Jamiyat buzulishining asosiy sabablari

21
0

FIKR ENG QIMMAT BAHO BOYLIK

(2)

Jamiyat buzulishining asosiy sabablari

Jamiyat asoslari: insonlar, fikrlar, tuyg‘ular hamda qonunlar, bular har qanday jamiyatning asoslari. Podshohlik, qirollik, feodalistik, kapitalistik, sotsialistik jamiyat bo‘lsin, hatto diktatura jamiyati bo‘lsa ham hech farqsiz, shu to‘rt asosda bo‘ladi va bu asoslardan eng ta’siri kuchlisi fikrlardir. Odamlar fikrlar bilan shakillanadigan homashyo bo‘lib, ularga qanday fikrlar hukmron bo‘lsa o‘sha fikrlarning qolipi bilan shakillanishga mahkum. Shuning uchun siyosiy vaziyatga baho berganda o‘sha hukumron fikrlarga ahamiyat qaratish kerak, chunki tuyg‘ular ham, qonunlar ham fikrlarga mufoviq bo‘ladi.

Bizlar fikr ne’matini yo‘qotgan xalqlar bo‘lib qoldik. Fikrdan maqsad insondagi fikrlash jarayonini maqsad qilyapmiz. Fikrlash – his qilingan voqe’likka muvofiq keladigan ma’lumotni topish yoki aksincha, eshitgan, o‘qigan har qanday ma’lumotni o‘z voqe’siga bog‘lay olish. O‘z voqe’ligiga to‘g‘ri kelmaydigan xato fikrlar hukmron bo‘lgan jamiyat, agar o‘sha fikrlarni o‘zlari ishlab chiqqan yoki o‘zlashtirib, o‘ziniki qilib olishgan bo‘lsa moddiy tomondan yuksak bo‘lishi mumkin, lekin ma’naviy, ruhiy buzuq jamiyat bo‘ladi.

Fikrlashni yo‘qotib, taqlidga odatlangan xalq, o‘zlarining hayot yo‘llarini bilmaydigan qoloq jamiyat bo‘ladi, boshqa xalqlarga taqlid qilib yoki ho‘jayinlarining ko‘rsatmasi bo‘yicha hayotlarini shakillantirishadi, ularni buyruqlari bilan ishlarini boshqaradi. Xalqda fikrlash bo‘lmaganda jamiyatdagi hukumron fikrni bahs qilish yoki to‘g‘ri fikrni izlash, fikriy bahslar bo‘lmaydi, balki ishonchli rahbar tanlash bilan o‘zlarini siyosiy qilib ko‘rsatadi. Gap-so‘zlar, bahslar shu rahbar ustida ketadi: tarafdorlari uni maqtash bilan birga xatolarini oqlashga urinadilar, hatto yolg‘onlari, xiyonatlaridan ko‘z yumadilar… Oppozítsiya esa uni faqat ayblarini izlash, yutug‘larini ham arzimas qilib ko‘rsatish bilan obro‘sizlantirib, siyosatiga ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladilar. Jamiyat islohi yoki yuksalishi uchun o‘zlari yoqtirgan boshqa shaxsni nomzodini ko‘rsatadilar: uning programmasi qanday, idialogiyaga asoslanganmi – deb fikrlarini, programmasini tekshirib ko‘rmaydi, hatto umuman e’tibor bermaydi, chunki qoloq xalqlar shaxslar to‘g‘risida bahs qilishadi, yuksak halqlarda qonunlar ustida bahslar bo‘ladi. Yetakchi xalqlarda idalogiya asosida bahslashishlar, fikriy kurashlar bo‘ladi, qonunlarni ham idialogiyaga muvofiq ekanini tekshirib, keyin qabul qilishadi, uzoq kelajakda erishiladigan yutuqlar bo‘yicha qo‘yilayotgan rejalar xususida to‘g‘ri fikrni, natijali rejalarni ishlab chiqish to‘g‘risida fikr yuritishadi.

Agar xalqimizda yuksak emas, loaqal oddiy fikrlash bo‘lganda ham jamiyatdagi hukmron bo‘lgan ko‘p fikrlardan xijolat bo‘lardi, u fikrlarni targ‘ib qilishdan to‘htar, unday fikrlarni ko‘tarayotgan yurtdoshlariga rahmi kelgan, xato fikrlarini to‘g‘rilash bilan olam oldidagi sharmandalikdan xalqimizni tezroq qutilishlariga harakat qilgan bo‘lar edi. Masalan: to‘rtala faslni ham mujassam etgan, ajoyib manzaralari bilan boshqalarni ko‘zini qamashtirgan yurtlarimiz, olamdagi eng go‘zal joylar, jannat-makon yerlar, kon boyliklarimiz, yerimiz, suvlarimiz, go‘zal manzaralarimiz bor, hullas, Alloh Taolo bizlarga mukammal, benuqson yurtni in’om qilgan deb maqtanamizu, keyin “Alloh va U Zotning Dinini hayotimizga aralashtirmaymiz” degan fikrni konstitutsiyaga asos qilib olishimiz, har bir ishni, siyosatni, qonunlarni o‘sha asosga, ya’ni “Allohni hayotimizga aralashtirmaslik”ka asoslashimiz, Alloh Taoloning hukmlarini tarqatayotganlar, xalq orasida Kur’on va hadisdan ta’lim beradiganlarni “terrorist”, “ekstirtmist”lar, xalqimizni dushmanlari degan fikrni hukmron qilib olishimiz aqldanmi?!

Yedirib, ichirib, o‘qitib, hunarli qilgan, hatto mashina, uy-joy qilib bergandan keyin otasini qariyalar uyiga tashlab ketgan farzandni kim deb o‘ylaysiz? Otangni olib kel, uyni to‘risi uniki, uni so‘zidan chiqmaysan deganda: otamning meni hayotimga aralashishiga haqqi yo‘q desa nima degan bo‘lardingiz?!

Shunga o‘hshab Yerdagi barcha narsalarni bizlar uchun yaratib, aql ne’mati bilan bizni jamiiyki maxluqotlaridan afzal qilgan, Islom ne’matini Rosululloh – sollalohu alayhi va sallam – orqali ta’lim berib, hayotda adashib ketmasligimizni kafolatlagan Alloh Taoloni, Islomni hayotga aralashtirmaymiz degan fikrni qaysi aql ma’qullaydi, ozgina fikr yuritmaysizlarmi?! Kim Dinni mukammal o‘rganib, keyin hayotga aralashtirib bo‘lmaydi degan fikrga keldi yoki men hayotinglarga aralashmayman – deb Alloh Taolo O‘zi vahiy qildimi?!

Ahmoqona fikrlar bizga hukumronlik qilayotganiga yana bir misol: butun borliqni, shu jumladan Yerni ham Alloh yaratdi deb bilamiz, bunga ateistlardan boshqa hech kim qarshi chiqmaydi, hatto bizga Alloh jannat makon yerlarni bergan deb maqtanamiz-u, lekin o‘sha Yerdan kimga qancha ulush tekkanini, qaysi yer kimga tegishli ekanini Egasidan so‘ramaymiz, Kitobidan izlamaymiz?! O‘zaro kelishib olsak ham xato bo‘lardi-yu, lekin uyat, sharmandalik bo‘lmasdi. Ammo dushmanlarni bizga qarshi: “bo‘lib tashla, hukmron bo‘lasan” shiori asosida ishlab chiqilgan “sayks-piko shartnomasi”ni asos qilishlari, Stalin bobom o‘lgani bilan so‘zlari o‘lmaydi, doimo o‘z kuchida qoladi – degan ma’noda yurtimizda qirginlar qilgan, Dinimizni yo‘q qilib, o‘rniga dinsizlikni, aroqni, buzuqlikni olib kelgan bosqinchilarni qarorlarini asos qilib, sun’iy chegaralar tortib, bir Ummatning o‘rtasiga to‘siqlar qo‘yish, unga qanchadan-qancha safr-xarajatlar qilib, kecha-yu, kunduz qo‘riqlash, talash bo‘lib qolsa o‘sha kufr qarori asosida bu joy kimga qarashli ekanini aniqlash sharmandalik emasmi?! Bu chegaralarni kimga foydasi bor, xalqni qiynashdan boshqa narsa emasku?! Shu chegara balosidan qanchadan-qancha insonlar qiynalyapti, hatto begunoh qonlari to‘kilyapti, bu yana qachongacha davom etadi?!

Fikrlab ko‘rib, dalil bilan ayting! Bu chegaralar bo‘lishi zarur, chegara bo‘lmasa hayotimiz izidan chiqadi – degan fikrni ozgina aql yuritgan, tariximizni o‘rgangan inson naqadar ahmaqona ekani biladi, bunday chegaralar bo‘lmasa ham o‘tgan asrning 90 yillarigacha hech qanday urish-janjalsiz, qudachiligu-do‘stlik asosida yashaganimiz yorqin dalil emasmi?! Yashash tarzi boshqacha bo‘lganlar o‘rtasida, dushmanlar bilan chegara bo‘ladi, Robbim Alloh, dinim Islom, kitobim Qur’on, qiblamiz bir, mozorimiz bir bo‘lib, bir-birlariga birodar bo‘lgan xalqlar o‘rtasida chegara bo‘lishi Ummatga balo, sharmandalik, ikki dunyo xorligi. Bunday sun’iy chegaralar faqat dushmanlarning maqsadi, hamda ularning rejasi, Ummatni bo‘lib, bir-birlariga qarshi qo‘yishga ishlatiladigan zahar, o‘zi nufuzlarini o‘tkazishga foydalanadigan qurol xalos.

Yana bir misol: “qiz farzand jannat kaliti”- deb qizlarni ulug‘lagan, “sizlarning eng yaxshingiz ayoliga yaxshi bo‘lganidir”- deb ayollarni e’zozlagan, “yaxshilikni onanga, yana onanga, yana onanga, keyin otanga qil”, “jannat onalar oyog‘i ostida” – deb onalarimizni ko‘klarga ko‘targan dinimizni chetga surib, “ayollar haq-huquqlari”, “ayollar erkin bo‘lish kerak”, “teng huquqlik” kabi yaltiroq so‘zlar bilan nimalarga mubtalo bo‘ldik?! Ayol eriga itoat qilmasdan sharmandalarcha ko‘cha-ko‘yda yurishlar, erkaklar oila mas’uliyatini emas, “erkin qizlar”ni ovlash bilan tungi klublarda topgani sarflash, vaqtlarini oilasi, farzandlari bilan emas, fohishalar bilan o‘tkazishi natijasida oilalar buzilib, farzandlar ota-onasiz qolishi, farzandlar voyaga yetganda ota-onasidan nafratlanish, ularga umuman bee’tibor bo‘lishlar kufr fikrlarining zaharlayotgan mevalaridan emasmi?!

Bu misollar bizlarga hukmron bo‘lgan, jamiyatimizni zaharlayotgan ba’zi fikrlar xalos. Bunday zaharli fikrlarni bizga hukmron bo‘lib qolishiga nafaqat deputatlar, hukumat, prezident aybdor, balki shu fikrlarni konstitutsiyamizga asos bo‘lishiga, hayotimizda hukmdor bo‘lishiga rozi bo‘lib, uni o‘zgartirish uchun harakat qilmayotganlar ham javobgardir. (davomi bor).

Mufakkir Abdulhaq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.