QONUN QACHON KUCHLI BO‘LADI

37
0

QONUN QACHON KUCHLI BO‘LADI

Bismillahirrohmanirrohim

 Qonun bo‘lmaslik bilan anarxiya, ya’ni o‘rmon tuzimi, zo‘ravonlar hukmdorligi bo‘ladi. Diktatura kuchayadi, mazlum dardini kimga aytishini bilmay qoladi. Qonun bo‘lsa-yu, unga ishonch, hurmat bo‘lmasa, qonunni himoya qiluvchisi, qo‘riqchisi bo‘lmasa ham anarxiya, diktatura bo‘ladi.

Qonun kuchli bo‘lishi, hamma rioya qilishi uchun quyidagi shartlar topilishi kerak:

1). Qonun ideologiyaga asoslanishi kerak, qonundan avval har bir voqe’lik qanday bo‘lishi to‘rg‘risida ommaviy fikr bo‘lishi kerak, shunda qonun ko‘pchilik tomonidan qabul qilgan fikrni amalga oshirib beruvchi vosita bo‘ladi. Har bir narsani qanday bo‘lishi to‘g‘risidagi fikr bo‘lishi uchun hayot asoslanadigan umumiy yechim – aqida va undan kelib chiqadigan sistemasi bo‘lish kerak, ya’ni xalq tomonidan qabul qilingan hayot tarzini ifodalovchi ideologiya kerak. Shunda qonunga bo‘lgan hurmat xosil bo‘ladi, chunki qonun el xohlagan hayot tarzini amalga oshirish uchun xizmat qiladi, hamda qonunga qarshi ish qilish – elning nafratiga qolish degan ma’naviy kuch qonun himoyachiga aylanadi.

2). Chiqarilgan qonunlar adolatli bo‘lishi kerak, zulm asosidagi qonunlarning umri qisqa bo‘ladi yoki umuman ijro qilinmaydi.

3). Qonun hamma uchun bir hil kuchga ega bo‘lishi kerak, ya’ni qonun shohga ham, gadoyga ham, kuchlilarga ham, kuchsizlarga ham hech istisnosiz tadbiq qilishi kerak, hatto birinchi raxbarga: prezident, premer-ministr yoki xalifa bo‘lsin, xoh o‘ziga, xoh boshqaga – ham to‘la tadbiq qilinishi kerak. Qonunga taslim bo‘lgan rahbarni ko‘rgan fuqarolar qonun buzishga jur’at qilolmaydi, elda qonunlarga ishonch kuchayadi.

4). Chiqarilgan qonunlarni xalq qabul qilgan ideologiyaga muvofiq bo‘lishi kerak. Har bir qo‘shimcha qonunlar asosiy yechimiga, konstitutsiyaga qarshi emasligini, zulm bo‘lib qolmayotganini – ocharchilik davrlarida xalifalar o‘g‘irining qo‘lini kesish qonunini ijro qilmaslikni qonunga kiritgani kabi – ijro qilinayotgan qonunni zulm bo‘lmayotganini doimiy tekshirib, omma xalqni fikriga quloq solib, ularni fikrini bilib turish kerak, chunki qonun hammaning hayotiga ta’sir qiladi, qonunga bo‘lgan ishonchsizlik mamlakatni qoloqlashib, hayotni izdan chiqishiga, hatto xalq qo‘zg‘alonlariga sabab bo‘ladi.

Idalogiya bo‘lmasa, prezident ham, hukumat ham odamlarni qo‘rqitib, zo‘ravonlik bilan xohlaganini qiladigan “reket”lar boshlig‘iga, qonuniy “vorzakon”ga aylanadi. Xuquq-tartibot organlari qaroqchilardan farq qilmaydi, sudya-prokurorlar ulardan sodir bo‘lgan jinoyatlarni qonunlashtiruvchilarga, deputatlar, ulamolar esa, laganbardorlarga aylanishadi… aynan prezident tayinlagan hokimlar, sudya-prokurorlarning, xuquq-tartibot organlarining o‘zlari jinoyatchilar, zulim qiluvchilar bo‘lsa mazlum-bechoralar dardini kimga aytadi?! Prezidentlarni muhosaba qilsa: qamoqlarda, turmalarda chiritaman, qo‘lingni sidiraman, tilingni sug‘urib olaman – deb qo‘rqitsa, qonunga ishonch, hurmat qoladimi?! Dardini aytsa, narx-navo qimmatligidan nolib, kambag‘aligidan shikoyat qilganda, prezident: kambag‘allar yuztadan tovuq bosqin deb tursa yoki Xalqining noroziligi kuchayganda prezident bosh bo‘lib dushman qo‘yniga qochib qolsa, o‘zlari talab qilayotgan qonun hukmiga taslim bo‘lishmasa qonun o‘ladiyu!? Qonunga kim ishonadi?!

Abu Bakr r.a.ni zakot bermaganlarga qilgan ishi haqida muhosaba qilishganda ishlarini idalogiya asosida qilayotgani hisobotini bergan. Umar r.a. mahr masalasida muhosabadan keyin chiqargan qarorini bekor qiladi. Ali r.a. xalifa bo‘lib turganda o‘g‘irini ishini Qoziga topshirib, dalillab berolmaganidan mulkini ololmagan, Qozi o‘g‘ri foydasiga yechim chiqargan. Bu kabi misollar juda ko‘p. Shuning Islom qonunlari kuchli, ta’sirili bo‘lib, hatto dushmanlari ham ishongan.

Xalqimiz ideologiyani tushunmasligiga bir necha asrlar bo‘lib ketdi. Islom hukmranlik qilib turgan oxirgi davrlarda ham ota-bobolarimizda taqlid kuchaygan, Islomni fikriy tushunish yo‘qolgan bo‘lib, fikriy koloklik davrida islomiy ideologiyadan bexabar, lekin shar’iy hukmlar bilan yashab kelishgan.

Sotsializm kelganda ham fikriy emas, majburiy tadbiq qilishdi, qarshi chiqqanlarni qamoq, surgun , o‘lim bilan taxdid ostida qabul qildirish, chunki ozgina fikri borki musulmon hudosizlik ideologiyasini qabul qilgandan ko‘ra o‘limni afzal biladi. 1935-37 chi yillardagi genotsid siyosati hammaga ma’lum.

 Demokratiyani ham aldov-yolg‘onlar bilan hukumron qilishdi, aqida erkinligi, fikr erkinligi, shaxs erkinli, mulk erkinligi degan so‘zlarni fikriy tushunmadik, kapitalizmni idalogiya qilib qabul qilmadik, qilmaymiz ham, chunki: Alloh hayotimizga aralashmasin, din faqat ibodat, odob-axloq uchun yoki ayolim, qiz-kelinlarim ko‘ngliga yoqqan erkak bilan xohlaganini qilaversin, o‘g‘illarimiz erga tegsa o‘zining xohshi, qizim tungi klublarda, fohishaxonadarda ishlashni tanlasa, o‘zining ixtiyori kabi demokratiya natijalarini tushunmasdan, ba’zilar xozir ham maymunlardek, Yevropaliklarga taqlid qilib, haqiqiy demokratiyani rivojlantiramiz deb jar solishyapti. Yevropada hech bir erkak ayoliga, balog‘at yoshiga yetgan qizlariga hukmini o‘tkaza olmaydi. Hukmini o‘zkazishga harakat qilsa, majburlasa mamlakat qamab qo‘yadi, ularni qonun himoya qiladi, shuning uchun gey paradlar, miss konkurslari, buzuqliklar, spid-sifilis kasalliklari, bangilar, oilalarning buzilib ketishi, otasini tanimaydigan bollar, farzansizlik, qimorlar rivojlanyapti, hech kim qarshilik qilmaydigan urfga aylanib bo‘lgan, shumi bizning ideologiya?! 21 asr boshlarida kichik Bushning Iroqqa, Afg‘onistonga yoki AQSH qo‘llovi bilan Isroilning G‘azoga ahliga qilgan vahshiyona tajovuzidan Yevropada ham demokratiyaga bo‘lgan ishonch yo‘qolmoqda, u bilan faxrlanish avvalgidek bo‘lmay qoldi.

Amallarda foyda-ziyon o‘lchov bo‘lsa kim eldi o‘ylaydi, fayda chiqmasa kon-boyliklarni elga sariflashdan nima foyda, elga sarflaydimi?! aksincha, foydani ko‘zlagan hukumdorlar eldagi boylikni qanday olish uchun hilma-hil yo‘llarini o‘ylab topishadi. Misol tariqasida “qustirasiya” qonuni, ya’ni 2025 yilgacha korrupsiyada ayblab boylarni kuchimiz yetishicha qonini so‘ramiz, qustirasiya bo‘ladi, keyin 2025 dan kamashni qo‘llaymiz degan qonun chiqqanmi? Mulkdorni qancha qusishini SUD qarori bilan aniqlanadimi yoki hammaga malum bo‘lgan, rahbar yeyish uchun kresloni egallaydi, ularni qusdirib to‘g‘ri qilyapti, boylar o‘shalarga sherik – degan ommaviy fikrgami?

Yo‘llarni yangilab, “yo‘lga tushgan joylar olinyapti” degan bahona bilan qilgan zulmlarini oqlashni, maktablarni qurish bilan o‘g‘irliklarini yashirishni xohlashadi.

Armiyani ham zulmdan, qimmatchilikdan, nohaqliklardan sabir kosasi to‘lgan xalq qo‘zg‘alib ketsa, uni bostirishga, kreslolarini saqlab qolishga kuchi yetsin uchun kuchaytirildi.

Sotsializm kelganda hammaning mol-mulkini, yashash uchun zarur bo‘lgan turar-joydan boshqa hamma yerlarini, ishlab chiqarish asbob-uskunalarini tortib olib, hech kimga haqqini bermagan edi, chunki Sotsializmda mol-mulkka faqat davlat egalik qilish huquqiga ega.

Kapitalizm kelib o‘sha mulklarini: mol-qo‘ylarni, yerlarni, skladlarni, magazinlarni, ishlab chiqarish maskanlari va hokazolarni kapitalistlarga qaytarib berishga majbur bo‘ldi, chunki kapitalizmda hamma mol-mulk eldiki, kim avval ega bo‘lsa, mulk o‘shaniki. Demokratiya ta’limotlarida davlat – hech kimga zo‘ravonlik bo‘lmasligi, insonlar erkin yashashlari uchun tashkil qilingan, eldi erkinliklarini taminlab beruvchi tashkilot. Lekin kapitalizmning dastlabki yillardagi yangi hukumat mol-mulklarni elga imkon qadar sotib, davlat buyujetini to‘ldirishni maqsad qildi. O‘sha vaqtlarda elda pul bo‘lmaganidan mol-qo‘ylar bo‘lib berildi, bozorlarda teri bahosiga sotildi. Pul yo‘q, hamma narsa arzon bo‘lgan edi. Shuning qimmat inshootlar, yer-maskanlar arzimas pulga sotilgan. Ammo xozirga kelib taxminan go‘sht 20 barobar, uy-joylar 30 barobar qimmat bo‘lgan mahalda 25-30 yil avval davlatdan qonuniy yo‘l bilan olingan mulklarni korrupsiyani bahona qilib, Xalqining konuniy mulklarini kuch bilan olib qo‘yib, boshqadan qimmat narhlarda sotishi zulm emasmi?  O‘sha davrda davlat muassasasida qabul qilgan, mulklarni rasmiylashtirgan qonun xozirga kelib aldov, korrupsiya bo‘lsa, ijrochilari afirist, poraxo‘r bo‘lgan bo‘lsa, u holda eldagi uy-joy, mashinalar, xaydovchilik xujjatlari, diplomlar, xuquq-tartibot organlarining xujjat-pagonlarlari va hokazolar ham noqonuniymi? Konstitutsiyani ham o‘shalar qabul qilganku, u ham bekor bo‘ldimi …?!

Yo‘q, albatta, ularni bekor qilishdan pul tushmaydi, aksincha, muammolar ko‘payadi, shuning uchun ular qonuniy, faqat bu yangicha boshqarish yo‘li, “ikki do‘st” yo‘li yoki o‘zimiz xohlamasakda bizga tadbiq qilinayotgan kapitalizmning natijalaridan yana bir ko‘rinish.

“Din hayotga aralashmaydi”, “Din shaxsiy hayotda, ibodat, odob-axloqda, masjidlarda bo‘ladi, ommaviy joylarda Dinni aralashtirish mumkin emas”, “Din siyosatga aralashmaydi” – degan balo ham SSSR davrida urf bo‘lgan dinga qarab konstitutsiyaga asos bo‘lganmi yoki o‘rta asrlarda xristyan dinidan, dindorlarning zulmidan qutilish uchun bir yechim degan Yevropaliklarning fikrlariga maymundek ergashish asosidami? Chunki xristyan dinida ham odamlar o‘zlariga yoqmagan, aqllari yetmagan joylarini zolim rahbarlariga moslashtirish uchun bir necha bor o‘zgartirishgan, maqsad zolimlar zulmlarini xotirjam qilsinlar, xalq zulmga qarshi chiqmasin. Bunda din ulamolaridan foydalanishdi. Ularning xizmatlari bilan o‘zgartirilgan injilga ko‘ra zolimga qarshi chiqqan Allohga qarshi chiqqan, besabr inson bo‘ladi. Ular haqida Alloh Taolo nima deganini bir fikrlab ko‘ringda:

فَوَیۡلࣱ لِّلَّذِینَ یَكۡتُبُونَ ٱلۡكِتَـٰبَ بِأَیۡدِیهِمۡ ثُمَّ یَقُولُونَ هَـٰذَا مِنۡ عِندِ ٱللَّهِ لِیَشۡتَرُوا۟ بِهِۦ ثَمَنࣰا قَلِیلࣰاۖ فَوَیۡلࣱ لَّهُم مِّمَّا كَتَبَتۡ أَیۡدِیهِمۡ وَوَیۡلࣱ لَّهُم مِّمَّا یَكۡسِبُونَ

U(din)ni arzon bahoga sotish uchun kitobni o‘z qo‘li bilan yozib, «Bu Allohning huzuridan», deydiganlarga halokat bo‘lsin! Ularga qo‘llari bilan yozgan narsalaridan halokat bo‘lsin! Ularga topgan foydalaridan halokat bo‘lsin!  [2:79].

 Menimcha, Dinni hayotimizdan chiqarishga bo‘lgan urinishlar bizdagi mufakkirlar fikridan yoki taqliddan olingan emas, balki hamma ish avvalda ham, xozir ham buyruq bilan bo‘lyapti, deputatlarga, muftiyotga buyruq bo‘lsa bas, qoilmaqom qilib ijro qilishadi degan xulosadan, mankurtlarga xo‘jayinlaridan kelgan buyruq asosida bo‘lyapti, chunki Sadir Japarov: men din olimi emasman – deb o‘zi aytdiyu, dinni bilmasdan qanday Dinga aralashishi mumkin? Yanada kulgilisi Dinni bilmaydiganlardan “din komissiyasi” tuzilishi, Dinni tartibga solish ishlari ularga topshirilishi, hanafiya mazhabini O‘rta Osiyo musulmonlari uchun qabul qilinishi yoki yoki yoki lar ko‘p. Aslida Diniy komissiyaga a’zo bo‘lish uchun mujtahidi mutloq bo‘lishi, loaqal mujtahid bo‘lishi kerak, chunki komissiya diniy materiallarni, domlalarni Qur’on-hadislar asosida aniqlaydi-da, mujtahid bo‘lmasa qanday tekshiradi?!

 Yo Sadir Japarov xalifa bo‘ldimi, ya’ni Islomni tushunmasdan mazhabni tabanniy qiladigan xalifa bo‘ldimi? – deymanda.

Muftiyot, ulamolar kengashi prezidentni rosa aldadi, chunki hanafiya mazhabida farzni inkor qilgan kofir bo‘ladi, ishonsa-yu rioya qilmasa, amal qilmasa fosiq bo‘lib – xalqqa rahbar bo‘lish qayoqda deysiz – hatto uni guvohli eri-xotinni nikoh bitimiga ham yaramaydigan ishonchsiz, fosiq inson bo‘ladi, shu asosda yashashni rahbatlardan talab qilamizmi, bu qonun bilan kuchga kiradimi?!

Dinni yaxshi tushungan, allomai-zamon, mujtahidu mutlaq bo‘lganda ham Dinni o‘zgartirishga hech kimning haqqi yo‘q, Din mukammal, hamma narsani bayon qilgan, unga yangilik kiritish harom, bid’at. Oisha r.a. onamiz Rosululloh – sollalohu alayhi va sallam – dan rivoyat qilgan hadisda buni aniq aytib qo‘ygan:

عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا، قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ أَحْدَثَ فِي أَمْرِنَا هَذَا مَا لَيْسَ مِنْهُ فَهُوَ رَدٌّ» رواه مسلم

Kimda kim bizning bu ishimizga undan bo‘lmagan narsani kiritsa, u qaytarilgan. Muslim rivoyat. Bu haqida juda ko‘p hadislar bor.

Shar’iy ahkomlar bilan cheklanish shariat hukmining yetakchiligini ro‘yobga chiqaradi, hayotda amallarning o‘lchovlarini belgilaydi. Demak, shariat hukmining yetakchiligini ro‘yobga chiqarish jamiyatning barqarorligini hamda insonlarning hayotlariga, haq huquqlariga, manfaatlariga bo‘lgan hotirjamligini ta’minlaydi.

Amerika va Yevropa kabi moddiy taraqqiy etgan davlatlarda doimo qonun ustivorligiga harakat qiladilar va buni ro‘yobga chiqarish yo‘lida bor kuch-g‘ayratlarini ishga soladigan eng oliy maqsad qilib oladilar. Qonun ustivorligi o‘z-o‘zidan shaxsni qonunga xilof chiqmaydigan etib qo‘yadi. Chunki u qonunga bo‘ysunishga odatlanadi, yashash tarzini ham qonun talabiga binoan tartiblaydi. Bu qonun ustivorligi shaxslarning orasidagi aloqalarni ham hech qiyinchiliksiz tamomiga yetadigan qulay va yengil qiladi. Davlatni insonlarga hukmron emas, ularning munosabatlarini boshqaruvchi etadi. Chunki hukm yetakchiligi hokimniki emas, qonunniki bo‘ladi Ya’ni insonlarga hokimning hukmi emas, qonun hukmi yetakchilik qiladi. Hokim hukmining o‘zi ham qonun hukmiga bo‘ysunadi.

Ammo musulmonlarning dillarida esa, shariat hukmining ustivorligi uchun ma’naviy sultonlik bor albatta. Bundan tashqari ularning dillarida ruhiy sulton – taqvodorlik ham mavjud. Zero, u shariat hukmi ya’ni vahiy orqali kelgan Ollohning hukmidir. Shuning uchun musulmonlar dunyoda, boshqalar oldida Islom bilan faxr va g‘ururlanishlaridan tashqari, ular shariat hukmiga xilof chiqishdan jahannam azobidan qo‘rqadilar, shariatga ergashish va u bilan cheklanishdan esa, jannat ne’matlarini umid qiladilar. Ularning taqvodorlari bundan ham buyukroq narsani Olloh Taoloning rizoligini umid qiladi. Shu bois, shariat hukmining ustivorligi muslimni aqida undovi bilan qonunga cheklanadigan etadi. Musulmondagi aqida, ya’ni iymon qonunga cheklanishga undovchi, shariatdan chiqmasligini har doim kuzatib turuvchi qorovul bo‘lib turadi. O‘zining hayot tarzini shu qonun talabiga ko‘ra tartiblaydi, jamiyatda ham Xalqaro maydonda ham hamma aloqalar shariat ahkomlari asosida tartiblanishini nazorat qiluvchi posbonga, qonun qo‘riqchisiga aylantiradi: sizlar odamlar uchun chiqarilgan, yaxshilikka buyuruvchi va yomonlikdan qaytaruvchi eng yaxshi Ummat bo‘lasizlar deb doimo esiga soladi, Alloh Taolo aytadi:

كُنتُمۡ خَیۡرَ أُمَّةٍ أُخۡرِجَتۡ لِلنَّاسِ تَأۡمُرُونَ بِٱلۡمَعۡرُوفِ وَتَنۡهَوۡنَ عَنِ ٱلۡمُنكَرِ وَتُؤۡمِنُونَ بِٱللَّهِۗ

„Odamlar uchun chiqarilgan ummatlarning Eng Yaxshisi bo‘ldingiz. Zero, siz ma’rufga buyurasiz, munkardan qaytarasiz”. [3:110].

Ya’ni insoniyat shariat bilan cheklanishlariga qo‘riqchi bo‘ldingiz. Shuningdek shariat hukmining ustivorligi shaxslar orasidagi aloqalarni faqat qulay va yengil etibgina qolmay, balki shariatda insonlar orasidagi nizolarni, kelishmovchiliklarni ko‘taradigan hukmlar bilan ham ta’minlagan. Shuning uchun insonlar orasidagi aloqalar – modomiki shariat hukmining ustivorligi dillarga hukmron ekan – nizo chiqmasligi ta’minlangan holda osonlik va yengillik bilan. tamomiga yetadi. Bularga qo‘shimcha bu ustivorlik hokimning sultonligini zo‘ravon quvvati emas, munosabatlarni boshqarish qilib qo‘yadi. Chunki insonlarning eng oliy murojaat manbayi hokim emas, shariat hukmidir. Demak, shariat hokimning ham, xalqning ham murojaat manbayi, haq bilan botilni ajratuvchi tarozisidir. Hokim faqat insonlarning munosabatlarini shariat ahkomlari bilan boshqaradigan boshliqdir, xolos. Shuning uchun ham shariat uni boshliq deb atagan.

Alloh Taolo aytdiki:

فَلَا وَرَبِّكَ لَا یُؤۡمِنُونَ حَتَّىٰ یُحَكِّمُوكَ فِیمَا شَجَرَ بَیۡنَهُمۡ

Parvardigoringizga qasamki, «Yo‘q, to ular o‘z o‘rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarida sizni hakam qilmagunlaricha mo‘min bo‘la olmaydilar».

Bu bilangina kifoyalanib qolmay, shariatni hakam qilishga qo‘shimcha dilda chiqarilgan hukmdan biror g‘ashlik bo‘lmasligini va unga mutlaq taslim bo‘lishni shart qildi. Oyat davomi aytdiki: «So‘ng siz chiqargan hukmdan dillarida hech bir tanglik topmay, to‘la taslim bo‘lmagunlaricha zinhor mo‘min bo‘la olmaydilar».

Bu shariat hukmining ustivorligini ro‘yobga chiqarishga undash borasidagi tasavvur qilinadigan narsaning Eng yetugidir. Bunga qo‘shimcha Qur’on shariat hukmining ustivorligini xalq bilan hokim orasidagi aloqalarga ham hukmron bo‘lishini amr etdi. Aytdiki:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا أَطِيعُوا اللَّهَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ وَأُولِي الْأَمْرِ مِنْكُمْ فَإِنْ تَنَازَعْتُمْ فِي شَيْءٍ فَرُدُّوهُ إِلَى اللَّهِ وَالرَّسُولِ إِنْ كُنتُمْ تُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ ذَلِكَ خَيْرٌ وَأَحْسَنُ تَأْوِيلًا

„Ey mo‘minlar, Ollohga itoat qiling va Rasuliga va o‘zingizdan bo‘lgan (ya’ni musulmon) hokimlarga bo‘ysuningiz. Bordiyu biror narsa haqida tortishib qolsangiz agar haqiqatan Ollohga va Oxirat kuniga iymon keltirsangiz uni Ollohga va Rasuliga qaytaringiz. Ana shunday qilish xayrli va oqibati yaxshidir”. [4:59]

Shunday qilib Qur’on xalq va hokimni arap biror narsada tortishib qolsalar u narsani Olloh va Rasuliga qaytarishga amr etdi va buni iymonning alomati deb belgiladi. «Bas uni Ollohga va Rasuliga qaytaringiz» dedi. Buning so‘ngidan esa «arap Ollohga va Oxirat kuniga iymon keltirsangiz» deb iymonni shart qildi. Shu bilangina kifoyalanib qolmay, balki bu amalni: “shunday qilish xayrli va oqibati yaxshidir” degan so‘zlar bilan madh etdi. Bu ishni shariat hukmiga qaytarishdagi Qur’onning ta’kid va qat’iyligiga dalolatidir. Bu esa, shariat hukmining ustivorligini ro‘yobga chiqarishning eng yetugidir. Mana shularning barchasidan shariat hukmi ustivorligini ro‘yobga chiqarishning Islom nazarida naqadar ahamiyatli ekani ma’lum bo‘ladi.

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.