Trampning G‘azo ahlini ko‘chirish haqida bergan bayonotlari yuzsizlik va takabburlik bo‘lib, uni G‘azo ahlining iymoni va saboti parchalab tashlaydi

10
0

Matbuot bayonoti

Trampning G‘azo ahlini ko‘chirish haqida bergan bayonotlari yuzsizlik va takabburlik bo‘lib, uni G‘azo ahlining iymoni va saboti parchalab tashlaydi

AQSH prezidenti Donald Trampga ko‘ra, u Iordaniya qiroli Abdulloh ikkinchidan G‘azo aholisini qabul qilishini talab qilgan. Tramp qo‘shimcha qilib, Misr rahbaridan ham g‘azoliklardan ko‘pchiligini qabul qilishini talab qilmoqchiligini aytgan. Undan bu taklifi uzoq muddatlimi yoki vaqtinchalikmi, deb so‘rashganda «Unisi ham, bunisi ham bo‘lishi mumkin», deb javob berdi.

Uning bu bayonoti yahudiylarning iste’fodagi milliy xavfsizlik vaziri Itaman Bin-Gvir tomonidan mamnuniyat bilan qarshi olingani ajablanarli emas. U Trampni G‘azo aholisini Iordaniya va Misrga ko‘chirish tashabbusi bilan qutlab, Tvitterda bunday so‘zlarni qoldirdi: «Bosh vazir Binyamin Netanyaxudan talablarimizdan biri ixtiyoriy ko‘chishni rag‘batlantirishdir. Dunyoning eng yirik davlati prezidenti Trapmning o‘zi bu g‘oyani ilgari surayotgan ekan, Isroil hukumati buni amalga oshirishi, ya’ni ayni damda ko‘chishni rag‘batlantirishi kerak».

Ammo eng g‘alatisi Iordaniya tashqi ishlar vaziri Ayman Safadning (Safad shahri undan va uning bayonotidan pokdir) «Iordaniya iordaniyaliklar uchun, Falastin falastinliklar uchundir», degan bayonotidir! Bu so‘zlari bilan u Trampning talabini jirkanch vatanparvarlik asosida rad etgan bo‘ldi. U Falastin masalasini Iordaniya hisobidan hal qilinishini qabul qilmayapti.

Tramp va uning dumlari G‘azo ahlining sektor janubidan shimoliga, ya’ni vayron bo‘lgan uy-joylariga tebranmas iymon va tugamas qat’iyat bilan qaytishlarini ko‘rishdi. Shuning uchun ham shuni bilib qo‘ysinlarki, G‘azo ahli o‘z yurtlariga tog‘lar kabi mustahkam joylashgan bo‘lib, Trampning G‘azo ahlini ko‘chirish haqida bergan bayonot va rejalarini G‘azo ahlining iymoni va saboti parchalab tashlaydi.

G‘azodagi bu mazlum ahlimiz o‘n besh oy davom etgan genotsiddan keyin ham o‘z yerlaridan aslo voz kechmasliklarini, Falastinni daryosidan dengizigacha to‘liq ozod etishga va yahudiylar iflosligidan poklashga bo‘lgan qarorlaridan hargiz qaytmasliklarini isbotladilar. Zotan, ular mag‘lubiyat bilmaydigan, past ketishga rozi bo‘lmaydigan buyuk ko‘hna Ummatning bir bo‘lagidirlar. Agar Allohga va o‘z omonatlariga xiyonat qilgan malay hukmdorlarning zo‘ravon hukmronligi bo‘lmaganda edi, yahudiylar yurtimizdan bir parcha yerida ham tura olmagan, Amerika va boshqa mustamlakachi kufr davlatlari ustimizdan hech qanday hukmronlik qilolmagan bo‘lar edi.

 Hizb ut-Tahrirning markaziy

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.