«Xalifalik Islomdagi boshqaruv tuzumidir» nomli maʼruza va unga Ummatning munosabati

23
0

Matbuot bayonoti

«Xalifalik Islomdagi boshqaruv tuzumidir» nomli maʼruza va unga Ummatning munosabati

2024 yil 23 dekabr dushanba kuni Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati Port-Sudandagi katta bozorda «Xalifalik Islomdagi boshqaruv tuzumidir» nomli maʼruza tadbirini uyushtirdi. Tadbirda Hizb aʼzosi ustoz Yaʼqub Ibrohim maʼruza qilib, Аlloh Subhanahu va Taoloning musulmonlarga Islom ahkomlarini tatbiq qilishni va butun hayotlarini shu asosda tartiblashtirishni farz qilganini, bu esa dinni qoim qiladigan va uni olamga yetkazadigan bitta xalifaga sharʼiy yoʼl bilan bayʼat qilish orqali boʼlishini bayon qildi. Xalifalikning farzligini hamda Ummat shunga harakat qilishi shartligini taʼkidlab, bunga bir nechta nususlardan dalil keltirdi. Jumladan: Аlloh Taolo bunday dedi:

﴿وَأَنِ ٱحۡكُم بَيۡنَهُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ وَلَا تَتَّبِعۡ أَهۡوَآءَهُمۡ وَٱحۡذَرۡهُمۡ أَن يَفۡتِنُوكَ عَنۢ بَعۡضِ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ إِلَيۡكَۖ فَإِن تَوَلَّوۡاْ فَٱعۡلَمۡ أَنَّمَا يُرِيدُ ٱللَّهُ أَن يُصِيبَهُم بِبَعۡضِ ذُنُوبِهِمۡۗ وَإِنَّ كَثِيرٗا مِّنَ ٱلنَّاسِ لَفَٰسِقُونَ﴾

«(Ey Muhammad), ular oʼrtasida Аlloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, ularning havoyi nafslariga ergashmang va Аlloh sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan sizni burib fitnaga solib qoʼyishlaridan ehtiyot boʼling! Аgar (sizning hukmingizdan) yuz oʼgirsalar, bilingki, Аlloh ularga ayrim gunohlari sababli musibat yetkazishni istamoqda. Shubhasiz, odamlardan koʼplari itoatsizdirlar»                                          [Moida 49]

Ustoz Yaʼqub Rosululloh ﷺning ushbu hadislarini ham dalil qilib keltirdi. Imom Buxoriy Аbdulloh ibn Umardan Rosululloh ﷺning

«وَمَنْ مَاتَ وَلَيْسَ فِي عُنُقِهِ بَيْعَةٌ مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً»

«Kim zimmasida bayʼat boʼlmagan holda vafot etsa, johiliyat oʼlimini topadi», deganlarini rivoyat qilgan. Ustoz, shuningdek, demokratik sekulyar davlat, fuqarolik davlati va harbiy davlat kabi bugungi kundagi boshqaruv tuzumining Islomga zidligini, bu tuzumlar mustamlakachilarning kasodga uchragan tovari ekanini ham bayon qildi.

Yaʼqub Ibrohim oʼz maʼruzasi nihoyasida yigʼilganlardan va barcha musulmon farzandlaridan ushbu buyuk farzni, yaʼni Paygʼambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etishga harakat qilishni talab qildi.

Darhaqiqat, yigʼilganlar ushbu maʼruzaga nisbatan kuchli va chiroyli munosabat bildirishdi hamda xursandchilik bilan takbiru tahlillar aytishdi. Hatto baʼzilari tadbir nihoyasida – juda chiroyli boʼlgan ushbu maʼruzalarni yana davom ettirishni, toʼxtatib qoʼymaslikni talab qildilar.

Ibrohim Usmon (Аbu Xalil)

Hizb ut-Tahrirning Sudan

viloyatidagi rasmiy notigʼi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.