بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hadisi Sharif bilan
Islomdagi sifatlarning asosi
Aziz muxlislar, “Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.
Imom an-Navaviy «Sahihi Muslim»ga yozgan sharhining “Islomdagi sifatlar asoslari” bo‘limida shunday deydi:
عن سفيان بن عبد الله الثقفي قال: قلت: يا رسول الله قل لي في الإسلام قولا لا أسأل عنه أحدا بعدَك وفي حديث أبي أسامة غيرَك، قال: “قل آمنت بالله ثم استقم“.
Sufyon ibn Abdulloh As-Saqafiy roziyallohu anhu rivoyat qiladi: Men “Ey Allohning Rasuli, menga Islom haqida sizdan keyin hech kimdan so‘ramaydigan biror narsa ayting”, dedim. (Abu Usoma roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda: “Sizdan boshqa”, deb keladi). Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga iymon keltirdim, deb ayt, so‘ngra to‘g‘ri — ustivor bo‘l», dedilar.
Qozi Iyod rahimahulloh aytadi: Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zamol ekanliklarini ko‘rsatadi. Buning ma’nosi Alloh Taoloning quyidagi so‘zlarining ma’nosi bilan bir xil:
إن الذين قالوا ربنا الله ثم استقاموا
“Ular: «Parvardigorimiz Allohdir», deb, so‘ngra to‘g‘ri — ustivor bo‘ldilar”.
Ya’ni, ular yolg‘iz Allohga iymon keltirdilar, to‘g‘ri — ustivor bo‘ldilar va tavhiddan toymadilar. O‘lgunlarigacha Allohga itoat qilishda davom etdilar.
Aziz birodarlar!
To‘g‘ri — ustivor bo‘lish, to‘g‘ri — ustivor bo‘lish, to‘g‘ri — ustivor bo‘lish va yana to‘g‘ri — ustivor bo‘lish! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bu ulug‘ ish haqida so‘ragan Sufyon Saqafiydan Alloh rozi bo‘lsin. Jannatga kirishning kaliti va Alloh rizosining kaliti hisoblangan bu amal qanday qilib ulug‘ bo‘lmasin? Musulmon kishi namozning har bir rakatida: “اهدنا الصراط المستقيم” “Bizni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilgin”, deb so‘rasa, qanday qilib to‘g‘ri — ustivor bo‘lish, ulug‘ amal bo‘lmasin?
Agar Alloh Taolo O‘zining buyuk Payg‘ambari sollallohu alayhi vasallamdan “فلذلك فادْعُ واستقمْ” “Mana shunga (Islomga) da’vat qil va to‘g‘ri — ustivor bo‘l” deb talab qilgan bo‘lsa, qanday qilib to‘g‘ri — ustivor bo‘lish buyuk amal bo‘lmasin?
To‘g‘ri — ustivor bo‘lish faqat to‘g‘ri xulq va haq din bilangina mumkindir.
Ey musulmonlar!
Bugungi hayotimizda To‘g‘ri — ustivor bo‘lish qoldimi? Biz Allohga iymon keltiramiz, ro‘za tutamiz, namoz o‘qiymiz, ba’zilarimiz Allohning Kitobini yod olganmiz, lekin hayotimizda Uning hukmlari bilan yashamaymiz. Kimlarningdir ismi Muhammad, ammo yurish-turishi gunohdan iborat, yoki ismi Abdulloh bo‘lib, harakatlari tuhmat va yomonlikdan iborat bo‘lganlar soni mingta. Hukmdorlar Qur’on yodlab, bomdod namozini o‘qishadi. Biroq amallari esa adolatsizlik, zulm, o‘ldirish, xalqning terisini shilib olish va Alloh nozil qilgan narsadan boshqa narsa bilan hukm qilishdir! Biz xalqqa zulm qilish bilan mansabga ko‘tarilgan rahbarlar balosiga mubtalo bo‘ldik. Ular oramizdagi qassoblar kabi Allohni zikr qilishadi, lekin odamlarning terisini shilib olishadi.
Biz Robbimizning shariati va to‘g‘ri yo‘lidan uzoqlashib ketganimiz uchun o‘zimiz ham, hokimlarimiz ham, ulamolarimiz ham mana shunday ahvolga tushib qoldik. Allohdan so‘zimizda va amallarimizda Uning to‘g‘ri yo‘liga sabot bilan turishimizga yordam berishini so‘raymiz. Islom shiorlarini ko‘tarar ekanmiz, ulardan boshqa maqsadda foydalanishdan hamda nohaq rejimlarning arqonini mahkam ushlab, “sabot”ga chaqirishimizdan O‘zi saqlasin.
Suriyadagi xalqimizga qarshi dahshatli ishlarni qilgan va Eronga borib, uning mavqeini ko‘targan odamda qanday sabot bo‘lishi mumkin? Xalqaro valyuta jamg‘armasi manfaati uchun o‘z davlatini garovga qo‘ygan odamda sabot bo‘lishi mumkinmi? Ramazon oyida iftorlik qilayotgan Sinaydagi musulmon mujohidlarni o‘ldirganlarda sabot bo‘lishi mumkinmi? Yangi Misrni boshqarish uchun demokratik tuzum talab qilayotganlarda sabot bormi? Hokimiyatni shariatga emas, xalqqa berganlarda sabot bor deb kim ayta oladi? Ayollarga jamoat joylarida xohlagan kiyimini kiyish erkinligini berayotganlarda qanday sabot bo‘lishi mumkin? Islom va musulmonlarning dushmani bo‘lgan Amerika bilan do‘stlashayotganlardachi? Amerikani hurmat qilish kerak, musulmon davlatlarida uning uchun elchixonalar ochib, uni himoya qilish kerak, deganlarda sabot bo‘lishi mumkinmi?
Demak, hech shubha yo‘qki, to‘g‘ri — ustivor bo‘lish faqat dinning ayrim qismiga amal qilishda emas. Aksincha, u bundan ancha kengroqdir. Din bizni har bir so‘z va amalimizda aqidaga muvofiq harakat qilishga buyuradi. Biz to‘g‘ri yo‘ldan toysak o‘zimiz uchun ham, boshqalar uchun ham javob beramiz. Ey musulmonlar! Biz sizlarni, barcha ma’nolarni o‘z ichiga olgan sabotni mahkam ushlashga va undan uzoqlashganlarni muhosaba qilib turishga chaqiramiz.
Aziz birodarlar, navbatdagi «Hadisi Sharif bilan» nomli ruknimizgacha Alloh Taoloning panohida bo‘ling. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.
12 Rajab, 1446h yil.
12 yanvar, 2025m yil.