Arab davlatlari yetakchilari Ummatga xiyonat qilish va uning muammolariga e’tibor bermaslik uchungina to‘planishadi

8
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Arab davlatlari yetakchilari Ummatga xiyonat qilish va uning muammolariga e’tibor bermaslik uchungina to‘planishadi

Ustoz Mahmud Laysiy

Hizb ut-Tahrirning Misr

viloyatidagi matbuot bo‘limi a’zosi

2025 yil fevral oyi boshida G‘azodagi so‘nggi o‘zgarishlar va Falastin masalasini muhokama qilish uchun Qohirada uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Iordaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya, Qatar va Misr tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, Falastin Ozodlik tashkiloti ijroiya qo‘mitasi bosh kotibi va Arab davlatlari ligasi bosh kotibi ishtirok etdi. Bu uchrashuv Misr va Qatar vositachiligida, Amerika qo‘llab-quvvatlovi ostida G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va asirlar almashinuvi kelishuvi ortidan bo‘lib o‘tdi.

Bunday uchrashuvlar Falastin masalasi jarayonida haqiqiy o‘zgarishlarga olib kelmaydi. Aksincha, bosqinchi vujud bilan munosabatlarni normallashtirish siyosatlarini amalga oshirish va mintaqada uning mavjudligini mustahkamlash uchun o‘tkaziladi. O‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi va bu boradagi xalqaro sa’y-harakatlarni olqishlash bosqinchilikning davom etishiga so‘zsiz rozi bo‘lishni, shuningdek, haqiqiy yagona yechim Falastinni ozod qilish ekanligini e’tiborsiz qoldirishni aks ettiradi. Atrofdagi yurtlarning vazifasi armiyalarni safarbar qilish, ushbu jirkanch vujudni ildizi bilan qo‘porib tashlash va bunga to‘sqinlik qiladigan yurtlarimizdagi malay rejimlarni qulatishdan iborat.

G‘azoda Falastin ma’muriyatiga vakolat berishga va uni qayta qurishga chaqirish Falastin ahlini va Ummatni aldash hamda uning masalalariga loqaydlik qilishdir. Bular bosqinchining qolishini mustahkamlaydigan va uni yana-da ko‘proq qirg‘in va vayronagarchiliklarni qilishga chorlaydigan, shuningdek, mavjud vaziyatni o‘zgarishsiz saqlab qoladigan qadamlardir. Bu xalqaro tizim tomonidan qabul qilingan ikki davlat yechimiga chaqirishdir. Shuningdek, bu haqdorlarning huquqlarini tiklamaydi, aksincha, yahudiy vujudini islomiy yerlarni bosib olgan holda ushlab turadi va unga malay rejimlar homiyligida qonuniylik beradi.

Arab davlatlarining bunday uchrashuvlari va xalqaro doirada o‘tkazilgan uchrashuvlar, har qancha ko‘p bo‘lmasin, huquqlarni tiklamaydi va yerni ozod qilmaydi. Aksincha, ular munosabatlarni normallashtirish siyosatlarini amalga oshirish va musulmonlar huquqlaridan voz kechish uchun bir niqob bo‘lib, ulardan yaxshilikni umid qilmaslik kerak.

Bunday yig‘ilishlar xalqlarni tinchlantirishga va ularni Falastin masalasini hal etish uchun harakat qilinmoqda, degan yolg‘onga ishontirishga qaratilgan siyosiy o‘yinlardan boshqa narsa emas. Haqiqat shuki, bunday uchrashuvlar hozirgi voqelikni mustahkamlash, yirik davlatlar manfaatlarini himoya qilish hamda yahudiy vujudining saqlanib qolishini va uning mintaqaga integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi.

G‘azoni qayta qurishga chaqirish Falastinni ozod qilish uchun qilinadigan jiddiy harakatning o‘rnini bosolmaydi. Chunki uni ozod etmasdan qayta qurish yarani qon ketgan holda ushlab turadigan shunchaki og‘riq qoldiruvchi vositadir. U bosqinchiga nafas rostlab olish va o‘zining tajovuzkor siyosatini davom ettirish imkoniyatini beradi.

Biz Islom Ummatini bunday uchrashuvlarni va ular tomonidan qabul qilingan qarorlarni rad etishga, shuningdek, Falastinni to‘liq ozod etib, bosqinchi vujudni yo‘q qilishga qaratilgan haqiqiy islomiy loyihani qabul qilishga chaqiramiz. Bunga faqat Islomiy Xalifalikni barpo etish va musulmon armiyalarni Allohning yo‘lida jihod qilishga safarbar qilish orqali erishiladi.

Falastin masalasi islomiy masala bo‘lib, uni ozod etish har bir musulmonning shar’iy burchidir. Falastin masalasiga milliylik va mustamlakachi chizgan Sayks-Piko chegaralari asosida qaralmaydi (zero, mustamlakachi yahudiy vujudini yurtlarimiz ustidan Amerikaning gegemonligini saqlab qoladigan, islomiy yurtlarning birlashishiga to‘sqinlik qiladigan hamda Ummat nazarida mustamlakachining o‘rniga asosiy dushman bo‘ladigan o‘zining ilg‘or bazasi sifatida o‘rnatib qo‘ygan). Aksincha, muborak zaminga Islom nuqtayi nazaridan va Islom aqidasi asosida qaralmog‘i darkor. Islom aqidasi butun Islom yurtlarini bitta yurt sifatida ko‘radi. Agar dushman bu yurtning qaysidir bir yeriga tajovuz qilsa, iymondan keyin uni himoya qilishdan vojibroq narsa yo‘qdir. Bu vojib avvalo o‘sha yer ahli zimmasiga tushadi. Agar ular bilan kifoya hosil bo‘lmasa va ular dushmanni daf eta olmay o‘sha yer bosib olinsa, kifoya hosil bo‘lguniga yoki vojib butun yerni qamrab olguniga qadar, vojib eng yaqindagilarga, so‘ng ulardan keyingi yaqindagilarga ko‘chadi. Misr va uning armiyasiga ayni shu narsa vojibdir. Chunki ular eng yaqindagilar bo‘lib, buni qilishga qodir va loyiqdirlar. Kosoniy «Badoius Sanoi’» kitobida aytadi: «Agar chegara ahli kofirlarga qarshilik ko‘rsatishga ojizlik qilsa va ular uchun dushman tomonidan xavf tug‘ilsa, ularga darhol yordam ko‘rsatish, ularni qurol-yarog‘, ot-ulov va pul bilan ta’minlash, eng yaqindagi, so‘ng undan keyingi eng yaqindagi musulmonlar zimmasiga tushadi. Aytib o‘tganimizdek, ularga yordam ko‘rsatish jihod ahli bo‘lgan barcha kishilarga farzdir. Agar ba’zi kishilar bilan kifoya hosil bo‘lsa, jihod ahli bo‘lgan barcha kishilardan farz soqit bo‘ladi va agar kifoya hosil bo‘lmasa, soqit bo‘lmaydi».

Ey Kinona armiyasidagi sodiq kishilar: hukmdorlaringiz yahudiy vujudini saqlab qolishda amalda ishtirok etmoqda. Ularning bunday qilishi hayron qolarli ish emas. Chunki Islom yurtlari markazida bu majruh vujudni yaratishga yordam berganlar aynan ulardir. Ammo haqiqatdan hayron qolarli ish sizlarning pozitsiyangizdir ey armiya vakillari. Birodarlaringiz qo‘yday so‘yilayotganda, nega siz hamon o‘zingizni tiyib turibsiz? Nega siz haligacha bitta Ummat farzandlarini bo‘lib, parchalagan Sayks-Piko chegaralariga mahkam yopishib oldingiz? Har qanday musulmonga qarshi ochilgan urushni butun musulmonlarga qarshi ochilgan urushga aylantiradigan Islom tushunchalari qayerda qoldi? Bas, o‘zingizdan malay hukmdorlar kishanlarini olib tashlang va Islomni tatbiq etish uchun xolis harakat qilayotganlar bilan birga bo‘ling. Toki, siz orqali Islom Alloh xohlagan va sizdan rozi bo‘lgan tarzda hokimiyatga kelsin. Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni e’lon qiling. Shunda siz Uning ansorlari bo‘lasiz va butun Falastinni, bosib olingan butun Islom zaminlarini ozod etish sari Xalifalikni harakatga keltirib, ansorlar erishgan sharafga erishasiz. Ey Parvardigor, Sendan Ummat, uning yetakchi hizbi va hazoriy loyihasi uchun rejimlarni yo‘q qilib, Ummat hukmronligini qayta tiklash ustida bay’at beradigan ansorlarni chiqarib berishingni so‘rab qolamiz.

﴿ٱنفِرُواْ خِفَافٗا وَثِقَالٗا وَجَٰهِدُواْ بِأَمۡوَٰلِكُمۡ وَأَنفُسِكُمۡ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِۚ ذَٰلِكُمۡ خَيۡرٞ لَّكُمۡ إِن كُنتُمۡ تَعۡلَمُونَ﴾

«(Ey mo‘minlar), xoh yengil, xoh og‘ir holingizda (ya’ni, istasangiz, istamasangiz jihodga) chiqingiz va molu jonlaringiz bilan Alloh yo‘lida jihod qilingiz! Agar bilsangizlar, mana shu o‘zlaringiz uchun yaxshiroqdir»                                                                                                     [Tavba 41]

Roya gazetasining 2025 yil 12 fevral chorshanba kungi 534-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.