Netanyaxuning Vashingtonga tashrifi va Trampning G‘azo aholisini ko‘chirish haqidagi bayonotlari

7
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Netanyaxuning Vashingtonga tashrifi va Trampning G‘azo aholisini ko‘chirish haqidagi bayonotlari

Ko‘pchilik uchun kutilmagandek tuyulgan G‘azo va uning aholisini ko‘chirish haqidagi bayonotlarni hisobga olganda, yahudiylar bosh vaziri Netanyaxuning Amerikaga tashrifi va uning 2025 yil 4 fevral, seshanba kuni Tramp bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi ommaviy axborot vositalari va siyosatchilarning katta e’tiborini tortdi. Tramp Oq uyda Netanyaxu bilan bergan qo‘shma matbuot anjumanida shunday dedi: «Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektorini o‘z nazoratiga oladi… Bizning u yerga egalik qilishimiz uzoq muddat davom etishini kutamiz». So‘ng «Falastinliklarning G‘azoda qolishining yagona sababi muqobil yo‘llarning yo‘qligidir», deya qo‘shimcha qildi. Uning hisoblashicha, G‘azo sektori qayta qurilganidan keyin «Yaqin Sharq Riverasiga aylanishi mumkin». So‘ngra, G‘azo aholisini ko‘chirish ishlarida Iordaniya va Misrning ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirib, shunday dedi: «Qirol Abdulloh II va prezident Abdulfattoh Sisiy G‘azo aholisi u yerda tinch yashashlari uchun yer ajratadi».

Bu Amerikaning G‘azoni bosib olib, aholisini ko‘chirish g‘oyasini rad etuvchi xalqaro tanqid va e’tirozlar to‘lqinini hamda ikki davlat yechimini qayta tiklash chaqiriqlari yangrashini keltirib chiqardi. Oq uy Trampning rejasi Amerika tomonidan G‘azoning bosib olinishini va uni qayta qurishni anglatmasligini tushuntirishga shoshildi. Oq uy matbuot kotibasi Kerolayn Livitt chorshanba kuni bergan matbuot brifingida: «Prezident G‘azoga quruqlik kuchlarini yuborish majburiyatini olmadi… Qo‘shma Shtatlar G‘azoni qayta qurish xarajatlarini to‘lamaydi», dedi. Tramp seshanba kuni bergan bayonotlarida G‘azo xavfsizligini ta’minlashga yordam berishi uchun AQSH kuchlarini yuborishi mumkinligini istisno qilmaganidan so‘ng: «Biz kerak bo‘lgan ishni qilamiz, agar kerak bo‘lsa, buni qilamiz», dedi.

2025 yil 5 fevral, chorshanba kuni AQSH davlat kotibi Marko Rubio Trampning pozitsiyasidagi keskinlikni yumshatib, uni oqlab chiqdi. U G‘azo sektori bo‘yicha Tramp ochiqlagan taklifning dushmanona qadam bo‘lishi ko‘zlanmaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu taklif aralashuvni, vayronalarni Sektordan olib tashlashni va vayron bo‘lgan joylarni tozalashni ifodalaydi. «G‘azo qayta tiklanar ekan, odamlar qayerdadir yashashi kerak», deya o‘z so‘zini izohladi u. Keyin, Trampning o‘zi payshanba kuni yahudiy vujudining janglar tugaganidan so‘ng G‘azo sektorini Amerikaga topshirishini aytdi.

2025 yil 7 fevral, juma kuni Tramp Oq uyda Yaponiya bosh vaziri bilan uchrashuvida shunday dedi: «Asosan, Qo‘shma Shtatlar bunga ko‘chmas mulk sarmoyasi sifatida munosabatda bo‘ladi. G‘azo biz uchun ko‘chmas mulk bitimidir. Biz bu sohada investor bo‘lamiz va qandaydir qadamni tashlashda shoshilmaymiz».

Shunday qilib, bir necha kun, hatto soatlar ichida Tramp ma’muriyati va Trampning o‘zi tomonidan bayonotlar o‘zgartirildi. Bu esa, ko‘pchilikni bu holatni qarorlardagi chalkashlik yoki Amerika ichkarisida u amalga oshirayotgan asosiy o‘zgarishlar va istisnolarni yashirish uchun odamlar va ommaviy axborot vositalarini yangiliklar va shovqinli pozitsiyalar bilan ko‘mib tashlash siyosatiga ergashish deb baholashga undadi.

Ammo chalg‘itish yoki odamlarni yangiliklar bilan ko‘mib tashlash masalasi hech qanday faktlarsiz aytilayotgan farazdir. Chunki Amerika jamiyati konstitutsiya, qonun, muassasalar va sud tomonidan boshqariladigan jamiyatdir. Tramp, masalan, konstitutsiya yoki sud tizimini chetlab o‘tolmaydi. Sud tizimi har doim Amerika prezidentlari, shu jumladan Trampning o‘zining qarorlarini bloklash yoki bekor qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Bunday holat so‘nggi kunlarda ham sodir bo‘ldi. Shuningdek, Senat, Vakillar palatasi, Pentagon va nazorat muassasalari Tramp ularni,  (yuqorida aytilgan) faraz egalari aytganidek, osonlikcha chalg‘ita oladigan g‘o‘r va yangi paydo bo‘lgan muassasa va organlar emas. Chalkashlik masalasiga kelsak, to‘g‘ri, insonning o‘z qarorlarida ikkilanib, ba’zilaridan voz kechishini chalkashlik deb ta’riflash mumkin. Ammo bu, agar u oldindan rejalashtirilmagan hamda ehtimol va taxminlardan tashqarida bo‘lsa shunday bo‘ladi. Amerika kabi davlatda bunday bo‘lishi ham ehtimoldan yiroq. Chunki uning reja va dasturlari xodimlar, mutafakkir va siyosatchilar armiyasi tomonidan ishlab chiqiladi.

Kuchliroq ehtimol shuki, Tramp ma’muriyati hukmdorlar, ayniqsa, Misr va Iordaniya hukmdorlari rad etgan ushbu majburiy ko‘chirish uchun zamin tayyorlamoqchi. Boshqacha aytganda, bu «tomirni ushlab ko‘rish» jarayonidir. Ya’ni bu hukmdorlar Trampning bayonotini amalga oshirish, G‘azo aholisini yurtlaridan ko‘chirib, u yerni bo‘shatish va yahudiylarga qo‘shib yuborish uchun odamlarga bosim o‘tkaza olishadimi yoki odamlar bu ikki rejimga qarshi turib, ularning ushbu xiyonatkor qadamni tashlashga yo‘l qo‘yishmasa, buni Tramp munosib deb bilgan boshqa vaqtga qoldirishadimi.

Bu shuni anglatadiki, Tramp ko‘chirish rejasini o‘zi mumkin deb bilgan vaqtda eng kam yo‘qotishlar bilan amalga oshirish uchun o‘z yo‘lida davom etadi. Uning kutishga ham, hozircha tayyorgarlik ko‘rish bilan qanoatlanishga ham e’tirozi yo‘q. U buni quyidagicha ifodaladi: «G‘azo biz uchun ko‘chmas mulk bitimidir. Biz bu sohada investor bo‘lamiz va qandaydir qadamni tashlashda shoshilmaymiz».

Bu yahudiylarni xursand qildi va ularning so‘laklarini oqizdi. Bu rejadan eng ko‘p mamnun bo‘lgan Netanyaxu bo‘ldi. Chunki bu reja yahudiylarning tavrotdagi orzulariga hamda Falastin ahlini ko‘chirish va uni o‘zlari uchun saqlab qolish rejalariga mos kelishidan tashqari, Netanyaxu va uning hukumati uchun qutqaruv chambaragidir. Netanyaxu Amerikaga safari oldidan boshlanishi kerak bo‘lgan muzokaralarning ikkinchi bosqichini Tramp bilan uchrashuvigacha qoldirdi. Vashingtonga safar qilishidan oldin u muzokaralarni qayta boshlash sharti Hamasning G‘azo sektoridan o‘z rahbarlarini olib chiqib ketishga rozi bo‘lishi ekanini e’lon qilgan edi. Tramp bilan uchrashuvida sodir bo‘lgan voqea sodir bo‘lgach, muzokaralarning ikkinchi bosqichiga delegatsiyani yuborishga shoshildi va muzokara shartini unutdi. Chunki Tramp aytgan ko‘chirish masalasi, agar Netanyaxu muzokaralarning ikkinchi bosqichidan keyin urushni boshlamasa, hukumatdan chiqaman deya tahdid qilgan Smotrichni hukumatda qolishga ko‘ndirishi mumkin. Trampning G‘azo aholisini ko‘chirish, Hamasni yo‘q qilish va barcha garovga olinganlarni ozod qilish rejasi Netanyaxu va Smotrichning rejalarini urushga qaytmasdan, Netanyaxu hukumatini qulashga va sudga tortilishga duchor qilmasdan amalga oshirish uchun sovg‘a va yo‘l o‘nidadir.

Shuning uchun biz yahudiy armiyasining Netsarim o‘qidan chekinish kabi kelishuvlarga rioya qilishga qanday qaytganiga guvoh bo‘ldik. Yahudiy armiyasi 2025 yil 9 fevral, yakshanba kuni sulh bitimini amalga oshirish uchun u yerdan chekindi.

Ko‘rinib turibdiki, Trampning urushga qaytmasdan uchta maqsadni amalga oshirish borasidagi rejasi Netanyaxuga yoqdi. Bu (ya’ni, urushga qaytish) Tramp uni ko‘p ham istamaydigan masaladir. Bu haqda Netanyaxu Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. U Trampning g‘oyasini avvaliga ba’zilarga g‘alati tuyulgan, ammo keyinchalik imkonli bo‘lib ko‘ringan va G‘azo muammosi uchun tub yechim bo‘ladigan buyuk g‘oya deb ta’rifladi. Ular endi garovdagilarni ozod qilishning ikkinchi va uchinchi bosqichiga o‘tishni, urushni tugatish uchun muhitni tayyorlashni va Hamasni maydondan chiqarib tashlash choralarini ko‘rishni istashmoqda. Ammo bu ko‘chirish rejasini amalga oshirish bilan birga keladi. G‘azo ahlini siquvga olish jarayoni allaqachon boshlangan. O‘t ochishni to‘xtatish boshlanganidan beri yahudiylar insonparvarlik yordamlari, chodirlar va ko‘chma uylarning kirib kelishiga ruxsat berishni paysalga solishmoqda. Bundan tashqari, suv, oziq-ovqat va tibbiy sharoitlar yetishmaydi. Bu esa maqbul yashash sharoiti ta’minlangan joylarga ko‘chish imkoniyati berilishi evaziga Sektorda yashash va qolish tanlovini, garchi imkonsizga aylantirmasa ham, qiyin ishga aylantiradi. Shunday qilib, Tramp ko‘chirish rejasini e’lon qilishi, shuningdek, Ibrohim kelishuviga, Islomiy yurtlar bilan munosabatlarni normallashtirishga va keyingi to‘rt hafta ichida G‘arbiy sohildagi kengaytirish ishlarini ko‘rib chiqishga va’da berishi bilan Tramp yahudiylarning unga sodiqligini va Netanyaxuning o‘z rejalariga muvofiq yurishini ta’minladi.

Bu ularning rejalari va orzularidir. Lekin musulmonlar bularni qabul qilmaydilar va ularning hammasi Islom Ummatining sabr-matonati qarshisida parchalanadi. Falastin ahlining o‘z yerlariga sodiqligi, 77 yil davomida yahudiylar va ularning ortida turgan barcha mustamlakachi kuchlar qarshisida sabot bilan turishlari Ummatning o‘z hukmdorlari kabi qo‘rqoq emasligining dalilidan boshqa narsa emas. Tramp malay hukmdorlarda hamkorlikni va talablari bajarilishini ko‘rdi. Bunday holatni Ummatda va Falastin ahlida aslo ko‘rmaydi.

Tramp va Netanyaxuning G‘azo va Falastin ahli muqobil tanlov yo‘qligi uchun o‘z yerlariga yopishib olgan deb o‘ylashi uzoqni ko‘ra olmaslik hamda musulmonlarni o‘zlariga va o‘z xalqlariga solishtirishdir. Rosululloh ﷺning Ummati samimiy va sadoqatli o‘g‘lonlari bilan Trampning bayonotlarini va unga tarafdor bo‘lgan hukmdorlarni chang-to‘zonga aylantiradi. So‘ngra muborak zamin o‘z ahli – Islom diyoriga qaytadi. Roshid Xalifalik, Allohning izni ila, yaqinda qaytadi. Allohning izni ila, yahudiylarga qarshi jangning bo‘lishi va yahudiy vujudining zavol topishi yaqindir. Shunda yer yuzi Qudratli Allohning nusrati bilan porlaydi.

Roya gazetasining 2025 yil 12 fevral chorshanba kungi 534-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.