Agar bitta xalifamiz bo‘lganda edi Tramp ustimizdan hukmronlik qilolmasdi

28
0

Matbuot bayonoti

Agar bitta xalifamiz bo‘lganda edi Tramp ustimizdan hukmronlik qilolmasdi

Agar hukmdorlarimiz xoinlik qilishmaganda edi yahudiy vujudi mavjud bo‘lmas edi

Islomiy yurtlar hukmdorlarining pozitsiyasi hamda ularning siyosiy doiralarining va hukmdorlar haqqiga hamdu sano aytuvchi gumashtalarining pozitsiyasi aksar musulmonlar pozitsiyasidan butunlay teskari ekanligini hamda musulmonlar qalblari o‘z hokimiyatlarini qayta barpo qilishga umid bilan to‘laligini AQSH va Yevropadagi kufr boshliqlari va ularning quroli bo‘lgan yahudiylar yaxshi bilib turibdi. Tez orada bu mamlakatlar Alloh Taoloning amrlariga musulmonlarning qanday javob qaytarganiga, kofirlarning dunyo bo‘ylab qilgan zulm va qirg‘inlariga qanday javob qilganiga, ular tomonidan yana-da ko‘proq yerlar bosib olinib, boyliklari talon-toroj qilinishiga qarshi qanday tik turishlariga guvoh bo‘ladilar. Trampning takabburligi ochiq ko‘rinib turganidek, Amerikaning Allohning g‘azabiga uchragan yahudiylarni qo‘llab-quvvatlayotgani ham yaqqol ko‘rinib turibdi. Yevropalik salibchilar qalbidagi musulmonlarga nisbatan yashirin nafrat yanada to‘lib-toshgan. Trampning G‘azo aholisini ko‘chirish haqidagi talabi ham, yahudiylarning Yahudo va Samariya deb atashgan yerlarni qo‘shib olish uchun sekin-asta ko‘chirish maqsadida G‘arbiy Sohilda olib borayotgan urushi ham, Yevropa Ittifoqi tomonidan ilgari surilgan ikki davlat yechimi ham, bularning barchasi bitta maqsadga, ya’ni falastinliklarni o‘z yerlaridan haydashga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda Islom Ummatining birinchi raqamli dushmani bo‘lgan Amerika davlatining yolg‘onlari, adashtirishlari, xoinlik va dushmanliklariga chek qo‘yish vaqti keldi! Bu davlat Ummatga do‘st ham, hamkor ham, ittifoqchi ham emas, lekin malay hukmdorlar buni tushunmaydilar. Amerika bilan shunday asosda, har qanday darajada muomala va munosabatda bo‘layotgan har bir davlat uning gunohiga va tajovuzlariga sherikdir. Birinchi raqamli dushmandan yana biri bor. Ilonning boshi bo‘lgan bu davlat avvalo Falastinga yahudiy vujudini o‘rnatib, so‘ng uni malay va xoin hukmdorlar bilan qo‘llab-quvvatlagan Britaniyadir.

G‘azo aholisining ko‘chirilishini rad etib kelayotgan Iordaniya ahlining Iordaniya rejimi tomonidan boshidan beri dushmanlarga taqdim etib kelinayotgan yon berishlarni himoya qilishi qabul qilib bo‘lmas ishdir. Bu yon berishlar avvallari Falastin ahlini yetaklaganidek, Iordaniyani ham, uning xalqini ham zaiflik va xorlikka olib keldi. Qabul qilib bo‘lmas ishlardan yana biri, Tramp o‘z bayonotlari bilan Iordaniya rejimining mavjudligiga qattiq tahdid qila boshlaganda, bu rejim Iordaniya ahlidan o‘zini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishlarini talab qilishi bo‘ldi. Holbuki, ularni shunday tang-baxtsiz, xoru zor ahvolga olib kelgan mana shu rejimdir. Aynan shu rejim saboq olish o‘rniga hamon Amerika va yahudiy vujudi bilan munosabatlarni yaxshilashni orzu qilmoqda. Rejim rahbari AQSHga safari oldidan odatdagidek maslahatlashish va ko‘rsatmalar olish uchun Britaniyaga safar qildi. Hozir u Tramp va Amerika ma’muriyatining turli muassasalari bilan uchrashmoqda. Iordaniya tashqi ishlar vazirligi buni uyalmasdan «ittifoq va do‘stlik», deb atadi. Iordaniyaga qarshi tahdidlar ochiq-oydin ekan, Iordaniya xalqi o‘z yurishlarida urush va harbiy qarama-qarshilikka tayyorligini bildirar ekan, yahudiylar Iordaniya qo‘shinlarining zaifligini masxara qilayotgan ekan, mana shunday bir paytda, bunday bema’ni munosabatlarni davom ettirishdan foyda bormi?!

ul zotga Ummat dushmanlari tishlarini qayrab, yahudiy vujudi bilan gumonga o‘rin qolmaydigan darajada til biriktirib, uni qo‘llab-quvvatlashini oshkora aytganlaridan keyin, o‘rningizdan turib, yovuz kuchlar bilan to‘qnashuvga tayyor ekanligingizni bildirgan bo‘lsangiz ham, rejimning mamlakatda AQSH kuchlarining mavjudligi, u bilan tuzgan o‘zaro mudofaa shartnomalari hamda Vodiy Araba kelishuvlari bilan maqtanishi haqiqatdan ham hayratlanarlidir. Bularning barchasi rejimning yolg‘onchiligini, dushman bilan tili birligini, hatto uning yaqin doiralari, jumladan yozuvchilar, deputatlar, mulozim va partiyalarning ham tili birligini ko‘rsatib turibdi. Chunki ularning barchasi sizni chalg‘itib, rejimning mamlakatni dushmanga qo‘sh-qo‘llab topshirganini sizga chiroyli qilib ko‘rsatishyapti. Bas, sizning talab va manfaatlaringiz bu rejimnikidan butunlay boshqa. Rejim dushmanlar bilan bo‘lgan aloqasining og‘ir oqibatlarini sizning ustingizga yuklayapti. Holbuki, bugungi bir vaziyatda bu rejimning vazifasi, eng katta dushmanni uyiga borib ziyorat qilish o‘rniga, o‘z armiyasini yahudiylarga qarshi sharafli jang sari safarbar etishdan iborat edi.

Ey Iordaniya ahli, ey Islom Ummati!

Sizning dushmanlar bilan aloqalaringiz qanday bo‘lishi kerakligi Islomda ochiq belgilab berilgan, Iordaniya tuprog‘ining o‘rni ham Qur’onda Alloh Taoloning

﴿سُبۡحَٰنَ ٱلَّذِيٓ أَسۡرَىٰ بِعَبۡدِهِۦ لَيۡلٗا مِّنَ ٱلۡمَسۡجِدِ ٱلۡحَرَامِ إِلَى ٱلۡمَسۡجِدِ ٱلۡأَقۡصَا ٱلَّذِي بَٰرَكۡنَا حَوۡلَهُ﴾

«(Alloh) bir kecha, O‘z bandasini – unga oyat-mo‘jizalarimizdan ko‘rsatish uchun Masjidul Haromdan Biz atrofini barakotli qilib qo‘ygan Masjidul Aqsoga Isro (sayr) qildirgan (barcha aybu nuqsondan) pok zotdir»      [Isro 1]

degan kalomi bilan belgilab qo‘yilgan. Demak, Iordaniya tuprog‘i ham Alloh tomonidan barakotli qilib qo‘yilgan va Aqso masjidi atrofida joylashgan tuproqlardan biridir. Shu bois Aqso masjidini bosib olgan dushmanlar va ularga sherik bo‘lganlar bilan faqat Robbimiz shariatida buyurilgandek muomalani qilishimiz, ya’ni jang qilib, uni qaytarib olishimiz kerak. Bu dushmanlar bilan aloqa qilish joiz emas. Chunki yahudiylar qonxo‘r bosqinchilardir. Amerika va uning ortidagi salibchilar esa sizlar bilan haqiqiy urush holatidadir. Iordaniya bilan Amerika ittifoqchi emas. Bu g‘irt bema’nilik bo‘lib, siz endi aldanmasligingiz kerak. Rejimning Amerikadagi uchrashuvlari natijalari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, masalan, yon berishlar, kelishuvlar va tahdidlar darajasini pasaytirishlar kabi natijasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, albatta Falastin masalasini yo‘q qilishga va vaqtni ko‘proq cho‘zishga qaratilgan sarobdan boshqa narsa emas.

Biz qandaydir orzu va xayollar haqida emas, balki dushmanlar hukmronligidan qutulishning eng qisqa yo‘li bo‘lgan xolis haqiqiy shar’iy yechim haqida so‘z yuritmoqdamiz. Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlati, ya’ni Islomning siyosiy vujudi, aynan mana shu armiyalarimizni ozodlik sari harakatga keltiradi. Qo‘shinlarimiz Allohning ushbu farzini yillar bo‘yi e’tiborsiz qoldirdi, ammo bu farz yaqinda albatta barpo bo‘lajak holga kelib qoldi, insha Alloh. Ana shunda sizga Islom Ummatining kuch-qudrati avvalo iymonida, qolaversa, talon-taroj etilgan boyliklarida va qahramon er kishilarida ekanligi yaqqol ayon bo‘ladi.

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَتَّخِذُواْ بِطَانَةٗ مِّن دُونِكُمۡ لَا يَأۡلُونَكُمۡ خَبَالٗا وَدُّواْ مَا عَنِتُّمۡ قَدۡ بَدَتِ ٱلۡبَغۡضَآءُ مِنۡ أَفۡوَٰهِهِمۡ وَمَا تُخۡفِي صُدُورُهُمۡ أَكۡبَرُۚ قَدۡ بَيَّنَّا لَكُمُ ٱلۡأٓيَٰتِۖ إِن كُنتُمۡ تَعۡقِلُونَ﴾

«Ey mo‘minlar, o‘zlaringni qo‘yib, (u munofiqlarni) sirdosh-do‘st tutmanglar! Ular sizlarga zarar yetkazishda kuchlarini ayamaydilar va yomon holga tushishingizni orzu qiladilar. Ularning sizlarni yomon ko‘rishlari og‘izlaridan oshkor bo‘ldi. Dillaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir. Agar aql yurgizsangizlar sizlar uchun oyat-alomatlarni aniq-ravshan qilib berdik»

                                                                                           [Oli Imron 118]

 Hizb ut-Tahrirning

Iordaniya viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.