بسم الله الرحمن الرحيم
Hizb-ut-Tahrir amiri, mujtahid olim Ato ibn Xalil Abu Rushtaning 1446 hijriy, 2025 milodiy yil muborak Ramazon oyi munosabati bilan barcha musulmonlarga tabrigi
Insoniyat uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummatga, Alloh Taolo o‘ziga bo‘ysunish bilan ulug‘lagan Islom Ummatiga, Savdo va dunyo matolari Allohni zikr qilishdan chalg‘itmagan aziz da’vatchilarga, Kirib kelgan yaxshilikni intiqlik bilan kutgan sahifamizning hurmatli mehmonlariga Assalomu alaykum va rahmatullohi va barkatuh.
Allohga hamdlar bo‘lsin, Rasulullohga, uning oilasiga, sahobalariga va u zotga ergashganlarga solatu salomlar bo‘lsin. Buxoriy va Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Rasululloh ﷺ: “Alloh Taolodan musulmonlarning tutgan ro‘zasi va namozlarini qabul qilishini va barcha o‘tgan gunohlarini kechirishini so‘rayman”, dedilar.
قَالَ رَسُولُ اللهِ ﷺ: «مَنْ صَامَ رَمَضَانَ، إِيمَاناً وَاحْتِسَاباً، غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ
Rasululloh ﷺ: “Kim Ramazon oyida iymon bilan va savob umidida ro‘za tutsa, uning o‘tgan gunohlari kechiriladi”, dedilar.
وفي رواية أخرى عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ ﷺ قَالَ: «مَنْ قَامَ رَمَضَانَ إِيمَاناً وَاحْتِسَاباً، غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ
Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan boshqa bir hadisda Rasululloh ﷺ: “Kim Ramazon oyida iymon va savob umidida qiyomul laylga tursa, uning o‘tgan gunohlari kechiriladi”, dedilar.
Aziz birodarlar!
Alloh Taolo Ramazon oyida ro‘za tutishni hijratning ikkinchi yili Shabon oyida farz qildi. Bu oy Alloh Taolo Qur’onni nozil qilgan oydir:
شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِي أُنْزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ هُدًى لِلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِنَ الْهُدَى وَالْفُرْقَانِ
“Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat bo‘lib va hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari bo‘lib Qur’on nozil qilingan”.
Shuningdek, bu oyda Alloh Taolo Ummatni nusrat va buyuk fathlar bilan siyladi. Katta Badr jangi Ramazon oyining o‘n yettinchi kuni bo‘lib o‘tdi, bu jangda Makka mushriklari katta mag‘lubiyatga uchradi. Undan keyin bu muborak oyda bo‘lgan hal qiluvchi janglar hijratning sakkizinchi yili muborak Ramazon oyining yigirmanchi kuni Makka fath qilinganidan boshlab Al-Buvayb, hozirgi Kufa shahri yaqinidagi jangga qadar davom etdi. Hijriy 31-yili, ramazon oyining o‘n to‘rtinchi kunida Musanna boshchiligida musulmonlar Yarmuk (Fors yeri) jangida g‘alaba qozondi. Shundan so‘ng, Amuriya shahri hijriy 223 yil Ramazon oyining o‘n yettinchi kunida Mu’tasim boshchiligida fath qilindi. Hijriy 658 yil, Ramazon oyining yigirma beshinchi kuni musulmonlar mo‘g‘ul-tatarlarni mag‘lubiyatga uchratgan Ayn-Jalut jangi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, bu muborak oyda boshqa juda ko‘p g‘alabalar qo‘lga kiritildi…
Binobarin, ramazon oldidan ham, ortidan ham (hech qanday) botil-nohaqlik kelmaydigan Qur’oni Karim bilan yon-mayon bo‘ldi… Ramazon fath, g‘alaba va nusrat bilan yon-mayon bo‘ldi…. Ramazon jihod bilan yon-mayon bo‘ldi… Ramazon Alloh Taoloning hukmlarini amalga oshirish bilan yon-mayon bo‘ldi… Har bir ongli kishi Alloh Taoloning hukmlari bir-biridan ajralmas ekanini biladi. Ibodat bo‘ladimi, jihod bo‘ladimi, savdo-sotiq bo‘ladimi, odob-axloq bo‘ladimi, jazo choralari bo‘ladimi, barchasining manbasi bittadir… Kimki muqaddas Qur’on oyatlari va hadisi shariflar matnlari ustida fikr yuritsa, buni aniq ko‘radi va tushunadi. Musulmon Qur’on oyatlaridan ﴿وَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ﴾ “Namozni qoyim qiling” deya o‘qiydi: Shu bilan birga: ﴿وَأَنِ احْكُم بَيْنَهُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللهُ﴾ “Ularning oralarida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling”, degan oyatni o‘qiydi. U ﴿كُتِبَ عَلَيْكُمُ الصِّيَامُ﴾ “Sizlarga ro‘za farz qilindi”, degan oyatni o‘qiydi. Shu bilan birga: ﴿كُتِبَ عَلَيْكُمُ الْقِتَالُ﴾ “Sizlarga jang (jihod) farz qilindi”, degan oyatni o‘qiydi. Rasululloh ﷺning haj haqidagi hadislaridan: «خُذُوا عَنِّي مَنَاسِكَكُمْ» “Ibodatlaringizni mendan olinglar”, deb o‘qiydi. (Bayhaqiy “Sunanul kubro” kitobida Jobirdan rivoyat qilgan). Shuningdek u hadlar haqida quyidagilarni o‘qiydi: خُذُوا عَنِّي، خُذُوا عَنِّي، قَدْ جَعَلَ اللهُ لَهُنَّ سَبِيلاً، الْبِكْرُ بِالْبِكْرِ جَلْدُ مِائَةٍ وَنَفْيُ سَنَةٍ، وَالثَّيِّبُ بِالثَّيِّبِ جَلْدُ مِائَةٍ، وَالرَّجْمُ “Mendan olinglar, mendan olinglar, Alloh ularga (ayollarga) yo‘l ochib berdi: (zino qilgan) turmushga chiqmagan qiz (yoki bola), yuz darra uriladi va bir yilga surgun qilinadi, eri bor ayol va (ayoli bor erkakka) yuz darra uriladi va toshbo‘ron qilinadi”. (Muslim Uboda ibn Somitdan rivoyat qilgan). O‘zaro munosabatlar haqida shunday o‘qiydi البَيِّعَانِ بِالخِيَارِ مَا لَمْ يَتَفَرَّقَا – أو قال حتى يتفرقا “Sotuvchilar ajralgunlarigacha (kelishuvni buzish yoki buzmaslikda) ixtiyoriydir”. (Buxoriy Hakim ibn Hizomdan rivoyat qilgan). Xalifaga bay’at qilish haqida quyidagi hadisni o‘qiydi: وَمَنْ مَاتَ وَلَيْسَ فِي عُنُقِهِ بَيْعَةٌ، مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً “Kimki bo‘ynida (xalifaga) bay’ati bo‘lmagan holda o‘lsa, johiliyat o‘limi bilan o‘libdi”. (Muslim Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilgan). Binobarin, Islom ajralmas bir butun bo‘lib, davlatda, hayotda, jamiyatda amal qilish uchun unga to‘lig‘icha da’vat qilinadi. Kim Allohning oyatlarini bir-biridan ajratib, dinni hayotdan yoki dinni siyosatdan ajratsa, u katta gunoh va katta jinoyat sodir etgan bo‘ladi. Bunday qilgan kishi bu dunyoda sharmandalikka, oxiratda esa qattiq azobga duchor bo‘ladi.
Ey musulmonlar!
Men bularning barchasini G‘azodan tashqari G‘arbiy Sohilda yahudiylarning shafqatsiz bosqinchiligi kuchayib borayotgan kunlarda eslatib o‘tayapman. Yahudiy vujudi g‘azoliklarning jasoratiga tan berdi, chunki bir necha oy davomida mayib bo‘lgan bu vujud g‘azoliklarga qarshi kurashda o‘zi da’vo qilgan muvaffaqiyatga erisha olmadi. Oddiy qurollar bilan qurollangan mo‘minlarning kichik guruhi bilan yuzma-yuz jang qila olmay, Amerika va G‘arb qurollari bilan qurollangan yahudiy vujudining toqati toq bo‘ldi. Ular bilan yuzma-yuz jang qila olmay, “muvaffaqiyatga erishdim”, deyishi uchun ayollar va bolalarni o‘ldirishga o‘tdi!
Shundan so‘ng yahudiylarning tajovuzidan Livan va Suriya ham omon qolmadi. U o‘zini to‘xtatadigan hech narsa ko‘rmagach, Livanga hujum qilib, uning ba’zi yerlarini egallab oldi. Musulmon o‘lkalarining hukmdorlari ko‘z o‘ngida Suriyaga hujum qilib, uning ham ba’zi joylarini egallab oldi. Bu hokimlar yahudiylarni yo‘q qiladigan va ularning ortidagilarni dahshatga soladigan qo‘shinni safarbar qilish o‘rniga, Allohdan, Rasulidan va mo‘minlardan uyalmay, birin-ketin shartnoma tuzayotganini ko‘ryapmiz!
Ey musulmonlar!
Yahudiylar bilan jang qilish, ularni yo‘q qilish, albatta, bu zolim podshohlar va malay hukmdorlardan keyin solih va mujohid Xalifaning boshchiligida bo‘ladi. Binobarin, Imom Ahmad rahimahulloh rivoyat qilgan Rasululloh ﷺning bashoratlarining amalga oshishi, InshaAlloh, kechikmaydi.
«ثُمَّ تَكُونُ مُلْكاً جَبْرِيَّةً فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ. ثُمَّ سَكَتَ»
“So‘ng zolim–zo‘ravon podshohlik bo‘ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So‘ng Alloh O‘zi xohlaganda uni ko‘taradi. So‘ng payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi. Keyin sukutga cho‘mdilar”.
Shuningdek, Rasululloh ﷺning Muslim rivoyat qilgan: “ لَتُقَاتِلُنَّ الْيَهُودَ فَلَتَقْتُلُنَّهُمْ…» “Sizlar yahudiylarga qarshi jang qilib, ularni o‘ldirasizlar…”, degan hadislari ham o‘z tasdig‘ini topadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Alloh bizdan rozi bo‘lishi va o‘tgan gunohlarimizni kechirishi uchun ro‘za tutishga haris bo‘lishimiz kerak. Shuningdek, Alloh Taoloning hukmlarini amalga oshirish bilan bu dunyoda g‘oliblar qatorida bo‘lishimiz uchun Roshid Xalifalikni barpo etish orqali Islomiy hayotni qayta boshlashga harakat qilishimiz kerak. Shunda Rasululloh ﷺning uqob bayrog‘i ostida “La ilaha illalloh, Muhammad Rasululloh” bayrog‘i ostida birlashib, Allohning izni bilan oxiratda najot topuvchilardan bo‘lamiz. Hech bir soya bo‘lmagan kunda U Zotning soyasi ostida bo‘lamiz. O‘shanda ikkala dunyoda ham muvaffaqiyat qozonamiz, bu ulkan muvaffaqiyatdir.
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu.
Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Rashta.
1446 h. yil, 1 Ramazon.
2025 m. yil, 1 mart.