Onasini o‘ldirgan Manqurtni bilasizmi
بسم الله الرحمن الرحيم
Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» («I dolshe veka dlitsya den» (1980)) romaniga ko‘ra, manqurt — asirga olingan, ruhsiz qul bo‘lib, xo‘jayiniga so‘zsiz itoat qiluvchi, xotirasidan mahrum qilingan odamdir.
Aytmatovga ko‘ra, asirga tushgan tutqunning sochini qirtishlab olib tashlab, uning boshiga hozirgina so‘yilgan tuyaning bo‘yin terisi kiydirilgan. Shundan so‘ng uning qo‘l-oyog‘i bog‘lanib, boshini yerga tekkiza olmasligi uchun bo‘yniga kattakon taxtakach kiydirilgan va shu ahvolda bir necha kun cho‘lning o‘rtasiga tashlab qo‘yilgan.
Sahroning ayovsiz quyoshi ostida tuyaning terisi qotib, tirishib, bechora tutqunning boshini siqa boshlar, uning tikandek o‘sa boshlagan sochlari terisiga qadalib, misli ko‘rilmagan og‘riq berar, buning ustiga tashnalik azobi chidab bo‘lmas qiynoqqa solar edi.
Ma’lum vaqt o‘tgach, tutqun o‘lib ketar yoki xotirasidan butkul mahrum bo‘lib, ideal qulga aylanib qolar edi. Irodasiz, xo‘jayiniga itdek itoatkor manqurt qullar oddiy qullardan bir necha baravar qimmat turar edi.
«Asrga tatigulik kun» romanida nayman urug‘idan chiqqan Do‘nanboyning o‘g‘li, mergan yigit Jo‘lomon juanjuanlarning qo‘liga asir tushib qolib, manqurtga aylantiriladi. Farzand dog‘ida kuyib ado bo‘lgan Nayman ona uzoq qidirib yurib, axiyri jigargo‘shasini topadi. Biroq, manqurt o‘g‘il uni tanimaydi. Tanish uyoqda tursin, manqurt o‘zining mergan qo‘llari bilan xo‘jayinlarining buyrug‘ini ado etib, kamon o‘qini o‘z onasining yuragiga bexato uradi…
«Manqurt» so‘zi ko‘chma ma’noda o‘z tarixini, o‘z naslini, o‘zining tomirlarini unutgan kishiga nisbatan ishlatiladi. Manqurt so‘zi publitsistikaga urf bo‘lgan laqabga, o‘z qadriyatlarini, o‘zining aslini, o‘zligini unutgan, yo‘qotgan odamning ramziga aylanib qoldi.
Shu so‘zdan olingan manqurtlik (mankurtizm) atamasi ham muomalaga kirib qoldi. Bu atama ayniqsa Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tatariston, Boshqirdistonda o‘z milliy madaniyatiga beparvo bo‘lganlar uchun haqoratli laqabga aylandi.
Chingiz Aytmatov bugungi avlodning ana shunday o‘zligini yo‘qotgan, lekin qo‘lidan hamma ish keladigan vakillarini manqurtlarga o‘xshatadi. O‘zligini bilmaydigan bu avlod romanda o‘z millatdoshlarini «xalq dushmani» sifatida qamab, o‘ldirib yuborib, huzur qiladi. Unga bu vakolatni, bu mansabni kim bersa, o‘sha unga xo‘jayin. Xo‘jayinlari unga nimani buyursa, faqat shuni qiladi. Ertayu kech o‘sha xo‘jayinlariga yoqishning dardida bo‘ladi.
Alloh Taolo haqiqatlarni bizga Qur’on va rosuli Muhammad sollalohu alayhi va sallam orqali bildirdi, Islomni ne’mat qilib berdi. Unga quloq solib, shariat asosida yashaganimizda har bir sohada yetakchilik qilgan Ummat bo‘ldik, boshqalarga yashashni o‘rgatadigan yetakchilar bo‘ldik, nafaqat adabiyotda, balki har bir sohada: astronomiya, matematika, ximiya, fizika, tibbiyot kabi sohalarda ham bizdan buyuk olimlar yetishib chiqdi, ihtirolar bizdan boshlandi, armiyamizga dushmanlar “yengilmas” degan nom berishdi, va hokazo.
Ijtihodni to‘htatib, taqlidga ommaviy o‘tganimizdan keyin fikrlamay qo‘ydik, mazkur romanda o‘z onasini o‘ldirgan, dushmanlari “qahramon”- deb baholagan “Jo‘lomon” obrazi kabi o‘z olimlariga, da’vatchilarga qarshi chiqadigan mankurtlar bo‘lib – Qur’onda aytilgandek – haqiqatni, nasihatni tushunmaydigan itlarga aylanib qoldik, mankurtizm balosi ommalashdi, bu ham haqiqat, chunki manqurtni itga o‘hshatish Qur’onda kelgan, “A’rof” surasida Alloh Taolo aytadi:
وَٱتۡلُ عَلَیۡهِمۡ نَبَأَ ٱلَّذِیۤ ءَاتَیۡنَـٰهُ ءَایَـٰتِنَا فَٱنسَلَخَ مِنۡهَا فَأَتۡبَعَهُ ٱلشَّیۡطَـٰنُ فَكَانَ مِنَ ٱلۡغَاوِینَ () وَلَوۡ شِئۡنَا لَرَفَعۡنَـٰهُ بِهَا وَلَـٰكِنَّهُۥۤ أَخۡلَدَ إِلَى ٱلۡأَرۡضِ وَٱتَّبَعَ هَوَىٰهُۚ فَمَثَلُهُۥ كَمَثَلِ ٱلۡكَلۡبِ إِن تَحۡمِلۡ عَلَیۡهِ یَلۡهَثۡ أَوۡ تَتۡرُكۡهُ یَلۡهَثۚ ذَّ ٰلِكَ مَثَلُ ٱلۡقَوۡمِ ٱلَّذِینَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔایَـٰتِنَاۚ فَٱقۡصُصِ ٱلۡقَصَصَ لَعَلَّهُمۡ یَتَفَكَّرُونَ
Agar xohlasak, uni o‘sha (oyat)lar bilan ko‘tarar edik. Lekin uning o‘zi yerga(ya’ni o‘rganib qolgan hayot tarziga) yopishdi va havoi nafsiga ergashdi(fikrlab ko‘rmadi). Bas, uning misoli xuddi bir itga o‘xshaydi, uni haydasang ham, tilini osiltirib turaveradi, tek qo‘ysang ham, tilini osiltirib turaveradi(gapni tushunmaydi, haqiqatlarni ho‘jayinlari aytmaguncha ishonmaydi). Bu bizning oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan qavmlarning misolidir. Bu qissani hikoya qil, shoyadki tafakkur qilsalar [7:175-176].
Bu kabi yuzlagan oyatlarda Alloh Taolo aqlimizni ishlatishga, fikrlashimizga buyuryapti.
Mankurtizm balosiga duchor bo‘lgan ODAM fikrlash ne’matidan mahrum bechora insondir. Undaylarga to‘g‘ri fikrlarni bayon qilish yetarli emas, unda fikrlash funksiyasi mustamlaka olib borgan siyosat natijasida ishdan chiqqan, kasallikka uchragan. Unday insonlarni urf o‘nglaydi. Fikrlaylik, haqiqatlarni, adolatni hukmron bo‘lishiga o‘z xissamizni qo‘shish, Islomni o‘rganishga ko‘proq ahamiyat berish bilan mankurtizm balosidan o‘zimizni ham, mankurtizm balosiga uchragan birodarlarimizni ham, kelajak avlodni ham saqlab qolamiz, inshoAlloh.
Islomni tushunmasak, ishlarni Alloh Taolo rozi bo‘ladigandek bajara olmaymiz, nomi boru, ma’nosi-haqiqati yo‘q bo‘ladi, masalan: biz – mo‘min-musulmonlar – Alloh Taoloni hamma narsani yo‘qdan bor qilgan Yaratuvchi deb tan oldik, iymon keltirdik. Nasihat Dinnining asosi, Namoz esa kufr bilan musulmonni ajratadigan rukun. Endi Allohga nasihat qilmasak, ya’ni 5 mahal namozni sunnatlari bilan o‘qiganimizning o‘zida 32 marotaba: yolg‘iz O‘zinggagina qullik qilamiz, faqat O‘zingdangina yordam so‘raymiz – (اياك نعبد و اياك نستعين) – deb ahd beryapmiz, ahdimizni har rakaatda yangilayapmiz, shundaymi? Mankurt bo‘lmasak, aytayotgan so‘zimizni, loaqal namozda o‘qiyotgan surai-”fotiha”ni tushunsak, nafsimizga ham, o‘zimizga o‘hshagan inson chiqargan hukmlarga ham quloq solmasdan, faqat shariat bo‘yicha yashaymiz, shunda Allohga nasihat qilib, rizosiga erishamiz, inshoAlloh. Nohaqlikda davom etishdan ko‘ra kech bo‘lsa-da haqqa qaytish afzal, xozir ham fursat bor, tirik ekanmiz tavba eshiklari ochiq, xato-kamchilikni to‘g‘rilash mumkin. Oyatlarini ma’nosini to‘g‘ri tushunib, ularga amal qilishimiz, hamda ta’vil qilmasdan, undagi bor haqiqatni bayon qilishimiz bilan Qur’onga nasihat qilamiz, joynamozda Allohga ochiq yuz bilan ro‘paro‘ bo‘lamiz, qalbimiz iymon bilan shodlikka to‘ladi, xotirjamlik ne’matiga musharraf bo‘lamiz.
Hadislarni siyosatga to‘g‘ri kelmaydi deb zarurlarini yashirmasdan, hammasini, ayniqsa, ko‘pchilikni adashib ketishlaridan saqlab qoladigan, xozirgi kunda zarur bo‘lganlarini yetkazishga harakat qilish bilan Rosululloh s.a.v.ga nasihat qilamiz. Boshliqlarimizni muhosaba qilish, ularni noto‘g‘ri siyosatlaridan qaytarish, adolatga, haqiqatga chaqirish bilan imom-rahbarlarga nasihat qilamiz, bir-birlarimizni haqqa chaqirishda hammaga nasihat qilamiz, chunki nasihat: haqiqatlarni g‘olib bo‘lishi, hammani haqqa qaytarishi uchun yurakdan faoliyat qilish, haqiqatlarni bulg‘amaslik, oyat-hadislarni yashirmaslik, boshqa ma’nolarda ta’vil qilmaslik, munofiqlik qilmaslik, balki holislik qilish ma’nosida. Rosululloh sollalohu alayhi va sallam shunday degan:
الدين النصيحة قلنا لمن قال لله ولكتابه ولرسوله ولأئمة المسلمين وعامتهم
… “Din nasihatdir”, dedilar. Biz: Kimga? – deb so‘radik. U kishi: “Allohga, Kitobiga, Payg‘ambariga, musulmonlarning rahbarlariga va ommasiga”, deb javob berdilar. Muslim rivoyati.
Demak, Dinni qabul qildikmi, ikki yuzlamachilik, munofiqlik yo‘q, Din nasihatdir, hadisda nasihat Dindandur demadi, balki Din nasihatdir deyapti.
Quyidagi rivoyatda urfni buzilishidan qattiq qaytaryapti, oqibati yomon ekanini eslatyapti:
«Yo‘q, Allohga qasamki, sizlar ma’rufga buyurib, munkardan qaytarasizlar hamda zolimning qo‘lidan ushlab, uni majburan haqqa bo‘ysundirib, haqqa cheklab qo‘yasizlar, aks holda Alloh ayrimingiz bilan ayrimingizning dillariga zarba beradi keyin sizlarni ham Banu Isroilni la’natlaganidek la’natlaydi» (Abu Dovud va Termiziy rivoyati).
Mankurtizmga odatlanib, yahudiylardek la’natlangan xalq bo‘lib qolishimizdan O‘zing asra, Robbim!
Din bor ekanmi, ya’ni uni qabul qilib, amal qiladigan mo‘min-musulmonlar bor ekanmi, demak, hamma haqiqatga cheklanadi, zulm, buzuqlik, birovlarga ozor berish, nohaq odam o‘ldirish, to‘hmat qilish, aldovlar to‘htaydi, solih amallar qilish urfga aylanadi, farovon hayot boshlanadi. Unday mo‘minlarga Alloh Taolo bu dunyoda O‘zidan noib bo‘lishni, yer yuzida farovonlikni, Oxiratda abadiy jannatni va’da qilyapti, Alloh va’dasiga xiloflik qilmaydi:
وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلَّذِینَ ءَامَنُوا۟ مِنكُمۡ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ لَیَسۡتَخۡلِفَنَّهُمۡ فِی ٱلۡأَرۡضِ كَمَا ٱسۡتَخۡلَفَ ٱلَّذِینَ مِن قَبۡلِهِمۡ وَلَیُمَكِّنَنَّ لَهُمۡ دِینَهُمُ ٱلَّذِی ٱرۡتَضَىٰ لَهُمۡ وَلَیُبَدِّلَنَّهُم مِّنۢ بَعۡدِ خَوۡفِهِمۡ أَمۡنࣰاۚ یَعۡبُدُونَنِی لَا یُشۡرِكُونَ بِی شَیۡـࣰٔاۚ وَمَن كَفَرَ بَعۡدَ ذَ ٰلِكَ فَأُو۟لَـٰۤىِٕكَ هُمُ ٱلۡفَـٰسِقُونَ
Alloh sizlardan iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga ularni yer yuzida xuddi ulardan oldin o‘tganlarni xalifa qilganidek xalifa qilishni, ular uchun O‘zi rozi bo‘lgan dinni mustahkamlashni va ularning xavf-xatarlaridan so‘ng omonlikni badal qilib berishni va’da qildi. Mengagina ibodat qilurlar va Menga hech narsani shirk keltirmaslar. Shundan keyin ham kim kufr keltirsa, bas, ana o‘shalar, haqiqiy fosiqlardir. [24:55].
Quyidagi Niso surasi, 122-Oyatida:
وَٱلَّذِینَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ سَنُدۡخِلُهُمۡ جَنَّـٰتࣲ تَجۡرِی مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَـٰرُ خَـٰلِدِینَ فِیهَاۤ أَبَدࣰاۖ وَعۡدَ ٱللَّهِ حَقࣰّاۚ وَمَنۡ أَصۡدَقُ مِنَ ٱللَّهِ قِیلࣰا
Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritamiz. Unda abadiy–bardavom qolurlar. Allohning va’dasi haqdir. Allohdan rostgo‘yroq zot bormi?
Abdullo ibn Abduxoliq