Bizni qirg‘in qilish uchun sarflangan pulni nega to‘lashimiz kerak?!

11
0

Matbuot bayonoti

Bizni qirg‘in qilish uchun sarflangan pulni nega to‘lashimiz kerak?!

«Financial Times» gazetasiga bergan intervyusida Suriya tashqi ishlar vaziri hukumatning Asaddan keyingi Suriya haqidagi qarashlarini oshkor qilib, mamlakatning «yordam evaziga yashashini istamasligi»ni, yechim AQSH va Yevropa sanksiyalarini yumshatishda ekanini ta’kidladi. U hukumatning qo‘zg‘olonni eksport qilish yoki boshqa davlatlar ishlariga aralashish rejasi yo‘qligini aytdi. Bu bayonotlar tashqi siyosatdagi tub o‘zgarishlardan darak beradi. Tashqi ishlar vaziri o‘z intervyusida davlat portlari va zavodlarini xususiylashtirish, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish niyati haqida gapirib o‘tdi. Uning qayd etishicha, Suriya oldida turgan eng muhim muammolardan biri Asadning sobiq ittifoqchilari Eron va Rossiyadan bo‘lgan 30 milliard dollarlik qarzdir.

Ha, Shom ahli qo‘zg‘olon yillari davomida Eron tomonidan turli xil zulmlarga duchor bo‘lib, uning jinoyatlari, qirg‘inlari va har xil shafqatsizliklarini totib keldi. Eron mazhabparastlikdan foydalanib, Shom qo‘zg‘oloni va uning xolis o‘g‘lonlarini yo‘q qilishda yetakchi rol o‘ynadi. Qo‘zg‘olon asnosida qo‘zg‘olonchilardan ko‘pchiligini o‘ldirdi va ko‘plab qirg‘inlarni sodir etdi. O‘zining mazhabparast forsiy loyihasini tiqishtirib, uni tatbiq qilish yo‘lida ho‘lu quruqni ayovsiz yoqdi. Qo‘zg‘olonimizga yakun yasashga va bizni qonxo‘r rejim ostiga qaytarishga urindi. Biroq urinishlari chippakka chiqib, sarflagan mollariyu harakatlari o‘ziga balo bo‘ldi. Eron ortidan Islom va musulmonlarni qattiq yomon ko‘ruvchi Rossiya keldi. U qo‘zg‘olonni halokatli havo zarbalari va bor kuchi bilan bostirishga harakat qilib, qirg‘in ketidan qirg‘in sodir etdi. Biroq, Allohning inoyati bilan barcha tazyiq va tuzoqlari o‘zining ustiga tushib, oxir-oqibat barcha urinishlari besamar ketdi.

Ey Shom ahli!

Bular Rossiya bilan Eron jinoyatlaridan ayrimlari, xolos. Bu kabi qotillarga hech narsa to‘lanmaydi. Aksincha, Shom ahliga qarshi qilgan shuncha jinoyatlari uchun ulardan tovon talab qilinib, ularga nisbatan aniq dushmanona munosabatda bo‘lish kerak. Bizdan juda ko‘pchilikni qirg‘in va quvg‘in qilgan bu jinoyatchilar qilgan ishlari uchun tovon to‘lashlari kerak. Bizni qattiq yomon ko‘ruvchi bu jinoyatchilarni bizda hech qanday haqlari yo‘q. Binobarin, ular hisob berishlari, javobgarlikka tortilishlari va qo‘ygan tuzoqlarining azobini totib ko‘rishlari kerak.

Bular siyosiy maydonda javobgarlikka tortilishi kerak. Ularning sarflagan pullari o‘zlarining huquqlarining emas, balki sodir etgan jinoyatlarining dalilidir. Ularning ustimizda haqlari borligini tan olish, ularning jinoyatlariga zimdan qonuniylik tusini berish demakdir.

Ulardan zudlik bilan hisob so‘rash lozim. Birinchi hisob-kitob Shom yurtidan hammalarini bazalari bilan qo‘shib quvib chiqarishdan iborat.

Ular sarflagan mablag‘lar qo‘zg‘olonimizni yo‘q qilish va bizni qirib tashlash uchun sarflangan.

Ushbu jinoyatchilar va til biriktiruvchi davlatlarga qarshi kurash yo‘li – yon berish va ularga tilyog‘lamalik qilish emas, aksincha, islomiy e’tiqodimiz bizga buyurgan qat’iy va mafkuraviy pozitsiyada turishdir. Shuningdek, mamlakatni mudofaa qilish uchun yadrosi xolis mujohidlardan tashkil topgan kuchli armiyani bunyod etmoq ham lozim. qo‘zg‘olonning sodiq farzandlarining kuch-g‘ayrati Ummat xizmatiga safarbar qilinishi uchun ana o‘shalarga tayanish kerak. Zero, ular qurbonlik va fidoiylikning haqiqiy namoyandalaridir.

Bizning vazifamiz Shom qo‘zg‘olonining asosiy tamoyillarini mustahkamlash hamda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali Alloh Taoloni rozi qilish va U zotning shariatini qoim qilishdir. Faqat shu yo‘l bilangina muammolarimizning yagona, haqiqiy va yakuniy yechimiga erishib, Alloh Taoloning marhamatini qozona olamiz. Zero, u hiyla qiluvchilarning tuzog‘iga qarshi bizning yagona suyanchimizdir.

 Hizb ut-Tahrirning

Suriya viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.