Ramazon oyi musulmonlarni bir Ummat ekanining ko‘rsatuvchi dalili

28
0

Ramazon oyi musulmonlarni bir Ummat ekanining ko‘rsatuvchi dalili

    بسم الله الرحمن الرحيم

Ummat – aqidani qabul qilib, o‘sha aqida asosida birlashgan odamlar.

Aqida – dalildan kelib chiqqan qat’iy tasdiq, ya’ni iymon. Agar tasdiqning dalili bo‘lmasa yoki dalili qat’iylikni ifodalamasa qat’iy bo‘lmaydi, ya’ni iymon bo‘lmaydi, gumon bo‘lib qoladi. Aqida temasida gumonni olish joiz emas.

Mo‘min-musulmonlar bir necha asrlardan beri bir Ummat bo‘lib kelyapti. Ulardagi ixtiloflar Dinning asoslarida emas, hatto farz-harom hukmlarida ham emas, balki Kur’on va hadislarni tushunishdagi ba’si masalalarda xalos. Bunday ixtiloflar sahobai-kiromlar davrlardan ham bo‘lgan. Ammo aqidaga qarshi chiqish yoki Oyatlarni ba’zisiga iymon keltirib, ba’zisini inkor qilish kufr, masalan: Muhammad – sollalohu alayhi va sallam – Allohning oxirgi rosuli ekanini yoki Qur’on Allohning Mukammal kitobi ekanining inkor qilgan kofir bo‘ladi, shuning uchun yahudiy va nasorolar kofirdirlar. Alloh Taolo aytadi:

یَـٰۤأَیُّهَا ٱلَّذِینَ ءَامَنُوۤا۟ ءَامِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَٱلۡكِتَـٰبِ ٱلَّذِی نَزَّلَ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ وَٱلۡكِتَـٰبِ ٱلَّذِیۤ أَنزَلَ مِن قَبۡلُۚ

Ey iymon keltirganlar! Allohga, Rasuliga, Rasuliga tushirgan kitobga va bundan oldin tushirgan kitobga iymon keltiring. [4:136].

 أَفَتُؤۡمِنُونَ بِبَعۡضِ ٱلۡكِتَـٰبِ وَتَكۡفُرُونَ بِبَعۡضࣲۚ فَمَا جَزَاۤءُ مَن یَفۡعَلُ ذَ ٰ⁠لِكَ مِنكُمۡ إِلَّا خِزۡیࣱ فِی ٱلۡحَیَوٰةِ ٱلدُّنۡیَاۖ وَیَوۡمَ ٱلۡقِیَـٰمَةِ یُرَدُّونَ إِلَىٰۤ أَشَدِّ ٱلۡعَذَابِۗ وَمَا ٱللَّهُ بِغَـٰفِلٍ عَمَّا تَعۡمَلُونَ () أُو۟لَـٰۤىِٕكَ ٱلَّذِینَ ٱشۡتَرَوُا۟ ٱلۡحَیَوٰةَ ٱلدُّنۡیَا بِٱلۡـَٔاخِرَةِۖ فَلَا یُخَفَّفُ عَنۡهُمُ ٱلۡعَذَابُ وَلَا هُمۡ یُنصَرُونَ

 Yoki kitobning ba’zisiga iymon keltirib, ba’zisiga kufr keltirasizmi?! Sizlardan o‘shani qilganlarning jazosi bu dunyoda faqat rasvo bo‘lishlikdir, qiyomat kunida esa, eng shiddatli azobga qaytarilurlar. Alloh qilayotganingizdan g‘ofil emas. Ana o‘shalar dunyo hayotini oxirat(evazi)ga sotib olganlardir. Ulardan azob yengillatilmas va ularga yordam ham berilmas [2:85-85].

Ixtilofli mavzular ommani ishi emas, balki faqat mujtahidlarning mavzusi, ulardan boshqasini bu mavzuga kirishishga haqlari yo‘q, kuchlari ham yetmaydi. Ularga ixtilofli mavzularni ko‘tarish yoki bitta mavzuga hammani majbur qilish to‘g‘ri emas, aks holda musulmonlar bilmasdan bir-birlarini kofirga chiqarishib, haromga jur’at qiluvchilar ko‘payadi.  Rosululloh sollalohu alayhi va sallam – shunday deb ogohlantirganlar:

«Bir kishi (boshqa) bir kishini «kofir» deb chaqirsa yoki «Allohning dushmani» deb aytsa va u unday bo‘lmasa aytgan so‘zlari o‘ziga qaytadi» (Imom Muslim rivoyati).

«Bir kishi boshqa birovni fosiqlik yoki kufr bilan ayblasa. Agar u kofir yoki fosiq bo‘lmasa aytgan so‘zi o‘ziga qaytadi» (Imom Buxoriy rivoyati).

«Mo‘minni kofirlik bilan ayblagan kishi(ning gunohi) uni o‘ldirish kabidir» (Imom Buxoriy rivoyati).

«Kishi o‘z birodariga: «Ey kofir!» — desa, ulardan biri kofir bo‘ladi» (Imom Buxoriy rivoyati

Bir davrlar xavorijlar, mo‘tazilalar bir rayga majburlashlar bo‘lgan, hatto o‘sha raylari asosida, oyat-hadislar ko‘tarmaydigan ma’nolar bilan qat’iy hukmlarni ta’vil qilishgan. Imomlarning quyoshi – “شمس الأئمة” – deb tanilgan Saraxsiy -rahimahulloh- umuman shunday mavzu’larda hatto mujtahidlarga ham eslatma berib shunday degan:

قال شمس الأئمة السرخسي رحمه الله: “ففي هذين النوعين من الانتقاد للحديث علم كثير، وصيانة للدين بليغة؛ فإن أصل البدع والأهواء إنما ظهر من قِبَلِ ترك عرض أخبار الآحاد على الكتاب والسنة المشهورة، فإن قوماً جعلوها أصلاً مع الشبهة في اتصالها برسول الله عليه السلام ومع أنها لا توجب علم اليقين، ثم تأوّلوا عليها الكتاب والسنة المشهورة فجعلوا التبع متبوعاً، وجعلوا الأساس ما هو غير متيقّن به فوقعوا في الأهواء والبدع. من هنا فإن الصواب أن تعرض أخبار الآحاد الواردة في القبر على الكتاب والسنة القطعية، فتفهم على ضوئها، وحين فعلنا ذلك وجدنا حاجة لتأول الفهم، ولإيجاد مخارج للتعارض، مما جعلنا نهبط بما في هذه الأخبار عن درجة التواتر المعنوي إلى درجة التصديق غير الجازم.”

«…albitta, bid’atlarning asli ohod habarlarni Kitob va mashhur sunnat asosida tekshirishlikni tark qilishlikdan zohir bo‘ladi. Albatta, ba’zi odamlar u(ohod habar)larni shubhali bo‘lsa ham ularni asos qilib olishadi-da, keyin uni asosida Kitobni va mashhur sunnatlarni ta’vil qilishadi, bularni unga tobe’ qilishib qo‘yishadi va (yuzda-yuz) aniq bo‘lmagan narsani asos qilishib olib, bid’atlarni keltirib chiqarishadi. … ».

Ummat birligi zaiflashsa ham u saqlanib qoladi, Ummat dushmanlari Ummat birligini yo‘q qilisha olmaydi. 57 bo‘lakka bo‘lib tashlashib, sun’iy chegaralar, millatchilik, vatandoshlik kabi turli-tuman xilalar qilishsa ham shariat ularni yana birlashtirib qo‘yaveradi, ramazon oyi Ummatni bir ekanligiga olamga ko‘rsatuvchi bir dalil. Biz mo‘min-musulmonlarning faqat Allohimiz, Kitobimiz, Payg‘ambarimiz, qiblamizgina bir emas, balki muammolarimiz ham, dushmanlarimiz ham bir, dardimiz ham, yashashdan bo‘lgan maqsadimiz ham bir. Qanchalik Islomni yaxshi tushunsak, shariatga amal qilsak, shuncha tez birlashamiz, kuchli bo‘lamiz, ikki dunyo xorliklaridan tezroq qutilamiz, inshoAlloh.

Fiqh gullab-yashnagan, mujtahid-olimlar ko‘paygan, mazhablar shakillangan davrlarda bir fikrga kelinmagan ixtilofli mavzularni musulmonlar orasida xozirga kelib ko‘tarilishi bu AQSH boshchiligidagi kufr siyosatidir. AQSHning 44 chi prezidenti B.Obama o‘zidan avvalgi prezident kichik D.Bushning Afg‘onistondagi mag‘lubiyatini ko‘rgach, Islom va musulmonga qarshi kurashda xarbiy qarshilik foyda bermasligini, balki siyosiy tomonga cheklanish kerak ekanligini aytib, shu ish bo‘yicha programmalar ishlab chiqishni talab qildi. Shunday keyin ishning boshida Misrdagi al Azhar kabi mashhur islomiy ilmiy dargohlarda ihtilofli mavzular, usuli fiqhga oid raylar o‘quv programmalariga kiritildi. Keyinchalik bu ixtiloflar musulmonlar orasida bahs mavzulariga aylantirildi.

Qirg‘izistondagi ulamolar, imom-domlalar ishtirokidagi yig‘inlar, undagi mavzular, imom-xatiblarni musulmonlarga qarshi qo‘zg‘ash, da’vat ishlarini dindan behabar bo‘lgan komissiya ruxsatini shart qilish, diniy ta’lim olishga, da’vatga bo‘lgan to‘siqlar, ayniqsa yoshlarni islomiy bilimlarni olishiga bo‘layotgan qarshiliklar, bularning hammasi musulmonlar orasida o‘zaro nizolarni kuchaytirib, Islomni o‘rganishdan to‘sish uchun ishlab chiqilgan siyosiy planning ko‘rinishlari.

Xoh Rosululloh sollalohu alayhi va sallam merojga ko‘tarilganda: jasadi bilan chiqqanmi yo faqat ruhi chiqqanmi yoki o‘liklar eshitish-eshitmasligi, qabr azobi, jannat-do‘zah sifatlari to‘g‘risidagi kabi ishonishga aloqador bo‘lsin, xoh shar’iy hukmlarni tushunishga aloqador bo‘lsin, Ummat bir fikrga kelolmasligi – modomiki Qur’on va hadisni hayotlari uchun asos qilishar ekan – ularni firqalarga bo‘lib ketganligini anglatmaydi, balki tunushdagi inson tabiati shunday ekanligini bildiradi.

Bir jamiyatda yashayotgan odamlarning ba’zisi meditsinaga ishonib, davolanish uchun vrachlarga murojaat qilishi, boshqalari tabobatni tanlab, tabiblardan muolaja olishlarini: xalqda bo‘linish bo‘lyapti – deb hisoblanmaydi, biri adashdi – deb qoralanmaydi ham. Xalq o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha: mediklar, pedagoglar, xuquq-tartibot organlari yoki savdorlar, ustalar kabi kasb-hunarlari bilan ajralib qolishganiga qarab, xalq parchalib ketyapti deyilmaydi-yu, ahir.

Ummat birligini saqlab qolamiz, ularni adashishdan qaytarishimiz kerak – deb jonbozlik ko‘rsatayotgan muftiyot, ulamolar kengashi yoki diniy komissiya a’zolari avvalo Islomni yaxshi o‘rganib, xalqqa tushunarli qilib bayon qilsanglar na faqat qirg‘iz Eli, balki O‘rta Osiyo xalqlari birlashadi, kufr balosidan: xoh Rossiya bo‘lsin, xoh Yevrapo yoki Xitoy bo‘lsin – saqlanishga kuchi yetadigan kuchli Ummatga aylanamiz, boshqa o‘lkalarda xor bo‘lib yurishlar tugaydi, xullas, ikki dunyo saodatiga erishamiz, inshoAlloh.

Islomni Alloh Taoloning bandaliri in’om qilgan ne’mati, ikki dunyo saodati – deb ishonsanglar, jamiyatga, Xalqaro siyosatga, iqtisod-ijtimoga, boshqaruvga aloqador hukmlarini ham yetkazinglar.

Yoki buyruq Rossiya yoki AQSHdan kelish kerakmi?! Ular bizga do‘st emas, faqat xalokatga yetaklaydilar, dunyoda bo‘layotgan ishlar bunga yorqin dalildir. Ularning siyosatiga muvofiqlashtiramiz deb qilayotgan urinishinglarni mo‘minlar bilib turibdi, biz isloh qiluvchilarmiz deb o‘zinglarni aldaganinglar qoladi, xalos. Oxirrtda alamli azoblar bor, Alloh Taolo aytadi:

وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن یَقُولُ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَبِٱلۡیَوۡمِ ٱلۡـَٔاخِرِ وَمَا هُم بِمُؤۡمِنِینَ () یُخَـٰدِعُونَ ٱللَّهَ وَٱلَّذِینَ ءَامَنُوا۟ وَمَا یَخۡدَعُونَ إِلَّاۤ أَنفُسَهُمۡ وَمَا یَشۡعُرُونَ () فِی قُلُوبِهِم مَّرَضࣱ فَزَادَهُمُ ٱللَّهُ مَرَضࣰاۖ وَلَهُمۡ عَذَابٌ أَلِیمُۢ بِمَا كَانُوا۟ یَكۡذِبُونَ () وَإِذَا قِیلَ لَهُمۡ لَا تُفۡسِدُوا۟ فِی ٱلۡأَرۡضِ قَالُوۤا۟ إِنَّمَا نَحۡنُ مُصۡلِحُونَ () أَلَاۤ إِنَّهُمۡ هُمُ ٱلۡمُفۡسِدُونَ وَلَـٰكِن لَّا یَشۡعُرُونَ

Odamlardan, Allohga va oxirat kuniga iymon keltirdik, deydiganlari bor. Holbuki, ular mo‘min emaslar. Ular Allohni va iymon keltirganlarni aldamoqchi bo‘ladilar. Va holbuki, sezmasdan o‘zlarini aldaydilar. Ularning qalblarida kasal bor. Alloh kasallarini ziyoda qildi. Va ularga yolg‘on gapirganlari uchun alamli azob bor. Va agar ularga, yer yuzida fasod qilmang, deyilsa, biz faqat isloh qiluvchilarmiz, deydilar. Ogoh bo‘ling, ular, faqat ular fasodchilardir, lekin sezmaydilar. [2:8-12].

Qur’on va hadislar asosda elga Islomni yetkazish uchun jamoat bo‘lib, o‘zlariga: “tablig‘”, “ixvonul muslimin”, “hizbut tahrir” kabi nomlarni qo‘yish bilan Ummatdan chiqib yoki adashgan bo‘lib qilmaydi, balki asosni tanlashda xato qilish bilan adashadi, shunda ularga Islom ta’limotlarini yetkazish kifoya, chunki ko‘pchilik bilmasdan qilyapti. Masalan: millatchilikni asos qilganlarga Islomning millatchilikga bo‘lgan hukmlarini, ta’limotlarini yoki vatanparvarlik bilan Ummatni bo‘layotganlarga bu seyks-piko rejasi bo‘lib, Islomda musulmonlar bo‘linishi harom ekanini yoki demokratiyani targ‘ib qilayotganlarga Islomda hukm Allohniki, havoi-nafsiga ergashish ham mahfiy shirk, kechirilmas gunoh ekanini tushuntirish bilan Ummat birligiga ziyon yetmaydi, mo‘minlarga eslatma kifoya, Alloh Taolo aytadi:

وَذَكِّرۡ فَإِنَّ ٱلذِّكۡرَىٰ تَنفَعُ ٱلۡمُؤۡمِنِینَ

Eslatgin. Albatta, eslatish mo‘minlarga manfaat berur [51:55].

Bizning el ham, olim-domlarimiz ham haqni eshitgan zahoti: eshitdik va itoat qildik(سَمِعۡنَا وَأَطَعۡنَا) – deb, Qur’noda sifatlaganidek shariatga quloq soladigan haqiqiy mo‘min-musulmonlardan, inshoAlloh.

Alloh Taolo aytadi:

ءَامَنَ ٱلرَّسُولُ بِمَاۤ أُنزِلَ إِلَیۡهِ مِن رَّبِّهِۦ وَٱلۡمُؤۡمِنُونَۚ كُلٌّ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَمَلَـٰۤىِٕكَتِهِۦ وَكُتُبِهِۦ وَرُسُلِهِۦ لَا نُفَرِّقُ بَیۡنَ أَحَدࣲ مِّن رُّسُلِهِۦۚ وَقَالُوا۟ سَمِعۡنَا وَأَطَعۡنَاۖ غُفۡرَانَكَ رَبَّنَا وَإِلَیۡكَ ٱلۡمَصِیرُ

Payg‘ambar unga o‘z Robbidan tushirilgan narsaga iymon keltirdi va mo‘minlar ham. Barcha Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Payg‘ambarlariga iymon keltirdi. Uning Payg‘ambarlarining birortalarini ajratmaymiz. Va eshitdik va itoat qildik, ey Robbimiz mag‘faratingni so‘raymiz va qaytib borish Sengadir, dedilar. [2:285].

Abu Masrur ibn Muhammad.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.