Matbuot bayonoti
Muborak zamin ahli emas, balki yahudiylar ko‘chirilishi kerak
AQSH prezidenti Donald Tramp G‘azodagi muborak zamin ahlini Iordaniya va Misr kabi qo‘shni davlatlarga ko‘chirishga chaqirdi. Buni Misr yoki Iordaniya prezidentlari bilan maxsus uchrashuvda emas, balki ommaviy axborot vositalari qarshisida gapirdi. Chunki Tramp buni Islom Ummati eshitishini va uning tomonidan reaksiya bildirilishini istadi. Hukmdorlarga, imkon bo‘lsa, xalqni bu yangi til biriktiruvni qabul qilishga tayyorlash imkoniyatini berdi. Tramp agar malay hukmdorlarning G‘azo ahlini o‘n besh oy yordamsiz tashlab qo‘yishganini – butun dunyo ko‘rgani kabi – o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmaganda edi, bunday qadamni tashlashga jur’at qilmagan bo‘lardi.
Muborak Falastin zamini Trampning mulki emas. U islomiy xirojiy yer bo‘lib, dengizidan daryosiga qadar butun Islom Ummatining mulkidir. Falastin Umar Foruq roziyallohu anhu tomonidan fath qilingan zamin bo‘lib, to Alloh Taolo yer yuzi va undagi narsalarni meros qilib olguniga qadar shunday bo‘lib qoladi. Darhaqiqat, uni muzaffar qo‘mondon Salohiddin Ayyubiy salibchilardan ozod etgan bo‘lsa, sulton Abdulhamid himoya qilgan edi. Allohning izni ila yaqinda roshid xalifa uni ozod etadi. Yer yuzidagi hech bir kuch Alloh Subhanahu qazo qilib-belgilab qo‘ygan narsani o‘zgartira olmaydi. Zero, Alloh o‘z kalomida buni keskin belgilab qo‘ygan:
﴿ثُمَّ رَدَدۡنَا لَكُمُ ٱلۡكَرَّةَ عَلَيۡهِمۡ وَأَمۡدَدۡنَٰكُم بِأَمۡوَٰلٖ وَبَنِينَ وَجَعَلۡنَٰكُمۡ أَكۡثَرَ نَفِيرًا + إِنۡ أَحۡسَنتُمۡ أَحۡسَنتُمۡ لِأَنفُسِكُمۡۖ وَإِنۡ أَسَأۡتُمۡ فَلَهَاۚ فَإِذَا جَآءَ وَعۡدُ ٱلۡأٓخِرَةِ لِيَسُؤُواْ وُجُوهَكُمۡ وَلِيَدۡخُلُواْ ٱلۡمَسۡجِدَ كَمَا دَخَلُوهُ أَوَّلَ مَرَّةٖ وَلِيُتَبِّرُواْ مَا عَلَوۡاْ تَتۡبِيرً﴾
«So‘ngra (tavba-tazarru qilib o‘zlaringizni o‘nglaganingizdan keyin) Biz sizlarni qaytadan ularning ustiga g‘olib qildik va sizlarga mol-dunyo, bola-chaqa bilan madad berib son-sanoqlaringizni ko‘paytirdik. Agar (shundan keyin) chiroyli amallar qilsangizlar – o‘zlaringizga yaxshilik qilgan bo‘lursizlar. Agar yomon, gunoh amallar qilsangizlar ham o‘zlaringiz uchundir. Bas, qachon keyingi (buzg‘unchilikning) vaqti-soati kelganida, (ular yana) yuzlaringizni qaro qilishlari, avvalgi safar kirganlari kabi Masjidul (Aqso)ga kirishlari hamda o‘zlari egallab olgan (barcha) yerlarni vayron etishlari uchun (yana dushmanlaringizni sizlarning ustingizga yuborurmiz)» [Isro 6-7]
Agar AQSH rahbari mintaqa uchun haqiqiy yechimni va adolatli tinchlikni istayotgan bo‘lsa, yaxshisi, Falastinni bosib olgan yahudiylarni o‘z yurtiga chaqirsin. Islom Ummati esa Amerikaning bunday takabburligiga qarshi turib, kazarmalarida biqsinib yotgan armiyalarini zudlik bilan harakatga kelishga va faqat G‘azo ahlining ko‘chirilishiga qarshi chiqibgina qolmay, balki muborak zaminni butunicha ozod etishga chaqirmog‘i darkor. Biz kuch-qudrat ahlini Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat berishga da’vat qilamiz. Toki, Xalifalik Ummat armiyalarini Aqso masjidiga ilk bor kirganlaridek yana kirib-ozod etishi va u yerda Haq Taoloning
﴿وَقُلۡ جَآءَ ٱلۡحَقُّ وَزَهَقَ ٱلۡبَٰطِلُۚ إِنَّ ٱلۡبَٰطِلَ كَانَ زَهُوقٗا﴾
«Ayting: haqiqat (Islom) keldi va botil (kufr) o‘chib-yo‘q bo‘ldi. Chunki botil yo‘q bo‘lguvchidir»
[Isro 81]
oyati jaranglashi uchun safarbar qiladi.
Hizb ut-Tahrirning Amerikadagi
matbuot bo‘limi