Qurolsiz insonlarni namoyishga chaqirish emas, balki armiyani harakatga kelishga chaqirish lozim!

9
0

Matbuot bayonoti

Qurolsiz insonlarni namoyishga chaqirish emas, balki armiyani harakatga kelishga chaqirish lozim!

Aftidan, Tramp Misr rejimiga tazyiq qilib bo‘g‘zidan olayotgan ko‘rinadi. Misr rejimi esa, uning G‘azo ahlini ko‘chirish talabini – u har tomonlama xavfli bo‘lishiga qaramay – uning taklifini rad etolmayapti. Mana shunday bir paytda, Tramp bergan navbatdagi bayonot o‘rtadagi muomalaning xo‘jayin bilan qul muomalasi ekanini fosh etdi. Ya’ni u o‘z talabining Iordaniya va Misr rejimlari tomonidan ochiq rad etilganidan keyin «Biz Misr va Iordaniyaga ko‘p yaxshilik qilganmiz, endi ular G‘azo aholisi xususida bizning istagimizni qiladilar… Istagimizni qiladilar, ha, albatta qiladilar», dedi. Tramp bu hukmdorlarning rad eta olmaydigan qullar ekanini yaxshi biladi. Rad etganliklari masalasiga kelsak, buni ikkala rejim ommaviy axborot vositalarini shu bilan ovora qilish hamda keyinchalik bu amerikalik kovboyga qarshi tura olmasliklarini da’vo qilish bilan o‘z itoatgo‘yliklarini oqlash maqsadida rad qilishgan, xolos. O‘z xalqlarini bunga qarshi namoyishga chaqirishayotganiga kelsak, bu o‘zlarining til biriktiruvlariga qarshi chiqish emas, balki bor-yo‘g‘i xalqdagi stressni yengillashtirishga qaratilgan. Bu bilan ikki rejim o‘zlarini buyruqni rad etishga qo‘ldan kelganicha qattiq harakat qilgan qilib ko‘rsatishmoqchi. Holbuki, bir necha oy avval Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishchilarni qamoqqa tashlagan shu Misr rejimi bo‘ladi! Agar bu masala Misr, uning ahli va armiyasi ixtiyoriga qo‘yib berilganda edi, ular bosqinchi vujudni ildizi bilan yo‘q qilish va Falastinni ozod etish, uning ahliga nusrat berish sari darhol harakatga kelgan bo‘lardilar.

2025 yil 31 yanvar juma kuni Rafah o‘tish punktida namoyish bo‘ldi. Unda misrliklar G‘azo sektoridan falastinlik qochqinlarni Misr va Iordaniyaga qabul qilish borasidagi Trampning taklifiga qarshi chiqishdi. Bu namoyishlar Misr prezidentini jamoatchilikni bu taklifni rad etishga chaqirishi ortidan bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar Misr va Falastinning (ya’ni Sayks-Piko shartnomasining) bayroqlarini ko‘tarib chiqib, «Yashasin Misr!», deya hayqirishdi. Har qanday ommaviy namoyishni bostirish bilan tanilgan Misr rejimi kutilmaganda Rafah o‘tish punkti namoyishlariga ruxsat berdi. Ruxsat berdigina emas, balki namoyishni o‘zi uyushtirib, qulay transport bilan ta’minladi, hatto namoyishchilarga pul tarqatdi. Bularni qilishdan maqsadi, Misr – ko‘chirishga norozi, degan narsa bilan mamlakat ichini ham, xorijni ham aldashdir. Vaholanki o‘sha rejim Misrning turli viloyatlarida G‘azoni qo‘llab-quvvatlash uchun bo‘lib o‘tgan barcha norozilik namoyishlarini bostirgan edi. Shuningdek, bosqinchilikka yoki Misrning bu bosqinchilik bilan hamkorlik qilishiga qarshi ovozini ko‘targan begunoh odamlarni birin-ketin hibsga oldi. Hatto Misr rejimi shu darajaga yetib bordiki, falastinliklarga xos kiyim-kechak sotuvchi do‘konlarni yopib tashladi, Falastin ahliga hamdardlikni ifodalovchi har bir narsani yo‘q qildi! Shunday ekan, G‘azoga hamdardlik bildirishni jinoyat sanayotgan bu rejim bugunga kelib qanday qilib Tramp talabiga norozi bo‘lishi mumkin?! Aslida, bu namoyishlar masxarabozlikdan boshqa narsa emas. Maqsad, Oq uy bilan bo‘lgan til biriktiruvni ro‘yobga chiqarish va undan kelgan buyruqlarni bajarish.

Bu rejimning pozitsiyasi ma’lum. Garchi rasman «Misr falastinliklarning ko‘chishiga rozi emas», deya bayonot berayotgan esa-da, biroq haqiqat buning aksini ko‘rsatib turibdi. Amerikaning rejalariga rozi bo‘lmaydigan biror haqiqiy niyat uning xatti-harakatlarida ko‘rinmayapti. Aksincha, barcha ko‘rsatgichlar shuni ko‘rsatyaptiki, rejim boshqa masalalarda bo‘lgani kabi ko‘p bahonalar va bilvosita usullar bilan ko‘chirishni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqchi. Rafah o‘tish punktida kuzatilgan bugungi soxta namoyishlar ham ayni siyosatning bir qismi. Rejim tartiblashtirilgan rejani amalga oshirishda Amerika va yahudiy vujudi uchun itoatkor vositachi rolini o‘ynashda davom etar ekan, Falastin masalasining himoyachisi sifatida ko‘rinishni istamoqda.

Ey Kinona qo‘shinlari!

Muborak Falastin zamini, u chetidan bu chetigacha, dengizidan daryosiga qadar, faqatgina harbiy masaladir. Bu sizning masalangizdir. Biz qalbingizda bu masala olanga olayotganini, Islom Ummatining bir bo‘lagi sifatida muqaddas narsalarning buzilishiga qarshi g‘azabga to‘layotganingizni bilamiz. Siz bu tenglamada hal qiluvchi rol o‘ynaydigan asosiy toshsiz. Bu tenglama rejim va Amerika uchun qanchalik qiyin bo‘lmasin, siz uchun ko‘z yumishdan ham osonroqdir. Bor-yo‘g‘i Ummatingiz tarafiga o‘tib, Allohning va Ummatning dushmanlariga qarshi qilich va qalqon bo‘lsangiz, kifoya. Ana shunda tepangizdagi rejim hali uni ildizi bilan qo‘porib tashlash uchun harakatga kelmasingizdan oldin qulaydi. Zero, bu rejim sizni ko‘p yaxshiliklar qilishingizga to‘g‘onoq bo‘lyapti, Islomni tatbiq qilishingizga to‘g‘onoq bo‘lyapti, Ummatni birlashtirishingizga to‘g‘onoq bo‘lyapti, Falastinni ozod etib, uning ahliga nusrat berishingizga to‘g‘onoq bo‘lyapti. Bularning barchasi mana shu rejimni qo‘porib tashlash bilan ro‘yobga chiqadi. Shunday bo‘lgach, u bilan bo‘lgan aloqani uzib, Hizb ut-Tahrir bilan aloqa o‘rnating. Hizb sizga Ummatni birlashtiradigan, muborak zaminni va barcha bosib olingan islomiy yerlarni ozod etadigan Islom loyihasini taklif qilmoqda. Bas, Hizb bilan birga bo‘ling va unga nusrat bering! Shoyad Alloh sizlarga g‘alaba-fath bersa yoki O‘z huzuridan bir yaxshilik keltirib, qilgan ishingizdan shodlansangiz hamda Islom adolati, kuch-qudrati va hokimiyati Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati soyasida qayta barpo bo‘lganidan quvonsangiz.

﴿وَلَيَنصُرَنَّ ٱللَّهُ مَن يَنصُرُهُۥٓۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَقَوِيٌّ عَزِيزٌ + ٱلَّذِينَ إِن مَّكَّنَّٰهُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ أَقَامُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَوُاْ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَمَرُواْ بِٱلۡمَعۡرُوفِ وَنَهَوۡاْ عَنِ ٱلۡمُنكَرِۗ وَلِلَّهِ عَٰقِبَةُ ٱلۡأُمُورِ﴾

«Albatta Alloh O‘ziga (ya’ni diniga) yordam beradigan zotlarga nusrat berur, shubhasiz Alloh kuchli, qudratlidir. Ularni (ya’ni musulmonlarni) agar Biz yer yuziga g‘olib qilsak – ular namozni barpo qiladilar, zakotni ado etadilar, ma’rufga buyurib, munkardan qaytaradilar. (Barcha) ishlarning oqibati Allohning (izmidadir)»                                                               [Haj 40-41]

 Hizb ut-Tahrirning

Misr viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.