Jamiyatni isloh qilish asoslari

21
0

بسم الله الرحمن الرحيم

FIKR ENG QIMMATBAHO BOYLIK

 (5)

Jamiyatni isloh qilish asoslari

Jamiyatni isloh qilishni bir suhbatda tushuntirish mumkin emas, lekin biz asosiylarini va uni islohi tomon yuradigan yo‘llarni qisqacha bayon qilamiz. Jamiyat asoslari to‘rtta deb o‘tdik, ular qanday bo‘lsa jamiyat ham o‘shandek bo‘ladi. Jamiyat asoslaridan birinchisi va asosiysi fikrlar bo‘lib, jamiyatda qanday fikrlar hukumron bo‘lsa, jamiyat ham o‘shandek sifatiga ega bo‘ladi, chunki jamiyatning qolgan uch asos ham unga tobe’ bo‘ladi.

Fikr bo‘lishi uchun to‘rt narsa:

sog‘lom(ya’ni aytilgan ma’lumotni o‘z voqe’ligiga bog‘lay olish xususiyati yoki aksincha, sezilgan voqelikka aloqador ma’lumot topish qobiliyati bor) miya, 2. sezish, 3. voqe’lik va shu voke’likni bayon qilib beradigan 4. ma’lumotlar. Agar birortasi bo‘lmasa fikr bo‘lmaydi, masalan: ko‘r odam ranglarni, kar inson tovushlarni tushunmaydi, fikrlay olmaydi yoki aytilgan ma’lumotni voke’sini tasavvur qilolmasa ham fikr bo‘lmaydi, yani aytilgan ma’lumotlarni vokeligi bo‘lmasa faqat ma’lumotligicha qoladi. Fikrlar oddiy yoki murakkab bo‘lishi mumkin, masalan: yomg‘ir yog‘ayapti, yog‘ishi kuchayib ketdi yoki qor yog‘di degan so‘zni voke’ligini har qanday inson tasavvur qilishi mumkin. Ammo jamiyatda zulm kuchayapti yoki bizni boshqa davlatlar boshqaryapti degan fikr esa, boshqa fikrlar yordamida erishish bo‘lgan siyosiy fikrlardir.

Bir fikrni xis bilan birgalikda boshqa fikr yordamida fikriy tushunishga bir misol: “Yer shari soatiga ≈1 666,7 km tezlik bilan o‘z o‘qi atrofida xarakatlanadi”- degan fikrni tushunish uchun Yer sharining aylanasi ≈ 40000 km ekanini to‘g‘risidagi fikrni, hamda har kecha-kunduzda 24 soat borligi haqidagi fikr bilan 40000÷24≈1 666,7 km/s ekanini tasavvur qilinadi, xisning o‘zi bilan tasavvur qilish mumkin emas. Buni aqlni ishlatmagan yoki aqli sog‘lom bo‘lmagan inson tushunmaydi. Ba’zi fikrlar borki, ular faqat o‘sha sohani olimlari tushunadi; kasallik sabablarini, inson salomatchiligiga zararli bo‘lgan viruslarni mediklar tushunishi yoki quyoshning atrofida yerning aylanish tezligi(105444 km/s)ni, yorug‘lik tezligini astronomiklar, zamonaviy texnikalarni ishlash usullarini konstruktor olimlar yoki shar’iy hukmlarni Qur’on va hadislardan ishlab chiqishni mujtahidlar tushunishi mumkin. Unday sohalarda inson aqli yetmasligini tan olib, bu haqida hech qanday fikr bildira olmasligini, faqat olimlaridan eshitgan fikrlarni aytishi, ammo bunday sohada bahslashish uchun kuchi yetmasligi ochiq aytish ham aqldandir. Nima bo‘lganda ham har bir inson aqlini ishlatishi, o‘zini darajasida fikrlarni tushunish uchun harakat qilishi farz, Alloh Taolo yuzlagan oyatlarda aqlni ishlatishga amr qilib, aql ishlatmaganlarni qoralagan, haqiqatlarni ko‘rishdan, eshitishdan ojiz aqlsiz kimsalarga o‘hshatgan, Alloh Taolo aytadi:

وَإِذَا قِیلَ لَهُمۡ تَعَالَوۡا۟ إِلَىٰ مَاۤ أَنزَلَ ٱللَّهُ وَإِلَى ٱلرَّسُولِ قَالُوا۟ حَسۡبُنَا مَا وَجَدۡنَا عَلَیۡهِ ءَابَاۤءَنَاۤۚ أَوَلَوۡ كَانَ ءَابَاۤؤُهُمۡ لَا یَعۡلَمُونَ شَیۡـࣰٔا وَلَا یَهۡتَدُونَ

Ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga, Payg‘ambarga kelinglar», deyilsa, «Bizga ota-bobolarimizni nimani ustida topgan bo‘lsak, o‘sha yetarli», derlar. Agar ota-bobolari hech narsaga aqli yetmaydigan va hidoyatga erishmagan bo‘lsalar ham-a [5:104].

وَمَثَلُ ٱلَّذِینَ كَفَرُوا۟ كَمَثَلِ ٱلَّذِی یَنۡعِقُ بِمَا لَا یَسۡمَعُ إِلَّا دُعَاۤءࣰ وَنِدَاۤءࣰۚ صُمُّۢ بُكۡمٌ عُمۡیࣱ فَهُمۡ لَا یَعۡقِلُونَ

Kufr keltirganlar misoli xuddi qichqiriq va sasdan boshqa narsani eshitmaydiganlarga baqirayotganga o‘xshaydi. Ular kar, soqov va ko‘rdirlar. Ular aql ishlatmaslar. [2:171].

Endi voqe’ligi yo‘q, ya’ni g‘oyib narsa bo‘lsa unda aqlning ishlash doirasidan tashqarida bo‘ladi, xabarning to‘g‘ri ekanini tekshiriladi, masalan: insonni dunyoga kelishini aql tasavvur qilish mumkin, shuning uchun insonni nutfadan dunyoga kelishi haqidagi fikr aqliy bo‘lib, insonni qayta tirilishini esa – 100/100 ishonsada – tasavvur qilolmaydi, ammo aqlan qabul qiladi, chunki har bir narsani bilguvchi Zot Alloh Taolo aqliy dalil bilan xabar bermoqda, ya’ni turpoq bo‘lib ketgan daraxtlarni yana qayta vujudga keltirganidek, insonni ham – aqlimiz ko‘tara olmasada – qayta tiriltirishini aqliy dalil bilan tushuntirmoqda:

فَلَا یَحۡزُنكَ قَوۡلُهُمۡۘ إِنَّا نَعۡلَمُ مَا یُسِرُّونَ وَمَا یُعۡلِنُونَ () أَوَلَمۡ یَرَ ٱلۡإِنسَـٰنُ أَنَّا خَلَقۡنَـٰهُ مِن نُّطۡفَةࣲ فَإِذَا هُوَ خَصِیمࣱ مُّبِینࣱ () وَضَرَبَ لَنَا مَثَلࣰا وَنَسِیَ خَلۡقَهُۥۖ قَالَ مَن یُحۡیِ ٱلۡعِظَـٰمَ وَهِیَ رَمِیمࣱ () قُلۡ یُحۡیِیهَا ٱلَّذِیۤ أَنشَأَهَاۤ أَوَّلَ مَرَّةࣲۖ وَهُوَ بِكُلِّ خَلۡقٍ عَلِیمٌ () ٱلَّذِی جَعَلَ لَكُم مِّنَ ٱلشَّجَرِ ٱلۡأَخۡضَرِ نَارࣰا فَإِذَاۤ أَنتُم مِّنۡهُ تُوقِدُونَ () أَوَلَیۡسَ ٱلَّذِی خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَ ٰ⁠تِ وَٱلۡأَرۡضَ بِقَـٰدِرٍ عَلَىٰۤ أَن یَخۡلُقَ مِثۡلَهُمۚ بَلَىٰ وَهُوَ ٱلۡخَلَّـٰقُ ٱلۡعَلِیمُ () إِنَّمَاۤ أَمۡرُهُۥۤ إِذَاۤ أَرَادَ شَیۡـًٔا أَن یَقُولَ لَهُۥ كُن فَیَكُونُ

Ularning gapi seni xafa qilmasin. Albatta, Biz nimani sir tutsalar va nimani oshkor qilsalar, bilurmiz. Inson Biz uni nutfadan yaratganimizni bilmasmi?! Endi esa, u ochiq-oydin xusumatchi bo‘lib turibdi. U Bizga misol keltirdi va o‘z yaratilishini unutdi. «Suyaklarni kim tiriltiradi? Holbuki, ular titilib ketgan-ku?!» dedi. Sen: «Ularni ilk marta yo‘qdan bor qilgan zot tiriltirur va u har bir yaratilgan narsani yaxshi bilguvchidir», deb ayt. U zot sizlarga yashil daraxtdan olov qilib bergandir. Endi esa, siz undan olov yoqmoqdasiz. Osmonlaru yerni yaratgan zot ularga o‘xshashni yaratishga qodir emasmi?! Yo‘q! U cheksiz yaratguvchi, o‘ta bilguvchi zotdir. Qachon biron narsani iroda qilsa, Uning ishi «Bo‘l» demoqlikdir, xolos. Bas, u narsa bo‘lur. [36:76-82].

Aqlimizni kuchi yetmaydigan mavzularda mutaxassislarning fikrni qabul qilishimiz kerak, lekin ularni so‘zini qabul qilishdan avval aqlimizga yarasha ilmini va ishonchli ekanini(ya’ni fosiq emasligini) tekshirishimiz kerak. Ammo Alloh Taolo va Rosuli Muhammad – sollalohu alayhi va sallam – aytgan har qanday xabarga ishonishimiz iymon talabi, aksincha, kofirlardan bo‘lib qolamiz, Alloh saqlasin.

Hullas, avvalo fikriy o‘rganish. Jamiyatdagi har bir gap-so‘zni qanchalar haqiqat ekanini fikriy o‘rganishimiz, har bir fikrni kelib chiqish manbasigacha fikrlashimiz, o‘z voqe’ligiga bog‘lashimiz, ulardan keladigan natijalarni tasavvur qilishimiz, aqlimiz yetmagan joyda to‘htashimiz

kerak, aql yetmaydigan mavzuga kirish aqldan emas, u faqat xayoliy bo‘ladi. Shunda to‘g‘ri-rost bo‘lgan haqiqatlarni qabul qilishimiz ham, xato-buzuq fikrga bo‘lgan qarshiligimiz ham, olimlarimizga bo‘lgan munosabatimiz ham ongli ravishda bo‘lib, boshqalarni aldamaymiz, o‘zimiz ham adashmaymiz. To‘g‘ri fikrlarni ko‘tarayotganlarni qo‘llab-quvvatlaymiz, haqiqatlar hukumron bo‘ladi, buzuqliklar manbai bo‘lgan xato fikrlardan jamiyat tozalana boshlaydi.

Ikkinchidan: fikrga ishonish va amal qilish. O‘rgangan haqiqatlarga avvalo o‘zimiz ishonishimiz, amal qilishimiz kerak, chunki bizlar to‘g‘ri yashash uchun haqiqatlarni izlayapmiz. Dunyo xorliklaridan va Oxirat azobidan qutilish uchun harakat qilmaslik, haqiqatlarga qarshi chiqish aqlli odamni ishi emas, takabburlikdir. Keyin yaqinlarimizga, boshqalarga aytishimiz, haqiqatlarni zohir bo‘lishi uchun fikrlar ustida bahslashish kerak, aniqlanmagan, tekshirilmagan, fikriy tushunilmagan gaplar haqida bahslash aqlli insonlarni ishi emas yoki haqiqat ekaniga aqlimiz yetmasa yoki unga, manba’siga ishonmasak, loaqal boshqalarni aldamaylik, fikrlashda, haqiqatlarni izlashda davom etaylik, chunki aql insonni hayvonlardan ajratadigan ne’mat bo‘lib, fikrlash bilan inson xayvonlardan farq qiladi, aksincha, shoir aytganidek, hayvondanda yomonroq holatga tushib qoladi:

Odam borki, odamlarning naqshidur.

Odam borki, andin to‘rt oyoqlik hayvon yaxshidur.

Uchunchidan: to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish. Ko‘pchilik jamiyatni buzuq ekanini, unda zulm kundan kunga kuchayganini bilib turibdi, hatto zulmlarning, qiyinchiliklarning bosh sababchisi kimlar ekanini ham bilishyapti. Kufr davlatlar olamda nimalar qilayotgani ham sir bo‘lmay qoldi. Faqat undan kutilish yo‘lini bilishmayapti. Nohaqliklarni qayta-qayta aytaverish bilan muammo yechilmaydi. Yangi-yangi zulmlarini, hiyla-nayranglarni ochaverish bilan xalqimiz to‘g‘ri qadamlarga bormaydi, unday bayonotlardan rozi ham emas, go‘yoki “zulmlardan, xorliklaridan chiqish yo‘li qani, nima qilishimiz kerak” deb faryod qilayotgandek. Lekin haqiqiy yetakchini odamlarga yillar mobaynida “xalq dushmani” qilib singdirilgandan keyin to‘g‘ri gapni dalilsiz gapirsa, qabul qilish emas, unga quloq ham solmaydilar. Ammo fikriy qilib berilsa aqlli insonlar ko‘p, haq bilan nohaqlikni ajratishga kuchlari yetadi, chunki hozir hamma ham to‘g‘ri yo‘lboshchiga, ishonchli rahbarga muhtoj, nima qilishni bilmay turibdi yoki noumidlikka tushgan. Shaxslarning balandparvoz gap-so‘zlariga ishonmay qo‘ydilar, hatto el uchun fidoiy bo‘lgan haqiqiy rahbarga ham shubha bilan qaraydigan bo‘lib qoldi. Shuning uchun da’vatchilar katta-kichik bo‘lsin, asosiy yoki ikkilamchi bo‘lsin har bir mavzudagi xato fikrni ochib, xatoligi ko‘rsatish va shu vaqtning o‘zida to‘g‘ri fikrni ham bayon qilib, uni to‘g‘ri ekanini dalil bilan qanoatlantirish, shaxsga emas, haqiqatga, to‘g‘ri fikrga ergashishni o‘rgatish kerak, tarixdan ibratlanib, kelajak haqidagi yo‘lni ko‘rsatish zarur, ya’ni bir vaqtning o‘zida buzuqlikni, fasodni kuydiruvchi o‘t, to‘g‘ri yo‘lni, hidoyatni ko‘rsatuvchi nur bo‘lishlari kerak.

Jamiyatimizni boshqalar kelib o‘nglab berishmaydi. O‘zgalar bizdan qanday foydalanish, o‘z maqsadlariga qayday yetish, bizga bo‘lgan aldov, hiyla-nayranglariga ishontish yo‘llari haqida ish olib borishadi. Ayniqsa, jamiyatda foyda-ziyon o‘lchov bo‘lganda o‘zimizdan chiqqan rahbarlar ham o‘z foydalarini o‘ylab, xalqiga qilgan xiyonatlari fosh bo‘lyapti, qonun oldida javob berishdan qo‘rqib, xo‘jaynlarining quchog‘ida jon saqlashayotganini ko‘ryapmiz. O‘z xalqidan qochishlariga bahonalari ularning ishini chet eldan kelib tekshirish kerak ekan, hammadan talab qilib kelgan qonunlarga, sudya-prokurorlarga ishonishmas ekan, ahir ommaning taqdirini o‘sha qonunlar, o‘sha sudya-prokurorlar hal qilishyapti-yu?!

To‘rtinchidan: urfi ommni paydo qilish. Har qanday inson bir ishni doimiy qilib yurishini odat deyiladi, masalan: bir hil kiyinishi, qandaydir badan tarbiya bilan shug‘ullanishi yoki har kuni erta dukonini ochayotgan savdogarning ishi kabilar odat deb yuritiladi. Hatto ko‘pchilik bo‘lib qilsa ham, masalan: ko‘pchilik shaxarliklarni soat 10-11 larda ko‘chaga chiqishi yoki savdogarlarning soat 8 larda do‘konlarini ochishi kabilarni ko‘pchilik doimiy bir vaqtda qilishsa ham, lekin omma tomonidan ma’naviy turtkisiz, o‘z ixtiyorlari bilan qilsalar odat bo‘ladi. Ammo bir ishni ko‘pchilikning ma’naviy ta’siri: bir ishni qilish to‘g‘ri, fahrli, maqtalgan ish, iqilmaslik esa, uyat, sharmandalik deb ommani qarshiligi yoki qo‘llab-quvvatlashi bilan bir shaxar-qishloq alohisi odatlangan ishga urf deyiladi. Jamiyatning hamma qishloq-shaxarlarida qilish urfga aylangan bo‘lsa, “umumiy urf”(urfi omm) – deyiladi.

Jamiyatda to‘g‘ri ishlarga nisbatan umumiy urflar vujudga kelsagina jamiyat yuksala boshlaydi, chunki urf hammaga: yoshu-qariga, olimu-omiga, rahbaru-ishchiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shunda haqiqatga yurmaydigan fosiqlar ham isloh bo‘lishga majbur bo‘ladi, chunki insonning asosi ham to‘rtta: aqida, ibodat, muomila va ahloq, agar shu to‘rtalasi to‘g‘ri bo‘lsa, o‘sha inson yaxshi inson bo‘ladi. Ommaviy ravishda yomon hulqlarga, noto‘g‘ri muomilalarga nisbatan yomon ko‘rish, nafratlanish kabi ma’naviy qarshiliklar, hamda to‘g‘ri muomilalarga, go‘zal odob-axloqqa nisbatan havas, faxrlanish kabi ma’naviy qo‘llab-quvvatlash urf bo‘lishi hammaga kuchli ta’sir qiladi. Bir shaxsni alohida tarbiyalayotganda shu to‘rt sohaga e’tibor berish kerak, ulardan birortasi buzuq bo‘lishi bilan inson yaxshi sifatiga ega bo‘lolmaydi. Ammo hamma ham yakka holda tarbiyalanishga vaqtlari bo‘lmaydi yoki vaqt ajratishni xohlamaydi, unday insonlarni urf tarbiyalaydi. Shuning uchun da’vatchilar, ulamolar, imom-domlalar, hatto jamiyatni isloh qilishni maqsad qilgan har bir fuqaro urflarga e’tibor berishlari kerak, to‘g‘ri bo‘lsa qo‘llab-quvvatlashi, noto‘g‘ri urf bo‘lsa, yomonliklarni, buzuqliklarni, jinoyatlarni bulog‘i bo‘lgan yomon urflarni yo‘qolishi uchun o‘z xissalarini qo‘shishlari kerak. Bu Islomning asosiy talabi, Ummatning sifati, chunki amru-maruf va nahiy-munkar har bir mo‘minga farz, bu farzni qilmagan inson gunohkor bo‘ladi, ya’ni musulmonlar urfida Alloh Taoloni g‘azablantiradigan ishlarga o‘rin bo‘lmasligi kerak.

Rasululloh (s.a.v)  Abu Mas’ud (r.a)dan rivoyat qilingan hadisda aytadilarki: «Bani Isroilga eng avvalo kirgan nuqson shu ediki, bir kishi boshqa kishiga yo‘liqqan paytda: «Ey falonchi, Allohdan qo‘rqqin va bu qilayotgan ishingni tashlagin, chunki bu narsani qilish sen uchun halol-durust emas», der edi. So‘ng ertasi kuni u bilan uchrashgan paytda uni yana o‘sha holatda ko‘rar edi. Lekin bu narsa u bilan birga yeb-ichishdan, birga o‘tirishdan qaytarmas edi. Bas, ular shunday qilishgach, Alloh ularning ba’zilarining qalblarini ba’zilari bilan urdi». So‘ngra Rasululloh (s.a.v)  ushbu oyatni tilovat qildilar:

لُعِنَ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ عَلَى لِسَانِ دَاوُودَ وَعِيسَى ابْنِ مَرْيَمَ ذَلِكَ بِمَا عَصَوْا وَكَانُوا يَعْتَدُونَ  كَانُوا لاَ يَتَنَاهَوْنَ عَنْ مُنكَرٍ فَعَلُوهُ لَبِئْسَ مَا كَانُوا يَفْعَلُونَ  تَرَى كَثِيرًا مِنْهُمْ يَتَوَلَّوْنَ الَّذِينَ كَفَرُوا لَبِئْسَ مَا قَدَّمَتْ لَهُمْ أَنفُسُهُمْ أَنْ سَخِطَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ وَفِي الْعَذَابِ هُمْ خَالِدُونَ  وَلَوْ كَانُوا يُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَالنَّبِيِّ وَمَا أُنزِلَ إِلَيْهِ مَا اتَّخَذُوهُمْ أَوْلِيَاءَ وَلَكِنَّ كَثِيرًا مِنْهُمْ فَاسِقُونَ

„Bani Isroildan kofir bo‘lgan kimsalar Dovud va Iso binni Maryam tilida la’natlangandir. Ularning la’natlanishiga sabab qilgan isyonlari va tajovuzkor bo‘lishganidir. Ular bir-birlarini qilgan noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar. Bu qilmishlari naqadar yomon ish! Ulardan ko‘plari kofir bo‘lgan kimsalarni do‘st tutganlarini ko‘rasiz. Ularga havoyi nafslari naqadar yomon narsani — Allohning g‘azabini keltirdi. Endi ular abadiy azobda qoluvchidirlar. Agar Allohga, Payg‘ambariga va unga nozil qilingan kitobga iymon keltirganlarida edi, ularni  do‘st tutmagan bo‘lur edilar. Lekin ulardan ko‘plari itoatsiz kimsalardir“. [5:78-81]

So‘ngra shunday dedilar: «Yo‘q, aslo, Allohga qasamki, sizlar albatta yaxshilikka buyurasizlar va yomonlikdan qaytarasizlar. Sizlar albatta zolimning qo‘lidan ushlaysizlar va uni haqqa burilishga majbur qilasizlar va albatta uni haqqa mahkam bog‘lab qo‘yasizlar. Yoki albatta Alloh ba’zilaringizni ba’zilaringiz qalbi bilan uradi, so‘ngra ularni la’natlaganidek, sizlarni ham la’natlaydi». Hadisga e’tibor bersak, fosiqlarning eng zararlisi bo‘lgan zolimlarni ham haqqa majburlab qo‘yishni talab qilmoqda. Aks holda biz ham Allohning g‘azabiga duchor bo‘lamiz, la’natiga haqli bo‘lib qolamiz, Alloh saqlasin.

Mufakkir Abdulhaq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.