بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Savolga javob
Sudandagi harbiy harakatlarning tezlashganligi
Savol: Al-Arabiya.net 04.02.2025da o‘z veb-saytida ushbu xabarni tarqatdi: “Armiya va uni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar Jazira viloyatidan kelib, o‘tgan bir necha soat orasida Xartum viloyatining janubi-sharqiy qismlariga kirdi…”. “Al-Yavm as-Sabi’” veb-sayti 02.02.2025da nashr qildi: “Al-Qohira al-Axbariyya kanali muxbiri tezkor xabarda bildirishicha, Sudan armiyasi Xartum viloyatidagi Nil sharqi qishloqlaridan bir qanchasini qaytarib olmoqda”. Bundan oldin, 11.01.2025da, Sudan armiyasi tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlarini al-Jazira viloyati markazi Vad-Madanida mag‘lubiyatga uchratgan edi. “Tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari qumondoni Hamedti o‘ziga tegishli ekanligi aytilayotgan ovozli tasmada, uning kuchlari al-Jazira viloyatida mag‘lub bo‘lganini tan oldi… Al Jazira 13.01.2025”. Shundan keyin uchta yirik shahar (Xartum, Bahri va Umm-Durman)ning barchasida jang harakatlari Sudan armiyasi foydasi sari yo‘naldi. Natijada armiya ushbu shaharlardagi bir necha muhim pozitsiyalarni egallab, bosh qo‘mondonlik qarshisidagi qamalni olib tashladi.. Xo‘sh, janglardagi bu nooddiy tezlashuv ortida nima turibdi? Buning barchasi bir tarafda, ya’ni Sudan armiyasida to‘satdan paydo bo‘lgan kuchning natijasi o‘laroq yuzaga kelgan mahalliy harakatlarmi yoki bu janglarga Sudan ustida uzoq davom etib kelayotgan xalqaro kurashlar sababmi?
Javob: Yuqoridagi savollarga aniq javob berish uchun quyidagi ishlarni ko‘rib chiqamiz:
Birinchidan: Sudandagi harbiy harakatlarning tezlashganligi:
1– Ha to‘g‘ri, Sudandagi harbiy harakatlar tezlashib ketganligi, albatta, e’tiborni tortadi. Sudan hokimiyatidagi ikki taraf o‘rtasida 2023 yil aprelda urush olovi yoqilganidan buyon, o‘rtadagi janglar yerni egallash jihatidan ochiqlanmagan doirada aylanadigan bo‘ldi. Chunki har ikki taraf o‘zi egallagan joylarni ushlab turishda davom etdi va taraflarning hech biri o‘tgan oylar mobaynida boshqasiga qarshi arzigulik siljishlarni amalga oshirmadi. “15 aprelda urush alanga olganidan buyon bir yil davomida armiya milliy teleradio binosini va Umm-Durmandagi ayrim mintaqalarni qaytarib olganidan tashqari, boshqa bironta ilgarilashni deyarli amalga oshirolmadi. Bu 2024 yil mart oyida yuz berdi. Armiya qolgan harbiy qarorgohlarni qo‘riqlash uchun mudofaa taktikasini saqlab qoldi xolos. Al-Rakuba veb-sayti Sudan 25.01.2025”.
2– Joriy yilning 7 yanvarida, hokimiyatni yangi ma’muriyatga topshirishidan oldin prezidentlik muddati tugayotgan Bayden ma’muriyati “tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari”ni g‘arbiy Sudan “Darfur mintaqasida genotsid”ni amalga oshirganlikda aybladi va bu ayblovga binoan “tezkor kuchlar” qo‘mondonligiga qarshi va uni moliyalashda gumonlanayotgan BAAdagi yettita shirkatga qarshi moliyaviy sanksiyalarni joriy qildi. Lekin oradan sanoqli kunlar o‘tmasidanoq, aniqrog‘i 16 yanvarda ana shu Amerika ma’muriyatining o‘zi sudan armiyasi qo‘mondoni va mamlakatning amaldagi hokimi general Abdul Fattoh Burhonga qarshi ham sanksiyalarni joriy qilib, uni “Sudandagi barqarorlikka putur yetkazishda hamda demokratik o‘zgarishlarga to‘siq qo‘yish”da aybladi va shu asosda Burhonning qo‘shma shtatlardagi barcha aktivlarini muzlatib qo‘ydi. VVS 26.01.2025.
Lekin maydondagi ishlar 2024 yil sentyabr oyidan boshlab o‘zgara boshladi. Gap shundaki, Sudan armiyasi o‘z saflarini birlashtirga o‘tdi va ishga jiddiy kirishib, “strategik sabr”, “uzun nafas” degan narsalarni sindirdi va tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlariga qarshi bir necha frontlarni ochdi. Xalfaya ko‘prigi va Oq Nilni o‘z nazoratiga oldi, poytaxt markazi va Xartum Bahri yo‘nalishidagi yo‘lni ochdi. Shundan keyin maydondagi hodisalar salkam bir oydan beri yana-da keskin tus olib, armiya Vad Madani shahrini 11.01.2025da o‘z nazoratiga oldi. U ushbu shaharni bir yil oldin tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlariga topshirib chiqib ketgandi.. Vad Madani Sudan o‘rtasida joylashgan al-Jazira viloyatining markazi hisoblanadi. Shuning uchun bu shaharni egallash taraflar o‘rtasidagi nizoda hal qiluvchi jang sifatida baholanadi. Chunki u Sudandagi ikkinchi katta shahar bo‘lib, viloyatlar o‘rtasida joylashgan va uni o‘z nazoratiga olgan taraf boshqa viloyatlardagi, ayniqsa poytaxt mintaqasidagi kuchlariga yordam yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Armiyaning Vad Madani shahrini nazoratga olishi tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlariga berilgan katta zarba bo‘ldi va uning harakat konsentratsiyasi izdan chiqishiga olib keldi. Chunki bu shaharni qo‘ldan boy berishi sababli tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlarining Xartum mintaqasidagi kuchlariga yordam yetkazib berish imkoniyatlari qisqardi. Boshqa tomondan esa tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari undan turib al-Jazira viloyatining boshqa qismlariga, Sennar, Oq Nil va Sharqiy Sudanga hujum qilib kelayotgan boshlang‘ich(start)pozitsiyasini ham qo‘ldan boy berdi. Bu bilan uning rejadagi istaklari barbod bo‘ldi. “O‘tish davri suveren Kengashi raisi va armiya qo‘mondoni general-leytenant Abdul Fattoh Burhon Vad Madani shahriga, u ozod qilinganidan keyin qilgan safari chog‘ida “tezkor qo‘llab-quvvatlash” kuchlarining poytaxt Xartum ichkarisi va boshqa shaharlar atrofidagi qoldiqlariga qarshi qaqshatqich harbiy hujum uyushtirish chora-tadbirlarini ko‘rsatib o‘tdi. (Independent Arabi 20.01.2025).
Ikkinchidan: Armiya Vad Madani shahri ustidan nazorat o‘rnatishi bilanoq, ko‘p o‘tmay poytaxt mintaqasi ichkarisiga ham shiddat bilan hujum boshladi:
1– “Sudan armiyasi tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari bilan bir yildan ko‘proq davom etgan janglardan keyin Xartum Bahri shimolida joylashgan neftni filtrlash zavodini qaytadan o‘z nazoratiga olganini e’lon qildi. (VVS 25.01.2025)”.
2– “Al-Arabiyya” muxbirining juma kungi bildirishicha, sudan armiyasi, “tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari”tomonidan bir yarim yil davomida Xartumdagi armiya bosh qo‘mondonligiga qarshi o‘rnatib kelingan qamalni yorib tashladi. Sudandagi mahalliy hisobotlarda aytilishicha, armiya kuchlari Xartum Bahri markazida kechgan janglardan keyin Silah al-Ishara lageridan ham qamalni olib tashladi. Al-Arabiyya 24.01.2025.
3– Armiya poytaxt Xartumda o‘zining eng yirik harbiy yorib o‘tish amaliyotini amalga oshirdi. Bundan oldin u ittifoqchi kuchlari bilan birga o‘zining ikki qarorgohi: Xartum markazidagi qo‘mondonlik va Silah al-Ishara qarorgohlaridan qamalni olib tashlashga hamda bu ikkisini va harbiy qo‘mondonlik qarorgohini Umm-Durman shimolidagi Vodiy Sidna harbiy mintaqasi bilan bog‘lashga erishgan edi. Armiya, shuningdek, al-Jili neftni tozalash zavodi va uning atrofidagi aholi yashaydigan mintaqalar va harbiy zonalar ustidan qayta nazorat o‘rnatdi. Ar-Rakuba sayti Sudan 25.01.2025.
4– al-Arabiyya net 04.02.2025da o‘z saytida quyidagi xabarni tarqatdi: “Armiya va uni quvvatlayotgan kuchlar o‘tgan bir necha soatlar ichida Xartum viloyatining janubi-sharqiy qismlariga al-Jazira viloyati tomonidan kirib keldi..”.
5– “al-Yovm as-Sobi’” sayti 02.02.2025da quyidagi xabarni tarqatdi: “al-Qohira” axborot kanali muxbiri tezkor xabarda bildirishicha, sudan armiyasi Xartum viloyatidagi sharqiy Nil qishloqlaridan bir qanchasini qaytarib oldi”.
Uchinchidan: Shunday qilib, sudan armiyasi “tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari”ni uchta asosiy shaharlardan quvib chiqarib, ularni qaytadan Sudan davlati ramzi bo‘lmish armiya nazorati ostiga kiritish uchun janglar eshigini keng ochdi. Va Burhon isyonchilar bilan muzokaralar olib borishni rad qildi.
Bu harakatlarni atroflicha o‘rganib chiqsak, quyidagilarni ko‘ramiz:
1– Sudan armiyasi “strategik sabr” va “uzun nafas” siyosatiga chek qo‘ymoqda. Armiya buni ikki taraf o‘rtasidagi harbiy balansda katta tafovut yuz bermasidan amalga oshirmoqda. Ya’ni, u vaziyatni o‘z foydasiga uzil-kesil hal qilish uchun oyoqqa turdi. Vaholanki, bunga 2023 yil aprelda urush alanga olmasidan oldin ham qodir edi, lekin bunday qilmagandi. Bu esa sababsiz bunday bo‘lmaydi!
2– To‘g‘ri, “tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari” avvalroq Vad Madani shahrida bo‘lgani kabi poytaxtda ham talofatlarga duch kelyapti. Uning kuchlari front chiziqlaridan chekinib, Darfurga yo‘l olmoqda. U Darfurning beshta katta shaharidan to‘rttasini o‘z nazoratida saqlab qolmoqda. Gap shundaki, u poytaxt mintaqasida turib, o‘z kuchlari to‘plangan mintaqalardan (ya’ni Darfurdan) o‘ziga yordam chaqirmayapti, aksincha ularga chekinyapti. Haqiqatan, “tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari” ning qo‘li baland hisoblanadigan Darfurda janglar yana yangidan qizg‘in tus olmoqda. Go‘yo u Darfur sahnasi ustidagi hukmronligini saqlab qilishi foydasiga o‘z nazoratidagi mintaqalardan voz kechayotganga o‘xshaydi. Armiya ham “tezkor kuch”ni taslim bo‘lishga majburlash o‘rniga, unga Darfur yo‘nalishidagi koridorlarni keng ochib qo‘ymoqda!
3– “Indepentent Arabiyya” 20.01.2025da bildirgan xabar mana shularning barchasiga ishora qilib turibdi. Uning bildirishicha, “tezkor kuchlar” Jabal Avliyodagi o‘zi nazorat qiladigan mintaqalarga chekinish uchun Nil sharqidagi al-Manshiya va Suba ko‘priklaridan foydalanmoqda. Jabal Avliyoda bu kuchlar oldida Sudan g‘arbiga qarab to Darfurga yetib borgunga qadar deyarli bitta ochib qo‘yilgan yo‘l bor. Chekinayotganlar ichida xavfsizlik xodimlari, ularning oilalari va ular bilan hamkorlik qilib kelganlar bor. Independent Arabiyya bunday dedi: “tezkor kuchlarga” ustma-ust yetkazilgan talafotlar har kuni bu kuchlarning katta qismini Darfur tomonga chekinishga majbur qilmoqda. Chekinish – armiya bosqichma-bosqich bajarayotgan o‘z rejalari doirasida ochiq qoldirgan aniq va ma’lum koridorlar orqali amalga oshmoqda”. Indepentent qo‘shimcha qilishicha, “tezkor kuch” Darfurda aniq va markazlashgan askar yollash ishlarini amalga oshirmoqda: “shuning uchun bu kuchlar o‘ziga xayrixoh arab qabilalari ashira (urug‘)lari boshliqlariga bosim o‘tkazib, yoshlarni askarlikka yollash ishlarini jadal amalga oshira boshladi… “tezkor kuch” “telegram” da Darfur janubi Kas va Va’dul Fursondagi bir necha qabilalar o‘zlarining “tezkor kuch” tomoniga to‘liq o‘tganligini e’lon qilganini va uning saflariga 50 ming jangchini topshirganini ma’lum qildi”.
To‘rtinchidan: shunday qilib, Darfurni navbatdagi urush maydoniga aylantirish jarayoni ketyapti. Chunki u yerda “tezkor kuch”ning qo‘li baland va u Darfurda o‘zini xalq himoyasidagi kuch, deb hisoblaydi.
1– “Tezkor qo‘llab-quvvatlash” kuchlari matbuot kotibi bayonotida aytilishicha, bu kuchlar kecha, shanba kuni Darfur shimoli viloyatidagi Halaf, Darishqiy va Mau mintaqalari ustidan to‘liq nazoratini o‘rnatishga erishdi.. Inderendent arabiyya 20.01.2025.
2– Shuningdek “Darfur shimoli poytaxti Fashirda “tezkor kuchlar” bilan sudan mushtarak kuchlari – armiya, qurolli qarshilik harakati, shurta (politsiya) va mahalliy mudofaa bo‘linmalari o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar alanga oldi. Frans 24. 25.01.2025”.
3– “G‘arbiy mehvar (o‘q) da esa, armiya va “mushtarak kuchlar”, 48 soat davomida Darfur mintaqasidagi al-Fashir shahrini tark etish haqida ogohlantirgani va muhlat bergani ortidan “tezkor kuchlar” shaharga bir necha asosiy liniya bo‘ylab hujum boshladi. Armiya va mushtarak kuchlar bilan 24 yanvar tongida boshlangan to‘qnashuvlar olti soatdan ko‘proq davom etdi. Independent arabiyya 25.01.2025”.
Bularning barchasi ochiq ko‘rsatib turibdiki, Sudan sahnasida tezlashib borayotgan hodisalar bitta yo‘nalishga qarab ketmoqda. U ham bo‘lsa, armiya Sudan mintaqalarining katta qismi ustidan o‘z nazoratini qayta o‘rnatib, g‘arbiy mintaqa – Darfurni “tezkor kuchlar” ga qoldirishdir. Agar bu yo‘nalishdagi ishlar to‘liq oxiriga yetadigan bo‘lsa, mamlakat amalda bo‘lib tashlanishga qarab ketayotgan bo‘ladi. Chunki “tezkor kuch” Darfurdagi keng mintaqalar ustidan (al-Fashirni istisno qilganda) o‘z nazoratini o‘rnatadigan bo‘lsa, al-Jazira va poytaxt mintaqasidagi kuchlariga yordam yetkazish imkoniyatiga ega bo‘lardi. Lekin u qancha shovqin-suron ko‘tarmasin, bari-bir u mintaqalarni tashlab Darfurga chekindi. Bu esa maydonda ushbu harakatlarni tartiblashtirib turgan qandaydir xalqaro taraf borligiga ishora qilyapti. Go‘yo u Sudanda o‘z hukmronligini o‘rnatmoqchi bo‘layotgan yer maydoni ustida shaxmat donalarini siljitayotgandek!
Beshinchidan: Ko‘z xato qilmayotgan narsalardan biri shuki, maydondagi tezlashib borayotgan bu o‘zgarishlar Vashingtondan ketma-ket sodir bo‘layotgan yangi pozitsiyalar bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelmoqda:
1– Joriy yilning 7 yanvarida, hokimiyatni yangi ma’muriyatga topshirishidan oldin prezidentlik muddati tugayotgan Bayden ma’muriyati “tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari”ni g‘arbiy Sudan “Darfur mintaqasida genotsid”ni amalga oshirganlikda aybladi va bu ayblovga binoan “tezkor kuchlar” qo‘mondonligiga qarshi va uni moliyalashda gumonlanayotgan BAAdagi yettita shirkatga qarshi moliyaviy sanksiyalarni joriy qildi. Lekin oradan sanoqli kunlar o‘tmasidanoq, aniqrog‘i 16 yanvarda ana shu Amerika ma’muriyatining o‘zi sudan armiyasi qo‘mondoni va mamlakatning amaldagi hokimi general Abdul Fattoh Burhonga qarshi ham sanksiyalarni joriy qilib, uni “Sudandagi barqarorlikka putur yetkazishda hamda demokratik o‘zgarishlarga to‘siq qo‘yish”da aybladi va shu asosda Burhonning qo‘shma shtatlardagi barcha aktivlarini muzlatib qo‘ydi. VVS 26.01.2025.
2– Bu bilan aniq ko‘rinib turibdiki, Sudan sahnasidagi o‘zgarishlar Amerikadagi o‘zgarishlarning aks sadosidir, xolos. Chunki Amerika Sudan dosesini ochar ekan – bu narsa ikkala tarafga ham birdek sanksiyalar joriy qilishda ko‘rindi – Sudandagi urishayotgan taraflar o‘z ishlarini nazoratning yangi xaritasi bo‘yicha qayta tartiblashtirishga kirishdi. Chunki Amerika o‘z siyosatlarini ochiqlamagan holda qayta ko‘rib chiqa boshladi. Bayden ma’muriyati hokimiyatni yangi ma’muriyatga topshirishi bosqichi ushbu qayta ko‘rib chiqishlarni taqozo qilgan edi.. Ko‘rinib turibdiki, amerikaning yangi prezidenti Tramp o‘z ma’muriyati uchun, olovli masalalarning yechimlarini Amerika manfaatlarini ro‘yobga chiqarishi bilan birga, uning (trampning) obro‘sini ham ko‘taradigan qilib hal qiladigan yangi yo‘nalishni tanlamoqda. U o‘zining “o‘qdoni”da yahud vujudi bilan aloqalarni normallashtirishga oid “Ibrohim kelishuvlari” borligini ko‘ryapti va ushbu kelishuvlar geografiyasini kengaytirib, Sudanni ham unga qo‘shmoqchi bo‘lyapti. U hali inauguratsiya bo‘lmasidan turib G‘azo bitimiga erishishga o‘z hissasini qo‘shdi. Hozirda u o‘zini kuch markazidan turib tinchlik o‘rnatuvchisi qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lyapti. Vashingtondagi bu yangicha qarash Sudan va undagi urushni ham o‘z ichiga oladi. Prezident Tramp Sudanni yahud vujudi bilan aloqalarni normallashtirishga oid “Ibrohim kelishuvlari”da ishtirok etishga majbur qilmoqchi. Amerikalik sobiq diplomat va Afrika ishlari bo‘yicha tadqiqotchi Devid Shenga ko‘ra, “prezident Donald Trampning yangi ma’muriyati ushbu sa’y-harakatlarga yana-da katta quvvatlovga guvoh bo‘lishi mumkin. Ayniqsa yangi davlat kotibi Marko Rubio Sudan dosesiga qattiq ahamiyat berayotgan ekan, shunday bo‘lishi tabiiy”. Uning izoh berishicha, “Trampning birinchi ma’muriyati Sudanga qattiq ahamiyat bergan va o‘sha paytda Sudan bilan Isroil o‘rtasidagi aloqalarni “Ibrohim kelishuvlari” doirasida normallashtirish borasidagi sa’y-harakatlar muvaffaqiyatli kechgan edi. Al-Hurra 25.01.2025.”
3– Sudan tashqi ishlar vaziri Ali Yusuf aytgan so‘zlar ham bularning barchasini tasdiqlab turibdi: “vazir, Amerikaning Sudan borasidagi siyosatini qayta ko‘rib chiqishga oid qarash va programma mavjudligini, u yangi ma’muriyat boshqaruvga kelib, o‘z vazifalarini bajarishga kirishganidan keyin boshlanishini ochiqladi”. U qo‘shimcha qilib “amerikaning yangi ma’muriyati bilan birgalikda ishlash uchun vaqt borligini” aytdi. Ash-Sharq gazetasi 23.01.2025. Sudan Axbor gazetasi 25.01.2025da quyidagi xabarni yozdi:“Amerika davlat kotibi Marko Rubio misrlik hamkasbi Badr Abdul Otiy bilan uchrashdi, uchrashuv qo‘shma shtatlar bilan Misr o‘rtasidagi strategik aloqalarni kuchaytirish borasida bo‘lib o‘tdi.. Ikkala vazir Sudandagi vaziyat rivojini muhokama qildi. Ularning har ikkisi, nizolashayotgan taraflarga dushmanlik harakatlariga chek qo‘yish va gumanitar yordamlar doirasini kengaytirish masalasida bosim o‘tkazish zarurligini ta’kidladi”.
Oltinchidan: shunga binoan, kuchliroq ehtimol shuki, Sudan maydonidagi voqealar rivoji Tramp tomonidan izga solinib, idora qilinmoqda. Undan quyidagilar maqsad qilinadi:
1– Darfurning “tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari” nazorati va Hamedti boshqaruvi ostida bo‘lishi kesimida mamlakatni Amerikaning ikki malayi o‘rtasida taqsimlash uchun muhitni tayyorlashga doir amerika rejasini tezlashtirish. Bunga ko‘ra armiya Burhon qo‘mondonligida Sudan o‘rtasi va sharqini nazorat qiladi. Natijada Sudanda ikkita vujud paydo bo‘ladi. Bu ish Hamedtining Darfur ustidan nazorat o‘rnatishi sababli majburiy tiqishtiriladi. Biz bu reja haqida 19.12.2023 dagi savolga javobda so‘z yuritgandik. O‘sha paytda quyidagilarni bayon qilgandik: “Amerika bo‘lib tashlashga muhitni hozirlayapti.. Buni Amerika manfaatlari taqozo qilgan paytda amalga oshiradi.. Hatto agar Amerika manfaati Sudan janubidan keyin yana bir bo‘lib tashlashni taqozo qilsa, bu bo‘linishni Darfur janubida amalga oshiradi.. hozircha buning vaqti kelmaganga o‘xshaydi.. balki hozirda muhitni shunga tayrlash jarayoni ketayotgandir..”. Buni biz oldindan aytgan edik. Amerika endi – Sudan janubida qilganidek – Darfurni ham ajratib tashlashni tezlashtirishga yaqinlashgan ko‘rinadi.. Bu esa, agar Tramp uni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lsa, o‘ta xatarlidir. Shuning uchun Ummat bunga qarshi turishi va Sudan janubi bo‘lib tashlangan paytda jim turavergandek sukut qilib turavermasligi lozim!
2– Joriy yilning 7 yanvarida, hokimiyatni yangi ma’muriyatga topshirishidan oldin prezidentlik muddati tugayotgan Bayden ma’muriyati “tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari”ni g‘arbiy Sudan “Darfur mintaqasida genotsid”ni amalga oshirganlikda aybladi va bu ayblovga binoan “tezkor kuchlar” qo‘mondonligiga qarshi va uni moliyalashda gumonlanayotgan BAAdagi yettita shirkatga qarshi moliyaviy sanksiyalarni joriy qildi. Lekin oradan sanoqli kunlar o‘tmasidanoq, aniqrog‘i 16 yanvarda ana shu Amerika ma’muriyatining o‘zi sudan armiyasi qo‘mondoni va mamlakatning amaldagi hokimi general Abdul Fattoh Burhonga qarshi ham sanksiyalarni joriy qilib, uni “Sudandagi barqarorlikka putur yetkazishda hamda demokratik o‘zgarishlarga to‘siq qo‘yish”da aybladi va shu asosda Burhonning qo‘shma shtatlardagi barcha aktivlarini muzlatib qo‘ydi. VVS 26.01.2025.
Sudanni Trampning yahud vujudi bilan aloqalarni normallashtirish “poyezdi”ga minishga majburlash va uni shunga tayyorlash. Biz 19.03.2023da Sudan bilan yahud o‘rtasidagi aloqalarni normallashtirish borasida javob bergan edik. Unda quyidagilar kelgandi: “u (ya’ni, aloqani normallashtirish) shar’an haromdir. Chunki u musulmonlar uchun eng aziz diyorlardan biri bo‘lmish Falastinni bosib olgan va uning ahliga qarshi kechayu kunduz tajovuz qilayotgan, uylarini vayron qilayotgan, farzandlarini o‘ldirayotgan, mol-mulklarini musodara qilayotgan yahud vujudini tan olishdir. Shunday bo‘la turib, “sudan suveren kengashi o‘zining raisi Abdul Fattoh Burhon Kouyen bilan Xartumda uchrashib, u bilan o‘zaro hamkorlik ufqlarini kengaytirish, xususan xavfsizlik va harbiy sohalarda hamkorlikni yana-da kuchaytirish yo‘llarini muhokama qilganini bildirdi”. Sudan tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, ikkala taraf “o‘zaro aloqalarni normallashtirish yo‘lida oldinga siljishga kelishib olgan…”. Sudan axborot agentligi”. Amerika prezidenti Tramp buni amalga oshirish uchun o‘tmishdoshi Bayden kabi uni bir necha bosqichli qilib o‘tirmay qadamni tezlatayotgan ko‘rinadi.
Yettinchidan: bularning barchasi Sudandagi hodisalar manzarasini va ularni Vashington qanday qo‘zg‘ayotganini yanada oydinlashtirib turibdi. Bu urushda o‘n minglab insonlar o‘ldirildi, 12 milliondan ko‘proq sudanliklar sarson-sargardonlikka majbur qilindi, “olamning oziq-ovqat savati” deb qaraladigan mamlakat qishloq xo‘jaligi tizimi va uning muhim iqtisodiy sektorlari vayron qilindi. Sudan ahli va butun musulmonlar bularning barchasiga sabab mana shu malaylar o‘rtasidagi behuda urush ekanligini tushunib yetishlari lozim. Burhon va Hamedti va ularga yaqin kimsalar bu urushga Amerika manfaatlariga xizmat qilish, Sudanda uning nufuzini o‘rnatish va undan yevropaliklarga tobe kuchlarni siqib chiqarish uchungina kirishdi. Bo‘lgan narsa shu. Ikkala taraf ham musulmonlarning qonini to‘kish haromligiga parvo qilmadi. Ularning tobelari har ikkisining ham bu jinoyatkorona harakatlarini to‘xtatishlari vojib edi. Lekin bir-biriga qarshi askar yollash va zo‘r berib qon to‘kish ikkala tarafning ham ko‘zini ko‘r qilib qo‘ydi. Natijada Islom, musulmonlar qoni ularning o‘z qo‘llari bilan to‘kilishini qattiq harom qilganini ko‘rmaydigan bo‘lishdi: Buxoriy Ahnaf ibn Qaysdan chiqargan hadis sharifda kelishicha, u dedi: men Rasululloh ﷺning bunday deyayotganini eshitdim:
«ِإذَا الْتَقَى الْمُسْلِمَانِ بِسَيْفَيْهِمَا فَالْقَاتِلُ وَالْمَقْتُولُ فِي النَّارِ. قُلْتُ يَا رَسُولَ اللهِ هَذَا الْقَاتِلُ فَمَا بَالُ الْمَقْتُولِ؟ قَالَ: إِنَّهُ كَانَ حَرِيصاً عَلَى قَتْلِ صَاحِبِهِ»
“Agar ikki musulmon bir-biriga qilich bilan qarshi tursa, o‘ldirgan ham, o‘ldirilgan ham do‘zaxdadir. Shunda men: “Yo Rasululloh, bunisi-ku qotil, lekin o‘ldirilganning aybi nima?” – dedim. Payg‘ambarimiz ﷺ: chunki u ham sohibi (birodari) ni o‘ldirishga haris edi, deb javob berdilar”.
Shunday ekan, endi bu o‘zaro qirpichoq jang Amerika va uning yordamchilari manfaati uchun bo‘lsa-chi, unda qanday bo‘ladi? Demak, u yana-da mudhishroq va alamliroqdir…
So‘ngso‘z o‘rnida o‘z ahlini aslo aldamaydigan yetakchi Hizb ut-Tahrir sizlarga nido qiladi:
Ey Sudan ahli! Sizlar xalifa Usmon roziyallohu anhuning hijriy 31 yilda yo‘llagan chaqirig‘iga labbay, deb javob berdingiz, Islomni ko‘tarib chiqdingiz, yuzlab yillardan buyon uning ahli bo‘lib keldingiz..
Sizlar hojilarga xizmat ko‘rsatish uchun Miyqotda “Abyor Ali”(Ali quduqlari)ni insho etgan, so‘ngra kofirlarga qarshi jangda shahid bo‘lib, ikki go‘zal oqibatning biriga noil bo‘lgan Ali ibn Dinorning nabiralarisiz..
Shuningdek, sizlarni jinoyat botqog‘iga botiradigan ana shu qabohat uchligiga qarshi turishga chaqiramiz. Ular: “Janubni, so‘ngra Darfurni ajratib tashlash orqali mamlakatni bo‘lib yuborish.. Muborak Yerni bosib olib, u yerda buzuqlik-fasodni keng tarqatayotgan yahud vujudi bilan aloqalarni normallashtirish.. Hamda musulmonlar o‘rtasida alanga olgan mana bu jinoyatkorona urush..” dir.
Bu qabohat uchligini bekor qiling va mamlakat himoyasi uchun qurollarini mustamlakachi kofirlarga qarshi qaratadigan bitta armiya bo‘lishga haris bo‘ling. Zero, bunda buyuk zafar bordir.
﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ﴾
“Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga, haqqa) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar”.
Xo‘sh, sizlar bu chaqiriqqa labbay, deb javob berasizlarmi?
7 sha’bon 1446h
06 fevral 2025m