Osiyo taraqqiyot banki Qirg‘izistonning qarzini yana 222 million dollarga oshiradi

12
0

Osiyo taraqqiyot banki Qirg‘izistonning qarzini yana 222 million dollarga oshiradi

Osiyo taraqqiyot banki Qirg‘izistonning qarzini yana 222 million dollarga oshiradi. Bu haqidagi bitim Qirg‘iziston Jogorku Keneshining Budjet, iqtisodiy va fiskal siyosat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlandi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, Osiyo taraqqiyot banki grant sifatida 74,8 million dollar va kredit sifatida esa, 147,2 million dollar ajratadi. Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi a’zolari ushbu mablag‘lar qaysi loyihalarga yo‘naltirilishini ma’lum qildi:

– 40 million dollar irrigatsiya (suvsiz yerlarga suv chiqarish, dalalar va ekin maydonlarini sug‘orish) ishlariga, jumladan, respublikaning turli hududlaridagi kanallarni modernizatsiyalash va tozalash uchun;

– 65 million dollar hududlardagi banklar orqali ipotekali kredit berish uchun;

– 1 million dollar biznesga xizmat ko‘rsatish markazini raqamlashtirish uchun;

– 3 million dollar ijtimoiy institutlarni modernizatsiya qilish uchun;

– 530 000 dollar Chuy viloyatidagi 5-GESda suzuvchi quyosh elektr stansiyasini qurish uchun;

– 37,5 million dollar Qirg‘iziston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi nazorat punktlarini qurish uchun;

– 35 million dollar eskirgan binolarni rekonstruksiya qilish va izolyatsiyalash uchun;

– 50 million dollar iqlim loyihalariga, jumladan, energetika sohasi uchun ajratiladi.

Qozog‘iston Respublikasi va Qirg‘iziston o‘rtasidagi hamkorlik 30 yildan ortiq vaqtdan beri davom etib kelmoqda. Shu davr mobaynida 80dan ortiq shartnomalar tuzildi. Qirg‘izistonda 30 yil ichida 6 marta prezident o‘zgardi. Har bir yangi hukumatning kelishi bilan qarz yuki ortib bormoqda. “Muammo hal bo‘ladigan bo‘lsa, qarz olishdan tortinmaylik” shiori ostida xalqaro jamg‘armalar va banklardan olingan kreditlarning og‘ir yuki oddiy xalq yelkasiga tushmoqda.

Xalqaro moliya institutlari jahon mustamlakachilik tizimining asosiy quroli ekanligi azaldan ma’lum. Bu tashkilotlar qarz va kredit berish orqali rivojlanishni to‘xtatib, qoloq holda ushlab turadi. 2024 yil oxirida Qirg‘izistonning umumiy qarzi 6 milliard dollardan oshdi. Birgina 2023 yilning o‘zida ushbu qarzlarning foizini to‘lash uchun budjetdan 48,6 milliard som ajratildi. 2025 yilda qarzlarning foizi 75,6 milliard somga yetishi kutilmoqda. Shu bois, keyingi 15 yilda tashqi qarzlarni to‘lashga sarflangan mablag‘lar qariyb 10 barobar oshdi.

Qirg‘iziston hukumati iqtisodiy o‘sish bo‘yicha mustaqil hisobotlarga qaramay, qarzning halokatli oqibatlarini bila turib, nima uchun yana kredit olmoqda?

Ilgari mustamlakachilar davlatlarni mustamlaka qilish uchun bevosita harbiy kuchni ishga solar edi. Bugungi kunda mustamlakachilik usullari o‘zgardi va endi buning uchun armiyalarni safarbar qilishga zarurat qolmadi. Xalqaro tizim jahon miqyosida mustamlakachilik usullarini o‘rnatdi. Ular rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam berish shiori ostida kreditlar, grantlar va qarzlar berish usulini qo‘llamoqda. Mustamlakachilar o‘z ta’sirini o‘rnatish va kuchaytirish uchun ko‘pincha shunday usullardan foydalanadi. Keyin esa kredit olgan davlatlar zimmasiga o‘zlarining siyosiy manfaatlarini yuklab, ular uchun hech qayday foydasi bo‘lmagan shartnomalar tuzadi. Berilayotgan qarzlar mamlakat iqtisodiyotining poydevori va rivojlanishining boshlang‘ich nuqtasi bo‘lgan biron bir sanoat tarmog‘ini rivojlantirishga yo‘naltirilmaydi. Masalan, “mustaqillik”ga erishilgandan beri olingan qarzlarning katta qismi energetika, yo‘l qurilishi va budjet kamomadini qoplashga yo‘naltirilgan. Daromad keltirmaydigan loyihalar va foydasiz kelishuvlar tufayli yana qarz olishga majbur bo‘lmoqda, aks holda mamlakat turg‘unlashib qoladi. Bu qarzlar iqtisodiyotni rivojlantirishga yordam bera olmagani kamlik qilganday, foiz to‘lovlarining oshib ketishiga ham sabab bo‘lmoqda. Oqibatda qarz tuzog‘iga ilingan davlat amalda chet ellik investorlarni himoya qilish borasida qonunlar qabul qilish va mustamlakachilar siyosatini amalga oshirishga majbur bo‘ladi. Shunday qilib, kreditlardan korrupsiya yo‘li bilan foydalanayotgan turli soha mutasaddilari cho‘ntaklarini qoppaytirib olishsada, biroq bu qarzlarni yillar davomida to‘lash xalqning zimmasiga tushadi.

Qirg‘iziston uchun eng yaxshi yechim bu – G‘arb banklari bilan barcha aloqalarni uzishdir. Chunki ular faqat G‘arb kapitalistlarining manfaatlariga xizmat qiladi. Buning o‘rniga, Islomning fikriy yetakchiligi ostida o‘z iqtisodiyotimizni, ya’ni to‘laqonli islomiy iqtisodiy nizom asosida barcha sanoat tarmoqlarini rivojlantirishimiz kerak. Mas’uliyatli rahbarning yo‘qligi tufayli hukumatning o‘zgarishi beqaror vaziyatni yuzaga keltirmoqda. O‘lka tashqi kuchlarning o‘yinchog‘iga aylanib qolgan. Hisobsiz olinayotgan qarzlar mamlakatni mustamlakachilarga qul qilish siyosatining bir parchasidir.

Albatta, Qirg‘iziston kabi zaif davlatlar yordamga muhtojdir. Biroq bu yordam talonchilar va o‘g‘rilar tarafidan emas, Islomiy saltanat tarafidan ko‘rsatilishi kerak. U butun Ummatni to‘g‘ri boshqarib, iqtisodiy nizom asosida bor kuchi va imkoniyatlarini Ummatning muammolarini hal etishga yo‘naltiradi. Bunga erishish uchun siyosiy faollikni oshirish zarurligini qabul qilish va shu bilan birga islomiy taraqqiyot loyihasini besh qo‘lday bilishga intilish zarur. Musulmonlar siyosatning muhimligini, xususan xalq nomidan chiqib, xalqni iqtisodiy qullikka tortayotgan hukmdorlarni muhosaba qilish zarurligini tushunishlari kerak.

Latif Rasix

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.