Navro‘zni nishonlash musulmonlar uchun haromdir
Navro‘z fors tilidan olingan bo‘lib, “yangi kun” ma’nosini anglatadi. Yangi yilning boshlanishini bildiruvchi bu kun, asosan, fors va turkiy xalqlar orasida qadimiy ko‘pxudolik e’tiqodlari bilan bog‘liq kundir. Bu kun “zardushtiylik” dinida yorug‘lik zulmat ustidan g‘alaba qozongan kun sifatida nishonlanadi.
Islom dini kelib, shirkning har qanday ko‘rinishlariga barham berildi. Abdulloh ibn Amr Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini rivoyat qiladi:
من بنَى ببلادِ الأعاجمِ، فصنع نَيروزَهم ومهرجانَهم، وتشبَّهَ بهم حتَّى يموتَ وهو كذلك، حُشِرَ معهم يومَ القيامةِ
“Kimki mushriklar diyorida yashab, ularning Navro‘z va Mehrajon bayramlarini nishonlasa va o‘lgunicha ularga taqlid qilsa, qiyomat kunida o‘shalar bilan birga tiriladi”. (Bayhaqiy rivoyati).
Biroq, hozirgi paytda demokratiya barcha odamlar uchun xatti-harakatlarni “joiz” deb belgilab qo‘ygan. Eng achinarlisi, bugungi Ummatning ahvoli shu qadar past darajaga yetganki, do‘zax ahli bo‘lmish mushrik va kofirlarning bayramlarini o‘z bayramimizdek qabul qilib oldik. Ko‘chaga chiqsak, hukumatning Navro‘z bayramiga tayyorgarlik ko‘rayotganiga guvoh bo‘lamiz. O‘zini musulmon deb bilgan ba’zi fosiqlar bu kufr bayramlarini ikki hayitdan ham ulug‘roq deb biladilar.
Alloh taolo aytadi:
وَمَنْ يَبْتَغِ غَيْرَ الْإِسْلَامِ دِينًا فَلَنْ يُقْبَلَ مِنْهُ وَهُوَ فِي الْآخِرَةِ مِنْ الْخَاسِرِينَ
“Kimda-kim Islomdan o‘zga din istasa, bas (uning «dini» Alloh huzurida) hargiz qabul qilinmaydi va u oxiratda ziyon ko‘rguvchilardandir.”. (Oli Imron surasi, 85-oyat).
“Al-Fatova as-Sug‘ro” kitobida shunday deyiladi: “Navro‘z kunida odat bo‘lmagan narsani shu kunni ulug‘lash uchun sotib olgan kishi katta gunoh qilgan bo‘ladi. Chunki u kofirlarning bayramlarini ulug‘lagan hisoblanadi”. (Imom A’zam rahimahullohning “al-Fiqhul-akbar” kitobiga yozilgan sharh: 186).
Alloh Taolo barchamizni kufr ahliga ergashishdan va qiyomat kunida ular bilan do‘zaxda birga bo‘lishdan saqlasin!
Mumtoz Maveranahri