Japarov SHHT Bosh kotibi bilan uchrashdi
18 mart kuni Sadir Japarov Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Bosh kotibi bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida Japarov Qirg‘iziston o‘zining SHHTdagi a’zoligiga alohida e’tibor qaratishini va tashkilotga a’zo davlatlar bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish zarurligini ta’kidladi. O‘z navbatida, SHHT Bosh kotibi ham Qirg‘iziston tashkilot faoliyatida faol ishtirok etayotganini bildirdi.
Bugungi kunda dunyoning yirik davlatlari o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida harbiy, siyosiy, tijoriy va boshqa turdagi tashkilotlar tuzib kelmoqda. Bu tashkilotlar faqat o‘sha yirik davlatlarning manfaatlariga xizmat qiladi. Bunday tashkilotlarga a’zo bo‘lgan mamlakatlar esa ularning ortidan ergashib yurishdan boshqa chorasi yo‘q. Masalan, NATO, KXSHT, QUAD, (To‘rt tomonlama xavfsizlik dialogi), SHHT kabi tashkilotlar faqat qudratli davlatlarning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan.
O‘lkamiz a’zo bo‘lgan SHHT ham ana shunday tashkilotlardan biridir. Rossiya va Xitoy ushbu tashkilotda katta ta’sirga ega bo‘lib, o‘z siyosatini amalga oshirish uchun undan foydalanib keladi.
Masalan, Rossiya SHHTning 2014 yilda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Qrimni Rossiyaga qarashli hudud deb tan olish masalasini ko‘targan edi. 2022 yili Ukrainada urush boshlanganida ham Rossiya BMTda Ukraina masalasi bo‘yicha ovoz berishda SHHT a’zolarining yagona pozitsiya egallashi uchun harakat qildi. Shu tariqa Rossiya SHHTdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqda.
Xitoy uchun “Bir kamar, bir yo‘l” loyihasi juda muhimdir. Chunki ushbu loyiha doirasida Xitoy tovarlari mamlakat g‘arbidan (Markaziy Osiyo orqali) Yevropa va Osiyo davlatlariga yetkazib beriladi. Shu bois bu loyihaga zarar yetkazmaslik uchun Markaziy Osiyo davlatlarida Xitoyga qarshi kayfiyat paydo bo‘lmasligi kerak. Shuning uchun ham Xitoy SHHT doirasida Markaziy Osiyo, jumladan, Qirg‘iziston bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda. Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokidagi harbiy mashg‘ulotlar SHHT doirasida doimiy ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Bundan tashqari, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash ham davom etmoqda. Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashning asl maqsadi Islomga qarshi kurashdir. Xitoy Islomning kuchayishini va musulmonlarning birlashishini aslo xohlamaydi. Chunki Islomning rivojlanishi Markaziy Osiyo musulmonlarining uyg‘ur musulmonlariga nisbatan birdamlik va mehr-shafqatini kuchaytiradi va albatta Xitoy rejimiga qarshi kayfiyat uyg‘otadi. Shuning uchun Xitoy SHHT doirasida terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurash bahonasida turli mashg‘ulotlar o‘tkazib kelmoqda.
Ko‘rinib turganidek, SHHT faqat qudratli davlatlar manfaatlariga xizmat qiladi. Ular bu tashkilotlardan o‘zlarining bosqinchilik siyosatini amalga oshirish uchun qurol sifatida foydalanmoqda. Bunday tashkilotlarga a’zo bo‘lish xatarlidir. Chunki bizning ichki siyosatimiz va strategiyalarimiz bu davlatlarga qaram bo‘lib qoladi. Qolaversa, ushbu tashkilotlarning buyrug‘i bilan dinimiz “ma’qul Islom” va “xavfli Islom”ga ajratilib, musulmonlar o‘z o‘lkalarida bosim va ta’qiblarga uchramoqda.
Horun Abdulhak