ham saqlaydi. Oilangizga nafaqa qilyapsiz, boshqalarga, muhtojlarga ehson yoki bemorlarga dori-darmondan yordam qildingiz, xorliklaridan, qiyinchiliklardan qutilishyaptimi?! Bular shu dunyodagi ahvol, lekin abadiy hayotdagi ahvolini o‘yladingizmi, o‘zingiz tug‘ri yo‘lni topib oldingiz, oilangizchi, qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar, do‘st-birodarlarchi?, abadiy duzahda bo‘lishiga rozimisiz?, siz unda qanday inson bo‘lasiz?! Alloh Taolo zimmangizda ommani haqqini so‘raganda ahvolingiz ulardan-da og‘irroq bo‘lishi mumkin, shuni fikrlayapsizmi?!

Fikr eng qimmat baho ne’mat bo‘lib, u bilan inson o‘zini hidoyatdami yoki zalolatda ekanini biladi, xatosidan qaytib, bu dunyo xorligidan, zulmatidan qutiladi, do‘zaxdan saqlanadi, jannatga ega bo‘ladi. Islom ikki dunyo saodati, uni to‘g‘ri tushunib, jamiyatda Alloh rozi bo‘ladigan fikrlar hukmron bo‘lsa, Alloh Taolo rozi bo‘ladigan ishlardan ommaviy rozilik, g‘azablanadigan ishdan nafrat-g‘azab tuyg‘ulari ommaviy bo‘lsa, keyin shar’iy qonunlar tadbiq qilinsagina jamiyat islomiy bo‘ladi, chunki jamiyat faqat insonlargagina qarab baholanmaydi, balki to‘rt asosga qarab belgilanadi.

Da’vat hammaga, hamma joyda: o‘z yurtidami yoki boshqa joyga hijrat qilganmi hech farqsiz farz bo‘lib, uni qilmay qo‘yish yoki da’vatni tashlab, yurtidan qochib ketish og‘ir gunoh, harom. Farz-vojiblarni, ayniqsa da’vat qilishga o‘z yurtida imkon bo‘lmasa unda boshqa yurtga ham farz-vojiblarni, da’vatni qilishga imkoniyat izlab, hijrat qilishi vojib bo‘ladi. Da’vat farzini qilmaslik faqat imkoniyati yo‘q bo‘lgan zaif-bechoralarga joiz, ular ham loaqal duoda bo‘lishlari kerak.

Alloh Taolo aytadi:

إِنَّ ٱلَّذِینَ تَوَفَّىٰهُمُ ٱلۡمَلَـٰۤىِٕكَةُ ظَالِمِیۤ أَنفُسِهِمۡ قَالُوا۟ فِیمَ كُنتُمۡۖ قَالُوا۟ كُنَّا مُسۡتَضۡعَفِینَ فِی ٱلۡأَرۡضِۚ قَالُوۤا۟ أَلَمۡ تَكُنۡ أَرۡضُ ٱللَّهِ وَ ٰ⁠سِعَةࣰ فَتُهَاجِرُوا۟ فِیهَاۚ فَأُو۟لَـٰۤىِٕكَ مَأۡوَىٰهُمۡ جَهَنَّمُۖ وَسَاۤءَتۡ مَصِیرًا

O‘ziga zulm qiluvchi holida (yashaganlarni) joni olinayotganlarga farishtalar: «Nima qilayotgan edinglar?» derlar. Ular: «Yer yuzida bechora edik», derlar. Ularga: «Allohning yeri keng edi-ku, hijrat qilsangiz bo‘lmasmidi?!» derlar. Ana o‘shalarning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon joy! [4:97].

Mufakkir Abdulhaq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.