Rahmdillik chiroyli xulqdir
Mo‘minlarning eng go‘zal xulqlaridan biri rahmdillikdir. Biroq mo‘minlarning kimga va qachon rahmdil bo‘lishi Allohning amriga ko‘ra bo‘ladi. Darhaqiqat, Alloh Taolo mo‘minlar uchun O‘zining roziligiga va jannatiga haqli bo‘lishga yaqinlashtiradigan sifatlarni belgilab berar ekan, rahmdillik sifatini ham e’tibordan chetda qoldirmadi va bu rahmdillik kimlarga qaratilishi lozimligini ham belgilab berdi. Mo‘min kishi Islom ta’limotiga ko‘ra, boshqa bir mo‘minning irqi va nasabidan qat’iy nazar unga nisbatan tavoze’li va rahmdil bo‘lishi lozim. Chunki rahmdillik barcha musulmonlar o‘rtasida umumiydir. Alloh Taolo aytadi:
مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللَّهِ وَالَّذِينَ مَعَهُ أَشِدَّاءُ عَلَى الْكُفَّارِ رُحَمَاءُ بَيْنَهُمْ
“Muhammad Allohning payg‘ambaridir. Ular bilan birga bo‘lgan (mo‘minlar) kofirlarga qahrli, o‘z oralarida (mo‘minlar bilan) esa rahm-shafqatlidirlar”. [48:29]
وَاخْفَض جَنَاحَك لِلْمُؤمِنين
“Mo‘minlar uchun qanotingizni past tuting (ya’ni mudom kamtar-tavozeli bo‘ling)”. [15:88]
…أَذِلَّةٍ عَلَى ٱلۡمُؤۡمِنِينَ أَعِزَّةٍ عَلَى ٱلۡكَٰفِرِينَ
“…Mo‘minlarga xoksor, kofirlarga esa qattiqqo‘l”, [5:54]
Amr ibn Shuayb otasidan, u esa bobosidan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh ﷺ shunday dedilar:
ليس منا من لم يرحم صغيرنا، ويعرف شرف كبيرنا
“Kichiklarimizga rahm qilmagan va kattalarimizning qadrini bilmagan kishi bizdan emas”. Boshqa bir rivoyatda: ويعرف حق كبيرنا… «… kattalarimizning haqqini bilmagan», degan ibora bilan kelgan.
Bu dalillar barcha musulmonlarning o‘z do‘stlari va birodarlariga nisbatan – katta yoki kichik, erkak yoki ayol, hokim yoki oddiy xalq vakili bo‘lsin, hech farqsiz – mehribon, tavoze’li, muloyim bo‘lish hamda Islom va musulmonlarga dushmanlik qilayotgan kufr ahliga nisbatan esa o‘ta qattiqqo‘l, qo‘pol bo‘lish lozimligini, ayniqsa kufr ahli bugungi kunda G‘azoda bo‘layotgani kabi musulmonlarga qarshi ochiq dushmanlik qilayotgan ekan, ularga nisbatan qahrli va shafqatsiz bo‘lish vojibligini anglatadi. (Eslatib o‘tish joizki, yuqorida aytib o‘tilgan qahr va qattiqqo‘llik ahli zimma, ya’ni Islom davlatining fuqarosi bo‘lgan kofirga yoki Islom davlati bilan ittifoqdosh davlatning fuqarosi bo‘lgan kofirga yoki Islom davlatidan omonlik olgan yoxud urushda asir tushgan kofirlarga qo‘llalinmaydi).
Afsuski bugungi kunda musulmonlar o‘z hokimlaridan “kofirlarga qahrli, o‘z oralarida (mo‘minlar bilan) esa rahm-shafqatli” bo‘lishning aksini ko‘rmoqda. Chunki Islomiy o‘lkalarning hukmdorlari mo‘minlarga nisbatan shafqatsiz, kofirlarga nisbatan rahm-shafqatli bo‘lishda go‘yo bir birlari bilan musabaqalashayotgandek. Ular dunyo ko‘z o‘ngida G‘azo ahlining qirg‘in qilinishini sovuqqonlik bilan tomosha qilib o‘tirishgani yetmagandek, yahudiy vujudi bilan normallashishga tayyorligini e’lon qilishmoqda. Shuningdek, Ummatning qanchadan-qancha sara o‘g‘lonlari Rosululloh ﷺ bashorat qilgan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etishga harakat qilgani uchun hukmdorlar tarafidan “Terrorga qarshi kurash” bahonasida qamoqlarga tashlandi, og‘ir qiynoqlarga solindi va hatto qatl qilindi. Buning sababi shundaki, bugungi kunda dunyo siyosatida yuz berayotgan o‘zgarishlar faqat musulmonlarning foydasiga hal bo‘lmoqda. Bundan tinchi buzilayotgan kufr davlatlarining rahbarlari bu masalada o‘zlarining sodiq malaylari bo‘lgan Islomiy o‘lkalarning hukmdorlarini ishga solmoqda.
Islomiy o‘lkalar hukmdorlarining bu qilmishlari ularning Islom Ummatidan qanchalar uzoqligini hamda rahm-shafqat borasida mo‘minlarni qo‘yib, kufr ahlini tanlaganini ochiq namoyon qilib turibdi.
Muslim rivoyatida Oisha y, Payg‘ambar rning mana shu uyimda shunday duo qilayotganlarini eshitganman, deydi:
«اللَّهُمَّ مَنْ وَلِيَ مِنْ أَمْرِ أُمَّتِي شَيْئًا فَشَقَّ عَلَيْهِمْ فَاشْقُقْ عَلَيْهِ وَمَنْ وَلِيَ مِنْ أَمْرِ أُمَّتِي شَيْئًا فَرَفَقَ بِهِمْ فَارْفُقْ بِهِ»
«Ey Allohim, kimki biron ishda ummatim ustidan rahbarlik qilib, ularga mashaqqat keltirsa, Sen ham uni mashaqqatga solgin, bir ishda ummatim ustidan rahbarlik qilib, ularga mehribon bo‘lsa, Sen ham unga mehribon bo‘l».
Shunday ekan, mo‘minlarga nisbatan shafqatsiz, qo‘pol va qattiqqo‘l, biroq kofirlarga nisbatan rahm-shafqatli, muloyim bo‘lgan bunday malay hokimlardan voz kechish vaqti allaqachon keldi. Ularni tag-tomiri bilan qo‘porib tashlab, o‘rniga Mo‘minlarga xoksor, kofirlarga esa qattiqqo‘l bo‘lgan bitta Xalifani tiklash musulmonlar uchun eng birlamchi vojib vazifaga aylanib qoldi. Chunki kofirlarning musulmonlarga qarshi amalga oshirayotgan yovuzliklarini faqat to‘g‘ri yo‘lni tutuvchi ikkinchi roshid Xalifalik davlatigina to‘xtata oladi.
Zohid Zargar