Adashganni qamash kerakmi yoki unga Islomni o‘rgatishmi

15
0

Adashganni qamash kerakmi

yoki unga Islomni o‘rgatishmi

بسم الله الرحمن الرحيم

O‘rta Osiyo xalqlari, shu jumladan qirg‘iz Eli ham yetmish yil ateistlar davrida yashab, Islomdan umuman bexabar qolishdi. “Din afyundir”- degan siyosat asosida ish boshlagan sovet hukumati 1937 yilga kelib ommaviy qirg‘in qildi, nafaqat olimlarni, balki Allohga ishonganki insonni qilichdan yetkazishdi, dinni butunlay yo‘qotish uchun maqsimal darajada ish olib bordi. 1943 yillari urish sababli ozgina yengillik qilindi, olim va tolibi ilmlarning ishlariga ko‘z yumildi, masjidlarni ochilishiga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, Islomga qarshi kurashish ommaviy bo‘lib, gazeta-jurnallarda, bola bog‘chalaru-maktablarda, institut-universitetlarda, keyinchalik radio-televideniyalar orqali bir lahza ham to‘htamadi, hatto domlalarni tayyorlaydigan madrasalarda ham: biz sizlarni dinni yo‘qotish uchun o‘qityapmiz – degan asosda ta’lim berishdi, chunki ateistik idalogiya shuni taqozo qilar edi. Xujralarda yashirincha ta’lim olgan ustozlarimizni va ularni ilmidan foydalanib qilganlarni hisobga olmaganda deyarli hamma Islomdan bexabar qoldi.

1990 yillarga kelib, SSSR parchalanganidan keyin davlat tomonidan olib borilayotgan ateistik tashviqotlar to‘htadi. Sovet davrida qoralab kelingan, ya’ni faqat kapitalistlarni jig‘ildonini to‘ydirishni, hech qachon to‘ymaydigan ochko‘zliklarini qondirish yo‘lida oddiy xalqqa zulm qilishidan, yurt boyliklarini, hatto o‘zga xalqlarning boyliklarini talon-taroj qilib, faqat o‘zlarigina farovon yashashini maqsad qiladigan zo‘ravonlarni tuzumi deb 70 yil ta’lim berilgan, qoralangan “demokratiya”ni bizlarga ixtiyoriy-majburiy qabul qildirishdi, sizlar musqatil bo‘ldinglar, bir kunni “istiqlol bayrami” qilib belgilanglar, yangi konstitutsiyani Yevropa davlatlaridan nus’ha ko‘chirib, o‘zinglarga moslashtirib ishlab chiqinglar-da, o‘zinglarcha yashanglar, chegaranglarni aniqlab olinglar – deb, yangicha uslub bilan boshqarishga o‘tishdi.

O‘rta Osiyo xalqlari: e’tiqodimiz, Kitobimiz, Paygambarimiz, qiblamiz bir, asosiy urf-odatlartmiz bir hil, tillarimiz ham bir biriga yaqin degan asosda birlashib, “Turkiston” degan davlatni qilishimiz kerak, shunda hech kimga qaram bo‘lmaydigan kuchli davlat quramiz degan fikr kuchayib borayotganini ko‘rishgach, darhol o‘zbek, qirg‘az, tojik, qozoq xalqlarini millatchilik asosida bir biriga qarshi qo‘zg‘adilar, necha yillar tinch-totuv, yaxshi qo‘shnichilik, qudachiligu-do‘stlik asosida yashab kelgan xalqlarda to‘s-to‘palonglar chiqarishdi, qanchadan-qancha begunoh insonlarni, qariyalarni, ayollar hatto yosh bolalarning qonlari to‘kildi. Maqsad seyks-piko rejasining Ruslarga qoldirilgan tomoni asosida ishlab chiqilgan sun’iy cheralarni saqlab qolish, birlashib, kuchli davlat qurishimizni oldi olish edi.

O‘z rejalari bo‘yicha jirkanch demokratiyani qabul qilishimiz uchun: “demokratiyada din erkinligi bor, har kim o‘z fikrini ayta oladi, davlat raxbarini, ya’ni prezidentni xalq saylaydi, har qanday shaxs erkin yashaydi, hamma mulk eldiki bo‘ladi” – degan yolg‘on-aldovlar bilan yangicha hayotga odatlantirdi.

Dinga ham erkinliklar berildi, asta-sekin masjidlar musulmonlar bilan, ayniqsa, yoshlar bilan to‘la boshladi, Qur’on-hadis ilmlarini o‘rganish, soqol qo‘yish, farzandlarini qori-ilmli qilish, ota-onasini haj-umra kabi safarlarga jo‘natishlari, ayol-qizlarning ro‘mol, jilbob qiyishlari ham kuchaymoqda, xalq uzoq yillar yo‘qotib qo‘ygan Islomiga qaytmoqda. Lekin maktab va oliy o‘quv yurtlarining programmalarida ham, masjidlarda ham – ibodat, odob-axloqni hisobga olmaganda – Islom sistemasini tushuntirish ishlari yo‘lga qo‘yilmayapti. Jamiyatga, ekanomika, ijtimo, boshqaruv kabi ko‘pchilikka aloqador islomiy yechimlarni, Islom tarixini, bizga Islomni kelish tarixini ta’lim berish 30-35 yildan beri yo‘lga qo‘yilmadi.

Elimiz, asosan yoshlar Islomni Misr, Saudiya yoki Turkiya kabi boshqa yurtlardan yoki internetdan o‘rganishga harakat qilishyapti. O‘zaro talash bo‘lgan masalalarning javobini topganlar ijtimoiy aloqa vositalarida, gruppalarda o‘rtoqlashdi, bir-birlariga yetkazishdi. Pul uchun, o‘z foydasini o‘ylab buzuqlik, zino, bachavozlik, bangilik kabi illatlarni rivojlantiradigan roliklar, kinofilmlar ko‘payganligi sababli bir-birlarimizni iymonda saqlab qolaylik deb, iymonni, shariatni, islomiy tuyg‘ularni kuchaytiradigan materiallarni tarqatish ham 2009 yilga kelib qonunan taqiqlandi, oshna-og‘aynilarini, yoshlarni har hil buzuqliklardan saqlab qolish uchun diniy temalarni tarqatish ham jinoyatga aylandi, yangi qonun bilan hatto saqlash ham jinoyat.

Ibodatga yoki shaxsiy masalaga aloqador ishlarda deyarli qarshilik yo‘q, lekin asosiy muammo boshqalarga qilinadigan muomilarda, masalan: namoz o‘qimay, buzuqilik, zino kabi jirkanch ishlar bilan shug‘ullanib yurgan, mast qiluvchi ichimliklarni, narkotik moddalarni istemol qilayotgan do‘stlarimizga qanday muomila qilishimiz to‘g‘ri bo‘ladi?

Ularni Alloh Taolo buzuqlikdan qaytargunicha kutishimiz kerakmi yoki Haj surasining 10-Oyatida kelgan:

ذَ ٰ⁠لِكَ بِمَا قَدَّمَتۡ یَدَاكَ وَأَنَّ ٱللَّهَ لَیۡسَ بِظَلَّـٰمࣲ لِّلۡعَبِیدِ

Bunday bo‘lishi o‘z qo‘llaring taqdim qilgan narsalardandir. Albatta, Alloh bandalarga zulm qilguvchi emasdir, kabi oyatlar asosida “amru-maruf va nahiy munkar” va nasihat qilish zarurmi? Yoki bu taslim bo‘lib, rozi bo‘lishimiz kerak bo‘lgan Qazo ishlardanmi, ya’ni hidayat va zalolat Alloh Taolodanmi yoki insonlarning o‘zlariga bog‘liqmi, dunyo hayotida hidoyatni tanlab, jannat uchun harakat qilish yoki do‘zaxdan saqlanish insonning ixtiyoriy ishimi yoki Alloh Taoloning xohish-irodasimi?

Islomdagi qat’iy hukmni inkor qilish kufr, ularni taomi, nikohi joiz emas bo‘lib qoladimi yoki boshqachami, ya’ni quyidagi oyatlardan kaysinisiga to‘g‘ri keladi? Alloh Taolo aytadi:

 فَلَا تَخۡشَوُا۟ ٱلنَّاسَ وَٱخۡشَوۡنِ وَلَا تَشۡتَرُوا۟ بِـَٔایَـٰتِی ثَمَنࣰا قَلِیلࣰاۚ وَمَن لَّمۡ یَحۡكُم بِمَاۤ أَنزَلَ ٱللَّهُ فَأُو۟لَـٰۤىِٕكَ هُمُ ٱلۡكَـٰفِرُونَ

… Odamlardan qo‘rqmanglar, Mendan qo‘rqinglar. Mening oyatlarimni arzon bahoga sotmanglar. Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, o‘shalar kofirlardir [5:44].

 وَمَن لَّمۡ یَحۡكُم بِمَاۤ أَنزَلَ ٱللَّهُ فَأُو۟لَـٰۤىِٕكَ هُمُ ٱلظَّـٰلِمُونَ

…Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, o‘shalar zolimlardir.  [5:45].

 وَمَن لَّمۡ یَحۡكُم بِمَاۤ أَنزَلَ ٱللَّهُ فَأُو۟لَـٰۤىِٕكَ هُمُ ٱلۡفَـٰسِقُونَ

… Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, ana o‘shalar fosiqlardir. [5:47]. Shu oyatlardan qay biriga to‘g‘ri keladi?- degan e’tiqodga aloqador savollarga: ular aldov, yolg‘on, to‘hmat kabi Qur’onda harom qilingan ishlarga odatlanib olishib, ishondan chiqqanligidan ularni “fosiq”lar deymiz. Elga, boyu-kambag‘allarga zulm qilganliklaridan “zolim”lar deymiz, kofirlar emas, chunki juda ko‘p farz-vojiblarni qilishmasalar ham, haromlarni qilishsa-da, ular Islomni inkor qilishmayapti, faqat bilmasdan xatolarga yo‘l qo‘yishyapti, ularga yetarli, tushunarli qilib yetkazilgandan keyin, har bir gap-so‘zinglar taroziga qo‘yiladi, yo jannatga yoki jahannamga kirishlaringa sabab bo‘ladi, jannat kaliti bo‘ladi yoki do‘zahda azoblanishlariga hujjat ekanligi tushunib turib, inkor qilishsa o‘shanda kofir bo‘lishadi.

Yolg‘iz ayol taksiga yoki nomahram odamning mashinasiga chiqishi, kridit olish, bitkoin, kriptovalyuta kabi elektron pullar savdosi, tarmoq marketingi, elektron biznes, xissadorlik, kooperativ kabi sherikchiliklar, sug‘urta qildirish va davlat tomonidan bularni hujjatlashtirish, ya’ni shu shirkatlarda ishlash, tilla-kumush taqinchoqlarni nasiyaga sotish halolmi, tirik odam a’zolarini, qonini sotishi yoki birovga berishi, ya’ni donorlik qilish, o‘liklarni a’zolarini olish kabi masalalarning hukmi hanafiya mazhabida qanday?

Ulamolar kengashi, muftiyot, ya’ni olim-domlalar shu kabi masalalarning yechimini bayon qilinishi kerak, ayniqsa, ramazon kelayapti, masjidlar musulmonlar bilan obod bo‘ladi, shaytonlar kishanlanadi, ko‘pchilikka Islomni o‘rgatishga, o‘rganishiga qulay fursat, bunga imomlar tayyorlanishi kerak.

Islomni hayoti uchun asos qilib olganlar – madrasalarda Islomdan ta’lim olgan tolibi ilmlar qo‘shilganda ham – elning 1% ni ham tashkil qilmaydi, ko‘pchiligi Qur’onni yodlaganlaru, Islomdan bexabar, da’vatchi bo‘lganlarning ko‘pchiligi ham islomiy oliy o‘quv yurtlarida Islomni yetarli darajada o‘rganishgan emas. Lekin sahobai-kiromlar kabi quyidagi hadisdagi duoga biz ham qo‘shilib qolaylik deb, bilgan narsalariga qattiq amal qilishga, qo‘llaridan kelganicha, imkoni boricha o‘rgangan hukmlarini yaqinlariga yetkazishga harakat qilishyapti. Rosululloh s.a.v. shunday deb duo qilganlar:

نضَّرَ اللَّهُ امرأً سمِعَ مقالتي ، فبلَّغَها ، فرُبَّ حاملِ فِقهٍ ، غيرُ فَقيهٍ ، وربَّ حاملِ فِقهٍ إلى من هوَ أفقَهُ منهُ

Meni so‘zimni eshitib, so‘ng uni boshqalarga yetkazgan insonni Alloh yuzini yorug‘(chiroyli, nafis) qilsin. Ba’zilari faqih(shar’iy hukmlarni biluvchi olim) bo‘lmasalar ham fiqh(shar’iy hukm)ni yetkazuachidir, ba’zilari o‘zidan faqihroq bo‘lgan kimsaga yetkazuvchi. Ibn Mojja rivoyati.

Biz aqidani – inson hayotiging asosi, uni kofir yoki musulmon deb ajratadigan dalil deb bilamiz. Islomni tan olsa mo‘min-musulmon, Uni yoki asoslarini, undagi birorta qat’iy hukmni inkor qilsa kofir bo‘ladi. Moturudiya, Nasafiy yoki Tohoviya deb har qancha nomlanmasin, Islom gullab-yashnagan davrlardagi yetuk olimlar o‘rtasida bo‘lgan bahslarni, ular o‘rtasidagi farqni ko‘tarib, ulardan kimisi to‘g‘ri ekanini isbotlashni, baxslashishni joiz emas deb bilamiz, chunki Alloh Taolo aqidada mavzusida asos qilib faqat qat’iylarni olishimizga buyurgan, gumonga esa ergashishdan qaytargan: Alloh Taolo aqida mavzusidagi bir necha oyatlarda gumonga ergashishni qoralagan, masalan:

إِنۡ هِیَ إِلَّاۤ أَسۡمَاۤءࣱ سَمَّیۡتُمُوهَاۤ أَنتُمۡ وَءَابَاۤؤُكُم مَّاۤ أَنزَلَ ٱللَّهُ بِهَا مِن سُلۡطَـٰنٍۚ إِن یَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَمَا تَهۡوَى ٱلۡأَنفُسُۖ وَلَقَدۡ جَاۤءَهُم مِّن رَّبِّهِمُ ٱلۡهُدَىٰۤ

U(but)lar siz va ota-bobolaringiz qo‘ygan nomlardan o‘zga hech narsa emas. Alloh bunga hech hujjat tushirgan emas. U (mushrik)lar Robbilaridan hidoyat kelganiga qaramay gumon va havoyi nafs xohishiga ergasharlar, xolos [53:23].

Ulamolar kengashi, muftiyot hodimlari elga islomiy yechimlarni – mayli o‘zinglar qabul qilgan – Moturudiy aqidasi asosida, hanafiya mazhabi bo‘yicha yechib berishinglar zarur. Biz kufr e’tiqodlaridan, insonlar o‘ylab topgan tuzumlardan qaytaramiz. Lekin Islomga asoslangan, sahih ijtihoddan kelib chiqqan har qanday amalga, harakatga qarshiligimiz yo‘q. Musulmonlar hayotlarida duch kelishayotgan ishlarini shar’iy hukmlarini bilishni, topgan rizqlarini halol bo‘lishini xohlashadi, Alloh Taolo rozi bo‘ladigan hayot tarzini bilishga intilishadi.

Hukumat ham siz ulamolarni bir joyga to‘plab, muammolarni yechib berishga, davlat tomonidan yordam berishga, da’vatni tartib bilan kuchaytirishga chaqirishdi. Fosiqlik qilishmasdan, aytgan so‘zlari rost bo‘lsa, Islomga bo‘lgan e’tiboridan bilinadi, qalblaridagini bilmaymiz, lekin oshkor qilgan gap-so‘zlari shunga dalolat qiladi.

Ey ulamolar kengashi a’zolari va muftiyot hodimlari!

Hozir bo‘layotgan siyosatga asosiy javobgar sizlarsizlar, Chunki prezident ham, deputatlar ham, hukumat vakillari ham sizlardan so‘rab ish qilishyapti.

Xalk Islomni o‘rganishni, to‘g‘ri yo‘lni, hidoyat yo‘lini topishni xohlashadi, lekin da’vatchilarni qamash, minbarlardan quvish, ularni elga: terrorist, ekstirtmistlar, bularni qamash kerak – deb, to‘hmat-yolg‘onlar to‘qib dushman qilish bilan muammo yechilmaydi. Muammo eldi bo‘lib, ommani da’vatchilarga qarshi qilish bilan emas, balki da’vatchilar ham, domlalar ham adashib ketmasliklari hamda boshqalarni ham adashtirmasliklari uchun ularga faqat kitobga asoslanib o‘rgatishlarini, hamda dalil bilan da’vat qilishlarini talab qilishinglar kifoya.

Ammo yoshlar Islomni, uni bizlarga kelib qolish tarixini, aqida-mazhablarni, usul fiqh ilmlarini, taklifiy yoki vaz’iy hukmlarni, ijtihod shartlarini, arab tili, hadis ilmlarinii maktabdanoq to‘g‘ri tushunishlari uchun ta’lim programmasida Islom asosiy o‘ringa qo‘yishlarini hukumatdan talab qilishinglar kerak, chunki yoshlarni to‘g‘ri yo‘lda yurishlari asosiy ish, yaxshi yashash esa, to‘g‘ri hayot tarzini tanlashning samarasi.

To‘g‘ri yashashni ta’lim berish, hammaga to‘g‘ri yo‘lni o‘rgatish avvallari rosul va payg‘anbarlarnining asosiy vasifasi bo‘lgan. Hozirda payg‘ambarlar yo‘q, endi kelmaydi ham, oxirgisi Muhammad sollalohu alayhi va sallam bo‘ldi. Bu vazifa Islom ulamolariga Rosululloh s.a.v.dan meros bo‘lib qoldi, endi bu mas’uliyat olimlar, ya’ni ulamolar kengashi va muftiyot zimmasida. Alloh Taolo aytadi:

یَـٰۤأَیُّهَا ٱلَّذِینَ ءَامَنُوا۟ لِمَ تَقُولُونَ مَا لَا تَفۡعَلُونَ ()كَبُرَ مَقۡتًا عِندَ ٱللَّهِ أَن تَقُولُوا۟ مَا لَا تَفۡعَلُونَ

Ey, iymon keltirgan zotlar, Nima uchun qilmagan narsangizni gapirasiz. Qilmagan narsangizni gapirishingiz Allohning nazdida qattiq yomon ko‘rilgandir. [61:2-3].

Hukumatga ham, xuquq-tartibot organlariga ham qilayotgan ishlarini, noto‘g‘ri siyosatlarini, ya’ni Qur’onga, Alloh Taolo Oyatlariga, Dinga qarshi bo‘lish og‘ir gunoh, ikki dunyo xalokati ekanini, eshik-derazasi bo‘lmagan ikki metrlik joyga berganidan boshlab har bir ishlariga, zulmlariga javob berish boshlanadi deb eslatishinglar, qoniqarli qilib tushuntirishinglar kerak. Zulmlaridan, noto‘g‘ri siyosatlaridan qaytishmasa, el oldida o‘zinglarni oqlab, Oxiratga hujjatinglarni tayyorlab qo‘yish bilan Rosululloh s.a.v.ni yo‘liga ergashgan haqiqiy merosxo‘rlari bo‘lasizlar.

Qolaversa, insonni e’tiqodini, tushunchasini qamash, urish, kaltaklash balan o‘zgartirib bo‘lmasligini, ayniqsa, Allohga ishongan, uning hukmlarini hayotiga asos qilganlarni o‘lim ham qaytara olmaydi deb, Islomda majburlash yo‘qligini, musulmonga zulm qilish og‘ir gunoh ekanini tushuntirish kerak. Xuquq-tartibot organlari ham ummatning bir bo‘lagi, Allohimiz, Kitobimiz, Payg‘anbarimiz, qiblamiz hatto mozorimiz ham bitta, bir yurt farzandlarimiz. Ular ham Islomini o‘rganishni xohlashadi, Oxirat hayotiga ishonadilar, shuning uchun ularga dinga qarshilik qilish, musulmonlarni bir-biriga qarshi qo‘yish kufrni rejasi deb fikrlatish, zulmdan qaytarish kerak. Anas ibn Molik r.a. Rosululloh s.a.v.dan shunday hadis rivoyat qiladi:

انْصُرْ أَخَاكَ ظَالِمًا أَوْ مَظْلُومًا، قالوا: يا رَسُولَ اللَّهِ، هذا نَنْصُرُهُ مَظْلُومًا، فَكيفَ نَنْصُرُهُ ظَالِمًا؟ قالَ: تَأْخُذُ فَوْقَ يَدَيْهِ

Birodaringga zolim bo‘lsa ham, mazlum bo‘lsa ham yordam ber. Shunda: ey, Rosululloh, mazlum bo‘lganda yordam berishimiz tushunarli. Ammo zolim bo‘lganda qanday yordam beramiz – deb so‘rashdi. Zulmidan uni ushlab qolasan, shu unga qilgan yordamingdir – dedilar. Buxoriy rivoyati.

Nohaqliklardan, zolimlarni zulmlaridan to‘htatib qolishni Rosululloh s.a.v. buyuryapti. Alloh Taolo aytadi:

 وَتَعَاوَنُوا۟ عَلَى ٱلۡبِرِّ وَٱلتَّقۡوَىٰۖ وَلَا تَعَاوَنُوا۟ عَلَى ٱلۡإِثۡمِ وَٱلۡعُدۡوَ ٰ⁠نِۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَۖ إِنَّ ٱللَّهَ شَدِیدُ ٱلۡعِقَابِ

Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo‘lida hamkorlik qilmang. Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh jazosi shiddatli zotdir. [5:2].

Abu Masrur ibn Muhammad

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.