Elektr energiyasining tarifi 2,60 somgacha ko‘tariladi
Elektr energiyasi narxi 2030 yilgacha 2,60 somga oshadi. Bu haqida Energetika vaziri o‘rinbosari Nasipbek Kerimov Jogorku Keneshda ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, hozirda bir kilovatt-soat 1,11 som bo‘lib, narx har yili o‘rtacha 15 foizga oshadi. Shunga ko‘ra, tarifni quyidagicha oshirish rejalashtirilgan:
2025 yilda – 26 tiyinga;
2026 yilda – 21 tiyinga;
2027 yilda – 24 tiyinga;
2028 yilda – 27 tiyinga;
2029 yilda – 31 tiyinga;
2030 yilda – 36 tiyinga ko‘tariladi.
Izoh:
Bundan avval energetika vaziri Taalaybek Ibrayev elektr energiyasi narxi inflyatsiya darajasiga qarab har yili ko‘tarilishini aytgan edi. Biroq amalda elektr tariflari inflyatsiyaga qarab emas, balki hukumat qaroriga ko‘ra ko‘tarilmoqda. Masalan, Milliy statistika qo‘mitasi 2024 yilda inflyatsiya darajasi 6,3 foizni tashkil etganini ma’lum qildi. Biroq elektr energiyasi tarifi 7 tiyin o‘rniga 26 tiyinga ko‘tarildi.
Ko‘rinib turibdiki, rasmiy hukumat xalqning yelkasidagi yukini kundan kunga og‘irlashtirib bormoqda. Buning uchun hatto o‘z so‘zlaridan ham toymoqda. Mamlakatda elektr energiyasi tariflari muntazam ravishda oshib borayotgan bo‘dsa-da, biroq sovuq mavsumda elektr energiyasi yetarli darajada yetkazib berilmaydi. Masalan, elektr energiyasi xalqqa 220 kVt o‘rniga 160-180 kVt quvvatda yetkazib berilmoqda. Hatto vaqti-vaqti bilan elektr ta’minotida uzilishlar yuz berib turadi. Bundan farqli o‘laroq, mamlakatdagi kapitalistlar mayning fermalarini ishlatish uchun elektr energiyasini arzon narxda sotib olishyapti. Masalan, “MBT Stroy” kompaniyasi “Qambar-Ota-2” GESiga 1,5 mlrd. som sarmoya kiritib, uni elektr energiyasi sifatida qaytarib olmoqda. Mazkur kompaniya “Qambar-ota”ga kiritgan sarmoyasini oqlash uchun 5-10 yil davomida GESdan 50-60 tiyindan energiya olishni rejalashtirgan. Ma’lumki, rasmiy idoralar elektr energiyasining tannarxi 2 som 38 tiyin ekanini aytib keladi. Biroq, kapitalistlarning manfaatlari haqida gap ketganda, bu tannarxlar 60 tiyindan ham pastga tushib qoladi.
Aslida, Qirg‘izistonning energetika inqirozidan chiqa olmasligining sababi elektr tariflari narxining arzonligi emas, balki energetika tarmog‘idagi korrupsiya va kapitalistlarning turli nayranglaridir.
Xulosa qilib aytganda, muammoning asosiy sababi boshimiz uzra qora bulutga aylangan kapitalistik tuzum va energetika tarmog‘idagi korrupsionerlardir. Ular aholining asosiy ehtiyoji bo‘lgan elektr energiyasini xususiylashtirish orqali katta daromad olmoqda. Shunday ekan, xalq kapitalizmni inkor etib, Islomni tiklashga urinayotgan yetakchilar orqaligina bunday ayanchli vaziyatdan qutilishi mumkin. Xalqni aldagan rahbarlarga yana umid bog‘lash – bir indan ikki marta chaqilish hisoblanadi. Bu esa, musulmonlar uchun joiz emas!