Ey Islom Ummati, ko‘chirishmi yoki ozod qilishmi?!

10
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey Islom Ummati, ko‘chirishmi yoki ozod qilishmi?!

Amerika tog‘uti Tramp 2025 yil 4 fevral seshanba kuni qonxo‘r Netanyaxu bilan bergan matbuot anjumanida «Qo‘shma Shtatlar G‘azo ustidan nazoratni o‘z qo‘liga oladi, biz uni birgalikda rivojlantiramiz», dedi. Keyin «vayron bo‘lgan G‘azoni Yaqin Sharq Riviyerasiga aylantiramiz», deya qo‘shimcha qildi. Tramp G‘azo ahlini ko‘chirish haqidagi oldingi bayonotlarini takrorlab, Misr va Iordaniyaning bu masalada unga qarshi tura olmasligiga ishora qildi: «Misr va Iordaniya G‘azodan bitta ham aholini qabul qilmasliklarini aytgandilar, men albatta buni qilasizlar, deb aytdim». Xo‘jayinlarining amriga bo‘ysunuvchi malay va rasvo hukmdorlarning ahvoli shunday.

Tramp Falastin ahliga shunday bir falokat bilan tahdid qilmoqdaki, bu 48 yilgi nakba (fojia)dan ham, 67 yilgi nakbadan ham yomon. U Falastin go‘yo uning tomorqasidek yoki Amerikadagi shtatlardan biridek takabburlik bilan gapiryapti.

Shunday qilib, musulmonlar Falastin masalasi Amerika va boshqa kofir davlatlar qo‘liga o‘tishi bilan qay darajada yomonlashganini guvohi bo‘lmoqdalar.

Ey musulmonlar, ey muborak zamin ahli!

Falastin masalasini Islomdan va Ummatdan tortib olib, Amerika va to‘rtlik qo‘mitasiga topshirib, xalqaro rezolyutsiyalarga garov qilib qo‘yish ushbu masalasini yo‘q qilishdan boshqa oqibatga olib bormaydi. Alloh Taolo bizni ogohlantirgan haqiqat mana shu. Shuning uchun U bizga nido qilib, bunday dedi:

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِن تُطِيعُواْ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ يَرُدُّوكُمۡ عَلَىٰٓ أَعۡقَٰبِكُمۡ فَتَنقَلِبُواْ خَٰسِرِينَ + بَلِ ٱللَّهُ مَوۡلَىٰكُمۡۖ وَهُوَ خَيۡرُ ٱلنَّٰصِرِينَ﴾

«Ey mo‘minlar, agar kofirlarga itoat qilsangiz, sizni ortingizga (kufrga) qaytaradilar, bas, ziyon ko‘rguvchilarga aylanib qolasiz. Yo‘q, (ular sizlarning do‘stingiz emas, balki) Alloh xojangizdir va U nusrat beruvchilarning eng ustasidir»                                                                                [Oli Imron]

Falastin masalasi va Aqso masjidini malay rejimlarga va Falastindagi xoin ma’muriyatga garov qilib berish, shubhasiz, yahudiy vujudiga omon qolish va o‘z aholi punktlarini kengaytirish imkonini berdi, shuningdek, sizni qirg‘in qilish va tuprog‘ingizdan ko‘chirib chiqarishi uchun qulaylik yaratdi. Bas, hukmdorlarning ko‘chirishga rozi bo‘lmasliklari to‘g‘risidagi soxta bayonotlariga aldanib qolmang. Chunki bu hukmdorlarning barchasi jinoyatga sherikdirlar. Kim G‘azoning vayron qilinishiga rozi bo‘lsa, ko‘chirishga ham rozi bo‘ladi. Axir, ular xoinlik va malaylikka botib, ushbu tuproqdan voz kechishgan bo‘lsalar-u, nega ko‘chirishga rozi bo‘lishmasin?! Mudom, Falastin masalasi Islomga va Islom Ummatiga qaytarilmas ekan, mudom, islomiy armiyalar malay rejimlarni ag‘darish va Rosululloh ﷺning Isro maskanlarini ozod etish sari jihod boshlamas ekan, Falastin ham, musulmon yurtlari ham Amerika, yahudiylar va malay hukmdorlar qo‘lida yo‘q bo‘lib ketaveradi.

Ey musulmonlar!

Trampning Falastin, Kanada, Panama, Xitoy va boshqa davlatlarga nisbatan bayonotlaridan kapitalist tog‘utlarning nimani o‘ylashayotgani ochiq ko‘rinib turibdi. Ular uchun olam manfaat va daromaddan o‘zga narsa emas! Kapitalistik sistemaning asl mohiyati mana shu. Butun G‘arb shu asosda fikrlaydi. Kapitalistik sistema manfaat va xudbinlikka asoslangan bo‘lib, faqat shunday rahbarlarni yetishtirib chiqaradi. Mustamlaka qilgan davlatlarida etnik tozalash o‘tkazganlar ham, insoniyatga qarshi qirg‘in va tajovuzlarni sodir etganlar ham mana shu sistema rahbarlaridir.

Bugungi kunda butun olam kapitalizm zulmi va kufr zulmatida yashamoqda. Uni Xalifalik davlati qutqarmagunicha shunday zulmatda qolaveradi. U mana shunday kuchli Xalifalik davlati yo‘q bo‘lgani sababli ham ikkita Jahon urushini boshdan kechirdi, bu urushlarda 100 million inson halok bo‘ldi. Haligacha mustamlakachilarning qirg‘in mashinasi turli shaklda va ko‘plab uslublarda ishlab turibdi. Afrikada 20 milliondan ziyod qochqin bor. Ular ochlik, kasallik hamda G‘arb davlatlari boshqarayotgan kurashlar sababli halokatga yuz tutmoqdalar. Bugun olam ekin va nasllarni qurituvchi qirg‘inbarot urushlar bo‘sag‘asida turibdi.

Bugungi kunda butun olam Muhammad ﷺning Ummatiga muhtoj. Chunki insoniyatni qutqarishga qodir yagona ummat Islom Ummatidir. Zero, butun olamlar Parvardigorining risolasi bizning qo‘limizda. Zulmatlarni tarqatadigan, odamlarning tang-baxtsiz hayotlarini yaxshilaydigan ushbu risola Allohning butun olamga rahmati bo‘lgan Islom shariatidir.

Ey musulmon yurtlaridagi qo‘shinlar, ey zobit va harbiylar!

Allohning zikriga va nozil bo‘lgan haqqa bo‘ysunish vaqti kelmadimi?! Sizga va Ummatingizga turli xorliklarni tottirayotgan hukmdorlarni taxtdan ag‘darib, qadr-qimmatingizni tiklash vaqti kelmadimi?! Ummatingiz Muhammad ﷺ Ummati bo‘lib, butun insoniyatni qutqarishga qodir ekanini anglamoq vaqti kelmadimi?! Amerikani quvib solishga, Quddusni ozod etib, odamlar o‘rtasida adolat o‘rnatishga qodir insonlar siz ekaningizni anglamoq vaqti kelmadimi?!

Alloh Taoloning ushbu nidosiga javob bermog‘ingiz vaqti kelmadimi:

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَا لَكُمۡ إِذَا قِيلَ لَكُمُ ٱنفِرُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ ٱثَّاقَلۡتُمۡ إِلَى ٱلۡأَرۡضِۚ أَرَضِيتُم بِٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا مِنَ ٱلۡأٓخِرَةِۚ فَمَا مَتَٰعُ ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا فِي ٱلۡأٓخِرَةِ إِلَّا قَلِيلٌ + إِلَّا تَنفِرُواْ يُعَذِّبۡكُمۡ عَذَابًا أَلِيمٗا وَيَسۡتَبۡدِلۡ قَوۡمًا غَيۡرَكُمۡ وَلَا تَضُرُّوهُ شَيۡ‍ٔٗاۗ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءٖ قَدِيرٌ﴾

«Ey mo‘minlar, sizga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida (jihodga) chiqinglar, deyilsa, o‘z yeringizga (ya’ni yurtingizga) yopishib oldingiz?! Oxirat (ne’matlari)dan yuz o‘girib, hayoti dunyo (lazzatlari)ga rozi bo‘lurmisiz?! Oxirat oldida bu dunyo matosi juda oz narsa-ku?! Agar (jihodga) chiqmasangiz, (Alloh) sizni alamli azob bilan azoblaydi va o‘rningizga boshqa bir qavmni keltiradi. Sizlar esa Unga biron ziyon yetkaza olmaysiz, Alloh hamma narsaga qodirdir»                                                          [Tavba 38-39]

Ey Rosululloh ﷺning insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummati!

Falastin ahli bugun qirg‘in bilan ko‘chish o‘rtasida qoldi. Shu bois sizning oldingizda ozod qilish uchun safarbar bo‘lishdan boshqa variant yo‘q. Ya’ni o‘zingizni tog‘ut hukmdorlar va G‘arb malaylaridan ozod qilib, qo‘shinlaringiz bilan birga Quddusni ozod etish va uni bosqinchilar iflosligidan poklash sari yurish qiling. Bu malay hukmdorlarni ag‘darishda qanchalik sekinlik va ikkilanishga yo‘l qo‘ysak, buning to‘lovini qonimiz, o‘g‘lonlarimiz va mollarimiz bilan to‘lashda davom etaveramiz!

Islom sizga insoniyatdan javobgarlikni yuklagan ekan, bu narsa bor kuchingiz bilan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etishni hamda musulmonlar yurtlarini birlashtirib, insoniyatga dushmanlik qilayotgan kapitalizm va AQSHga qarshi turishni buyuradi.

Hech shubha yo‘qki, Allohga bo‘lgan chin iymon va tavakkal, shuningdek, shayton va uning do‘stlari bilan bo‘lgan barcha aloqalarni uzish bizni Alloh Taoloning nusratiga loyiq qiladi.

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِن تَنصُرُواْ ٱللَّهَ يَنصُرۡكُمۡ وَيُثَبِّتۡ أَقۡدَامَكُمۡ﴾

«Ey mo‘minlar, agar sizlar Allohga yordam bersangizlar (ya’ni Uning yo‘lida jihod qilsangizlar), U zot ham sizlarga yordam berur va jang maydonida qadamlaringizni sobit-barqaror qilur»

                                                                                                [Muhammad 7]

Agar Alloh bizga nusrat bersa, hech kim bizdan g‘olib kelolmaydi:

﴿إِن يَنصُرۡكُمُ ٱللَّهُ فَلَا غَالِبَ لَكُمۡۖ وَإِن يَخۡذُلۡكُمۡ فَمَن ذَا ٱلَّذِي يَنصُرُكُم مِّنۢ بَعۡدِهِۦۗ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلۡيَتَوَكَّلِ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ﴾

«Agar sizlarga Alloh nusrat bersa, hech kim sizlardan g‘olib bo‘lmas. Va agar sizlarni yordamsiz qo‘ysa, Undan o‘zga hech bir zot yordamchi bo‘lmas. Iymon keltirgan zotlar Allohning o‘zigagina suyansinlar!»            [Oli Imron 160]

Ibratlanishingiz uchun mo‘g‘ul tatarlarning o‘zi yetarli. Ular millionlab insonni qirib tashlashdi, biroq Ayn-Jolut jangida sodiq mo‘minlarning qat’iyati va e’tiqodi tufayli mag‘lubiyatga uchrab, quladilar.

Qudrati ulug‘ Robbimizga bo‘lgan ishonchimiz, Alloh O‘z Kitobi va vahiysini omonat qilgan Ummatimizga bo‘lgan ishonchimizdan alohida emas. Shu bois Amerikaning qudrati va zo‘ravonligidan qo‘rqmang. Esingizda bo‘lsinki, Alloh hamma narsadan ustundir va Uning qudrati siz bilan va sizni qo‘llab-quvvatlaydi. Shunday ekan, ey kuchli mo‘minlar, turing, haqni baralla ayting, Alloh yo‘lida malomatchining malomatidan qo‘rqmang, malay hukmdorlarni ag‘daring va orangizda dinni barpo qiluvchi xalifaga bay’at qiling. Alloh Taoloning O‘z dinini g‘olib qilish haqidagi va’dasi albatta ro‘yobga chiqadi:

﴿هُوَ ٱلَّذِيٓ أَرۡسَلَ رَسُولَهُۥ بِٱلۡهُدَىٰ وَدِينِ ٱلۡحَقِّ لِيُظۡهِرَهُۥ عَلَى ٱلدِّينِ كُلِّهِۦ وَلَوۡ كَرِهَ ٱلۡمُشۡرِكُونَ﴾

«U O‘z Rosulini hidoyat va haq din bilan – garchi mushriklar istamasalar-da – barcha dinlardan g‘olib qilish uchun yuborgan zotdir»                        [Saf 9]

Tamim Doriy roziyallohu anhu bunday rivoyat qiladi: men Rosululloh ﷺning bunday deganlarini eshitgandim:

«لَيَبْلُغَنَّ هَذَا الْأَمْرُ مَا بَلَغَ اللَّيْلُ وَالنَّهَارُ, وَلاَ يَتْرُكُ اللَّهُ بَيْتَ مَدَرٍ وَلاَ وَبَرٍ إِلاَّ أَدْخَلَهُ اللَّهُ هَذَا الدِّينَ بِعِزِّ عَزِيزٍ أَوْ بِذُلِّ ذَلِيلٍ, عِزًّا يُعِزُّ اللَّهُ دِينَ الْإِسْلَامِ, وَذُلاًّ يُذِلُّ بِهِ الْكُفْرَ»

«Bu ish kecha va kunduz yetib borgan joygacha yetib boradi. Alloh bironta ham o‘trog‘u ko‘chmanchining uyini qoldirmasdan unga bu dinni azizning azizligi yoki xorning xorligi bilan kiritadi. Azizlikki, u bilan Alloh Islom dinini aziz qiladi. Xorlikki, u bilan Alloh kufrni xor qiladi».

Allohim, bu yaxshilikni bizdan yetkazgin va musulmonlarning qalbini ung ochib ber va O‘z dargohingdan bir madadkor sulton ato qilgin. Olamlar Parvardigori Allohga hamd bo‘lsin.

Hizb ut-Tahrir                                                               07 sha’bon 1446h

Muborak Falastin zamini                                              06 fevral 2025m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.