Hijriy 1446 yil Ramazon oyining boshlanishi haqida e’lon

27
0

Markaziy matbuot bo‘limi

Hijriy: 1446 yil, Sha’bon oyining 29 kuni

Melodiy: 2025 yil, 28 fevral, juma kuni

Bayonot №: 1446\092

Hijriy 1446 yil Ramazon oyining boshlanishi haqida e’lon

Bismillahir Rohmanir Rahim!

Alloh Taologa hamdu sanolar bo‘lsin. Olamlarga rahmat qilib yuborilgan Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺ va u kishining ahli oilasi va barcha sahobalariga salotu salomlar yog‘ilsin. Buxoriy o‘zining “Sahih”ida Muhammad ibn Ziyod orqali ushbu hadisni rivoyat qiladi: “Men Abu Hurayra roziyallohu anhuning shunday deganlarini eshitdim. «Rasululloh ﷺ bunday dedilar:

«صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةَ شَعْبَانَ ثَلاَثِينَ»

«Oyni ko‘rib ro‘za tutinglar (ro‘zani boshlanglar), oyni ko‘rib og‘iz ochinglar (ro‘zani tugatinglar), agar havo bulut bo‘lsa, sha’bon oyini sanog‘ini to‘la o‘ttiz kun qilinglar».

Bugun, 1446 yil sha’bon oyining 29 kuni, milodiy 2025 yil 28 fevral, jumadan shanbaga o‘tar kechasida muborak Ramazon hiloli kuzatildi. Natijada, ayrim Islomiy o‘lkalarda hilolning shar’iy ko‘rish bilan ko‘rilgani o‘z tasdig‘ini topdi. Shunga ko‘ra, ertaga, shanba kuni bu yilgi muborak Ramazon oyining birinchi kuni hisoblanadi.

Shu fursatdan foydalanib, men, Markaziy axborot bo‘limi boshlig‘i va uning barcha xodimlari, muhtaram Ato bin Xalil Abu Rushtaga tabriklarimizni yo‘llaymiz. Allohdan amirimizga va butun Ummatga nusrat va g‘alaba ato etishini so‘rab qolamiz.

Bu yil Ramazon oyi Islom Ummati uchun juda muhim davrda kirib kelmoqda. Ummat Allohning hukmlari bilan boshqaradigan saltanatni tiklash masalasiga avvalgidan ko‘ra ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Biroq G‘arb kuchlari turli bosim va tahdidlar bilan bu jarayonning oldini olishga harakat qilmoqda. Misr kul ostida lovullab turgan cho‘g‘ga o‘xshash holatda turibdi. U G‘azoga qarab, unga yordam berish uchun portlash arafasida. Mag‘rib o‘lkalarining hukmdorlari musulmonlar kuchini nazorat ostiga olib, ularning noroziligini bostirishga harakat qilmoqda. Markaziy Osiyoda G‘arbning bosqinchi siyosati va uyushgan fitnalari bu mintaqani holdan toydirdi, shuning uchun odamlar Islomni tiklashga e’tibor qarata olmayapti. Lekin ularning malaylari qanchalik qarshilik qilmasin, musulmonlar Islomni barpo etish g‘oyasidan voz kechmadilar.

Sharqiy Osiyoda G‘arb musulmonlarni Ummatdan ajratish uchun ularga bosimni kuchaytirmoqda. Fors ko‘rfazi mintaqasida sekulyarizm kuch bilan tatbiq etilmoqda: Buzg‘unchilikning tarqalishi odatiy holga aylanib qolgan. Sionistik rejim bilan munosabatlarni normallashtirish orqali Islomni siyosatdan ajratishga harakat qilinmoqda.

Shom (Suriya)ga kelsak, uning nigohi Damashqning yangi hukmdorlariga qaratilgan. Xalq ulardan Islom bilan hukm yuritishni talab qilmoqda. Lekin ular turli yo‘llar orqali bundan bosh tortib, qochib yurishibdi. Bu voqealarning barchasi real hayotda ham, Ummat ongida ham bir vaqtda sodir bo‘lmoqda. Bugun Ummat juda tang ahvolda qolgan, dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni diqqat bilan kuzatib, hamma narsani ko‘rib, eshitib turibdi. Buning natijasida Islom shariatini tatbiq qilish, Ummat birligi, Falastin masalasi va G‘arbning bosqinchilik niyatlari kabi asosiy masalalar bo‘yicha jamoatchilik fikri bir nuqtaga markazlasha boshladi.

Bugungi kunda bu holat yaqqol ko‘zga tashlanmoqda: Ummat Islom shariatini tatbiq etishni kechiktirishdan charchagan va uni zudlik bilan amalga oshirishni talab qilmoqda. Sekulyarizmni va uni qo‘llab-quvvatlovchilarni butunlay rad etib, ulardan ochiq tarzda yuz o‘girmoqda.

Ey musulmonlar!

Siz bilan birga Xalifalikni tiklash o‘rtasida ko‘z ochib yumguncha vaqt qoldi! Orangizdagi quch-quvvat egalari yaqinda keladigan samimiy Xalifaga bay’at berib, uni hokimiyatga olib kelishlari kerak. Madina ahli Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺga bay’at qilganidek, siz ham shunday bay’at bering! Ularga bu buyuk ishni bajarishda yordam bering, ularni qo‘llab-quvvatlang! Ramazon oyi tugaguncha Payg‘ambarlik minhoji asosida ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etishga muvaffaq bo‘ling!

Ey musulmonlar! Ey aql egalari!

Barcha minbar egalariga, OAV vakillari va ijtimoiy tarmoq faollariga shunday murojaat yo‘llaymiz! Siz jamoatchilik fikrini shakllantirish mas’uliyatini o‘z zimmangizga olgansiz. Bu mas’uliyatni bajarmaslik katta xiyonat ekanligini yaxshi bilasiz! Shunday ekan, vazifangizni haqqi-rost bajaring va Ummatni haq yo‘ldan chalg‘itmang! Aksincha, Ummatning jasoratini kuchaytirib, uni so‘nggi hal qiluvchi qadamga chorlang! Xalifalik bugun tiklansin, ertaga emas! Musulmonlarning masalasi muhokama qilinganda Xalifalikni tiklash masalasi asosiy mavzu bo‘lishi kerak!

Ey musulmonlar! Kuch-qudrat egalari!

Ushbu muqaddas oyda Allohning dinini yuksaltirishga yordam bering, shunda U Zot ham g‘alaba bilan qadamlaringizni mustahkamlaydi! O‘zingiz yaxshi bilasizki, Xalifalikni tiklash ayni paytda sizning vazifangizdir! Alloh Taolo sizlarni Ummatning himoyachisi qildi. Shunday ekan, Ummatni G‘arb va ularning malay hukmdorlari qo‘liga topshirib qo‘yishga hech ham haqqingiz yo‘q! Ular Ummatni har tarafga sudrab, tongdan to kechgacha ularni qirg‘in qilib yo‘q qilishga harakat qilmoqda!

Bugun xalifalikni tiklang, Ummat albatta sizga ergashadi, Allohga duo qilib, ortingizda takbir aytib turishiga hech shubha yo‘q! Bugun Ummat Xalifalikni qumsab, unga intilmoqda. Axir bu Alloh Taoloning va’dasi va Payg‘ambar ﷺning bashoratidir! Shunday ekan, uning oldingi safidagi mard o‘g‘lonlari bo‘ling! Agar siz rad etsangiz yoki kutib o‘tiraversanggiz, Alloh sizning o‘rningizga sizlardan boshqa bir qavmni almashtirib qo‘yadi, so‘ng ular sizlarga o‘xshamaydi! Alloh Taolo aytadi:

وَإِن تَتَوَلَّوْا يَسْتَبْدِلْ قَوْماً غَيْرَكُمْ ثُمَّ لا يَكُونُوا أَمْثَالَكُمْ

“Agar sizlar yuz o‘girib ketsangizlar, U zot (o‘rningizga) sizlardan boshqa bir qavmni almashtirib qo‘yur, so‘ngra ular sizlarga o‘xshagan bo‘lmaslar!” (Muhammad: 38).

1446-hijriy yil, Ramazon oyining 1-kechasi (shanba).

Salohiddin Azaza

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi rahbari

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.