Bu Ummat jannat ahlining yarmidir

16
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hadisi Sharif bilan

Bu Ummat jannat ahlining yarmidir

Aziz muxlislar, “Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.

Imom an-Navaviy «Sahihi Muslim»ga yozgan sharhining “Bu Ummat jannat ahlining yarmidir”  bo‘limida shunday deydi:

حدثنا هناد بن السري حدثنا أبو الأحوص عن أبي إسحق، عن عمرو بن ميمون عن عبد الله قال: قال لنا رسول الله صلى الله عليه وسلم: “أما ترضون أن تكونوا ربع أهل الجنة؟ قال: فكبرنا، ثم قال أما ترضون أن تكونوا ثلث أهل الجنة؟ قال: فكبرنا، ثم قال: إني لأرجو أن تكونوا شطر أهل الجنة وسأخبركم عن ذلك، ما المسلمون في الكفار إلا كشعرة بيضاء في ثور أسود، أو كشعرة سوداء في ثور أبيض“.

“Hanad ibn Sarriy Ibn Abdulloh roziyallohu anhudan shunday rivoyat qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Bizga “Jannat ahlining to‘rtdan bir qismi bo‘lishga rozi bo‘lmaysizmi?” dedilar. Biz “Allohu akbar” dedik. Shunda u zot: «Jannat ahlining uchdan bir qismi bo‘lishga rozi bo‘lmaysizmi?”, dedilar. Biz yana: «Allohu akbar», dedik. So‘ng U zot shunday dedilar: «Umid qilamanki, siz jannat ahlining yarmi bo‘lasiz. Men sizga buning xabarini beraman. Musulmonlar soni kofirlarga qaraganda xuddi qora ho‘kizdagi oq tuk kabi yoki oq ho‘kizdagi qora tuk kabi (oz bo‘ladi).

Aziz birodarlar!

Bu Alloh Taolo tomonidan bizga berilgan alohida sharafdir. Turli hil elatlar orasida bu Ummatga berilgan bu sharafdan ortiqroq sharaf bormi? Demak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari takbir aytganidek, siz ham takbir ayting. Ha, bu hadis Alloh Taoloning ko‘p oyatlarida bayon qilingan narsaning tasdig‘i sifatida kelmoqda. Alloh Taolo aytadi:

وَإِنْ تُطِعْ أَكْثَرَ مَنْ فِي الْأَرْضِ يُضِلُّوكَ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ إِنْ يَتَّبِعُونَ إِلَّا الظَّنَّ وَإِنْ هُمْ إِلَّا يَخْرُصُون

“Yer yuzidagi kimsalarning juda ko‘plariga itoat qiladigan bo‘lsangiz, sizni Allohning yo‘lidan ozdirurlar. (Zotan) ular faqat gumonlarigagina ergashurlar va faqat aldaydilar, xolos”. (An’om:116).

Alloh Taolo Nuh (alayhissalom)ning qavmi haqida shunday deydi:

وَمَا آَمَنَ مَعَهُ إِلَّا قَلِيلٌ

Unga iymon keltirgan kishilar esa juda oz edilar.

Yana aytadi:

وَمَا يُؤْمِنُ أَكْثَرُهُمْ بِاللَّهِ إِلَّا وَهُمْ مُشْرِكُون

“Ularning ko‘plari Allohga faqat mushrik bo‘lgan hollaridagina iymon keltiradilar”. (Yusuf:106).

Yana aytadi:

إِلَّا الَّذِينَ آَمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ وَقَلِيلٌ مَا هُمْ

“Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan kishilargina (zulm qilmaslar. Ammo) ular juda ozdirlar”. (Sod:24).

Yana aytadi:

وَقَلِيلٌ مِنْ عِبَادِيَ الشَّكُورُ

“Bandalarim orasida shukr qilguvchi (zotlar juda) ozdir”. (Saba:13).

Ey musulmonlar!

Bu sevimli Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning xushxabaridir. Bu xushxabar sizda o‘zgarish paydo qilmaydimi? Jannat ahlidan bo‘lish uchun qalbingizdan o‘rin olmaydimi? Ayniqsa, Alloh Taoloning hukmi yer yuzida yo‘q bo‘lib, ummat bir asrdan beri azob chekayotgan bir paytda yer yuzida Allohning hukmini qayta tiklash yo‘lida xolis harakat qiluvchi insonlar bilan birga harakat qilishga undamaydimi? Alloh Taolo va Rasuli tomonidan jannat va’da qilingan odamning o‘zgartirish zarur bo‘lgan paytda jimgina o‘tirishi to‘g‘rimi?

Shunday ekan, keling, yeng shimarib, Hizb ut-Tahrir bilan birgalikda Islomni to‘liq hayotga tatbiq etish uchun harakat qilaylik. Buning uchun bor kuchimizni ayamaslikka va’da berganmiz. Buyuk Arshning Robbisi bo‘lgan Allohdan so‘zlarimizni eshitib, bizni ularning eng yaxshilariga ergashuvchilardan qilishini so‘raymiz.

Aziz birodarlar, navbatdagi «Hadisi Sharif bilan» nomli ruknimizgacha Alloh Taoloning panohida bo‘ling. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.

14 Rajab, 1446h yil.

14 yanvar, 2025m yil.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.