Haqiqatni tekshirib, noto‘g‘risini aniqlab oling

2
0

Haqiqatni tekshirib, noto‘g‘risini aniqlab oling

Alloh Taolo aytadi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِن جَاءكُمْ فَاسِقٌ بِنَبَأٍ فَتَبَيَّنُوا أَن تُصِيبُوا قَوْمًا بِجَهَالَةٍ فَتُصْبِحُوا عَلَى مَا فَعَلْتُمْ نَادِمِينَ

– “Ey muminlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda, biron qavmga musibat yetkazib qo‘yib, qilgan ishlaringizga afsus-nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab-tekshirib ko‘ringlar!”. [49:6]

Ey Qirg‘izistonning musulmon xalqi! Alloh Taolo Bu oyatda musulmonlarga, jumladan, sizlarga ham “Ey iymon ketirganlar, ey mo‘minlar”, deb xitob qilmoqda. Shuningdek sizlarga fosiqlar tarqatayotgan xabarlarning haqiqatini aniqlab, noto‘g‘risini ajratib olishni buyuryapti.

Ma’lumki, ayni paytda hukumat ommaviy axborot vositalari orqali Hizb-ut-Tahrir Islomiy siyosiy partiyasi haqida turli xabarlarni tarqatmoqda. Bundan avval hukumat dinimizga qarshi qonun qabul qilmoqchi bo‘lganida Qirg‘izistondagi Hizb unga qarshi axborot kampaniyasi uyushtirib, natijada o‘nlab yigitlarimiz huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan hibsga olingan edi. Bu kabi zulmkor tadbirlar bugungi kungacha davom etib kelmoqda. Ayni paytda davlat tomonidan axborot hujumi kampaniyasi ham olib borilmoqda. Bu kampaniyadagi tuhmatlarga oydinlik kiritib, haqiqatni aniqlab olish esa sizning zimmangizda.

Avvalambor bu xabarlarni kim tarqatayotganiga e’tibor bering. Albatta, bu ish hukumat tomonidan amalga oshirilyapti. Hukumat rasmiylari esa aniqki, Allohning shariatidan boshqa qonunlar bilan hukm yuritadigan hukmdorlar bo‘lib, ular fosiq hisoblanadi.

Alloh Taolo aytadi:

 وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ فَأُولَئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ

“Kimda-kim Alloh nozil etgan din bilan hukm etmas ekan, ular fosiqlardir”. [5:47]

Ha, ular fosiqlardir. Ular shariatni emas, balki AQSH, Yevropa, Rossiya va Xitoy rahbarlari kabi mushrik mustamlakachilarni o‘zlariga xo‘jayin qilib olganlar. Bu xo‘jayinlar dunyoni demokratiya niqobi ostida kapitalizm bilan boshqarib, zo‘ravonlik bilan mustamlaka qilmoqda. Ularning hukmronligi faqat ikkiyuzlamachilik, makkorlik va ochko‘zlikdan iboratdir. Biroq, ular bu jinoyatlarini “qonuniy”lashtirib olishgan. Masalan, ularning ekstremizm va terrorizm bahonasida xalqlarga qarshi genotsid uyushtirishlari “qonuniy”dir. Xalqlarni qirg‘in qilish, yerlarini bosib olish, boyliklarini talon-taroj qilish ham “qonuniy” hisoblanadi…

Musulmonlarning fosiq hukmdorlari esa, har sohada ushbu kofir xo‘jayinlaridan o‘rnak olishadi. Sarmoya kiritish bahonasida yerlarni va boyliklarni xo‘jayinlariga hadya qilishadi. O‘z xalqini kapitalizmga bo‘ysundirib, mustamlakachilarning quliga aylantirishadi. Bunga qarshi chiqqan va xalqni kapitalizm zulmatidan qutqarib, Islom nuriga olib chiqishni maqsad qilgan xolis musulmonlar esa ekstremizmda ayblanmoqda. Bu hokimlar xalqni aldashda ham o‘z xo‘jayinlaridan o‘zib ketishdi. Masalan, dinga qarshi qonunni “din uchun foydali qonun” sifatida taqdim etmoqda. Ular bu jinoyatlarning barchasini “qonuniy”lashtirib olishgan. Ha, ular mana shunday fosiqlardir.

Endi bu fosiqlar oldida biz ham sizga o‘zimiz haqimizda aytib bersak: Biz Hizb a’zolari Alloh va Uning Rasuliga ishongan, shuningdek Allohning Kitobi va Rasulining sunnati bilan yashashga harakat qilayotgan sizlarning farzandlaringizmiz. Biz shariat talabiga binoan insonlarni Islomga chaqiruvchi, yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan qaytaruvchi Islomiy siyosiy hizbmiz. Shu doirada sizlarni Islomiy tuzumning barcha sohalari – Islomda ibodat, siyosat, iqtisod, ta’lim-tarbiya, odob-axloq… barcha-barchasini to‘liq o‘rgatish bilan da’vat qilamiz. Biz hokimlarni muhosaba qilish orqali siyosiy faoliyat olib boramiz.

Din dushmanlarining din uchun harakat qilayotganlarga qarshi kurash olib borishi -bu Allohning sunnatidir. Tarixdan ma’lumki, Payg‘ambarlar va ularning izdoshlari yolg‘onchiga chiqarilgan, qiynoqqa solingan, hatto qatl qilingan. Oxirgi Payg‘ambar Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning siyratidan ham U zot va sahobalarining mushriklardan qanday azob-uqubatlarga duchor bo‘lganini yaxshi bilamiz. Ular fikriy-siyosiy kurash bosqichida ozorlarga qanday sabr qilib, da’vatni davom ettirganliklarini ham juda yaxshi bilamiz. Shuningdek Madinada davlat barpo bo‘lgach, jihod va fathlarda o‘sha zolimlardan qanday qasos olganliklarini ham yaxshi bilamiz. Biz bu haqda bilmaganlarni xabardor qilmoqchimiz…

Ba’zan davlat amaldorlari muhtojlarga yordam berayotganini va zaiflarga g‘amxo‘rlik qilayotganini ko‘rib qolamiz. Biroq, quyidagi voqealardan so‘ng, bular xo‘jako‘rsinga qilingan ko‘zbo‘yamachilik ekanligiga doir salbiy gumon tug‘uladi. Hizb a’zolarini qamoqqa olish hodisalariga bir qarang, tong otmasdan eshikni tepib, sindirib kirib, hech gap-so‘zsiz kaltaklay boshlaydi… Hattoki ayrim yigitlarni “tez yordam” mashinasida olib ketishdi. Qaysi jinoyati uchun: “Robbim Alloh” degani uchunmi? O‘sha yigitlarning ba’zilari keksa onalarining yolg‘iz boquvchisi edi. Ba’zilari esa 1-guruh nogiron farzandining yolg‘iz boquvchisi edi. Hukumat mehr bilan avaylashi kerak bo‘lgan o‘sha keksa onaxon va nogiron bola shu davlatning fuqarolari emasmi axir… Hukumat boquvchisiz qoldirayotgan bu oila davlatga nima yomonlik qildi?!

Ehtimol huquq-tartibot idoralarining xodimlari “sallasini olib kel, desa kallasini” olib kelayotgandir. Ular bu jinoyatlari uchun Allohning oldida ham, bandasining oldida ham javob beradilar. Oxirat jazolaridan oldin Alloh Taoloning ularga bu dunyoda beradigan jazolari ham bor. Ey huquq-tartibot idoralarining xodimlari, dinga dushman bo‘lgan Abu Lahabning itday hor bo‘lib o‘lgani, Ummu Ammorning bosh og‘rig‘idan it kabi uvillab qolgan tarixini o‘qib ko‘ring. Allohning oxiratdagi jazosini yana bir bor sizga eslatamiz, u eng alamli azobdir! Buni tahdid qilish sifatida emas, ogohlantirish sifatida aytamiz. Alloh Taolo aytadi:

وَذَكِّرْ فَإِنَّ الذِّكْرَى تَنفَعُ الْمُؤْمِنِينَ

– “Va (Qur’on bilan) pand-nasihat qiling! Zero u pand-nasihatlar mo‘minlarga naf’ yetkazur”. (51:55).

Hokimiyat vahshiylik qilishga buyruq beradimi yoki huquq-tartibot idoralari xodimlarining o‘zi haddan oshadimi, farqi yo‘q, bu jinoyatning javobgarligi bari-bir hokimiyat vakillarining zimmasiga tushadi. Chunki ular rahbardir va qo‘l ostidagilardan mas’uldir. Bu rahbarlar nima maqsadda dinga qarshi kurashayotganini tushunib bo‘lmaydi. Siz bu ishlarni mansab uchun qilyapsizmi? Sizning mansabingizni malaylik sifatisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Demak bu yerda hukumat ham yo‘q! Shunday ekan siz malaylik “mansabi” uchun diningizga xiyonat qilasizmi?!

Bugungi kungacha qanchadan qancha din dushmanlari o‘tdi. Ular ham o‘z davrida tashqi ko‘rinishidan kimgadir ulug‘vor, munosib, qadrli hayot kechirayotgandek tuyulgan. Biroq, ular xotirjam hayot kechira olishmagan. Bu voqealarning ba’zilari tarix sahifalarida oshkor bo‘lgan bo‘lsa, ayrimlari oxiratdagi sharmandalik kunlariga qolgan. Oxirat azobi esa azoblarning eng alamlisidir. Biroq, biz sizlarni oxiratgacha bo‘lgan jazolardan ham ogohlantiramiz. Tarixdan Bilol roziyallohu anhuni bilmagan kishi bo‘lmasa kerak. U mushriklarning kattalaridan bo‘lgan Umayya ibn Xalafning quli edi. Bilol iymon keltirgach, Umayya uning boshiga ne-ne azoblar solmadi?! Nihoyat, Abu Bakr roziyallohu anhu Bilolni sotib olib, bu azobdan qutqardi. Madinada musulmonlar davlati barpo bo‘lgach, musulmonlar bilan mushriklar o‘rtasida Badr jangi bo‘lib o‘tdi. O‘shanda o‘sha zolim Umayya Bilol roziyallohu anhuning qilichi ostida qolib jon berdi… Biroq, boshqacha holat yuz berishi ham mumkin, gohida musulmonlar qasos olishga ulgurmasdan ba’zi zolimlar itday hor bo‘lib o‘lib ketadi. Masalan, Saddam Husayn, Muammar Qaddafiy kabi. Biz sizlarni shu ahvolga tushmasingizdan avval o‘zingizga kelasiz deya ogohlantiryapmiz. Dinga qarshi chiqib kimni rozi qilmoqchisiz?

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:

مَنْ أَرْضَى النَّاسَ بِسَخَطِ اللهِ، سَخَطَ اللهُ عَلَيْهِ، وَأَسْخَطَ عَلَيْهِ النَّاسَ. وَمَنْ أَرْضَى اللهَ بِسَخَطِ النَّاسِ، رَضِيَ اللهُ عَلَيْهِ وَأَرْضَى عَلَيْهِ النَّاسَ

“Kim Allohni g‘azablantirish bilan insonlarni rozi qilsa, Alloh undan g‘azablanadi va insonlarni ham undan g‘azablantiradi. Kim insonlarni g‘azablantirish bilan Allohni rozi qilsa, Alloh undan rozi bo‘ladi va insonlarni ham undan rozi qildiradi”. (Termiziy sahih sanad bilan rivoyat qilgan).

Alloh Taolo aytadi:

إِنَّ هَذِهِ تَذْكِرَةٌ فَمَن شَاء اتَّخَذَ إِلَى رَبِّهِ سَبِيلًا

“Albatta ushbu (oyatlar) bir eslatmadir. Bas, kim xoxlasa (bu nasihatdan ibrat olib) Parvardigoriga yo‘l tutar”. [73:19]

Endi bizga kelsak, Alloh Taoloning quyidagi oyati doimo yodimizdadir:

   أَحَسِبَ النَّاسُ أَن يُتْرَكُوا أَن يَقُولُوا آمَنَّا وَهُمْ لَا يُفْتَنُونَ وَلَقَدْ فَتَنَّا الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَلَيَعْلَمَنَّ اللَّهُ الَّذِينَ صَدَقُوا وَلَيَعْلَمَنَّ الْكَاذِبِينَ

– “Odamlar: «Iymon keltirdik», deyishlari bilangina, imtihon qilinmagan hollarida, qo‘yib qo‘yilishlarini o‘yladilarmi?! Holbuki Biz ulardan avvalgi (iymon keltirgan barcha) kishilarni imtihon qilgan edik-ku!! Bas (shu imtihon vositasida) albatta Alloh («Iymon keltirdik» deb) rost so‘zlagan kishilarni ham, yolg‘onchi kimsalarni ham aniq bilur”. (29:2-3).

Bunday sinovlar Hizb uchun ham va uning a’zolari uchun ham yangilik emas. Shuningdek ajablanarli ham, qo‘rqinchli ham emas. Bu shunchaki sinovdir. Ha, bu yo‘ldan kimlardir rostdan qaytishi mumkin, ba’zilar esa tilida qaytib, qalbini saqlashi ham mumkin. Bunday odamlar payg‘ambarlar davrida ham bo‘lgan. Biroq, o‘shanda ham musulmonlarning aksariyati o‘z jamoalari bilan birga, ba’zi qurbonlar berib bo‘lsalar ham, bu ishni, ya’ni dinni yuzaga chiqarishdi. Hozir ham ko‘pchilik “yo bosh ketadi yoki bu ish nihoyasiga yetadi”, “Alloh yo g‘alabaga yoki shahidlikga yetkazadi” deb, sabr va jasorat bilan harakat qilayotganini ko‘rasiz… Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar aytadilar:

«عَلَيْكُمْ بِالْجَمَاعَةِ، فَإنَّ الذِّئْبَ لاَ يَأْكُلُ مِنَ الْغَنَمِ إلاَّ الْقَاصِيَةَ»

“Jamoatdan ajramang. Chunki bo‘ri faqat podadan ajralgan qo‘yni yeydi” (Abu Dovud rivoyati).

Xalifalik davlati tiklanlgandan keyin Islom askarlari din dushmanlarining ortidan tushib, bunkerlarida yashiringan bo‘lsalar ham topadilar… inshaAlloh.

Ey Qirg‘izistonning musulmon xalqi! Biz sizlarga “musulmonlar” degan etiborda murojaat qilyapmiz. Qaysi hukumat bo‘lishidan qat’i nazar, u o‘z kuchini xalqdan oladi. Hatto zulm qilishida ham xalqqa tayanadi, xalqdan dastak bo‘lmasa, to‘xtashga majbur bo‘ladi. Shunday ekan, siz hukumatni yomon ishlaridan qaytarib, yaxshilikka buyuring. Bu sizning zimmangizdagi vazifangizdir. Zolimlarning qo‘lidan ushlab, jinoyat qilishdan tiyib qo‘ying.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:

«إنَّ النَّاسَ إِذَا رَأَوْا الظَّالِمَ فَلَمْ يَأْخُذُوا عَلَى يَدَيْهِ أَوْشَكَ أَنْ يَعُمَّهُمُ اللهُ بعِقَابٍ»

“Odamlar agar zolimni ko‘rib, uning qo‘lidan ushlamasalar tezda Alloh Taolo ularga o‘z azobini ommaviy qilib yuborur” (Termiziy va Ibn Moja rivoyati).

Esingizda bo‘lsa, bundan bir necha yil avval sekulyar faollar zolim amaldorlarni musulmon faollariga qarshi gijgijlab, bir qancha qonunlar taklif qilgan edi. Masalan, “ekstremistlarning soxta akkauntlariga qarshi kurash” kabi. Endi o‘sha qonunlarning hammasi nafaqat o‘zlariga, balki butun xalqqa ham qarshi ishlayapti. Shuningdek Hizb yigitlari ko‘p yillar davomida ta’qibga uchraganda, boshqa jamoa vakillari bunga befarq qarashgan edi. Keyincha esa bu ish “Yaqinchilar”ga yetib keldi. Endi zulm ularning har biriga qadamma-qadam yaqinlashlamoqda.

Agar zolimning zulmidan tiyib qo‘yilmasa, uning zulmi chegara bilmay davom etaveradi. Zulm har bir uyga kirib borib, har biringizni yoqangizdan oladi. Bugungi kundan misol keltirsak, Akayev davrida xususiylashtirilib, keyin qo‘ldan-qo‘lga o‘tib ketgan yerlar tortib olinmoqda. Ushbu noqonuniy xususiylashtirishni amalga oshirgan Akayev va uning tarafdorlari hech narsa ko‘rmaganday yurgan bir paytda, u yelarni halol puliga sotib olgan odamlar mulkidan ajralib qolmoqda. Hukumat ushbu shafqatsizligida ham sizga tayanyapti. Siz esa “30 yil davomida qilinmagan ishlarni qilyapti”, degan vajh bilan uning barcha vahshiyliklarini qo‘llab-quvvatlayapsiz. Yo‘l qilayotgan bo‘lsa, maktab qurayotgan bo‘lsa, – bu ularning vazifasi. Hatto yanada yaxshiroq qilib qurishlari kerak. Qilgan ishlarini ro‘kach qilib, xalqni qul qilib olmasligi kerak. Ulardan oldingi hukumatlar shu ishlarni qilmagani uchun quvilgan edi. Bular “biz qilamiz” deb va’da berib hukumatga kelishdi, endi nima uchun buni ro‘kach qilishi kerak?! (Ba’zi boshqa mamlakatlarda bundan ham muhimroq rivojlanishlar yuz berdi. Ularning oldida bizning hukumat qilgan ishlar hech narsa bo‘lmay qoladi. Biroq rivojlanishni faqat moddiy taraqqiyotga cheklab, uni faqat kapitalistik iqtisodiy taraqqiyotga bog‘lash noto‘g‘ridir. Bunday qilish xalqning aksar qismini kapitalistlarning quliga aylantirib qo‘yadi). Aslida, sizning yaxshi hayotingizning asosi boshqa joyda. Alloh Taolo aytadi:

وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ الْقُرَىٰ آمَنُوا وَاتَّقَوْا لَفَتَحْنَا عَلَيْهِمْ بَرَكَاتٍ مِنَ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ

“Agar u qishloqlarning (joyning) axli iymon keltirib, taqvodor bo‘lganlarida edi, albatta Biz ularga osmonu yerdan barakot (darvozalarini) ochib qo‘ygan bo‘lur edik”. [7:96]

Hozirda hukumat vakillari avvalgidek o‘zlarini muhosaba qilishga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda. Masalan, Xitoyga qancha yer va qancha kon berilmoqda… Ko‘mir konlarini olib ko‘rsak: Zargara konida sodir etilgan jinoyatlar fosh etilib, ish to‘xtatildi. Bunga mahalliy aholining qarshiligi sabab bo‘ldi. Agar xalq e’tiroz bildirmasa, xitoylik sarmoyadorlar zararli ishlarini davom ettiraverardilar. Endi esa, hukumat asta-sekin “investorlarni himoya qilish” bahonasida xalqning bunday e’tirozlarini oldini olishga harakat qilmoqda. Yana bir misol, davlat soliq ustiga soliq solishni boshlagan edi, lekin xalqning qarshiligi tufayli biroz ortga chekinishga majbur bo‘ldi. Ya’ni soliqlar orqali xalqni talashda “uch qadam oldinga, yarim qadam orqaga” ketdi…

Binobarin, xalqning burchi: hukumatning yaxshi ishlarini qo‘llab-quvvatlash, yomon ishlaridan qaytarishdir. Shu o‘rinda, “ulamolar”ga ham qisqacha so‘zimiz bor: Sizlar Imom Abu Hanifa, Imom Shofe’iy, Imom Ahmad (roziyallohu anhum) kabi Rabbiy ulamolarining zolimlar qarshisida tutgan pozitsiyaday bir pozitsiyada turish haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Yoki hech bo‘lmasa, bir niyat qilib ko‘rganmisiz?

Alloh Subhanahu va Taolo aytadi:

وَاتَّقُوا فِتْنَةً لَا تُصِيبَنَّ الَّذِينَ ظَلَمُوا مِنْكُمْ خَاصَّةً ۖ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ

“Hamda sizlardan faqat zolim kimsalarning o‘zigagina yetmay (balki barchaga yetadigan) balodan saqlaningiz! Va bilingizki, albatta Allohning azobi qattiqdir.” [8:25]

Endi esa so‘zimizga yakun yasaymiz: Hukumat sizlarga biz haqimizda o‘z xabarini berdi, biz ham o‘zimiz haqimizda aytib berdik. Haqiqatni tekshirib, noto‘g‘risini aniqlab oling…

Abdulhakim Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.