Haqiqatning tabiati oliy bo‘lishga, yolg‘onning tabiati esa yo‘q bo‘lishga mahkumdir

14
0

Haqiqatning tabiati oliy bo‘lishga, yolg‘onning tabiati esa yo‘q bo‘lishga mahkumdir

Iymon va kufr, haq va botil o‘rtasidagi kurash Odam alayhissalom yaratilgan kundan boshlangan bo‘lib, to qiyomatgacha davom etadi. Hozirgi kunda kofirlar va ularning malaylari tomonidan haq dinga qarshi olib borilayotgan kurashlar yangilik emas. Kofirlar doimo Allohga va uning diniga qarshi kurashib kelgan. Ular Payg‘ambarlarni yolg‘onchiga chiqarib, hatto o‘ldirishgacha borishgan. Oqibatda kofirlar bu dunyoda xor bo‘lishdi, oxiratda esa ularni alamli azob kutmoqda. Alloh Taolo aytadi:

إِنَّ ٱلَّذِینَ یَكۡفُرُونَ بِـَٔایَـٰتِ ٱللَّهِ وَیَقۡتُلُونَ ٱلنَّبِیِّـۧنَ بِغَیۡرِ حَقࣲّ وَیَقۡتُلُونَ ٱلَّذِینَ یَأۡمُرُونَ بِٱلۡقِسۡطِ مِنَ ٱلنَّاسِ فَبَشِّرۡهُم بِعَذَابٍ أَلِیمٍ

“Allohning oyatlarini inkor qiladigan, payg‘ambarlarni nohaq o‘ldiradigan va odamlar orasidagi adolatga chaqiruvchi zotlarni o‘ldiradigan kimsalarga albatta alamli azob «xushxabar»ini yetkazing!”. (Oli Imron: 21)

O‘tmishda kofirlar Rosululloh ﷺning risolatiga turli xil yo‘llar bilan qattiq qarshi kurashishdi. U zotni yolg‘onchiga chiqarishdi, fitnalar uyushtirishdi, toshbo‘ron qilishdi va hatto o‘ldirmoqchi ham bo‘lishdi.

Bugungi kunda haq va botil o‘rtasidagi kurash butun dunyoda bo‘layotgani kabi Qirg‘izistonda ham davom etmoqda. Milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat qo‘mitasi Qirg‘izistonda Hizb yetakchilari hibsga olinganini va mandublaridan biri yirik miqdordagi firibgarlik harakatlarini sodir etganligi uchun xalqaro qidiruvga berilganini e’lon qildi. Hukumat bunday yolg‘on da’volar orqali Hizbni jamiyatga yomon ko‘rsatishni maqsad qilmoqda. Hizbga qarshi soxta ayblovlar xususan, o‘tgan yil oxirida “Din to‘g‘risidagi qonun”ga qarshi o‘tkazilgan aksiyalar ortidan boshlangan edi. Chunki Hizb bu qonunning haqiqatini fosh qilib, uni jamoatchilikka, shu jumladan imom-xatiblar va qozilarga tushuntirish maqsadida aksiya o‘tkazdi. Aksiyaga qatnashgan o‘nlab yigitlar huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan hibsga olindi. Ular chidab bo‘lmas iskanjalarga duchor bo‘ldi, elektr tokiga qo‘yilib, og‘ir qiynoqlarga solindi. Mazkur aksiya doirasida viloyatlarda ham bir qancha yigitlar hibsga olindi. Hibsga olishlar va zulmlar hech qanday natija bermagach, o‘zlarini musulmon deb bilgan ushbu zolimlar hozirda Hizbga qarshi tuhmat va yolg‘on ayblovlar kampaniyasini boshlab yubordi. Ayniqsa, Hizbga aloqasi bo‘lmagan shaxslarni hibsga olish orqali ularning ijtimoiy tarmoqlardagi provokatsion postlarini Hizbga tegishli qilib ko‘rsatishga harakat qilmoqda.

Albatta, ular bu harakatlari bilan hech qanday natijaga erisha olmaydi! Chunki qirg‘iz jamiyati kun sayin o‘z Islomiga qaytib, uni mafkuraviy asosda chuqur o‘rganishga ishtiyoqi ortib bormoqda. Ular haqiqat va yolg‘onni ajratib, hukumatning bunday iflos nayranglariga ishonmay qo‘yishdi. Xususan, Hizb na bir zolimning zulmidan va na bir malomatchining malomatidan qo‘rqmay, Islomni hayotga qaytarish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini bir lahza ham to‘xtatgan emas. Qonxo‘r Karimov qamoqxonalaridagi zulm tufayli shahid bo‘lgan va nogiron bo‘lib qolgan minglab birodarlarimizning hikoyalari buning dalilidir.

Hukumat buni yaxshi tushunib yetishi lozim. Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadislda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Musulmonning qoni, nomusi va moli musulmon uchun haromdir”, dedilar. (Muslim rivoyati). Shuning uchun, ey hukumat rasmiylari, kapitalist xo‘jayinlarning buyrug‘iga emas, Allohning diniga ergashing. Haqning oliy bo‘lishi va botilning yo‘q bo‘lishi Allohning qadaridir. Shunday ekan, hibsga olishlar va yolg‘on ayblovlar Hizbut Tahrir a’zolarini aslo to‘xtata olmaydi. Aksincha, bunday ishlar Hizb yigitlarini o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida yanada g‘ayratlantiradi! Chunki biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislariga chin dildan ishonamiz:

لَا تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ أُمَّتِي عَلَى الدِّينِ ظَاهِرِينَ، لِعَدُوِّهِمْ قَاهِرِينَ، لَا يَضُرُّهُمْ مَنْ خَالَفَهُمْ إِلَّا مَا أَصَابَهُمْ مِنْ لَأْوَاءَ حَتَّى يَأْتِيَهُمْ أَمْرُ اللهِ وَهُمْ كَذَلِكَ

“Ummatimdan bir guruh kishilar dinda g‘olib bo‘lib, dushmanlarini mag‘lub qilgan holda davom etadilar. Qarshi chiqqanlar ularga zarar yetkaza olmaydi. Faqat ularga turli azob-uqubatlar yetadi, xolos. Allohning amri kelgunga qadar ular shunday holatda davom etadilar”. (Abu Dovud va Ahmad rivoyati).

Hizb ut-Tahrirning Qirg‘izistondagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.