Hindiston hukmdorlari Islom va musulmonlarga, jumladan, Hizb ut-Tahrir a’zolariga qarshi kurashishda «Noqonuniy faoliyatlarni oldini olish to‘g‘risida»gi 1967 yilgi qonundan foydalanishmoqda

11
0

Matbuot bayonoti

Hindiston hukmdorlari Islom va musulmonlarga, jumladan, Hizb ut-Tahrir a’zolariga qarshi kurashishda «Noqonuniy faoliyatlarni oldini olish to‘g‘risida»gi 1967 yilgi qonundan foydalanishmoqda

Hindiston Milliy Tergov Agentligi Hizb ut-Tahrirga qarshi davom etayotgan kampaniya doirasida 2025 yil 3 fevral kuni Bavo Bahriddin bilan Kabir Ahmad Aliyorni bir necha oylik bosimlardan so‘ng qamoqqa oldi. Hindiston ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan xabarlarda ikki birodarimizning «taqiqlangan tashkilot Hizb ut-Tahrir mafkurasini Tamil Nadu shtatida tarqatishga boshqalar bilan til biriktirgan»liklari aytildi. Keyin 1967 yil «Noqonuniy faoliyatning oldini olish to‘g‘risida»gi qonunga binoan hukumat bu ikki yigit ishini 2024 yil may oyida qamoqqa olingan doktor Hamid Husayn ishi bilan bog‘ladi.

Hamid Husayn mashinasozlik fanlari doktori darajasiga ega va jamiyatda hurmatli inson sifatida tanilgan. U Islom demokratiyani rad etishini, irqi va dinidan qat’iy nazar barcha fuqarolarning ishlarini boshqarishini hamda kichik etnik guruhlar va Dalit quyi toifasi boshdan kechirgan zulmga qarshi ideal yechim Islomning yechimi ekanini aytgani uchun 2024 yilning may oyida qamoqqa olingan edi. Ijobiy va konstruktiv fikrlariga qaramay, Hamid Husayn «Noqonuniy faoliyatni oldini olish to‘g‘risida»gi 1967 yilgi qonun asosida qo‘zg‘atilgan ishda asosiy gumondor hisoblanmoqda!

Bu qonun Hindiston hukmdorlari o‘z javobgarliklarini oldini olishda foydalanayotgan adolatsiz qonundir. Chunki unda hibsga olish va sud jarayonining o‘zi jazo hisoblanadi. Bu haqiqatni dahshatli darajada past 2 foizli sudlanganlik darajasi ham ko‘rsatib turibdi. Hisobotlarga ko‘ra, 2016-2020 yillarda mazkur qonun doirasida 24134 nafar shaxsga nisbatan 5027 ta ish ochilgan bo‘lib, ulardan atigi 212 nafari sudlangan va 386 nafari oqlangan. Hisobotlar shuni ko‘rsatyaptiki, 2016 yildan 2020 yilgacha ushbu qonun bo‘yicha hibsga olinganlarning 97,5 foizi sudgacha qamoqda o‘tirgan. Xo‘sh, ushbu zulmkor qonunni bekor qilish uchun shuncha katta rekord son yetarli emasmi?!

Shunday dahshatli rekordga qaramay, ma’murlar 2019 yil iyul oyida «Noqonuniy faoliyatni oldini olish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini taqdim etdilar. Bu esa vaziyatni avvalgisidan ham yomonlashtirdi. Chunki ushbu qonun loyihasi ma’murlarga zarur qonuniy tartib-qoidalarga rioya qilmasdan, shaxslarni «terrorchi» deb belgilash imkonini bermoqda. Bunday ayblovlar bilan ayblanganlar jamiyatdan ajratilib, ishdan ayriladilar. Zotan, na o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasida, na asosiy qonunda «terrorizm» tushunchasiga aniq ta’rif berilmagan. Bularning barchasi hukumatning jamoat tartibini saqlash bahonasida odamlarni bostirish va qo‘rqitish quroliga aylandi. Bu qonun loyihasi mustamlakachi britaniyaliklarning Hindistonni bosib olishgan paytdagi zo‘ravon qonunlaridan aslo farq qilmaydi.

Hindistondagi irqchi hukmdorlar 2019 yilgi noqonuniy faoliyatni oldini olish to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlardan Hindistondagi millionlab musulmonlar qalbiga qo‘rquv solishda foydalanmoqda. Musulmonlar 2019 yildagi fuqarolikni o‘zgartirish to‘g‘risidagi kamsituvchi qonunga qarshi chiqqanlarida, Hindiston hukumati noqonuniy faoliyatni oldini olish to‘g‘risidagi qonunga binoan musulmon talabalar va faollarni, jumladan, homilador ayolni qamoqqa oldi. Haligacha ko‘plab musulmonlar sudsiz qamoqda qolmoqdalar. 2024 yil oktyabrda hind hukumati mazkur 1967 yilgi noqonuniy faoliyatlarni taqiqlash qonuni asosida Hizb ut-Tahrirning rasman taqiqlanganini e’lon qildi.

Ey Hindiston ahli, xususan, huquqshunoslar va inson huquqlari tashkilotlari!

Bu hukmdorlar sizga vayronagarchilik, qashshoqlik, beqarorlik, diskriminatsiya, zulm va ijtimoiy kelishmovchiliklardan boshqa narsa olib kelmadi. Bundan tashqari, o‘z huquqlarini himoya qilish uchun ovozini baland ko‘targan har bir kishi ma’muriyatning zulmkor siyosatiga duch kelmoqda. Ajdodlaringiz zolim mustamlakachilikdan mustaqil bo‘lish uchun kurashganlarida shuni tasavvur qilganmidilar?! Dunyoga namuna qilib ko‘rsatmoqchi bo‘layotganingiz holat shumi?! Samoviy qonun ham, inson tomonidan yaratilgan qonun ham, hech biri bunday zulmni qabul qila olmaydi.

Ey Hindiston ahli!

Zolimga ko‘z yumish uni yanada ko‘proq zulm qilishga undaydi. Zolimga qarshi turish esa, adolatsizlikka barham berishning birinchi qadamidir.

Ey Hindistondagi musulmonlar, xususan musulmon ulamolari!

Atrofingizdagi odamlarning azob-uqubatlariga, qashshoqlik va muhtojliklariga boqing, nahotki zimmangizda ularga nisbatan diniy javobgarlik bo‘lmasa?! Alloh Subhanahu sayyidimiz Muhammad ﷺni butun olamga faqat rahmat qilib jo‘natdi. Sizning ajdodlaringiz Hindiston ahlini yuz yillab Islom adolati bilan boshqarganlar, ularni xavfsizlik va farovonlik bilan ta’minlaganlar, bunday hayotni Hindiston aholisi undan oldin ham ko‘rishmagan edi, undan keyin ham ko‘rishmadi. Bugun ham, ularni inson tomonidan o‘ylab topilgan qonunlar zulmidan Islom dinidan boshqasi qutqarolmaydi. Shunday ekan, o‘zingiz uchun bir oz qulaylik yaratish maqsadida bunday zolim rejim bilan hamkorlik qilish bilan, qarashlaringizni cheklashingiz to‘g‘ri bo‘ladimi?! Islomni Hindistonga qayta olib kelishga harakat qilish o‘rniga, parlamentdagi ayrim o‘rinlarni quvish bilan ovorasiz, shunday qilishingiz to‘g‘rimi?! Zolimlar Islomga bo‘lgan da’vatni o‘chirishga urinishyapti, bunga sukut qilishingiz to‘g‘ri bo‘ladimi?! Siz ozchilik ham, zaif ham emassiz, agar diningizga qat’iy amal qilib, Alloh Azza va Jallagagina suyansangiz, siz ko‘pchiliksiz va kuchlisiz. Haq din bo‘lmish Islomga da’vat sizni faqat birlashtiradi. Faqat shu yo‘l bilan siz Hindiston g‘oyat muhtoj bo‘lib turgan o‘zgarishlar uchun ulkan va samarali kuchga aylanishingiz mumkin. Bas, qo‘zg‘aling ey Hindistondagi musulmonlar, Alloh siz bilan.

﴿يُرِيدُونَ أَن يُطۡفِ‍ُٔواْ نُورَ ٱللَّهِ بِأَفۡوَٰهِهِمۡ وَيَأۡبَى ٱللَّهُ إِلَّآ أَن يُتِمَّ نُورَهُۥ وَلَوۡ كَرِهَ ٱلۡكَٰفِرُونَ﴾

«Ular Allohning nurini og‘izlari bilan o‘chirmoqchi bo‘ladilar. Alloh esa, garchi (kofirlar) xohlamaslar-da, faqat O‘z nurini to‘liq yoyishni istaydi»                                                                                                     [Tavba 32]

 Hizb ut-Tahrirning markaziy

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.